O`quv-uslubiy majmua


Nazariy mashg’ulot materiallari



Download 7,98 Mb.
bet11/69
Sana22.04.2022
Hajmi7,98 Mb.
#571760
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
4.1 modul Ona tili va adabiyot

Nazariy mashg’ulot materiallari
1-MA’RUZA.
TA’LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ISLOHOTLAR


Reja:

  1. TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDASHUVNI JORIY ETISH ZARURATI. ONA TILI TA’LIMIGA STEAM YONDASHUV.

  2. FUNDAMENTAL VA FUNKSIONAL BILIMLAR, ULARNING QIYOSIY TAHLILI

  3. ONA TILI VA ADABIYOT FANIGA OID TAYANCH VA FANGA OID KOMPETENSIYALAR

  4. BILISH DARAJALARI PIRAMIDASI YOKI BLUM TAKSONOMIYASI TA’LIM NATIJALARINI BAHOLASH MEZONI SIFATIDA




  1. TA’LIMGA ZAMONAVIY YONDAShUVNI JORIY ETISH ZARURATI. ONA TILI TA’LIMIGA STEAM YONDASHUV

Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish orqali yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga yetkazish bosh vazifa sifatida qo’yilmoqda. Ta’limning maqsadi, eng avvalo, inson ongini rivojlantirishdir. Chunki har qanday mamlakatning kelajagi, ertangi kuni uning tabiiy boyliklariga emas, balki fuqarolarining saviyasiga bog’liqdir. 2018 yil ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlarni mamlakatimizda soha rivojiga qanchalik e’tibor berilayotganini tasdiqlaydi:

  1. O’qituvchilarni majburiy mehnat va majburiy obuna, turli yig’ilishlarga jalb etishto’xtatildi

  2. O’qituvchilar yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. Maktablarning tekshirish soni 26 barobar kamaydi

  3. Oylik maoshlar toifaga qarab 40 foizdan 72 foizgacha oshdi. Psixologlar ish haqi 103 foiz, maktab direktori va o’rinbosarlari, Axborot-resurs markazi rahbari va kutubxonachilar maoshlari 33 foiz ko’tarildi

  4. Imtiyozli ipoteka, iste’mol kreditlari, jumladan, avtokreditlar, ularning oila a’zolari tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari uchun kredit mablag’lar ajratish mexanizmlari ishlab chiqilib amaliyotga tatbiqetildi

  5. Ilk bor Kasaba uyushmalari federatsiyasi homiyligida “Yilning eng yaxshi fan o’quvchilari” 10 million so’m mukofot puli bilan taqdirlandi

  6. 24 ta maktab yangidan qurilib foydalanishga topshirildi

  7. 43 ta maktab filiallari umumta’lim maktablariga aylantirildi (2016 yilda 1138 ta, 2017 yilda 1348 ta, 2018 yili 1299 ta filialbo’lgan)

  8. Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 1 815 ta maktab joriy ta’mirdan chiqarildi va buning uchun 189 mlrd so’m mablag’sarflandi

  9. 11 yillik majburiy ta’lim tizimiga o’tilishi munosabati bilan o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatish tizimining yangicha mexanizmi joriy etilib, 2018/2019 o’quv yilida 10-11 sinf o’quvchilari kasb-hunar kollejlari bazasida 2018 yilda 333 ta ta’lim muassasalarini kasblar bo’yicha 489 ta sinflar to’plami bilanjihozlandi.

Fan-texnika asri va jadal taraqqiy etayotgan hayot o’quvchilarda o’quv predmetlari bo’yicha faqatgina bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Bu quyidagi holatlarda namoyon bo’lmoqda:

  • ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli bitirgan ayrim o’quvchilar, hayotda ko’p muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi;

  • oliy ta’lim muassasini bitirib yangi ishga borgan yosh mutaxassis universitet yoki institutda kasbiga oid bilim va ko’nikmalarni yetarli darajada olgan bo’lsa-da, ish joyiga ko’nikishi uzoq vaqt davom etadi;

  • ko’pincha maktab yoki liseyda olingan bilim va ko’nikmalar tezda hal qilinishi kerak bo’lgan hayotiy vaziyatlarga to’g’ri kelmaydi yoki umuman hayotida kerakbo’lmaydi.

Shunga ko’ra ta’lim jarayoniga o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qo’llash zaruriyati yuzaga keldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29- apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son farmoniga ko’ra innovatsion ta’lim jarayoniga o’tish, zamonaviy kadrlarga bulgan ehtiyojni inobatga olgan holda intensiv til, AKTva ta’lim berishning yangi metodlarini o’rganish, STEAM pedagogika asoslarini o’zlashtirish, yangi kasbiy kompetensiyalarni o’zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi.
Bugun umumiy holda STEM (Science, Technology,Engineering, Mathematics) abbreviaturasi ostida yangicha fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan texnologiya, muhandislik va matematika kabi akademik va sohaviy fanlar kompleksi nazarda tutiladi va bunday kadrlarsiz innovatsion iqtisodiyot, madaniyat rivojlanishi mumkin emas. Ba’zan ushbu umumiy nomga «A» (Art — «san’at») komponenti ham qo’shiladi (STEAM). STEAM-ta’lim zamonaviy jamiyatning uchta talabiga asosan yuzaga keldi:


  1. Download 7,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish