5
“HARBIY TARIX” FANIGA KIRISH VA QULDORLIK
JAMIYATI URUSHLARI
Harbiy tarix fanining predmeti.
Mamlakatimiz qo‘lga kiritgan mustaqilligini har tomonlama
mustahkamlash, uning umumbashariyat tan olgan ma’naviyatini
tiklash va yangi davr talablari asosida yuksak darajaga ko‘tarishni
talab qiladi. Bu hol esa O‘zbekiston tarixining barcha davrlarini
chuqur o‘rganish, tarixiy haqiqatni bekam-u ko‘st yuzaga chiqarishni
kun tartibiga qo‘yadi.
Tarix - arabcha so‘z bo‘lib, “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar
haqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar
haqidagi, ularning uzoq o‘tmishdan bizgacha yetib kelgan hayotiy
tajribasi haqidagi fandir. Ushbu fanning dolzarbligi, zamonaviyligi
shundan iboratki, hozirgi davrda barcha sohalar kabi Qurolli
Kuchlarimizda ham harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy
tarbiyasiga katta e’tibor berilmoqda, ushbu tarbiya jarayonida o‘sib
kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va buyuk ajdodlarimizga
hurmat, ularning bosib o‘tgan yo‘llarini bilish, tariximizda o‘chmas iz
qoldirgan meroslarni o‘rgatish, har bir ulg‘ayib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Har qaysi inson men shu
millatning farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo‘lgan,
mamlakatimning ibtidosi qayerda, uning oyoqqa turishi, tiklanishi,
shakllanish jarayoni qanday kechgan degan savollarni o‘ziga berishi
tabiiy. Negaki, jahonga Jaloliddin Manguberdi, Ahmad al-Farg‘oniy,
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Amir
Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni
bergan bu o‘zbek millating tarixini o‘rganishga undaydi.
Buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur,
Zahiriddin Muhammad Boburning bosib o‘tgan hayot yo‘llari
barchamiz uchun o‘rnak va ular qoldirgan buyuk merosni o‘rganish
hozirgi zamon ilm-fan, adabiyot va san’atida katta ahamiyatga ega.
Ushbu fanda buyuk ajdodlarimizning bosib o‘tgan yo‘llari, ular
qoldirgan meroslarni mukammal o‘rganish hamda ularning harbiy-
strategik mahoratini to‘laqonli o‘rganishga erishish muhimdir.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili,
madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi
ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi
6
kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar,
xullas, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir O‘zbekiston deb
ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki
umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon
tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproq buyuk allomalar, fozil-u
fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchi, sarkardalar yetishib chiqqan.
Yoshlarni Vatan, millat qadri tushunchasida o‘zlarini mas’ul sezib, bu
bahslarda daxldorlik tuyg‘usida ishtirok etayotgani ayniqsa kishini
quvontiradi.
Harbiy tarix yoki harbiy tarix fani haqiqiy harbiy-tarixiy
hodisalar, mamlakatimiz va boshqa davlatlar, xalqlarning o‘tmishdagi
voqealari, qadimgi zamonlardan hozirgi kungacha harbiy ishlarning
rivojlanishi to‘g‘risida ilmiy bilimlar to‘plamidir.
U keng tarixiy materiallar va nazariy umumlashtirishni o‘z ichiga
oladi, bilish, tushunish va tushuntirish vositasi hisoblanadi. Harbiy
tarix fan sifatida sabab-oqibat va munosabatlarni, harbiy-tarixiy
hodisalarning mazmun-mohiyatini o‘rganadi, milliy, siyosiy, iqtisodiy
hamda boshqa vazifalarni tinch va urush davrida ham qurolli
zo‘ravonlik bilan hal etishning tarixiy tajribasini umumlashtiradi.
Harbiy sohadagi qonunlarning, tarixan o‘ziga xos vaziyatlarda
urushning, shuningdek, qurolli kurashning o‘ziga xos shakllarini
o‘rganadi.
Harbiy tarixning akademik fan sifatida tarkibiy qismlari
(obyektning eng muhim xususiyatlari) quyidagilar:
- urushlar tarixi,
- harbiy fikrlar tarixi,
- harbiy san’at tarixi,
- Qurolli Kuchlar qurilishi tarixi,
- qurol va harbiy texnika tarixi,
- manbashunoslik va boshqalar (bu harbiy tarixning mavzusi).
Jamiyat hayotida, uning ko‘plab institutlari faoliyatida qatnashgan
holda harbiy tarix fani bir qator funksiyalarni, birinchi navbatda,
voqealarni baholash momentini o‘z ichiga olgan kognitiv funksiyani
bajaradi, chunki urushda, qurolli kurashda odamlar shaxsiy-ijtimoiy
xususiyatlari, fe’l-atvori va harakatlari bilan harakat qilishadi.
Urushlar tarixi butun Harbiy tarix fanining haqiqat asosidir,
urushning ijtimoiy mohiyatini maxsus ijtimoiy hodisa sifatida
o‘rganadi, uning paydo bo‘lish sabablari va ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarini,
siyosiy
va
harbiy-strategik
maqsadlarini,
aniq
7
urushlarning tabiati va xususiyatlarini ochib beradi, tomonlarning
kuchlari va rejalarini baholaydi, harbiy harakatlar, operatsiyalar va
janglarning borishini ko‘rib chiqadi, ularning natijalarini tahlil qiladi,
ushbu urushning jamiyat rivojiga ta’sirini aniqlaydi.
Urushlar tarixidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir
muayyan urushning borishi va natijasi, iqtisodiy, siyosiy va axloqiy
omillari, qo‘shinlarning soni, sifati va qurol-yarog‘, harbiy yetakchilik
darajasi xalq ommasi qanday rol o‘ynaganligini aniq ko‘rsatib beradi.
Urushlarning boshlanishi va urush tarixini o‘rganish oldingi avlodlar
tomonidan to‘plangan boy harbiy tajribani umumlashtirishga imkon
beradi. Harbiy tarixshunoslik uni o‘rganib, sintez qilib, urushlar,
janglar va janglarning borishi hamda natijalariga ta’sir etuvchi
omillarni aniqlaydi va ularning asosiylarini belgilab beradi. Urushlar
tarixi xulosalar va saboqlar chiqarish, harbiy nazariyaning zamonaviy
muammolarini puxta o‘ylab topish uchun boy materialdir.
Harbiy tafakkur tarixi harbiy-texnik taraqqiyot, iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillar ta’siri ostida harbiy-nazariy
qarashlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va evolyutsiyasini o‘rganadi
hamda harbiy fanning rivojlanishining umumiy yo‘nalishini, bu
jarayonning natijalari va tendensiyalarini, uning rivojlanishiga hissa
qo‘shgan sharoitlar va omillarni ochib beradi.
Harbiy san'at tarixi urushning paydo bo‘lishi, rivojlanishi,
shakllari va usullarining o‘zgarishini o‘rganadi, ushbu jarayonning
ishlab chiqarish darajasi, davlat va harbiy rahbarlarning siyosatiga
bog‘liqligini ochib beradi, strategiya, operatsion san’at va taktikaning
rivojlanish tendensiyalarini ochib beradi. U urushlar tarixi, qurolli
kuchlarni yaratish tarixi, qurol va harbiy texnikaning rivojlanishi,
qo‘shinlarni tayyorlash va o‘qitish tarixidan xulosalar va darslarni
tahlil qiladi. Ko‘pgina avlodlarning harbiy tajribasini o‘rganish va
umumlashtirish zamonaviy harbiy tarix fanining yanada rivojlanishiga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |