13-MARUZA SHAHARSOZLIK FAOLIYATI SOXASIDAGI MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT ORGANI.
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi shaxarsozlik faoliyati soxasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi:
O’zbekiston Respublikasi xududida axolini joylashtirish bosh tarxi ishlab chiqilishini xamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruxlari) xududini rejalashtirish tarxlari va umumdavlat axamiyatiga molik aloxida tartibga solinadigan shaxarsozlik faoliyati obyektlarining shaxarsozlik xujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaxarsozlik faoliyati soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
tasdiqlanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakolatiga berilgan shaxarlarning bosh rejalarini istisno qilganda, shaxarlar, shaxar posyolkalarining bosh rejalarini xamda Toshkent shaxrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega bo’lgan shaxarlarni batafsil rejalashtirish loyixalarini tasdiqlaydi;
umumdavlat axamiyatiga molik aloxida tartibga solinadigan shaxarsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash xaqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga takliflar kiritadi;
shaxarsozlik normalari va qoidalari, shaxarsozlik faoliyati soxasidagi boshqa qonun xujjatlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi;
shaxarsozlik to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
shaxarsozlik xujjatlarining davlat ekspertizasi xamda qurilishda standartlashtirish va binokorlik materiallari xamda buyumlarini sertifikatlash ishlari o’tkazilishini ta’minlaydi;
davlat shaxarsozlik kadastri yuritilishini va shaxarsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini amalga oshiradi;
shaxarsozlik xujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishi tartibini belgilaydi;
shaxarsozlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda lisenziyalar beradi;
axolini shaxarsozlik faoliyatidan muntazam xabardor qilib boradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
O’zbekistan Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qo’mitasi;
Viloyatlar va Toshkent shaxar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari;
tumanlar xamda shaxarlar arxitektura va qurilish boshqarmalari
(bo’limlari);
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining Davlat ekeslertizasi bosh boshqarmasi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi.
Viloyatlar va Toshkent shaxar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, tumanlar xamda shaxarlar arxitektura va qurilish boshqarmalariga (bo’limlariga) tegishincha bosh arxitektorlar boshchilik qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shaxar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdezk tumanlar xamda shaxarlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo’limlari) o’z vakolatlariga taalluqli masalalarda O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasiga, tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimlariga bo’ysunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |