O’quv-uslubiy bo’lim tоmоnidаn ro’yхаtgа оlingаn


Baliq- ozuqaning bebaho manbai



Download 309,83 Kb.
bet55/71
Sana31.12.2021
Hajmi309,83 Kb.
#221209
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
УЗБЕК ТИЛИ СОХАДА КУЛЛАНИЛ МАЖМУА

Baliq- ozuqaning bebaho manbai

Yurak xastaligi tufayli bu dunyoni tark etayotgan odamlarning o‘rtacha yoshi tobora kamayib borayotganligi yurak tomirlarining sog‘ligi bilan bog‘liq masalalarga e'tiborni keskin oshirdi. Yurak xastaligini davolashda juda ko‘p yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, bu soha mutaxassislari, asosan, bunday kasalliklar paydo bo‘lishidan oldin ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligini tavsiya etishadi. Mutaxassislar, shuningdek, yurakning sog‘lom ishlashi va kasallikning oldini olish uchun bir muhim oziq-ovqatni ham tavsiya etishadi. Bu hammamizga yaxshi tanish bo‘lgan baliqdir.

Baliqning nima uchun bunday ozuqaviy manba ekanligiga sabab, unda inson tanasi uchun zarur bo‘lgan moddalarning mavjudligi va uning turli kasalliklar xavfini kamaytirishidadir. Baliqning tarkibida omega-3 kislotasi bo‘lganligi tufayli u sog‘likka qalqon vazifasini o‘taydi. Agar baliq muntazam tartibda iste'mol qilinsa, yurak xastaligi xavfining kamayishi va immun sistemasining kuchayishi aniqlangan.

Baliqning sog‘likka nisbatan foydalari faqat yaqindagina ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, uning muhim ozuqaviy manba ekanligi Qur'onda vahiy qilingan. Qodir Alloh dengiz mahsulotlariga Qur'onda quyidagicha ishora qiladi: «U yangi go‘sht (baliq go‘shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo‘ysundirib qo‘ygan zotdir ...» («Nahl» surasi, 14-oyat), «O'zingiz va sayyoh (o‘tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol qilindi ...» («Nahl» surasi, 96-oyat.) Bundan tashqari, «Kahf» surasida baliqqa alohida e'tibor qaratilgan, unda Payg‘ambar Muso (a.s.) o‘zining xizmatkori bilan uzoq safarga chiqqani va yo‘lda yeyish uchun o‘zlari bilan baliq olib olgani haqida so‘z yuritiladi:

«Kahf» surasida uzoq va charchoqli safardan so‘ng baliqning dengiz mahsuloti sifatvda ataylab tanlanishi diqqatga sazovordir. Shuning uchun bu qissa zamirida yotgan donolik baliqning ozuqaviy foydalaridan xabar berayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Chindan ham baliqning ozuqaviy xususiyatlarini tekshirib ko‘radigan bo‘lsak, ba'zi juda ajablanarli dalillarga duch kelamiz. Parvardigorimiz bizga ne'mat sifatida in'om qilgan baliq mukammal bir taom bo‘lib, bu mukammallik uning tarkibvda oqsil, D vitamini va odam tanasi uchun muhim ayrim mikroelementlar borligida ko‘rinadi. Fosfor, oltingugurt va vanadiy kabi minerallar baliqning tarkibida bo‘lganligi tufayli u o‘sishga yordam beradi va to‘qimalarning tiklanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, baliq go‘shti yangi tishlar va milklar shakllanishiga, yuzning tiniqlashishiga foyda beradi, sochni sog‘lomlashtiradi va bakterial infektsiyalarga qarshi kurashishda hissa qo‘shadi. U qondagi xolesterin miqdorini nazorat qilishi tufayli, yurak xurujlarining oldini olishda ham muhim rol o‘ynaydi. U kraxmal va yog‘larni parchalash va singdirishda tanaga yordam beradi hamda unga ko‘proq kuch va harakatchanlik baxsh etadi. Boshqa tomondan, u aqliy faoliyatlarning ishlashiga ham ta'sir qiladi. Baliq tarkibvda bo‘lgan D vitamini va boshqa minerallar yetarli darajada iste'mol qilinmaganda raxit (suyak zaifligi), milk kasalligi, bo‘qoq va gipertireoz kabi kasalliklarning barchasi paydo bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, zamonaviy fan baliq tarkibvda bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi ham inson sog‘ligi uchun muhim ahamiyat kasb etishini kashf qildi. Bu yog‘lar hatto zaruriy yog‘ kislotalari sifatida ham ta'riflangan.

Baliq yog‘idagi omega-3 ning foydalari

Baliq yog‘i tarkibvda sog‘ligimiz uchun, ayniqsa, muhim bo‘lgan ikki xil to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud: EPK (eykosapentenoik kislota) va DXK (dokosaxexenoik kislota). EPK va DXK poli to‘yinmagan yog‘lar hisoblanadi va ular omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi. Omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari inson tanasida ishlab chiqilmasligi sababli ular tashqaridan olib kirilishi kerak  bo‘ladi.

Baliq yog‘ining inson sog‘ligiga foydalari haqida juda ko‘p dalillar mavjud bo‘lib, bular asosan, uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotasiga borib taqaladi. O'simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalarining inson sog‘lig‘iga samarasi yetarli emas. Biroq dengiz planktoni omega-3 ni EPK va DXK ga aylantirishda juda asqotadi. Baliqlar planktonlarni yegach, ularning organizmi EPK va DXK bilan boyiydi. Bu, o‘z navbatida, baliqni o‘ta muhim yog‘ kislotalarning eng boy manbalaridan biriga aylantiradi.130

Baliqdagi yog‘ kislotalarining foydalari

Baliqdagi yog‘ kislotalarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning tanada energiya ishlab chiqilishida qo‘shadigan hissasidir. Bu yog‘ kislotalar tanadagi kislorod bilan birikib, elektron o‘tkazadi va uning ichida turli kimyoviy jarayonlar uchun energiya ishlab chiqilishiga imkon beradi. Shuning uchun baliq yog‘iga boy ovqat charchoqni yengishga yordam beradi va aqliy hamda jismoniy qobiliyatni oshiradi. Omega-3 kishiga energiya berish bilan bir qatorda fikrni jamlash quvvatini ham oshiradi. «Baliq miya uchun foydali» degan gap zamirida ilmiy asos yotadi: miya yog‘idagi eng asosiy tarkib DXK bo‘lib, u omega-3 yog‘ kislotalaridan iborat.

Baliqning yurak va arteriyalar salomatligi uchun ahamiyati

Baliqdagi omega-3 yog‘ kislotasi qon bosimini tushirish va qondagi xolesterin hamda triglitseridni kamaytirish orqali yurak-qontomir kasalligidan himoya qilishi e'tirof etilgan.132 Triglitserid yog‘ning bir turi bo‘lib, zichligi kichik lipoprotein (yomon xolesterin)ga o‘xshaydi. Undagi yog‘ miqdori ko‘p, oqsil tar-kibi esa kam bo‘ladi. Triglitserid miqdorining ko‘payishi (ay-niqsa, baland xolesterin bilan birgalikda) yurak xastaligi xavfini oshiradi. Bundan tashqari, baliq yog‘i yurak xurujidan keyingi hayotga xavf soladigan nonormal yurak urishini kamaytiradi.

Amerika Tibbiy assotsiatsiyasining izlanishlaridan birida, bir haftada besh portsiya baliq yeydigan ayollarda yurak xuruji uchdan bir darajaga kamayganligi kuzatildi. Bu baliq yog‘idagi omega-3 yog‘ kislotasi qonning kamroq quyuklashuviga sabab bo‘lishidan kelib chiqadi, deb fikr yuritildi. Venalarimizda oquvchi qonning normal tezligi soatiga 60 km (soatiga 37,3 milya) ni tashkil etadi. Qonning yopishqoqligi o‘z me'yorida bo‘lishi va uning zichligi, miqdori hamda tezligi normal holatda bo‘lishi juda muhim. Bizning qonimiz uchun eng katta xavf (qon oqimining normal holatidan tashqari) uning quyuqlashib qolishi va yaxshi oqish qobiliyatini yo‘qotishidir.

Baliq yog‘lari qondagi trombotsitlar (qonni quyultiradigan qon plastinkalari) ning bir-biriga yopishib qolishiga to‘sqinlik qilishi orqali qonning quyulib qolishini kamaytirishda ham juda samaralidir. Aksincha, qonning quyuqlashishi arteriyalarning torayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, tanadagi yetarli darajada qon bilan ta'minlanmagan ko‘p organlar, ayniqsa, yurak, miya, ko‘zlar va buyraklar funktsiyasining susayishiga va keyinchalik bu funktsiyaning umuman to‘xtashiga olib keladi. Misol uchun, qonning quyuqlashishi natijasida arteriya batamom to‘silib qolgudek bo‘lsa, yurak xuruji, falaj yoki arteriyaning joylashishiga qarab boshqa kasalliklarning kelib chiqishi muqarrar.

Omega-3 yog‘ kislotalari qizil qon tanachalarida kislorod tashuvchi molekulalarning gemoglobin ishlab chiqishida va hujayra membranasi orqali o‘tayotgan oziqlarni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ular tana uchun zararli bo‘lgan yog‘larning ziyonli ta'sirlarining oldini ham oladi. Tadqiqotlarda baliqda uchraydigan omega-3 yog‘ kislotasi yurak xuruji xavfini kamaytirishi aniqlangan.133

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning rivojlanishi uchun ahamiyati

Miya va ko‘zning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ehtiyojlari bilan bog‘liq omega-3 yog‘ kislotalari so‘nggi 10 yil ichida tadqiqot mavzusiga aylandi. Ona bachadonidagi homila hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivoj-lanishi uchun omega-3 ning ahamiyatiga oid bir qancha dalillar mavjud. Butun homiladorlik va ilk chaqaloqlik davrlarida miya va nervlarning yaxshiroq rivojlanishi uchun omega-3 katta ahamiyat kasb etadi. Olimlar ona sutining ahamiyatiga, u tabiiy va omega-3 ning to‘liq ombori bo‘lganligi uchun katta urg‘u berishadi.134

Bo‘g‘imlarning salomatligi uchun foydalari

Revmatik poliartrit (revmatizmga bog‘liq og‘riqli bo‘g‘im holati)da eng katta xavf bo‘g‘imlarning toliqib qolishi bo‘lib, u tuzatib bo‘lmas xastalikni keltirib chiqaradi. Omega-3 yog‘ kislotalariga boy ovqatlar artritning oldini olishi va shishgan hamda nozik bo‘g‘imlardagi noqulayliklarni kamaytirishi isbotlangan.135

Miya va asab sistemasining sog‘lom faoliyati uchun foydalari

Juda ko‘p izlanishlarda miya va nervlarning sog‘lom ishlashi uchun omega-3 yog‘ kislotalarining ta'siri aniqlangan. Bundan tashqari, baliq yog‘ining quvvati ruhiy tushkunlik va shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) alomatlarini kamaytirishi hamda xotiraning yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan va kundalik faoliyatlarga xalal beradigan miya kasalligining oldini olishi mumkinligi isbotlangan. Misol uchun, ruhiy tushkunlikdan azob chekayotgan va 12 hafta mobaynida omega-3 yog‘ kislotasidan 1 gramm (0,035 untsiya) qabul qilgan shaxslarda bezovtalik, stress va uyqusizlik kabi muammolarning kamayishi kuzatilgan.136

Yallig‘lanishga qarshi va immun sistemasini kuchaytirishdagi foydalari

Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanishga qarshi (infektsiyaning oldini olish) funktsiyaga ega. Shu bois, omega-3 quyidagi kasalliklarda qo‘llanilishi mumkin:

♦  Revmatik poliartrit (revmatizmga bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘imning yallig‘lanishi).

♦  Osteoartrit (suyak va bo‘g‘imning yallig‘lanishi oqibatida bo‘g‘im faoliyatining yo‘qolishi).

♦  Yarali kolit (yo‘g‘on ichakning yarali yallig‘lanishi).

♦  Teri sili (terida dog‘ keltirib chiqaradigan kasallik).

♦  U mielin (nerv hujayralarini o‘rab turadigan material)ni ham himoya qiladi. Shuning uchun u quyidagilarni davolashda ishlatiladi:

♦  Glaukoma (ko‘z soqqasi ichidagi yuqori bosimdan kelib chiqadigan kasallik, bu hatto ko‘zi ojizlikka ham sabab bo‘lishi mumkin).

♦   Parishonxotirlik sklerozi (miya va orqa miyadagi to‘qimalarning qattiqlashishidan kelib chiqadigan jiddiy kuchayib boruvchi kasallik).

♦   Osteoporoz (suyakning tarkibiy zaiflikka sabab bo‘luvchi kasalligi).

Qandli diabet kasalligiga yo‘liqqan bemorlar.

Shu jumladan, u quyidagilar uchun ham foydali ekanligi qayd etilgan:

♦   Migren bilan og‘riydigan bemorlar.

♦   Anoreksiya (ovqatlanishga ishtahaning bo‘lmasligi).

♦   Kuygan joylar.

♦   Teri salomatligiga doir muammolar.

Yana shunday keng qamrovli dalillar ham borki, omega-3 yog‘ kislotalariga boy baliqni ko‘p iste'mol qiladigan Grenlandiya eskimoslari va Yaponiya aholisida yurak va arteriya kasalligi, astma hamda psoriazdan azob chekish holatlari juda kam uchraydi. Baliq shuning uchun ham davolashning bir turi sifatida tavsiya etiladi va ayniqsa, parhezshunoslar baliqni uning yurak tomirlari salomatligi uchun isbotlangan foydalaridan kelib chiqib tavsiya etishadi.

Biz yuqorida aytib o‘tgan foydalar soni kun-sayin ortib bormoqda. Baliqning soglikka keltiradigan foydalari yaxshi jihozlangan ilmiy laboratoriyalarda ishlayotgan juda ko‘p olimlar tomonidan faqat yaqindagina kashf kilinishiga imkoniyat tug‘ildi. Bunday bebaho oziqlanish manbaining Qur'onda qayd etilishi, ayniqsa, «Kahf» surasida uning charchoqni ketkazish sifatida ta'riflanganligi hayratlanarli mo‘jizadir. Baliq keltiradigan barcha foydalar Parvardigorimizning bizga bergan buyuk ne'matidir.


14-MAVZU. Adabiy til uslublari. «Agronom – yerning asl egasi»
NUTQ USLUBLARI

1. So’zlashuv uslubi

2. Ilmiy uslub

3. Rasmiy-idoraviy uslub

4. Ommabop (publitsistik) uslub

5. Badiiy uslub

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.

O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.


Download 309,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish