8.2. Ma’lumotlarni qayta ishlash buyruqlari darajasidagi parallelizm
Asosiy AMQ qo‘shimcha ko‘plab turli funksional tugunlar protsessorlarda bir vaqtning o‘zida bir necha amallarni bajarish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida bir vaqtning o‘zida bir necha amallarni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashtirilgan buyruqlarni kiritish va ulardan keng foydalanish imkonini beradi. Kombinatsiyalashtirilgan buyruqlar o‘rta sinf protsessorlarida nisbatan yuqori bo‘lmagan unumdorlik bilan qo‘llaniladi. Kuchli yuqori unumdor protsessorlarda “registr-registr” tipidagi soddalashtirilgan buyruqlarning qisqartirilgan to‘plamli arxitekturasi tanlangan. Bu kombinatsiyalar buyruqlar C tili kompilyatorlarda va bir necha AMQ ega protsessorlar yomon realizatsiya qilinganligi bilan tushuntiriladi. Bu holatda C tilida yozilgan dasturlar unumdorlik bo‘yicha assemblerdagi dasturlarga yutqazib qo‘yadi.
Kombinatsiyalashtirilgan buyruqlar, eng avvalo, signallarga ishlov berish asosiy amali – ko‘paytirish to‘plash va uning turli variantlarining bajarish uchun qo‘llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan buyruqlargaboshqa misol AMQ, ko‘paytgich va suruvchi amallari bilan bog‘liq buyruqlar bo‘lishi mumkin. Bunday buyruqga tegishli revishda buyruqning majburiy bo‘lmagan elementlari (masalan, ko‘chirish biti bilan bog‘liq) bo‘lagan shartini bajarishda registr tarkibining o‘zgarishi amalga oshiriladi.
Kombinatsiyalashtirilgan buyruqlarga shuningdek manzil modifikatsiyasini egri manzilatsiyadan foydalanuvchi buyruqlar misol bo‘la oladi. Ushbu buyruqlarni bajarayotganda AMQda asosiy amal bilan bir qatorda MGQda manzilni hisoblash
amalga oshiriladi.
105
Motorola firmasining SPsining ayrim buyruqlari ma’lumotlarni qo‘shimcha
jo‘natishdan foydalanishadi. Ushbu buyruqga tegishli ravishda X0, U0 registrlari tarkibini ko‘paytirish amallari amalga oshiriladi va bir vaqtning o‘zida X0 registri tarkibi X-xotiraga jo‘natiladi, U-xotira yacheykasidan esa U0 registriga jo‘natish bajariladi.
Analog Devices va Texas firmasi protsessorlari asosiy amalni bajarish bilan bir vaqtda ma’lumotlarni qo‘shimcha bajarish uchun maxsus buyruqlar qo‘llaniladi. Protsessorlar tavsifida bunday buyruqlar ko‘p funksionalli deb ataladi.
TMS320C3x va TMS320C55x protsessorlarida parallel buyruqlar sifatida ayrim buyruqlar mavjud, bunda ushbu buyruqlarda bayon etilgan ayrim amallar SP funksional tugnlarda bir vaqtning o‘zida bajariladi. Bunda protsessor unumdorligi anchagina oshadi. Bunday bir vaqtning o‘zida bajariladigan buyruqlar kombinatsiyalashtirilgan deyiladi. Bir necha AMQli (8 va 4ga) prsessorlarda bajariladigan buyruqlar kombinatsiyalashtirilgan buyruqning bir turi hisoblanadi. AMQlarda amallarni belgilovchi buyruqlar parallel bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |