Tortish natijalari
Bo’sh tegil ------------------------
Bariy sulfatli tegil--------------------
kuydirishdan so’ng------------------
II. kuydirishdan so’ng-------------------
III kuydirishdan so’ng ------------------------
Olingan bariy sulfat -------------------------------------
Cho’ktiruvchining miqdorini aniqlash.
Reaksiya tenglamasiga ko’ra 1 mol sulfat kislotaga 1mol bariy xlorid sarf bo’ladi. Quyidagi nisbatdan bariy xloridning stexiometrik miqdorini aniqlash mumkin:
98:244,26 =0,126: x= =0,3g
Cho’ktiruvchining miqdori stexiometrik miqdoridan 1,5marta katta bo’lishini hisobga olib cho’ktiruvchining miqdorini hisoblaymiz: 0,3∙1,5=0,45g 10٪ li bariy xloridning hajmini quyidagi nisbatdan foydalanib topamiz:
x= 4,5ml
3-laboratoriya ishi
Mavzu: Bariy xloriddagi bariy miqdorini aniqlash
Bariy miqdorini aniqlash uchun BaSO4 holda cho’ktiriladi, chunki bariyning qiyin eriydigan hamma tuzlaridan eng kam eruvchani BaSO4 (EKBaSO4=1,1∙10-10) dir. Bundan tashqari, BaSO4 tarkibi formulaga juda mos keladi, g’oyat barqaror va hokazo. Cho’ktiruvchi imkoni boricha uchuvchan modda bo’lishi kerakligi uchun Ba2+ ioni Na2SO4 emas H2SO4 ta’sirida cho’ktiriladi.
Aniqlash tartibi
1. Tortib olish va uni eritish. BaSO4 kristall cho’kma, uning og’irligi taxminan 0,5 g bo’lishi kerak. Reaksiyada 1 gramm-molekula BaCl2∙2H2O (244,3 g)dan bir gramm molekulada BaSO4 (233,4 g) hosil bo’ladi. Bu moddalarning molekulyar og’irliklari deyarli bir xil, shuning uchun 0,5 g BaSO4 hosil qilish uchun taxminan shuncha BaCl2∙2H2O olish kerak.
Qo’l tarozisi yoki texnokimyoviy tarozida 0,5 g bariy xlorid tortib olinadi va analitik tarozida tortilgan soat oynasiga solinadi. Modda solingan soat oynasi analitik tarozida yana tortiladi. Tortish natijalari orasidagi tortib olingan modda aniq miqdorini ko’rsatadi.
Modda suyultirilgan eritmalardan cho’ktiriladi. Shu sababli olingan tuz tortimi 80-100 ml distellangan suvda shisha tayoqcha bilan arashtirilib turib eritiladi. Cho’ktirishning oxirgacha tayoqchani stakandan olmaslik kerak, chunki unda eritma tomchilari qolishi mumkin.
Olingan eritmaga boshqa ionlar cho’kmasligi uchun 2-3 ml 2n HCl eritmasi qo’shiladi.
2. Cho’ktirish. Cho’ktirish sulfat kislotaning 2n eritmasi ta’sirida olib boriladi. Ba2+ ionlarini to’liq cho’ktirish uchun zaruriy kislota miqdori hisoblab chiqiladi. Reaksiya tenglama bo’yicha 1 mol bariy xloridga 1 mol sulfat kislota talab etiladi. Sulfat kislota 2n eritmasining 1 litrida 98 g ya’ni 1 mol sulfat kislota bo’lgani uchun 0,5 g BaCl2∙2H2O tortimidan Ba2+ ionlarini cho’ktirish uchun:
244,3g BaCl2∙2H2O -1000 ml 2n eritma H2SO4
0,5 BaCl2∙2H2O –x ml 2n eritma H2SO4
H2SO4 talab etiladi.
Cho’ktiruvchini hisoblab topilganidan taxminan 2 marta ko’p miqdorda olish kerakligi sababli undan 4-5 ml olinadi. Analiz qilinadigan eritma deyarli qaynaguncha qizdiriladi, lekin suv bug’i bilan birga tuz zarrachalarning uchib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun qaynatilmaydi. Boshqa stakanda 5 ml 2n H2SO4 eritmasi va 30 ml suv qaynaguncha qizdiriladi. Keyin analiz qilinadigan bariy xloridning qaynoq eritmasiga shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda isitilgan H2SO4 asta-sekin tomchilatib qo’shiladi. Bundan shisha tayoqcha stakan tubiga va devorlariga tegmsligi lozim, chunki cho’kma shishaga qattiq yopishib qoladi.
Cho’kma ustidagi eritma tingach, eritma to’liq cho’ktirilganligi tekshirilib ko’riladi. Buning uchun stakan devori bo’ylab eritmaga 2-3 tomch H2SO4 tomiziladi. Kislota tomchisi tushgan joyda loyqalanishi hosil bo’lmasa, cho’ktirish tugallangan hisoblanadi. Tayoqchani stakandan olmay turib, chang tushmasligi uchun ustiga bir varaq qog’oz yopib qo’yiladi, va cho’kmani “yetiltirish” uchun keyingi mashg’ulotgacha shunday qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |