DEONTIK MODALLIK – «albatta», «ruxsat», «baribir» kabi modallik usullarini o’z ichiga olgan fikrlarga harakteristika berishdan iborat. Deontik modallik huqukshunoslik, etika kabi fanlarning ham o’rganish obyektidir.
DESTRUKTIV DILEMMA (lot. destructivus – ruxsat beruvchi) –Oddiy va murakkab ko’rinishda bo’ladi.
DETERMINIZM VA INDETERMINIZM (lot. determinare – belgilash, aniqlash) –hodisalarning zamonda o’zaro aloqadorligining harakteri haqidagi qarama–qarshi nuqtai nazarlar. Determinizm hodisalar o’rtasida umumiy qonuniyatli aloqa borligini e’tirof etadi. Indeterminizm qonuniyatli aloqa borligini inkor etadi.
DEFINISHIYA (lot. definitio - ta’rif) – tushunchani ta’riflash.
DIALEKTIKA (grek. Dialegomai – suhbat olib borayotibman, muhokama qilayotibman) – rivojlanish to’g’risidagi falsafiy konsepsiya. Voqelik hodisalari ularning ichki rivojida, ziddiyatlar takozasi bilan yuz beradigan o’z harakatida deb o’rgatadigan bilish nazariyasi va metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |