1-ilova
Tayanch konspekt
Cho'ktirish metodlari shunday titrimetrik aniqlashlarni birlashtiradiki, ularda aniqlanayotgan modda bilan ishchi eritma bilan ishchi eritma o'rtasidagi reaksiya natijasida aniqlanayotgan ion to'liq cho'kadi. Cho'ktirishning hamma reaksiyalarini ham titrlashga qo'llab bo'lmaydi.
Cho'ktirish metodida qo'llaniladigan reaksiyalar quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak: 1) cho'kma amalda erimaydigan bo'lishi kerak: 2) cho'kma tez tushishi kerak: 3) titrlash natijasida ta'sir qiladigan qo'shimcha reaksiyalar ketmasligi kerak: 4) ekvivalent nuqta oson aniqlanishi kerak.
Tekshirilayotgan modda cho'kmaga to'liq tushganda ekvivalent nuqtaga erishiladi. Neytrallanish metodidagi kabi reaksiyaning oxiri indikator yordamida aniqlanadi, ammo bu metodda indikatorlar neytrallanish metodidagi indikatorlardan keskin farq qiladi.
Cho'ktiruvchining nomiga qarab cho'ktirish metodlari qator metodlarga bo'linadi. Titrimetriyada ishlatiladigan cho'ktiruvchi reaktivlardan, boshqalaridan ko'proq, kumush nitrat AgNO3 eritmasidan foydalaniladi. Bu reaktivlarning ta'siriga asoslangan metodlar argentometriya metodlari deyiladi.
Kompleks hosil qilish metodlari, ya'ni kompleks ionlar hosil qilish reaksiyalariga asoslangan aniqlashlar cho'ktirish metodlariga juda yaqindir. Oxirgi yillarda ko'pchilik kationlar bilan kompleks hosil qiladigan organik reaktivlar keng yoyildi. Bu reaktivlar kompleks sonlar deyiladi. Ulardan eng muhimi ko'p sonli kationlarni aniqlash uchun ishlatiladigan trilon B ( etilendiamin-tetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi) dir.
Mor metodi. Mor metodi argentometrik metodlardan biridir. Bu metodlarning hammasi
Ag+ + X- = AgX↓
reaksiyasiga asoslangan. Bunda X— CI-, Br-, J-, CNS- ionlari.
Mor metodi hamma argentometriya metodlari ichida eng oddiysi, shu bilan birga anig'idir. Bu metodda kumush nitrat AgNO3 eritmasi ishchi eritmadir.
Mor metodi asosiga kumush ionlarining xlor yoki brom ionlari bilan o'zaro ta'sir reaksiyasi olingan:
Ag+ + CI- = AgCI ↓
Ag+ + Br- = AgBr↓
Kumush ionlari bilan qizil-qo'ng'ir kumush xromat Ag2CrO4 cho'kmasini hosil qiladigan kaliy xromat K2CrO4 eritmasi indikatordir. Ishchi eritmaning titrini aniqlash uchun boshlang'ich modda natriy xlorid NaCI yoki kaliy xlorid KCI dir.
Mor metodi xlorid yoki bromidlarning miqdorini aniqlashga imkon beradi. Bu metod bilan yodidlar aniqlanmaydi, chunki cho'kmaga tushadigan kumush yodid AgJ K2CrO4 ni kuchli adsorbsiya qiladi, shuning uchun ekvivalent nuqtasini aniqlash mumkin emas.
AgCI ning eruvchanligi Ag2CrO4 ning eruvchanligiga nisbatan ancha kam, shuning uchun ekvivalent nuqtasini aniqlash mumkin emas.
AgCI ning eruvchanligi Ag2CrO4 ning eruvchanligiga nisbatan ancha kam, shuning uchun agar AgNO3 eritmasi ohista CI- va CrO42- ionlari bor eritmaga qo'shilsa, unda EKAgCI ga nisbatan oldin erishiladi. Bu shuni bildiradiki, avval qiyin eruvchan AgCI tuzi hosil bo’ladi.
CI- ionlari amalda AgCI holida to’liq ajralgandan so’ng Ag2CrO4 cho’kmasi tusha boshlaydi:
2Ag+ + CrO42- = Ag2CrO4↓
Titrlanayotgan eritma rangi o'zgaradi va shunday qilib titrlashning oxiri aniqlanadi.
Agar biz bromid eritmasini titrlayotgan bo'lsak shunga o'xshash hodisa ro'y beradi.
EKAgCI < bo'lgani uchun avval AgBr hosil bo'ladi va AgBr to'liq cho'kkandan so'nggina titrlanayotgan aralashmaning rangini o'zgartiruvchi Ag2CrO4 cho'kmasi hosil bo'ladi. Kumush xromat Ag2CrO4 ning o'zi qizil g'isht rangida. Ammo bu rangni ancha ortiqcha titrlangan eritmada ham ko'rish mumkin. Amalda och- sariq rangning sariq pushti rangga aniq sezilarli ravishda o'zgarguncha titrlash kerak. Titrlash oxirini yaxshi aniqlash uchun “guvoh” eritma ishlatish mumkin.
Mor metodini qo'llash quyidagi shartlar bilan chegaralanadi.
1.Aniqlashni faqat neytrall sharoitda olib borish mumkin, chunki kislotalarda kumush xromat eriydi va titrlashning oxirini aniqlay olmaymiz. Ishqoriy sharoitda titrlash mumkin emas, chunki kumush oksid cho'kmasi tushib qoladi.
2Ag+ + 2OH- = Ag2O↓ + H2O
2.Aniqlashni Ba2+, Bi3+, Pb2+ ionlari ishtirokida o'tkazib bo'lmaydi, Chunki bu ionlar CrO42- ionlari bilan cho'kma hosil qiladi, yana Ag+ bilan qiyin eriydigan cho'kmalar hosil qiladigan anionlar (PO43-, CO32- va boshqalar) ishtirokida ham aniqlashni bajarib bo'lmaydi.
3.Titrlash hamma vaqt galogendan AgNO3 ga qarab olib boriladi (ya'ni galogen AgNO3 eritmasi bilan titrlanadi, aksincha emas), faqat shu sharoitdagina Ag2CrO4 ning qizil g'isht rangli cho'kmasi bilan ekvivalent nuqtasida hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |