Vagon deposi Vagon depolari vagon xo‘jaligining asosiy korxonasi hisoblanadi va bevosita Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga bo‘ysinadi. O‘z vazifasiga ko‘ra ular yuk, yo‘lovchi va refrijirator vagon depolariga bo‘linadi. Belgilangan ish hajmini bajarish uchun vagon depolari asosiy fondlar va aylanma vositalari bilan ta’minlanadilar. Vagon depolarining asosiy fondlari temir yo‘lning asosiy ishlab chiqarish fondlarining umumiy miqdoridan 15 % ga tashkil etadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi: binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari; kuchli ish mashinalari va jihozlar; transport vositalari; instrumentlar, o‘lchov asboblari, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventar va boshqa asosiy fondlar. Yo‘lovchi vagon depolarida barcha asosiy fondlarning deyarli yarmi hisobda turadigan yo‘lovchi vagonlarning narxiga to‘g‘ri keladi. Vagon depolarida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish avvalo qurilmalar va majmuaviy mexanizatsiya vositalaridan unumli foydalanish, eskirgan qurilmalarni modernizatsiyalash va almashtirish, ishlab chiqarish maydonlari hamda transport vositalaridan oqilona foydalanish hisobiga ta’minlanishi kerak.
Vagon deposining ekspluatatsion faoliyatini tavsiflaydigan hajm ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
jo‘natilgan va stansiya orqali o‘tgan yuk vagonlar;
yuk ortirilgan va tushirgan yuk vagonlarining soni;
yuk vagonlarining vagon–kilometrlari;
elementlarni almashtirish bilan g‘ildirak juftlarini ta’mirlash;
temir yo‘l bo‘limi vagon deposining ekspluatatsion faoliyati ko‘rsatkichlaridan tashqari maxsus tashishlar uchun jihozlanadigan va qayta jihozlanishi kerak bo‘lgan yuk vagonlarining soni;
yuvish va parlanishi kerak bo‘lgan sisternalar (yuvish–parlovchi korxonalar uchun).
Har bir depo uchun ishning hajm ko‘rsatkichlari ular bajaradigan funksiyalarga bog‘liq holda belgilanadi.
Yuk vagon deposi quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha hisobot ishlarini yuritadi.
-jadval
Yuk vagon deposining asosiy ko’rsatkichlari