O’lat (toun).
O’lat(toun) juda xavfli yuqumli kasallik bo’lib, kuchli intoksikatsiya boshlanishi va limfa tugunlari, teri, o’pka va boshqa organlarning yallig’lanishi bilan ta’riflanadi. Odamzodga ma’lum bo’lgan kasallik larning eng qo’rqinchlisi va eng ko’p qirg’in keltiradigani o’latdir.
Etiologiyasi.O’latni qo’zg’atuvchi mikrobni 1894 yildagi Gonkong epidemiyasi vaqtida Iersen va Kitazatolar topgan. Jersinia pestis deb ataladigan bu mikrob ichki tomoni yoysimon bo’lib ketgan uzun bochkaga o’xshaydi. Tashqi muhitda chidamli, bir qadar past haroratda, masalan, -20 darajada ham ko’paya oladi. Quritish, isitishga
sezuvchan. 60 daraja issiqda 30 minutda, 100 daraja issiqda esa darhol halok bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |