Ruhiy adaptatsiya deganda-shaxsning muttasil rivojlanib va boyib borish qobiliyati tushunilib, bu atama shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalashini, o’zligini anglab etishi, o’zini-o’zi boshqarishi, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo’lib ma’naviy yuksalishi, o’zligini va o’z mohiyatini namoyon qila olishi tushuniladi.
Ijtimoiy adaptatsiya o’z mohiyatiga ko’ra shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashuvidan iborat jarayon bo’lib, uning onglilik darajasini, mustaqilligini va ijtimoiyligini tavsiflaydi. Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta. Ko’pincha ijtimoiy jarayonlar biologik jarayonlarga katta ta’sir o’tkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |