Ochiq shikastlanishlar – teri va shilliq qavatlarning butunligini buzilishi bilan kechadi.
Yopiq shikastlanishlar - teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmasdan kechadi.
Turli favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarning ko’pchiligini yopiq shikastlanishlar tashkil qiladi. Yopiq shikastlanishlarda teri va shilliq qavatlarning butunligi buzilmaydi. Lekin zararlanish turli organ va to’qimalarga, yumshoq to’qimalarga, ko’krak va qorin bo’shlig’i organlariga, bosh miyaga, bo’g’imlarga, siydik tanosil organlariga tarqalishi va ularda lat eyish, paylarning cho’zilishi va uzilishi, bo’g’imlarning chiqishi, yumshoq to’qimalarni tuproq, buzilgan binolar va inshootlarning bo’laklari bilan ezilishini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |