JINS VA TUR TUSHUNCHALAR - shunday tushunchalarki, ularda hajmi katta tushuncha unga bo’ysunadigan hajmi kichik tushunchaga nisbatan jins vaaksincha, hajmi kichik tushuncha u bo’ysunuvchi hajmi katta tushunchaga nisbatan tur tushuncha bo’ladi.
JUZ’IY GIPOTEZA – gipotezaning turi bo’lib, u ayrim olingan faktlar asosida tahlil qilinadi. Ammo bundaayrim hodisalarning sababi tahlili beriladi, holos. SHunga ko’ra u hodisalarning sababini ochib beruvchi umumiy ilmiy gipotezadan farq qiladi.
Juz’iy hukm - sinfga mansub predmetlar yoki ular belgilarining bir qismi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr. Masalan: Ba’zi talabalar havaskorlik to’garagiga qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |