7- laboratoriya ishi
Suvning qattiqligini aniqlash
Tabiiy suvni qattiqligi 1 litr suvdagi Ca va Mg ionlarining milligramm-ekvi-valeti soni yig’indisiga teng. Suvning qattiqligini kompleksonometrik titrlash yo’li bilan aniqlash keng qo’llaniladi. Suvning qattiqligi trilon-B eritmasi yordamia ammoniyli buffer eritma va qora erioxrom T indikatori aniqlanadi.
250 ml 0,1 n trilon-B eritmasini tayyorlash
Trilon-B ning kimyoviy formulasi C10H14O8N2Na2 ∙ 2H2O
Uning ekvivalenti ENa2H2T2=M/2=392,0/2=196,0g
250 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun trilon –B dan quyidagi miqdorda olish kerak.
q=196,0∙0,1∙0,25=4,900g
4,900 trilon –B 250ml hajmli o’lchov kolbasida eritiladi.Eritma distillangan yoki ikki marta distillangan suvda tayyorlanadi.Unda Ca2+ ionlari bo’lmasligi kerak.Hosil bo’lgan trilon- B eritmasining normalligi aniqlanadi.
Suvning umumiy qattiqligini aniqlash
Suvning umumiy qattiqligini aniqlash uchun o’lchov kolbasiga tabiiy suvdan 100ml o’lchab olib, konussimon kolbaga solinadi, ustiga 2ml ammoniy buffer eritma va 7-8 tomchi qora erixrom T indikatori eritmasi qo’shiladi. Eritmani to’q qizil rangdan binafsharang 0,05 n (yoki 0,1 n) trilon- B eritmasi bilan titrlanadi.Titrlanyotgan eritmaning binafsha rangi trilon – B eritmasining bir tomchisidan ko’k rangga o’tganda titrlash tugallanadi. Ekvivalent nuqtaga yaqinlashtirilgan sari trilon – B dan asta sekin tomizish zarur. Titrlash 3marta takrorlanadi va natijalarning o’rtacha qiymati aniqlanadi. Suvning umumiy qattiqligi (q) quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Aytaylik tabiiy suvning 100ml ni titrlash uchun o’rtacha 19,60ml 0,0475N trilon B eritmasi sarflangan bo’lsa, suvning qattiqligi
ga teng.
8- laboratoriya ishi
Fotoelektrokolorimetrik analiz usuli
Fotoelektrokolorimetrik analiz usulida tajriba o’tkazishga umumiy ko’rsatmalar
Tajriba ishlarini boshlashdan oldin quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishish zarur:
Berilgan topshiriqni sinchiklab o’qib chiqish lozim.
Eritmalar tayyorlash usuliga qat’iy rioya qilish kerak.
Etalon eritma tayyorlash uchun standart eritmalardan eng yuqori aniqlikda byuretka yoki pipetka yordamida o’lchash zarur.
Kyuvetalarni distillangan suv bilan yuvib, qog’oz filtr ustiga to’nkarib qo’yish kerak.
Kyuvetalarni eritma bilan shunday to’ldirish kerak-ki, undan nur faqat eritma qavatidan o’tsin, ya’ni kyuvetadagi maxsus belgisigacha.
Asbobni ish boshlashdan 25- 30 minut oldin yoqib qo’yiladi. Chunki ish paytida ko’rsatish doimiy bo’lishi uchun sistema qizishi kerak.
Takrorlanadigan natijalar olish uchun asbob shkalasi do’yicha o’lchashni bir necha marotaba takrorlash zarur.
Ish tugagandan so’ng asbob o’chiriladi, kyuvetalar yuviladi va laborantga topshiriladi. Ish joyi tartibga keltiriladi.
Ish jurnaliga yozayotganda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
a) bajariladigan ish nomi yoziladi;
b) fotometrik reaksiyaning sxemasi va uning mohiyati ko’rsatiladi.; c) eritma tayyorlashning qisqacha usuli beriladi;
d) olingan ma’lumotlarni har bir konkret ishga berilgan ko’rsatmaga muvofiq yoziladi.
Tajriba ishlari quy idagi tartibda bajariladi:
1.Tajriba boshlashdan oldin standart eritma va boshqa hamma reaktivlar hozirlab qo’yiladi.Standart eritmalar nihoyatda tiniq bo’lishi kerak.Chunki eritmada ozgina loyqa bo’lsa ham olinadigan natijalar to’g’ri bo’lmaydi.
2.Konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan 5-6 ta rangli standart eritma tayyorlanadi.
3.Kyuvetadan o’tadigan nur tanlanadi (millimetrovkada D ning λ ga bog’liqlik grafigi chiziladi, λmax topiladi va unga mos nurfiltrlagich tanlanadi).
4. Hamma rangli standart eritmalar va aniqlandigan eritmaning optic zichligi o’lchanadi.
5. Olingan ma’lumotlar asosida D ning S ga bog’liqlik grafigi chizilib, undan noma’lum konsentratsiyali modda miqdori topiladi.
a. Dimetilglioksom bilan oksidlovchilar ishtirokida nikel (II) ni fotoelektrometrik aniqlash.
Tajriba uchun kerakli asbob va reaktivlar:
Fotoelektrokolorimetr ΦЭК- 56; ΦЭК – P-57 ; КΦК.
1. Tarkibida 0,1 mg/ ml nikel standart eritma.
2. 0,1 mg/ ml li nikelning standart eritmasidan 0,02 mg/ ml eritma tayyorlanadi.
3. 0,05 M li yod eritmasi.
4. 20% ishqor eritmasidan 1% dimetilglioksim eritmasi tayyorlanadi.
5. 2n HCl eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |