Paralimpiya ramzi ilk bor 2006-yilda Turinda o‘tkazilgan qishki paralimpiya o‘yinlarida paydo bo‘ldi. Markaziy nuqta atrofida joylashgan qizil, ko‘k va yashil rangli uchta yarim aylana – uch agiatos (lotincha agito – "harakatga keltirish, harakatlantirish") logotipini tashkil etadi. Bu ramziy belgi XPQning o‘z muvaffaqiyatlari bilan butun jahonni hayratga solib, unga ilhom bag'ishlayotgan nogiron sportchilarni birlashtirishdagi ahamiyatini aks ettiradi. Qizil, yashil va ko‘k rangdagi uch yarim aylana – dunyo mamlakatlarining milliy paralimpiya bayroqlarida keng taqdim etilgan bo‘lib, Aql, Tana va Ruhning ramzi hisoblanadi.
Paralimpiya bayrog'ida uning asosiy ramzi tasvirlangan bo‘lib, oq matoning markaziga joylashtirilgan. paralimpiya bayrog'idan faqat XPQ tomonidan ruxsat etilgan rasmiy tadbirlardagina foydalanish mumkin.
Paralimpiya madhiyasi – bu "Putn de I Avenir" (kelajak madhiyasi) musiqiy orkestr asaridir. U 1996-yilda fransuz bastakori Tyerri Darni tomo-nidan yaratilgan va 1966-yilning martida XPQ boshqaruvi tasdig'idan o‘tgan.
Paralimpiya shiori – "Spirit in Motion" ("Ruh – harakatda"). Shior paralimpiya harakatining mohiyatini – kelib chiqishi hamda darajasi turlicha bo‘lgan paralimpiyachi-sportchilarga sportdagi o‘z yutuqlari bilan dunyoni ilhomlantirish va hayratlantirish imkonini taqdim etish zarur ekanini lo‘nda, yorqin tarzda ifodalaydi.
Yozgi paralimpiya o‘yinlari dasturiga quyidagi sport turlari kiradi: bochcha (koptokni nishonga aniq urish); chavandozlik; kamondan o‘q otish; suzish (protezlarsiz); o‘q otish; golbol; akademik eshkak eshish; og'ir atletika (pauerlifting); Yelkan va velosiped sporti. 2016-yildan sportchilar baydarkada eshkak eshish bo‘yicha bellashadilar. Bu musobaqalarning hammasi sog'lom sportchilar uchun ishlab chiqilgan qoidalar asosida o‘tkaziladi, faqat zaif ko‘radigan yoki ko‘zi ojiz sportchilar uchun yordamchilar talab etiladi. Dasturga ayrim o‘zgarishlar bilan dzyudo kiritilgan – unda zaif ko‘radigan va ko‘zi ojiz sportchilar qatnashadilar. Asosiy farq "kumikata" qo‘shimch ushlashda bo‘lib, kurash shundan boshlanadi. Yengil atletika bellashuvlarida protezli, aravachada yuradigan va ko‘zi ojiz sportchilar ishtirok etadilar, musobaqalar dasturiga turli predmetlarni uloqtirish, trassa, beshkurash, sakrash va marafon kiritilgan.
Shuningdek, paralimpiya o‘yinlarida stol tennisi, katta tennis bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Umuman, musobaqa qoidalari o‘sha-o‘sha, lekin to‘pning ikki marta sapchishiga ruxsat etiladi. 1960-yildan dasturga qilichbozlik kiritilgan, aravachada yuradiganlarning kreslosi bunda polga mahkamlab qo‘yiladi. Aravachali sportchilar, shuningdek, basketbol ham o‘ynaydilar (savatning balandligi standartdan pastroq), 5 va 7 kishili jamoalar bilan futbol, regbi (bu o‘yin qoidalari mutlaqo o‘zgartirilgan) bo‘yicha kuch sinashadilar. Voleybol birinchiliklari o‘tirib hamda turib o‘ynaladigan toifalarda o‘tkaziladi, shunga ko‘ra kortning o‘lchami va to‘rning balandligi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |