MAVZU: HAYoT FAOLIYaTI XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASINING XUQUQIY - TAShKILIY ASOSLARI
Reja:
Mehnat muhofazasi tushunchasi va qonunlari.
O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me’yor va yo’riqnomalarni buzganlik uchun javobgarlik.
Tayanch so’zlar: mehnat muhofazasi, mehnat kodeksi, qonun, modda, inson huquqlari, ma’muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, moddiy javobgarlik.
Mehnat muhofazasi - ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog’lig’i va xavfsizligini ta’minlash uchun yo’naltirilgan qonunlar majmuasi bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik va profilaktik tadbirlarni o’z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, o’zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib, inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari bo’lishi zarur. 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ana shu qonun asoslari bo’lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaning IX bobi insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Chunonchi, 37-moddasida “har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”, 38-moddasida “yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”, 39-moddasida “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”, 40- moddasida “har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo’yilgan. X bobning 43-52 moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan.
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusi mehnat xavfsizligi darajasini ko’tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg’ulotlarini o’tkazish, mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish, o’quv yurtlari o’qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o’rtasida shikastlanishlarni oldini olish hamda davlat standarti masalalari talablariga
2 MarkA. Friend va James P. Kohn “Mehnat va sog’liqni muhofaza qilish asoslari” 5-bob 80-83 betlar.
rioya etish maqsadida 1993 yil 6 mayda “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun qabul qilingan. Bu qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo’lib, o’z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan. Ushbu qonunning yangi tahriri Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 10 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 25 avgustda ma’qullangan, 2016 yil 22 sentyabrda O’zR Prezidenti tomonidan tasdiqlangan, 2016 yil 23 sentyabrda Xalq so’zi gazetasida chop etilgan, 2016 yilning dekabr oyidan kuchga kirgan. Qonun 36 ta moddadan iborat bo’lib, qonunning 1-4 moddalarida umumiy qoidalar, 5 -20 moddalarida mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash, 21-27 moddalarida ishlovchilar va ish beruvchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquq va majburiyatlari, 28-36 moddalarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati hamda mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik o’z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi tasdiqlangan, 1996 yil aprel oyidan amalda tatbiq qilingan. Mehnat Kodeksi 16 ta bob, 294 moddadan iborat. Kodeksning VI-bobida mehnat shartnomasining mazmuni, shakli, muddati (73-76 moddalar), ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati (77-87 moddalar), mehnat shartnomalarining bekor qilinishi (97-113 moddalar) masalalari yoritilgan. 217 moddada xodimlarni sut, davolash-profilaktika, oziq-ovqat, gazli suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash, 224-229 moddalarida ayollar mehnati, ularni ishga qabul qilish, 239-moddasida 18 yoshga to’lmagan o’smirlarni ishga qabul qilish, 241-moddasida esa balog’at yoshiga etmagan o’smir-yoshlarni zararli va xavfli ishlarda ishlatmaslik, 245- moddasida tungi ishlarga jalb qilmaslik o’z aksini topgan.
Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Unga ko’ra og’ir va organizm uchun zararli bo’lgan ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ular qo’lda 20 kg gacha, zambilg’altakda 50 kg dan oshmagan yuklarni tashishlari mumkin. Homilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi to’lanadigan ta’til beriladi. Homilador va 8 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollarni tunggi, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat safariga yuborish ta’qiqlanadi.
O’smirlik davrida hayot uchun muhim funktsiyalar yuqori bo’ladi, tez o’sish va tananing fizik rivojlanishi yuqori bo’ladi. Bu bilan bir qatorda, bo’g’im apparati hali nozik bo’ladi, muskullarning tez charchashi kuzatiladi, nafas olish, qon-tomir va hazm qilish tizimida buzilishlar kuzatilib turadi. Mehnat qonunlariga asosan 16 yoshga to’lmagan o’smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga to’lgan o’smirlar FZKU ruxsati bilan ishga olinadi. 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun 24 soatlik, 16-18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun 36 soatlik ish haftasi
belgilangan. O’smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida, yilning eng yaxshi davrlarida yoki o’zi hohlagan vaqtda ta’til beriladi. Tunggi ishlarda, ishdan tashqaridagi, dam olish kunlarida va ularning sog’lig’i uchun zararli moddalar ishlab chiqaradigan ishlarda o’smirlar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. 18 yoshga to’lmagan o’smir bolalarga 16 kgcha, qizlarga esa 10 kgcha og’irlikda bo’lgan yuklarni ko’tarishga ruxsat etiladi.
73-87 moddalari. Ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati
93-113 moddalari. Mehnat shartnomalarining bekor qilinishi.
217-modda. Xodimlarni sut, oziq-ovqat, gazli suv, davolash-profilaktika, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash.
224-229 moddalar. “Xotin-qizlarning fiziologiyasi, onalikni himoya qilish, ularning mehnatini muhofaza qilish”.
239-modda. “O’smirlarni ishga qabul qilish”
241-modda. “O’smirlarni zararli ishlarga qabul qilish ta’qiqlanadi”. (konditsionerlarni ta’mirlash tsexlari, simob va simob birikmalari ishlatiladigan mehnat, galvanik tsexlarga – mashinasozlikka)3
Do'stlaringiz bilan baham: |