Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega –fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi va fanda subekt degan termin bilan ifodalanadi (simvolik belgisi - S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifodalanadi (simvolik belgisi - P). Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Mulohazaning subekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning simvolik ifodalanishi:
S – P (tasdiq mulohaza), S – P emas (inkor mulohaza)
Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib bo‘lmaydigan mulohazadir yoki bir subekt va bir predikatdan tashkil topgan mulohazadir.
Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin bo‘lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, “Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi”, degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. “Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi” - bu murakkab mulohazadir.
Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, yani miqdori va sifatiga ko‘ra tasniflanadi. 1- tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juziy bo‘ladi.
YAkka mulohazalarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Malum manoda yakka mulohazalarni umumiy mulohazalar bilan tenglashtirish mumkin. CHunki har ikki mulohazada ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. YAkka mulohazalarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi. Masalan: “O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir”, “Ahmedov tarixchi emas”.
Umumiy mulohazalarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, “Har bir inson baxtli bo‘lishni xohlaydi” va “Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi”.
Umumiy mulohazalar biron-bir konkret xolatning mavjudligini shartlamaydi, juziy mulohazalar esa shartlaydi, chunki ularda predmetlar sinfining bir qismi haqida fikr bildiriladi. Masalan, “Bazi yoshlar tadbirkordir”. “Ko‘pchilik”,”ozchilik”,”bir qismi” kabi so‘zlar ham miqdoriy ko‘rsatkich sifatida juziy mulohazalarda qo‘llaniladi.
Oddiy mulohazalarni tasniflashning ikkinchi tamoyili bu ularning sifatidir, yani tasdiq yoki inkor mazmunga ega bo‘lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. “Hamma ilonlar zaxarlidir” mulohazasining predikatida subekt haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyiladi. “Hech bir riyo amal maqbul emas” mulohazasida subekt haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Agar biz qatiy mulohazalarni individlar sinfi o‘rtasidagi munosabat sifatida olib qarasak, unda tasdiqlovchi mulohazada sinfning, sinf bir qismining boshqa sinfga kirishi tasdiqlanadi. Inkor mulohazada esa bir sinf yoki sinf qismining boshqasidan ajratib olinishi tasdiqlanadi. “Bazi fuqarolar masuliyatsiz” mulohazasida tasdiq yoki inkorni ajratish qiyin. Bunday xolatlarda nima nazarda tutilayotganligi aniqlanib, so‘ng mulohazaning sifati belgilanadi.
Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni mantiqiy taxlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Umumiy tasdiq mulohazalar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar.” Bu mulohaza lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va “Hamma S – P dir” formulasi orqali ifodalanadi..
2. Umumiy inkor mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi.” Bu mulohaza “Hech bir S – P emas” formulasi orqali ifodalanadi va lotincha e harfi bilan belgilanadi.
3. Juziy tasdiq mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, “Bazi talabalar masuliyatli.” U lotincha I harfi bilan belgilanadi va “Bazi S–Pdir” formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juziy inkor mulohaza bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Bazi talabalar tartibli emas.” Uning formulasi “Bazi S–P emas” bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |