7-MARUZA LOYIXA-SMETA XUJJATLARI.
Loyixa-smeta xujjatlari xajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi xamda kapital ta’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydi.
Loyixa-smeta xujjatlari shaxarsozlik xujjatlari, shaxarsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun xujjatlariga muvofiq O’zbekistan Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining tegishli tarkibiy bo’linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, yong’inga qarshi nazorat xizmatlari, tabiatni muxofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi.
Loyixa-smeta xujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning xisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyixa-smeta xujjatlari obyektlar qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos bo’ladi.
8-MARUZA AXOLI PUNKTLARINING SHAKILARI.
Aholi punktlari shahar axoli punktlari (shaxarlar, shahar posyolkalari) va qishloq aholi punktlariga (qishloqlar, ovullar) bo’linadi.
Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga bo’linadi:
eng yirik aholi punkti - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik aholi punkti- aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;
katta aholi nunkti - aholisining soni yuz mingdan -ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;
o’rtacha aholi punkti - aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat.
Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga bo’linadi:
yirik aholi punkti - aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta aholi punkti - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;
o’rtacha aholi punkti - aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni bir minggacha kishidan iborat.
Vaqtinchalik axamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo’lmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmog’ining xizmat maqsadidagi obyektlar xisoblanadigan binolar va inshootlarning guruxlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, qidiruvchilarning posyolkalari hamda uylari), shuningdek alohida, yakka turgan uylar (temir yo’l nazoratchilarining, o’rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) bu bino va inshootlar ma’muriy, ishlab chiqarish yoki xududiy munosabatlarda qaysi shaharsozlik faoliyati subyektlari bilan bog’lik bo’lsa, xuddi shu subyektlar tasarrufida bo’ladi.
Aholi punktining turiga qarab qonun xujjatlarida shaharsozlik xujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.
Yangi aholi punktlarini joylashtirish xamda mavjud axoli punktlarini rivojlantirish axoli punkti turiga, ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik istiqboliga, O’zbekistan Respublikasi xududida axolini joylashtirish bosh tarxiga, xududlarni rejalashtirish tarxlari xamda tumanni (tumanlar guruxlarini) rejalashtirish loyixalariga, axoli punktlarining bosh rejalariga, shuningdek bunday punktlarni rejalashtirish va qurish loyixalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aholi punktlarini tashkil etish xamda qayta tashkil etish, ularning maqomini va chegaralarini o’zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik xujjatlari asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi maxalliy davlat xokimiyati organlarining tasarrufida bo’ladi.
Axoli punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaxarsozlik talablari ushbu Kodeks va boshqa qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
9-MARUZA JAMOATCHILIK NAZORATI SUBYEKTLARINNNG SHAHARSOZLIK FAOLIYATI SOXASIGA OID QARORLARNI MUXOKAMA QILISH VA QABUL QILISHDAGI XUQUQLARI.
10-MARUZA JAMOATCHILIK NAZORATI SUBYEKTLARINI XABARDOR QILISH.
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Jamoatchilik nazorati subyektlari:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga, ularni tashkil etishga, shuningdek ularda ishtirok etishga;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlaridan so‘rab olishga;
jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlashga hamda ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga;
davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga;
jamoatchilik nazorati natijalarini e’lon qilishga haqlidir.
Jamoatchilik nazorati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati subyektlari:
jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishi;
davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organlarining faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun to‘siqlar yaratmasligi;
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |