Yig‘iq birikmalar. Bular ikki komponentli birikmalardir: yog‘och to‘qmoq, kitob tokchasi, taxta pol, qo‘yim qoldirish (yog‘ochsozlik); odil sudlov, sud taftishi (yuridik).
Yoyiq birikmalar. Bular uch va undan ortiq mustaqil leksemalardan tarkib topadi: a) uch komponentli biriikmalar: tob tashlab qiyshaytirish, bo‘ylama tob tashlash (yog‘ochsozlik); b) to‘rt komponentli biriikmalar: “qaldirg‘och quyruq” tiroqli birikmalar, dasta bet bog‘lash usuli (yog‘ochsozlik); s) besh komponentli biriikmalar: uzunasiga qirquvchi disk arrali stanok (yog‘ochsozlik); d) olti komponentli biriikmalar: markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki yo‘nish (yog‘ochsozlik).
Birikma terminlar quyidagi modellarda yasaladi:
Ot+ot modeli. Taxta pol, yog‘och oyoq (yog‘ochsozlik); yo‘l boji, jinoyat ishi (yuridik).
Do'stlaringiz bilan baham: |