Signallashtirish va aloqa distansiyasi Distantsiyaning asosiy ishlab chiqarish jarayoni qurilma va vositalarga texnik xizmat ko’rsatishdan iborat. Bundan tashqari distantsiya telefon-telegraf stantsiyalarining ish faoliyatini tashkil qiladi va yangi texnika vositalarini ishga tushirish jarayonini bajaradi.
Distantsiyaning asosiy vazifasi avtomatika va aloqa qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatib ularning ishonchli ishlashini ta’minlash hamda po’ezdlarning harakat xavfsizligini oshirishdan iborat. Distantsiyaning iqtisodiy vazifasi barcha faoliyat turlari bo’yicha belgilangan ishlarni yuqori foyda olgan holda bajarishdan iborat.
Distantsiyaning mahsuloti barcha qurilma va vositalarning ishonchli ishlashini ta’minlash, bu esa tashish jarayonini samarali bajarishga bevosita tahsir ko’rsatadi. Qurilma va vositalarning nosozligi tufayli ularning ish jarayonidagi uzilishlar yuk va yo’lovchi tashish ishlarini bajarishga salbiy tahsir ko’rsatadi. Temir yo’l trans’ortida tashish ishlari po’ezdlarning harakat grafigi asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun distantsiyadagi barcha texnik vositalar bir maromda va ishonchli ishlashi zarur, bu esa po’ezdlarning harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash ishlarini kafolatlaydi.
Distantsiyaning asosiy ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
avtomatika, telemexanika va aloqa vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, ularni tahmirlash va rivojlantirish, po’ezdlarning xavfsizligi va uzluksiz harakatini ta’minlashni;
telefon-telegraf stantsiyalarini ishlatish, barcha korxona, tashkilot va muassasalarini aloqa vositalari bilan ta’minlashni;
yangi texnikani, ‘rogressiv texnologik jarayonni va mehnatni tashkil qilishning samarali usullarini joriy qilishni;
mehnat sharoitini yaxshilash, ish joylarini tashkil qilish, texnika xavfsizligini va ishlab chiqarish sanitariya qoida va mehyorlariga rioya qilishni;
moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirishni.
Distantsiyaning boshqaruv tashkiliy strukturasi quydagi chizmada keltirilgan.
SHCH
STSB bo’yicha boshliq o’rinbosari
Aloqa bo’yicha boshliq o’rinbosari
Bosh muhandis
Xodimlar bo’limi
Texnik – iqtisodiy bo’lim
Buxgal
teriya