Nazorat savollari:
1. Tuproqning fizik hossalaridagi tuproqning morfologik tuzilishi nima?
2. Tuproqning fizik hossalaridagi tuproqning hajm og‘irligini, g‘ovakligi qanday
aniqlanidi?
3. Tuproqning fizik hossalari mexanik tarkibini, donadorligini, zichligini va
qattiqligini qanday aniqlanadi?
4. Qishloq xo„jaligi ekinlarini sug„orish tartibi va mavsumiy suv sarfini belgilash
bo„yicha tajribalarni o„tkazish.
4.1. Sug„orish usullarini qo„llash bo„yicha tajribalar qo„yishni tashkil etish.
Qishloq xo„jaligi, sanoat va kommunal-maishiy tarmoqlari ehtiyojlari uchun
suv olish, taqsimlash va undan foydalanish bo„yicha amalga oshiriladigan
tashkiliy-texnik va xo„jalik tadbirlari majmuasiga suvdan foydalanish deb ataladi.
Xo„jaliklararo suvni taqsimlash ekinlarning maqbul sug„orish tartibi asosida
rejalashtirilishi kerak. Rejali suvdan foydalanishning asosi ekinlarning sug„orish
tartibi, sug„orish texnikasi va texnologiyasidir.
Tuproqning faol qatlamida muayyan tabiiy va agrotexnikaviy sharoitda
belgilangan ekin maydonini maqbul nam va oziqa tartiblari bilan ta‟minlaydigan
sug„orish me‟yorlari, sug„orish muddatlari va sug„orish soni yig„indisi sug„orish
tartibi deb ataladi.
54
Suv berish me‟yori deb 1 ga maydonga bir marta suv berishda sarflangan
suv miqdori tushuniladi.
Mavsumiy suv berish me‟yori deb sug„oriladigan 1 ga maydonga mavsum
davomida beriladigan umumiy suv miqdoriga aytiladi.
Sug„orish tartibiga ta‟sir qiluvchi omillar:
tuproqning mexanik tarkibi va suv-fizik xossalari;
qishloq xo„jalik ekinlarining turi, rivojlanish fazalari. (g„o„za, sholi,
boshoqli ekinlar, sabzavotlar);
sug„orish texnikasi va sug„orish usuli;
qishloq xo„jalik ekinlari hosildorligi va suv iste‟moli koeffitsenti;
iqlim sharoitlari (vegetatsiya davridagi havo tempratura yig„indisi,
atmosfera yog„inlari yig„indisi, shamol tezligi va namlikning bug„lanishi);
tuproqning tuz rejimi va gidrogeologik sharoitlari.
O„zbekistonning sug„oriladigan hududlari iqlim va tuproq sharoitlari bilan
bir – biridan ancha farqlanadi. Bu holatda suvdan oqilona foydalanish maqsadida
gidromodul
rayonlashtirish prinsiplari ishlab chiqilgan.
Gidromodul rayonlashtirishning asosiy maqsadi – erlarning meliorativ
holatini buzmagan holda eng kam suv sarflab, mo„l paxta hosili olinishini
ta‟minlaydigan va g„o„zani sug„orishning har bir hududning tabiiy sharoitlariga
eng mos keladigan miqdori va rejimini aniqlashdir.
Gidromodul rayon bu – sug„orish va sho„r yuvish uchun sarflanadigan suv
miqdori jihatidan bir xil er maydonlari guruhi tushuniladi.
Hozirgi
davrda
gidromodul
rayonlashtirishda
Tuproqshunoslik
va
agrokimyo instituti tomonidan ishlab chiqilgan tuproq-iqlim rayonlashtirilgan
ishlanmasiga asoslanadi (4.1.1-rasm).
55
4.1.1-rasm. Tuproq-iqlim rayonlashtirish chizmasi
Ekinlarning suvga bo„lgan talab miqdorini belgilaydigan bug„lanish va
transpiratsiyani
aniqlovchi
kompleks
tabiiy
sharoitda
O„zbekistonning
sug„oriladigan zonasi 8 ta tuproq-iqlim mintaqaga ajratilgan. Quyi Amudaryo
(Qoraqalpog„iston avtonom Respublikasi va Xorazm viloyati), CHirchiq-Angren
(Toshkent viloyati), Farg„ona (Andijon, Namangan va Farg„ona viloyatlari),
Mirzacho„l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari), Zarafshon (Samarqand va Navoiy
viloyatining bir qismi), Buxoro (Buxoro va Navoiy viloyatining bir qismi),
Qashqadaryo (Qashqadaryo viloyati), Surxandaryo (Surxandaryo viloyati).
Ko„rsatilgan 8 ta okrugning har birining sug„oriladigan erlari 9 ta gidromodul
rayonlarga ajratiladi (4.1-jadval).
56
4.1-jadval.
Gidromodul rayonlarning tasnifi
(S.Rijov va N.Bespalov ma‟lumotlari bo„yicha)
Gidromodul
rayoni
Tuproqning aeratsiya zonasidagi mexanik tarkibi,
tuzilishi va joylanishi bo„yicha tavsifi
Sizot
suvlar
chuqurligi, m
I
Qum–shag„al yotqiziqlardagi qalin qumli hamda
uncha qalin bo„lmagan qumoq va soz tuproqlar
3-4
II
Qum–shag„al yotqiziqlardagi o„rtacha qalin qumoq
va soz hamda qalin qumoq tuproqlar
3-4
III
Qalin qumoq va soz tuproqlar
3-4
IV
Qumli va qumloq tuproqlar
2-3
V
O„rtacha va engil qumoq, bir jinsli yoki og„ir qumoq
tuproqlar
2-3
VI
Og„ir qumoq va soz, bir jinsli, zich joylashgan yoki
mexanik tarkibi turlicha tuproqlar
2-3
VII
Qumli va qumloq tuproqlar
1-2
VIII
O„rtacha va engil qumoq, bir jinsli yoki og„ir qumoq
tuproqlar
1-2
IX
Og„ir qumoq va soz, bir jinsli, zich joylashgan yoki
mexanik tarkibi turlicha tuproqlar
1-2
Samarali suv berish va mavsumiy sug„orish me‟yorlari, o„simlikning
rivojlanish fazalariga qarab maqbul sug„orish muddatlari va ularning soni O„zPITI
tomonidan aniqlangan, (4.11.2-jadval).
57
4.1.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |