2-ilova(16.1)
Bahs ishtirokchilarini baholash mezonlari
Baholash mezonlari
( ballarda)
|
Dokladchilar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Doklad mazmuni (1,0):
-faollik;
- bayon etishning ketma-ketlik tartibi, mantig`i va tushunarligi;
- xulosalarning aniq bo’lishi;
2. Foydalanilgan ma`lumotlarning yangiligi(0,5)
3. Ma`lumotlarni yetkazish uchun foydalanilgan ko’rgazma vositalari (0,4);
4. O’tkazilish tartibini saqlashi (0,1).
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.Dokladga qo’shimcha kiritish (0,5);
2. Dokladning kuchli va bo’sh joylarini ayta olish (1,5).
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
Bahs ishtirokchilari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Bahsda faol ishtirok etish:
har bir savolga– 0,1 ball
savol sifatiga – 0,3 ball
2. Qo’shimcha kiritish – 0,5
|
|
|
|
|
Jami:
|
| |
|
|
3-ilova (16.1)
Bahs ishtirokchisiga eslatma:
Bahs munosabatlarni aniqlashtirish emas, balki muammolarni echish usuli hisoblanadi.
Boshqalarga ham gapirish uchun imkon berish uchun uzoq vaqt gapirma.
O’ylagan fikrlaring nishonga tegishi uchun so’zingni taroziga solib ko’r, o’ylab gapir, hislaringni nazorat qil.
Opponentnig fikrini tushunishga harakat qil, unga hurmat bilan qara.
Opponentning fikrlariga qarshilik qilmasdan, yumshoqlik bilan tuzatishlar kirit.
Faqat shu fan doirasida va shu mavzuda bahs yurit.
4 -ilova(16.1)
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Kompleksonometrik metod nimaga asoslangan?
Komplekson III ning tuzilish formulasini yozing. Uning ikkinchi nomi nima?
Kompleksonometrik metodda indikatorning ta’siri nimaga asoslangan?
Trilon B ning titrini aniqlash uchun nima boshlang’ich modda bo’ladi?
5. 100 ml eritmadan 20,0 ml ni titrlashga 20,00 ml 0,2000M EDTA sarflangan bo’lsa, 100,0 ml eritma tayyorlash uchun rux metali (99,00%) dan qancha massa kerak? J:1,31g
Mavzu bo’yicha qisqa konspekt
Kompleksonometrik metod metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasiga asoslangan. Bunda juda barqaror, suvda yaxshi eruychan ichki kompleks birikmalar (kompleksonatlar) hosil bo’ladi. Metod tezligi va yuqori aniqligi bilan ajralib turadi.
Kompleksonlar – aminopolikarbon kislotalarning hosilalaridir. Amaliyotda , odatda etilendiamintetrasirka kislotaning suvda yaxshi eriydigan ikki natriyli tuzi ( digidrat) ishlatiladi, uni komplekson III yoki trilon B deb ataladi. Komplekson III ning tarkibi:
Na2C10H14O8N2·2H2O (M= 372,24) yoki
formulaga javob beradi
Komplekson III, boshqa kompleksonlar kabi ko’pgina metallar bilan barqaror, eruvchan ichki kompleks tuzlar hosil qiladi. Bunda metall karboksil guruhlardagi COOH vodorod atomlarini almashtiradi, azot atomlari bilan esa koordinasion bog’ yordamida bog’lanadi:
Reaksiya tenglamasidan ko’rinib turibdiki, ko’p valentli metall tuzining ekvivalenti hamma vaqt molekulyar massasining yarmiga teng, chunki reaksiya mobaynida vodorodning ikki ioni siqib chiqariladi.
Kompleksonometrik titrlashda quyidagi asosiy shartga rioya qilish kerak: ekvivalent nuqtada aniqlanayotgan kationlar amalda kompleksga bog’langan bo’lishi kerak. Asosiy shartlardan biri titrlanayotgan eritma pH ning juda aniq qiymatidir.
Komplekson III bilan ta’sirlashganda metall ionlari, masalan, magniy ioni, vodorod ionlarini siqib chiqaradi, shuning uchun vodorod ionlarining konsentrasiyasi keskin oshadi va reaksiya muvozanati chapga siljiydi. Hosil bo’ladigan vodorod ionlarini bog’lash uchun bufer aralashma qo’shiladi.
Ko’pchilik kationlarni titrlashni pH 5-6 (bufer aralashma CH3COOH + CH3COONH4), yoki pH 8-10 (bufer aralashma NH4OH + NH4CI) da o’tkaziladi. Lekin pH ni juda oshirib yuborish kerak emas, chunki metall gidroksid cho’kmaga tushib qoladi.
Kompleksonometrik metodda ishlatiladigan indikatorlar aniqlanayotgan metall ionlarining konsentrasiyasi o’zgarishiga sezgir bo’ladi. Odatda kompleksonometriyadagi indikatorlar bu turli metallar ionlari bilan indikatorning o’z rangidan boshqa rang hosil qiluvchi rangli organik birikmalardir. Ko’pincha erioxrom qora T ( yana xromogen qora maxsus EI-OO deb ataluvchi) indikatori ammiakli bufer aralashmasi bilan ishlatiladi. Indikator eritmasining rangi ko’k, ko’p metallar bilan esa u qizil vino rangli kompleks hosil qiladi. Trilon B eritmasi bilan aniqlanayotgan kationlar titrlanganda ekvivalent nuqtada kationning indikator bilan birikmasi to’liq parchalanadi, chunki kationning hammasi trilon B bilan birikadi va rang qizil vino rangidan yashil tusli ko’k rangga o’tadi.
Erioxrom qora T dan tashqari kislotali xrom to’q ko’k indikatori katta ahamiyatga ega. Bu indikator metall ionlari ishtirokida pushti-qizil rang , ularsiz esa siren tusli ko’k rang beradi.
Trigonometrik metod turli metallarni aniqlashda keng qo’llaniladi. Bundan aniqlashlarning muhim misollaridan biri suvning umumiy qattiqligini, ya’ni undagi kalsiy va magniyning umumiy miqdorini aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |