Sabab va oqibatlar.
Yashirin xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Sabablar vaziyatlar to’plamini xaraterlaydi, unga ko’ra xavflar paydo bo’ladi, u yoki bu kutilmagan oqibat va zararlarni keltirib chiqaradi .
Zarar va kutilmagan oqibatlarning shakllari quyidagilardan iborat:
Zarar va kutilmagan oqibatlarning shakllari
Zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar
Atrof-muhitga keltiradigan zarar
Xavf-xatar tushunchasi: Ko’ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta’sir va boshqa jarayonlar xavflar deb ataladi. Xavflar yashirin va real turlarga ajratiladi. Xavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: hayotga taxlika, sog’liqqa zarar, inson a’zolari ishlashining qiyinlashishidir. Yashirin xavf amalga oshishi uchun sabablar deb ataluvchi sharoitlar zarur.
Xavfsizlikni ta’minlash yo’llarini belgilariga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin. Masalan: yo’naltiruvchi, texnik, tashkiliy va boshqaruv.
Yo’naltiruvchi belgilari: operatorning faolligi, iqtidori, operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni yo’qotish, tartiblash va xavfni kamaytirish.
Texnik belgilari: blokirovkalash, germetiklash, vakuumlash, masofa bilan himoyalash, mahkamlash, to’siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno qo’llash, , harakatalarni sekinlashtirish.
Tashkiliy belgilar: vaqt bilan himoyalash, axborotlash, zahiralash, me’yorlash, xodimlarni tanlash.
Boshqaruv belgilari: moslik, nazorat, javobgarlik, rejalilik, rag’batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
Hozirgi zamon fan va texnikasining o’sishi, yangi texnologiya va mashina- mehanizmlarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo’lishlarini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta’minlash borasida qanchadan-qancha tavsiyanomalar, qoida va me’yorlar ishlab chiqilgan
bo’lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar butunlay yo’qolib ketishini ta’minlovchi sharoit mavjud emas.
Inson o’z mehnati faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo – ya’ni ish joyi
gomosfera deb ataladi.
Xavf mavjud yoki vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan fazoni noksosfera
deyiladi.
Xavfsizlikni ta’minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:
Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma’noda ajratib qo’yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi.
Xavflarni yo’qotish yo’li bilan noksosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilarni shovqin, gaz, chang va jarohatlanishdan saqlovchi shaxsiy va jamoa himoya vositalari bilan ta’minlanganligi kiradi.
Ishchilarni kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta’sir va himoya vositalarini qo’llash. Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko’tarishga yo’naltirilgan har xil vositalar va usullarni o’z ichiga oladi.
Amalda yuqorida sanab o’tilgan usullar birgalikda qo’llaniladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga jamoa va shaxsiy himoya vositalari kiradi. Ular o’z yo’lida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish sohasiga nisbatan guruhlarga bo’linadi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |