GP-5 (fuqarolar uchun gazga qarshi niqob). Engil va qulay bo’lib, shlem- maskasi boshning sochi bor qismini zararlanishdan saqlab turadi. Protivogaz qutichasi uning yuz qismi bilan birlashtiruvchi trubkasiz tutashadi. GP-5 shlem maskasi 5 razmerda chiqariladi, razmerni aniqlash uchun santimetr lentasi bilan bosh 2 marta o’lchanadi: 1) aylanasiga – engak orkali boshning tepa qismigacha, 2) yarim doira kilib qosh usti yoylaridan 2 quloqning teshigigacha. Bu o’lchovlar ko’paytirilib, ularning yig’indisi bo’yicha shlem-maska razmeri belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |