O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Qon ketishini to’xtatish usullari



Download 4,93 Mb.
bet68/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Qon ketishini to’xtatish usullari.


  1. Qon ketishini vaqtinchalik to’xtatish usullari:

A) siqib bog’lab qo’yish.

Qon oqayotgan yuzaga steril doka yoyilib, ustidan paxta qo’yiladi va siqib bog’lab quyiladi. Buning uchun shaxsiy boylov paketi juda qulay.

B) oyoq yoki qo’lni ko’tarib quyish usuli ko’pincha venoz qon ketishda qo’llaniladi.

V) oyoq yoki qo’lni maksimal darajada bukilishi. Bu usul jarohat oyoq yoki qo’lni asosida joylashib, jgut bilan bog’lash mumkin bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.

G) barmoq bilan bosib turish usuli.

Boshdagi jarohatlardan qon ketganda chakka arteriyasini bosiladi; yuz atrofidan qon ketishda tashqi jag’ arteriyasini pastgi jag’ga, uning burchagi bilan dahan o’rtasidagi yuzaga bosiladi; uyqu arteriyasini to’sh- o’mrov so’rg’ichsimon muskulning ichki qirrasi bo’ylab, bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’sig’iga bosiladi: elka arteriyasi ikki boshli muskulning ichki qirrasi bo’ylab, elka suyagiga bosiladi: o’mrov osti arteriyasi 1- qovurg’aga o’mrov suyagi ustidan bosiladi: son arteriyasi chov sohasida son suyagiga bosiladi.

D) Jgut yoki buragich yordamida to’xtatish usuli.

Qon oqayotgan joydan yuqoriroqga quyiladi. Bu usul ko’proq arteriyadan qon ketganda ko’llaniladi. Jgut bilan bog’lash-yirik teri osti venalaridan qon ketganda ham ko’llanilishi mumkin. Bunda jgut qon oqayotgan joydan pastroqga qo’yiladi.



  1. Qon ketishning butunlay to’xtatish usullari.

Qon oqishini butunlay to’xtatish kasalxonalarda vrach tomonidan amalga oshiriladi va quyidagi usullarda bajariladi:

A) Mexanik usul-kapilyar va kichik qon tomirlardan qon ketish siqib bog’lash, ko’tarib turish usullari bilan butunlay to’xtatish mumkin.

Parenximatoz organlardan qon ketishlarda tamponada qilinadi: jarohatlangan jag’ oralig’iga necha qavatlangan uzun doka kirgiziladi. Bunday usul burundan, kindik va boshka organlardan ya’ni qonayotgan tomir ko’rinmagan hollarda qo’llanilgan. Tampon 48-soatdan keyin narkoz ostida olib tashlanadi.

Agar tampon yaxshi olinmasa 3 % li vodorod peroksid eritmasi bilan ivitiladi.

Tomirlarga ligatura quyish ( ip bilan bog’lab qo’yish), tikib qo’yish, zararlangan tomirni sun’iy tomir bilan almashtirish usullari ham yaxshi natija beradi.

B) fizikaviy usul-qon ketishini sovuq (muz xaltasi) yoki issiq yordamida to’xtatish eng yaxshi fizikaviy usul-yuqori chastotali tokdan foydalanish - elektrokoagulyatsiya (elektrpichogi)

Fizikaviy usul past haroratda oqsillarni koagulyatsiya qilinishi natijasida tromb hosil bo’lish xususiyatlariga asoslangan.

V) Kimyoviy usul—moddalarni qon tomirlarini toraytirish va qon ivishini tezlatish xususiyatiga asoslangan. Tomirlarni toraytiruvchi preparatlarga 0,1% li adrenalin, Noradrenalin eritmasi, vazopressin stiptitsin moddalari kiradi.

Qonning ivishini tezlatuvchi preparatlarga 10% li SaSl (vena orasiga yuboriladi), 5-10 % natriy xlor, 40% li glyukoza vitamin S bilan (vena orasiga), muskul orasiga vikasol, 3% li vodorod peroksidi shimdirilgan tampon kiradi.

G) Biologik usul-qon ketishini shu joyning o’zida to’xtatish va butun organizmga ta’sir etib, to’xtatish usullariga bo’linadi. Birinchi usulda quyidagilar qo’llaniladi: gemostatik gubka, trombin, gemostatik paxta, fibrin klyonkasi, biologik antiseptik tampon. Ikkinchi usul-qon, plazma va qon o’rnini bosuvchilarni qo’yishdan iborat.



Bolalarda qon oqishini to’xtatish usullari xuddi kattalarnikiga o’xshash bo’lib, jgut bilan bog’langan vaqti 45 minut yoki 1 soatdan oshmasligi kerak.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish