O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
144
Internet informasion muhitini tashkil etuvchi elektron xujjatlarning xar biri
kompyuterlarning IR manzillaridan boshqa o’zlarining
takrorlanmas, unikal
manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) manzil deb ataladi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi xukumatining rasmiy axborotlari,
Oliy majlis
qarorlari xaqida ma‘lumot beruvchi elektron saxifa manzili
www.gov.uz
Agar internet tarmog’i da biror bir xujjat eolon qilingan bo’lsa, u yagona
takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom
bilan ikkita fayl mavjud
bo’lmaganidek, internetda xam ikki elektron xujjat bir xil URL manzilga ega
bo’lmaydi. Internetning ikkita asosiy funksiyasi bor. Buning birinchisi informasion
funksiya bo’lsa, ikkinchisi esa kommunikasion funksiyadir. 1964 yilda AQSh
Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmog‘ining birinchi versiyasi yaratilgan
edi. Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo‘limlari bir birlari bilan ma'lumotlarni
almashishlari mumkin edi. Bu tarmoq ARPA (Advenced Research Projects Agency)
Net deb nomlandi va Unix operatsion sistemasida ishlar edi. 70-chi yillardan boshlab
bu tarmoq juda rivojlanib ketdi va endi unga xohlagan kompyuterni ulash imkoniyati
paydo bo‘ldi.
1974 yilda har xil tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli yaratildi va bu
tarmoqlarni rivojlanishining yana bir turtki bo‘ldi.80-yillada kompyuter keng tarqala
boshladi va har xil AQSh universitetlari ham kompyuter
tarmoqlarini yarata
boshladilar. 1983 yildan boshlab ARPA Net tarmog‘i INTERNET ( ichki tarmoq
yoki rus tilida «mejset» ) deb nomlana boshlandi va kompyuter ramda tarmoylar
tsheplami sistemasiga aylandi.
WWW - Internetning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun bizga
kompyuter va modem etarli. U yordamida biz butun dunyo kompyuter tarmoqlarda
saqlanib turgan ma'lumotlar bilan ishlashimiz mumkin. Bu ma'lumotlar Web-saxifa
ko‘rinishda saqlanadi. Bu sahifalar egalari yirik korporatsiya yoki kichik korxonalar,
universitet
yoki maktablar, xar xil tashkilotlar, jurnal va ro‘znomalar yoki oddiy
shaxslar. Internet dan asosan 7 yo‘nalishda foydalaniladi:
1) E-mail - elektron aloqa (pochta)
2) Chat - interaktiv suhbatlar (IRC tarmoq yoki E-mail)
3) Ma'lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki GOPHER yordamida izlash.
4) Ma'lumotlar
bilan almashish USENET
5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish
6) Interaktiv o‘yinlar.
Xulosa
Ushbu amaliyot ishi davomida Internet tarmog’i tuzilishi. Uning ishlash
tamoyillari haqida dastlabki tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, Internetda qidirish tizimlari, foydalaniladigan protokollar va
texnologiyalar haqida to’xtalib o’tildi.