Jahon xo‘jaligi (3 soat)
Jahon xo‘jaligi tushunchasi. Jahon bozorining shakllanishi va uning omillari. Jahon xo‘jaligining geografik “modeli” ning ko‘p markazlilik xususiyati. Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha. Xalqaro ixtisoslashish tarmog‘i, xalqaro iqtisodiy integratsiya, regional iqtisodiy integratsiya (neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar ittifoqi - OPEK).
Fan-texnika inqilobining jahon xalq xo‘jaligiga ta’ siri (2-soat)
FTI ning xo‘jalikning o‘sish sur’ati va rivojlanish darajasiga ta’siri. Uchinchi sanoat inqilobi. Xalqaro (transnatsional) korporatsiyalar. FTI ning jahon xo‘jaligidagi asosiy tarmoqlariga, xo‘jalik tarmoqlarining joylanishiga, xo‘jalikning hududiy joylashishiga (hududiy, iqtisodiy geografik, tabiiy sharoit va resurs, transport, mehnat resurslari, hududiy to‘planish, ilmtalablik, ekologik omillar) ta’siri. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning hududiy tuzilishi va regional siyosat. Iqtisodiy rayonlar tizimi: yuqori darajada taraqqiy etgan rayonlar, tanazzulga uchragan rayonlar, qoloq agrar rayonlar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xo‘jalikning hududiy tuzilishi va regional siyosat.
Do'stlaringiz bilan baham: |