O‘quv qo‘llanmalari deganda nima tushuniladi
va ular qanday yaratiladi?
O‘quv qo‘llanmalari – darsliklarni (yoki uning qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari, yo‘llari va vositalari, jihozlari, texnologiyasi haqida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan metodik maslahatlar majmuidir. O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, testreyting nazorat uslubi, pedagogk texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin. Qo‘llanmalar biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin.
Uslubiy qo'llanma 100000 - Gumanitar soha, 110000 -Pedagogika, 120000 - Gumanitar fanlar, 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5120100 -Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, arab tillar), 5120200 -Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta'limi yo'nalishi talabalari uchun “Yosh fiziologiyasi va gigiyena” fanini o'rganish uchun o'quv reja va dasturlarga asoslangan xolda tayyorlangan bo'lib, nazariy (ma'ruzalar) bilimlar bilan o'qitilibgina qolmasdan, balki amaliy (laboratoriya, seminar) mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan. Amaliy mashg'ulot darslarining asosiy maqsadi, bo'lajak pedagoglar, pedagog-tarbiyachilar va boshqa kasbdagilar tomonidan eksperimentlarni bajarish bilimlarini chuqurlashtirishdan va ularni to'gri, fiziologik jihatdan tahlil qilishdan iboratdir.
Mazkur o'quv qo'llanmada jahon tilshunosligi tarixining bosib o'tgan taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik maktablari, til va nutq birliklari, tilshunoslik metodlari haqida fikr yuritildi. Umumiy tilshunoslik fanining nazariy asoslari va mexanizmlari yoritilgan bo'lib, u 5120100 -filologiya va tillarni o'qitish bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Umumiy tilshunoslik" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
The course is devoted to the stages of development of world linguistics, language schools, language and speech units and linguistic methods. The textbook describes the theoretical foundations and mechanisms of general linguistics and it is recommended as a textbook for "General Linguistiks" in the bachelor course of Philology and language teaching - 5120100.
Mazkur o'quv qo'llanma umumiy psixologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlarining psixologiya dasturida ko'zda tutilgan talablarga moslab tuzilgan. Kitobda jahon psixologiyasida qo'lga kiritilgan so'nggi ilmiy-nazariy ma'lumotlar, ilmiy izlanishlar, xorijiy psixolog olimlaming qarashlari va nazariyalaridan milliy mentalitetimizga implementatsiya qilingan holda keng foydalanildi.O'quv qo'llanmada psixologiyaga kirish, shaxs to'g'risida tushuncha, uning tuzilmasi, nazariyalari, asosiy metodlari, bilish jarayonlari, shaxs ehtiyojlari, motivatsiyasi, emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o'rganilishi masalalari o'z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |