Grammatika: Til va atamashunoslik.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi atamalar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, atamashunoslik oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda atamashunoslikning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, atamalar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli atamaologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni atamashunoslikning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi atamalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi atamalar sirasida iqtisodiy atamaologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iq tisodiy atamalarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Atama” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga
asoslanadiki, bular atamalarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarlideb o‘ylaymiz:
1) atama – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab
chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) atama – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning
maxsuslashtirilgan nomidir;
3) atama uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli
tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan
chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan
tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, atamashunoslik muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lgan atamalar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan atamalar tizimi to‘g‘ri keladi. Atamaologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Atamalar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Atamalar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan atamalar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi atamalar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator atamalari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va atamalar majmui, ya’ni yig‘indisi atamashunoslik deb ataladi.
Masalan, matematika atamashunosliksi, tibbiyot atamashunosliksi, iqtisodiy atamashunoslik va boshqalar.
“Maqollar zanjiri” metodi. Maqollardagi nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |