7.4. Bir necha arifmetik-mantiqiy qurilmalardan foydalanish
Bir vaqtning o‘zida ishlayotgan bir necha funksional qurilmalarning qo‘llanilish usuli yuqori unumdor protsessorlarning ko‘plab modellarida o‘z tadbiqini topgan. Parallel ishlov berishning bunday usuli unumdorlikni salmoqli oshirish imkonini beradi. Bunda protsessor arxitekturasiga ishlov berishning qo‘shimcha uzunligini (arifmetik-mantiqiy qurilmani) kiritish, unumdorlikni oshiradi. Realizatsiyasining soddaligi nuqtai nazaridan o‘xshash AMQlardan foydalanish afzal. Ishlov berishni tezlashtirishning bunday variantidan foydalanishga misollarni ko‘rib chiqamiz. Texas Instruments, TMS320C55 protsessorlarida hisoblash yadrosi tarkibiga ikkita MAC – modul (ko‘paytirish/to‘plash qurilmalari), 40 razryadli summator/hisoblagich va 3 razryadli chegaralovchi kiradi. Hisoblagich yadrosi tarkibiga alohida 40 razryadli AMQ kiradi va u 40 razryadli akkumlyator ustida bitta amal yoki ikkita 16 razryadli amalni parallel bajarish mumkin. ADSP-2I160 va ADSP-TSOOI TigerSHARC – protsessorlari ikkitadan tugunga ega bo‘lib, ularning har biri registr fayli,
97
ko‘paytgich va bir vaqtning o‘zida ko‘paytirish/to‘plash amallarini bajarishyoki bir-
biriga tobe bo‘lmagan vazifalarni bajarish imkonini beruvchi AMQni o‘z ichiga oladi [21, 22].
Motorola MSC 810I protsessorlari to‘rtta parallel ishlovchi AMQ ega bo‘lib, ularning har biri ko‘paytirgich/to‘plam MAC-qurilmasi, alohida razryadlarga ishlov berish qurilmasidan tuzilgan. Barcha AMQlar uchun operandlar va natijalarning manbai va qabul qiluvchisi sifatida qo‘llaniladigan 8 ta suruvchi va 16 ta registr barcha AMQlar uchun umumiy hisoblanadi. 16 razryadli so‘z barcha AMQlar va ayrim boshqa funksional qurilmalar uchun buyruq hisoblanadi. Alohida tugunlarning birdan oltitagacha buyrug‘i bittaumumiybuyruqgabirlashish mumkin. Alohida AMQlar buyruqlari ikkita operand ustida turli amallarni, jumladan ko‘paytirish/to‘plash amallarini qo‘shish imkoniyatiga ega.
Ko‘pgina AMQlar TMS320C6000 platformasi protsessorlariga ega. Ularda sakkizta AMQ bor bo‘lib, ular to‘rttadan ikkita guruhga birlashgan – S, L, M, D. GuruhichidagiAMQlar: Mko‘paytirish vako‘paytirish/to‘plashamallarinibajarish, S, L, D esa arifmetik amallarni bajarishga mo‘ljallangan.
Bir necha signal protsessorlarning bitta kristallda to‘planishi bir necha AMQlardan foydalanish yo‘lidagi navbatdagi rivojlanish bosqichi hisoblanadi:
− ADSP2192 protsessori umumiy va lokal xotira sohasiga ega ikkita mustaqil SPni birlashtiradi;
− TMS320C5441 protsessori kristall ichida lokal va umumiy xotira sohasiga ega to‘rtta S54x yadrosini o‘z ichiga oladi;
− TMS320C5420 va S5421 protsessorlari kristall ichiga S54x yadroli, ular orasida ma’lumotalmashishichki magistralga ega ikkita mustaqilprotsessornioladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |