O’quv-uslubiy bo’lim tоmоnidаn ro’yхаtgа оlingаn



Download 309,83 Kb.
bet40/71
Sana31.12.2021
Hajmi309,83 Kb.
#221209
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
УЗБЕК ТИЛИ СОХАДА КУЛЛАНИЛ МАЖМУА

soʻzlarni qoʻyib chiqing.

1. Dilni dilga ... yaqinlashtiradi. 2. Intizomli lashkar...mas. 3. Sarishtali uy -... uy.

4. ... kurashga to’ymas. 5. ... topsa, boʻlib yer,... topsa bosib yer. 6. Rejali ish - hamisha.... 7. Shoshganda ... topilmas. 8. ... yaltiroqning ... qaltiroq. 9. Qoqilsang ...dan o’pkalama. 10. ... bilan ... egizak.

Mustaqil ta’lim

«Dunyoning mashhur universitetlari» mavzusi bo’yicha loyiha yaratish.
10-MAVZU. Adabiy til me’yorlari. Fonetik va talaffuz me’yorlari. «O’zbekistonda chorvachilik»

Adabiy til me’yorlari

Reja:


1.Me’yor tushunchasi

2.O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari

3.Nutq jarayonida me’yorning buzilishi va ularni tuzatish yo’llari

4. O’zbek tilining hozirgi me’yoriy holat, uning madaniylik mezoni ekanligi

Me’yor- jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.

Me’yor- jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.

Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’ringa ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.

Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’ringa ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi, urf- odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan.

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi, urf- odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan.

Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin emas

Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin emas

Anglashiladiki, til me’yorini belgilash l muammolarini qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.

Anglashiladiki, til me’yorini belgilash l muammolarini qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.


Tadqiqotchilarning aytishicha rasmiy muomalada tildan foydalanish tilning me’yorlashuvini, adabiy tilning shakllanishini tezlashtirgan.Davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va me’yorlashuviga ta’siri katta.

Tilning me’yorlashuviga ta’sir qiluvchi omillar

Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy bo’lgan bir qolipga keltirish tilshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi. Me’yor masalalari shu sohaning o’rganish obyekti bo’lib qoladi.

Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham aloohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. Bu tilning boyishi va me’yorllashuviga sabab bo’ladi.

Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so’zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda

Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun tushunarli bo’lgan qolipga keltirush tilshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi

Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham juda katta.Til elemantlarini me’yorlashtirish jarayonda eskiliik yangilik o’rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularnng o’rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi.Ma’lum muddat ular teng darajada parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi blangina o’rnini bo’shatib berishi mumkin.

Orfoepiya (ortorfoepiya.. yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. "ORFOEPIYA" tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. ORFOEPIYA koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.

Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan kridalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻla-digan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muay-yan tilning aniq bir soʻzlovchilar ja-moasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimo-iy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-lumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.

ORFOEPIYA milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Mac, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.

Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi obʼyektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻʼtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. Orfoepiya rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.

Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettira-di, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.

Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.

Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.

ORFOEPIYA orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi. Jumladan, yozuvda bor baʼzi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda bosh-qasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab to-monlarni hisobga olgan holda yago-na orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi.


Download 309,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish