O’quv-uslubiy majmua 5140300-Kimyo va ekologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Tuzuvchi – kimyo fanlari nomzodi



Download 3,65 Mb.
bet72/271
Sana29.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#591850
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   271
Bog'liq
Analitik kimишланма харитаси

2-ilova(12.1)
Bahs ishtirokchilarini baholash mezonlari

Baholash mezonlari
( ballarda)

Dokladchilar

1

2

3

4

1.Doklad mazmuni (1,0):
-faollik;
- bayon etishning ketma-ketlik tartibi, mantig`i va tushunarligi;
-xulosalarning aniq bo’lishi
2. Foydalanilgan ma`lumotlarning yangiligi(0,5)
3. Ma`lumotlarni yetkazish uchun foydalanilgan ko’rgazma vositalari (0,4);
4. O’tkazilish tartibini saqlashi (0,1).













Jami:
















Taqrizchilar

1

2

3

4

1.Dokladga qo’shimcha kiritish (0,5);
2. Dokladning kuchli va bo’sh joylarini ayta olish (1,5).













Jami:
















Bahs ishtirokchilari

1

2

3

4

1. Bahsda faol ishtirok etish:

  1. har bir savolga– 0,1 ball

  2. savol sifatiga – 0,3 ball

2. Qo’shimcha kiritish – 0,5













Jami:










3-ilova (12.1)
Bahs ishtirokchisiga eslatma:

Bahs munosabatlarni aniqlashtirish emas, balki muammolarni echish usuli hisoblanadi.


Boshqalarga ham gapirish uchun imkon berish uchun uzoq vaqt gapirma.
O’ylagan fikrlaring nishonga tegishi uchun so’zingni taroziga solib ko’r, o’ylab gapir, hislaringni nazorat qil.
Opponentnig fikrini tushunishga harakat qil, unga hurmat bilan qara.
Opponentning fikrlariga qarshilik qilmasdan, yumshoqlik bilan tuzatishlar kirit.
Faqat shu fan doirasida va shu mavzuda bahs yurit.
4 –ilova (12.1)
1-mashg`ulot
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.Kimyoviy analiz usullarini ayting.
2. Titrimetrik aniqlash nima?
3. Titrlash deb nimaga aytiladi?
4. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari qaysilar?
5. Molyar konsentrathsiya nima?
6. Normal konsentrathsiya nima ?
7. Titrimetrik analizda qanday konsentratsiyalash usullaridan foydalaniladi?
4 -ilova(12.1)
2-mashg`ulot
Nazorat savollari va topshiriqlar:

1. Titrlash usullarini ayting


2. Titrimetrik aniqlashlarda qanday o’lchov idishlari ishlatiladi?
3. Ishchi eritma nima?
4. Ishchi eritmaning konsentratsiyasi qanday ifodalanadi?
5. Ishchi eritmaning hajmi qanday o’lchanadi?
6. Boshlang’ich modda nima?
7. Boshlang’ich moddalarga qo’yiladigan talablar qanday?


Ma’ruza matni


Titrimetrik analizda - modda miqdori aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo’lgan ma’lum konsentratsiyali eritmaning hajmi bo’yicha aniqlanadi.
Modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentratsiyasini hajmiy – analitik yo’l bilan aniqlash jarayoniga titrlash deyiladi.
Titrimetrik analizning bu muhim operatsiyasi shundan iboratki, aniqlanayotgan eritmaga reaksiya tugaguncha aniq ma’lum konsentratsiyali boshqa eritma qo’yiladi. Titrlashda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq mos keluvchi miqdorda qo’shiladi. Shunday qilib, bunday aniqlash qo’shilgan reaktiv miqdori aniqlanayotgan birikma miqdoriga ekvivalent bo’lgandagina mumkin bo’ladi.
Ma’lumki, bir-biri bilan miqdoran reaksiyaga kirishuvchan eritma hajmlari bu eritmalarning normal konsentratsiyalariga teskari proporsionaldir:
yoki V1N1 = V2N2
Bunda V- reaksiyaga kirishayotgan eritma hajmi; N- normal konsentratsiya.
Bu qoida titrimetrik aniqlash asosida yotadi. Eritmalardan birining konsentratsiyasini aniqlash uchun reaksiyaga kirishuvchi eritmalarning aniq hajmini, ikkinchi eritmaning aniq konsentratsiyasini va ikki moddaning ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirishib bo’lishni bilish kerak. Binobarin, titrimetrik aniqlashning muhim momentlari quyidagilardir: 1) reaksiyaga kirishayotgan eritmalarning hajmini aniq o’lchash: 2) ishchi eritmalar deb ataluvchi va ular yordamida titrlash bajariladigan aniq ma’lum konsentratsiyali eritmalar tayyorlash; 3) reaksiyaning oxirini aniqlash.
Titrimetrik aniqlash gravimetrik aniqlashga nisbatan ancha kam vaqt oladi. Gravimetrik analizning ko’p uzoq cho’ziladigan operasiyalari – cho’ktirish, filtrlash, tortish va boshqalar o’rniga titrimetrik aniqlashda faqatgina bitta operasiya – titrlash o’tkaziladi.
Titrimetrik analizning aniqligi gravimetrik analiznikiga qaraganda birmuncha kamroq, ammo farq katta emas.Shuning uchun mumkin bo’lgan joyda aniqlashni tezroqbajariladigan metod bilan olib borishga harakat qilinadi.
U yoki bu reaksiya titrlashga asos bo’la olishi uchun u qator talablarni qanoatlantirishi kerak.
1.Reaksiya qo’shimcha reaksiyalarsiz ma’lum tenglama bo’yicha miqdoran ketishi kerak. Qo’shilayotgan reaktiv faqatgina aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo’layotganiga iqror bo’lishi kerak.
2.Reaksiyaning tugashini aniq belgilash kerak, chunki reaktivning miqdori aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent bo’lishi zarur. Analiz natijalarini hisoblash reaksiyaga kirishayotgan moddalarning ekvivalentiga asoslangan.
3. Reaksiya yetarli tezlikda ketishi va amalda qaytmas bo’lishi kerak. Sekin ketadigan reaksiyalarda ekvivalent nuqtani aniq belgilash deyarli mumkin emas.
Titrimetrik analiz metodlari. Titrimetriyada turli- tuman reaksiyalar ishlatiladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrimetrik analizning quyidagi metodlari farqlanadi.
1.Neytralizatsiya metodlari. Asosida neytralizatsiya reaksiyasi yotadi:
H+ + OH- = H2O
Neytralizatsiya metodi bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba’zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
2. Oksidlanish- qaytarilish metodlari (oksidimetriya). Bu metodlar oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksidlovchi eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha.
3.Ionlarni qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirishga va kam dissotsilangan kompleksga bog’lashga asoslangan cho’ktirish va kompleks hosil qilish metodlari.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish