O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet186/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to‘liq induksiyadagidek, harakat qiladi. Lekin unda, to‘liq induksiyadan farqli ravishda, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o‘rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo‘ladi. To‘liqsiz induksiya bo‘yicha xulosa chiqarishda asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishi ko‘pincha kuchsiz bo‘ladi. Dastlabki kuzatish va tajriba natijalarini tanlab olish usuliga ko‘ra to‘liqsiz induksiyaning ikki turi: sanash orqali (enumerativ induksiya) va istisno qilish orqali to‘liqsiz induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi mumkin.
Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiyada (enumerativ induksiya) bir sinfga mansub predmetlar biror belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy xulosa chiqariladi. Insonlarning ob-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasi bo‘lgan fikrlar ham shunday xulasalarni ifodalaydi.
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslanishi, sog‘lom fikr yuritishga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu usuli ommabop induksiya deb ataladi. Masalan, qushlarning pastlab uchishi yomg‘ir yog‘ishini, quyosh botayotganda osmonning qizarishi ertasiga havoning ochiq bo‘lishini bildiradi, daraxt tanasining yashil mox bilan qoplangan tomoni shimolni ko‘rsatadi.
Istisno qilish orqali to‘liqsiz induksiyada tekshirilayotgan sinfning bir qismiga o‘rganilayotgan belgining xos yoki xos emasligi aniqlanib, xos bo‘lmaganlarini chiqarib tashlab, xulosa qilinadi. Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning bir qismi tekshirilib, kasal bo‘lganlari aniqlanadi. SHu malumotgaga asoslanib, o‘rmondagi daraxtlarning qancha qismi kasallanganligi haqida tahminiy xulosa chiqariladi. To‘lqsiz induksiyaning yana bir turi statistik umumlashtirishdir.
Statistik umumlashtirish ommaviy tusga ega, keng ko‘lamda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish, aholining tug‘ilishi va o‘lish haqidagi malumotlarni to‘plash, tahlil qilish va shu kabi hollarda statistik umumlashtirishdan foydalaniladi. Masalan, “Andijon viloyatining aholi zich joylashgan Oltinko‘l tumanida 7 ta kasb-hunar kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 ming 300 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xo‘jalik yurituvchi subekt, jumladan, sanoatda – 371 ta subekt, qurilishda – 167 ta subekt, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida – 156 ta subekt va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi.Tumandagi har bir xo‘jalik subektiga o‘rtacha 3 nafar bitiruvchi to‘g‘ri keladi,”1 –deb chiqarilgan xulosa statistik umumlashtirishning natijasidir.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish