Nazorat uchun savollar
1. Signallarni diskret Fure o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 2. Teskor Fure o‘zgartirishi jarayonini tushuntirib bering?
3.Signallarni diskret-kosinus o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
4. Adamar o‘zgartirishi qanday xususiyatlarga ega signallar uchun qo‘llaniladi? 5. Hara bazis tizimi qanday bazis tizimlar guruhiga kiradi?
6. Veyvlet o‘zgartirishiga ta’rif bering.
7. Signalning kepstral parametrlarini hisoblash nima maqsadda ishlatiladi? 71
5-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING
ISHLASH REJIMLARI
5.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining apparat ta’minoti
Raqamli ishlov berishtizimlari odatda real vaqtda ishlaydi. Realvaqt tizimlari (RVT) - bu obyektlarni yoki jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib borish va boshqarish uchun kompyuter vositalari, ya’ni ma’lumotni (signallarni) obyekt yoki jarayondan olish darajasi bo‘yicha yig‘ish, qayta ishlash va berish jarayonidir [18, 19]. Ob’ekt texnik tizim (robot, mashina, samolyot, odam) bo‘lishi, jarayon esa sanoat texnologiyasi, geofizik hodisa, biotibbiyot yoki fizik-kimyoviy jarayon bo‘lishi mumkin. Ob’ekt ovoz yozish studiyasi yoki turli xil audio va video signallarni qayta ishlash uskunalari bo‘lgan xonaning video kuzatuv tizimi bo‘lishi
ham mumkin.
RVT uchun SRIB apparat majmuasi (5.1-rasm):
D1
I 1
D 2
Qurilma-Kirish
Kamutator ARO’ Filtri
SP
I 2
Qurilma-Chiqish
Kamutator RAO’ Rele chiqishi
D In n 5.1-rasm. Real vaqt tizimlarining tuzilishi
– axborotni o‘lchash uskunalari – signal datchiklari (D), kirish kanallarining kommutatorlari, tasodifiy shovqinlarni silliqlash uchun analog filtrlar, o‘lchash signallarining kuchaytirgichlari, ARO‘ va RAO‘ signallari, buferlash va formatga mos kelish vositalari;
72
– signalni qayta ishlash vositalari - signal protsessorlari (SP) chiplari yoki
ixtisoslashtirilgan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar shaklida tayyorlangan funksional signalni qayta ishlash protsessorlari;
– monitor va boshqaruv paneli ko‘rinishidagi tasvirlash va ro‘yxatga olish vositalari;
– obyektni ijro etuvchi aloqa kanali orqali axborotni boshqarish va yetkazish vositalari (agar zarurat bo‘lsa) (I).
Signallar – bu o‘lchangan dinamik jarayonning modellari bo‘lib, ular vaqt argumentiga ega funksiya sifatida ifodalanadi, chunki ular obyektning xatti-harakatidagi o‘zgarishlarning xususiyatini yoki jarayon parametrlarini o‘z vaqtida aniqlashgaimkon beradi. Signallarbiro‘lchovli (yozibolingan),ikkio‘lchovli (tekis shakl) yoki uch o‘lchovli (fazoviy tasvirlar) bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, SRIB – bu tashqi hodisalar oqimiga belgilangan vaqt ichida javob berishga qodir bo‘lgan apparat-dasturiy kompleks hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |