Lat eyish - yopiq shikastlanish bo’lib, qattiq jismlar bilan urish yoki qattiq jismga urilish natijasida vujudga keladi va yumshoq to’qima-larni qorin va ko’krak bo’shliqdagi turli organlarni zararlanishi bilan xarakterlanadi. Lat eyish natijasida vujudga keladigan o’zgarishlar xarakteri va og’ir engilligi urilish kuchiga jismning kattaligiga, og’ir-ligiga , shakliga, shikast beruvchi jismning yo’nalishi va davomiyligiga, tananing zararlangan joyini kattaligiga va ahamiyatliligiga va shikast berish vaqtidagi anatomo – fiziologik
xususiyatlariga bog’liq. Lat eyish vaqtida teri osti yog’ qavatidagi limfatik va qon tomirlar u yoki bu darajada zararlanib, lat eyish belgilarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Lat eyishning belgilari unchalik ko’p emas, lekin ular shunday aniq va ravshan yuzaga keladiki, tashxis qo’yish juda oson bo’lib qoladi: og’riq, shish, ko’karish ( qon quyilishi, gemotoma) funktsiyaning buzilishi. Og’riq - har xil intensivlikda bo’lib, zararlanish zonasi va nerv va qon tomirlari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Ba’zan kuchli og’riqlar travmatik shokka olib kelishi mumkin (oyoq yoki qo’lning yumshoq to’qimalarini ezilishi, qorinni lat eyishi, yirik nerv tolalarining yopiq shikastlanishi) Og’riqning xarakteri organizmning og’riqqa shaxsiy moyilligiga ham bog’liq.
Shish - yumshoq to’qimalarga qonning shimilishi va aseptik yallig’lanish natijasida ro’y beradi. Shishning kattaligi yog’ qavatini kattaligiga bog’liq: yog’ qavati qancha katta bo’lsa shish ham katta bo’ladi.
Qon quyilish va ko’karish (gematoma) - qon tomirlarining urilish zahoti yoki bir necha soat keyin uzilishi natijasida ro’y beradi. Uning kattaligi uzilgan tomirning kalibiriga, qonning ivishiga, teri osti yog’ qavatiga bog’liq. Teri qavatlari dastlab to’q ko’kimtir rangga, keyinchalik gemoglabinni parchalanishi natijasida yashil va sariq rangga kiradi. Funktsiyaning buzilishi dastlab organizmning shikastlanishga qarshi himoya reaktsiyasi bo’lib hisoblanadi va uni lat eyish joyiga, shikastlangan odamni og’riqqa bo’lgan reaktsiyasiga va shikastlanish natijasida ro’y bergan o’zgarishlar xarakteriga bog’liq. Organning funktsiyasini buzilishi uning to’qimala-rida qon va limfaning shimilishi natijasida ro’y beradi. Mahalliy va umumiy haroratning ko’tarilishi katta gematomaning so’rilishi yoki uning yiringlashi natijasida ro’y beradi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish – lat eyish ro’y bergan zahoti o’sha joyga siqib turuvchi bog’lam qo’yish, iloji bo’lsa, lat egan joyga dam – badam sovuq jismlar bosish, muz xaltasini qo’yish 40-50 minutdan keyin 10-15 minut dam beriladi. Yana qaytariladi. Sovuqning qo’llanilishi qon quyilishini kamaytiradi, to’xtatadi, og’riqni kamaytiradi. Siqib bog’lash natijasida zararlangan teri osti qon tomirlari bosilib, shishni kamaytiradi. Katta miqdordagi lat eyishlarda bemorni harakatlari chegaralanib, (immobilizatsiya) og’riqni qoldiruvchi vositalar beriladi.
Davolash – lat egan vaqtdan 2-3 kun o’tgach issiq muolajalar qo’llaniladi (iliq isitgich qo’llash, isituvchi kompress, su vvannalari) massaj (uqalash), davolash gimnastikasi qo’llaniladi. Katta o’lchamli lat eyishlarda, rentgen orqali tekshirib, suyaklar sinishi bor yo’qligini aniqlash kerak. O’zicha so’rilib ketmaydigan katta gematomalarni punktsiya qilinib, ketidan antibiotiklar yuboriladi, ba’zan jarrohlik yo’li bilan ivigan qon olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |