O’quv-uslubiy majmua 5140300-Kimyo va ekologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Tuzuvchi – kimyo fanlari nomzodi



Download 3,65 Mb.
bet165/271
Sana29.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#591850
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   271
Bog'liq
Analitik kimишланма харитаси

Savol va topshiriqlar

  1. Kompleksonometrik metod nimaga asoslangan?

  2. Komplekson III ning tuzilish formulasini yozing. Uning ikkinchi nomi nima?

  3. Kompleksonometrik metodda indikatorning ta’siri nimaga asoslangan?

  4. Trilon B ning titrini aniqlash uchun nima boshlang’ich modda bo’ladi?

5. 100 ml eritmadan 20,0 ml ni titrlashga 20,00 ml 0,2000M EDTA sarflangan bo’lsa, 100,0 ml eritma tayyorlash uchun rux metali (99,00%) dan qancha massa kerak? J:1,31g
Mavzu: Oksidlanish – qaytarilish metodlari ( Oksidimetriya)


Ma’ruza rejasi:

  1. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining asosiy xususiyatlari

  2. Permanganatometriya metodining reaksiyalari

  3. Permanganatometrik aniqlashlar



O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining asosiy xususiyatlari, permanganatometriya metodining reaksiyalari, permanganatometrik aniqlashlar.

Oksidimetriya asosida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yotadi. Oksidlovchilarning titrlangan eritmalari yordamida qaytaruvchilarning miqdoriy tarkibi aniqlanadi yoki aksincha.


Oksidimetriya qator metodlarga bo’linadi: permanganatometriya, yodometriya, xromatografiya, bromatometriya va h.k.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ion almashinish reaksiyalariga nisbatan murakkabroq ketadi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1. ko’pgina reaksiyalarda faqatgina oksidlovchilar va qaytaruvchilargina emas, balki boshqa moddalar ham (masalan, kislota va ishqorlarda) bir- biriga o’saro ta’sir qiladi.
2. reaksiyalar, ko’pincha, bir neja bosqichda boradi, bunda ularning har biri turli tezlikda ketadi;
3. oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tezligi ion almashinish reaksiyalari tezligidan kichik. Ion reaksiyalari amalda bir lahzada ketgan bir paytda, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ozmi- ko’pmi ma’lum muddat vaqtni va jarayonni tez oxiriga yetkazishni ta’minlaydigan maxsus sharoitlarni talab qiladi.
4.bir xil reaksiyaga olingan moddalar bilan turli yo’nalishdagi reaksiyalar ketishi mumkin. Bundan tashqari, reaksiya mobaynida ko’pincha reaksiya yo’nalishini o’zgartiradigan moddalar hosil bo’ladi.
Asosida miqdoriy analiz qilinadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.reaksiya kerakli yo’nalishda ketishi va amalda qaytmas bo’lishi kerak;
2.qo’shimcha reaksiyalar ketmasligi kerak
3. reaksiyalar yetarli tezlikda ketishi kerak. Ko’pincha reaksiya tezligi sun’iy ravishda oshiriladi. Uni temperaturani, reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyasini oshirib, eritmaning pH ini o’zgartirib va katalizator qo’llab oshirish mumkin.
Oksidimetriya metodlarida ishlatiladigan indikatorlar har xil. Ko’pincha ular organik moddalar bo’lib o’zlari oksidlovchi yoki qaytaruvchilardir. Redoks-indikatorlar deb ataluvchi bunday indikatorlar oksidlangan formadan –qaytarilgan formaga yoki aksincha oson o’tadi, bunda ikkala forma turli rangda bo’ladi. Bunday indikatorlarga oksidlangan formasi ko’k- binafsha, qaytarilgani esa rangsiz difenilamin, metil ko’ki (oksidlangan formasi yashil havo rang, qaytarilgani rangsiz) va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, ba’zi reaksiyalar uchun berilgan titrlashning ekvivalent nuqtasida rangni o’zgartiradigan maxsus reaktivlar bo’ladi. Masalan, bunday indikatorlar yod bilan ko’k rangli adsorbsion birikma hosil qiladigan kraxmaldir. Ba’zi hollarda agar ishchi eritmaning rangi yetarli tiniq va reaksiya natijasida keskin o’zgaradigan bo’lsa, indikatorsiz titrlasa ham bo’ladi. Bunga eritmasining rangi malina rang bo’lgan kaliy permanganat eritmasi yordamida titrlash misol bo’lishi mumkin.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish