3-mavzu. Axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini
tashkil etish va boshqarish
Nazariy qism
Ma’lumotlar basazini, irarxik va daraxtsimon, tarmoqli va relyatsion ma’lumotlar basazini. Ma’lumotlar bankini. Yozuv, maydon va atributlarni. Oracle va Accesse MBBTlarini
Bilib olasiz:
Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar banki haqida tushuncha
Har qanday tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ko’p olimlar ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma'lumotlar bazasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo’lib u ko’rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar ortasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olish zarur:
- ma'lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’lik bo’lmasligi lozim, ya'ni MBga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
- MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.
Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB–bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv – o’zaro boglangan ma'lumotlarning bir qismidir.
Ma'lumotlar banki – bu o’zaro bog’langan ma’lumotlar bazasi bo’lib, bo’lib, dasturiy va texnik ta’minot yordamida ma’lumotlarni saqlash, to'plash, yangilash, qidirish va uzatish imkonini beradigan avtomatlashtgirilgan tizimdir.
Ma'lumotlar bankining asosiy elementlari - bu ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasi boshqaruv tizimi deb nomlangan dasturiy mahsulot hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma'lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir.
MBBTning tarkibidagi asosiy komponenti – bu ma'lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti –foydalanuvchilar, Hardware –texnik va Software –dasturiy ta'minoti hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimchasi xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa MB bilan foydalanuvchi urtasidagi mulokotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob'yektning ma'lumotlari ko’rinishi, ma'nosi, tuzilishi va xajmiga bog’lik bo’ladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini yaratish modellari.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari buyicha tavsiflanadi:
Ma'lumotlar tuzilmalarining turi.
Ma'lumotlar ustida bajariladigan amallar.
Butunlikning cheklanganligi.
Bu xususiyatlarni e'tiborga olgan holda ma'lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo’linadi:
Daraxtsimon (iyerarxik) yoki pog’onali modellar.
Tarmoqli (turli) modellar.
Relyatsion modellar.
O’bektga yo’naltirilgan relyatsion
Daraxtsimon (iyerarxik) modelda ob'yektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. asalan, quyiroqda keltirilgan rasmda dasturlash tillarining daraxtsimon modeli kursatilgan.
Iyerarxik modelda ikki yarusdagi elementlar boglangan bo’lsa, unday ma'lumotlar tarmoqli (turli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob'yeklarning o’zaro alokalari yozuvlar o’rtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.
Relyatsion modellarda esa ob'yektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma'lumotlarning bunday ko’rinishda tasvirlanishi ob'yektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi.
Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qarorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo‘lgan bir qancha ma’lumotlar joylashadi. Qatorda esa ustunlarda joylashgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ustun va qator o‘rtasidagi bog‘lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o‘z nomiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |