O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet206/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Kasb etikasi har bir kasb-hunarga xos axloqiy (norma) meyor, (prinsip) tamoyillar va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq etishning vosita va usullarini o‘rganadi.
Etika fanining tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, doimo uzviylikni taqozo etadi va to‘ldirib turadi.
Arastu “Katta axloq kitobi”da shunday deydi: “Etika - axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga taalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir. CHindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan, yani munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq - fazilatlar egasi - fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir. shuning uchun axloqni bemalol siyosat deb atash mumkin.”2
Axloq normalari, axloqiy yetuk lik mezonlari malum bir tarixiy davrning, sharoitlarning imkoniyati va ehtiyoji bilan belgilanadi. Axloqlilik va axloqsizlikning mezonlari bu har bir muayyan davrdagi kishilarning xatti - harakatlarini konkret sharoitlardan, ehtiyojlardan kelib chiqqan holda taqiqlash yoki maqullashdir. Axloqiy taqiqlar esa jamoatchilik fikri, qonunlar turli e’tiqodlar asosida belgilanadi. Axloqiy yetuk lik darajasini ham bir shaxs emas, balki jamoatchilik belgilaydi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni axloqiy yoki g‘ayriaxloqiy deb baholash jamiyat azolarining iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, manfaati darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Odoblilik - Kundalik hayotda axloq qoidalariga rioya qilish - odobdir. Odob axloqiy fazilatlarni insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir. (Odob) Hamda jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, xatti - harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Insoniyat paydo bo‘libdiki, muayyan odob doirasida bo‘lishga, yaxshi nom qoldirishga intiladi. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl-nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi. Bejizga mutafakkir Abu Mansur as Saolibiy : “Har bir kishi o‘ziga qarab tarif qilinsa, ishiga qarab tavsiflanadi, maqtaladi. Fazilat nasl-nasab bilan emas, aql-adab bilandir” 1 - deb bejiz aytmagan.
Kundalik turmushda uchrab turadigan, o‘zimiz sezib-sezmaydigan, ammo bilishimiz va har qadamda qo‘llashimiz zarur bo‘lgan odob qoidalari mavjud. Oddiy xatti - harakat, chiroyli xulq - atvor natijasida katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. shuning uchun, odob qoidalariga (mayda-chuydalar sifatida) befarq qarab bo‘lmaydi. (Inson yirik ishlarda xatoga yo‘l qo‘ymaydi, balki mayda - chuydalarga etibor bermasligi tufayli jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi.) shu bilan birgalikda insonning aql-idroki bo‘lmasa, uning odobi yuzaki, suniy chiqadi. Qilingan xatti-harakatdan uning insonligini bilib turamiz-u, lekin odamiyligi yo‘qligidan nafratlanamiz.
“Luqmon hakimdan: “Odobni kimdan o‘rganding?” deb so‘radilar. Luqmon javob berdi: “Odobni beodoblardan o‘rgandim, ularning harakatlaridagi menga maqbul bo‘lmagan narsalardan o‘zimni saqladim!”
Biror esli kishiga hatto xazil so‘z aytsang
U shundan ham o‘ziga chiqaradi xulosa.
Ammo axmoq kishiga yuzlab hikmat o‘rgatsang
Barchasi uning uchun tuyular xazil narsa.2
Tarbiyalangan kishining har bir xatti-harakati boshqalarda unga nisbatan hurmat uyg‘otadi. shunga ko‘ra, yaxshi tarbiya ko‘rgan, odobli kishi bo‘lishga intilish har bir insonga xos bo‘lmog‘i lozim.
Axloq - manaviyatga nisbatan surat, tashqi jihat bo‘lsa, odob - o‘z navbatida axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. Inson odobi uning barcha axloqiy fazilatlarini namoyon eta olmaganidek, SHaxsning barcha axloqiy sifatlarini bir erga jam qilganda ham, uning manaviy dunyosini to‘liq qamrab olib bo‘lmaydi. Insonning hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o‘zining manaviy olamini boyitib boradi. Inson aqlan va axloqan boyigan sari o‘z oldiga ulug‘vor vazifalarni qo‘yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa manaviy poydevorni talab qiladi. Axloqiy qadriyatlarga rioya qilishni har bir SHaxs o‘zidan boshlashi kerak. Eng asosiy narsa axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal qilishdir. SHaxsning faoliyatiga nisbatan axloqiy bahoni jamoatchilik beradi. Zero, axloqlilik - SHaxs faoliyatining jamoatchilik belgilagan manaviy mezonlariga mos kelishidir. Barcha axloqiy xatti - harakatlarning manaviy asosi bo‘lgan iymon va vijdon tushunchalari inson hayotining ichki ruhiy qonunidir. Axloq muammolari tahlilida inson ko‘proq shu ichki qonunga tayanib ish ko‘radi.
Axloq va ahloqiy normalar kishilar faoliyatining muayyan sohasigagina taalluqli bo‘lmay, balki xalq hayotining hamma jabhalariga kirib boradi. Axlokiy xislatlar sohasi ko‘plab masalalarni, YAni fuqarolik jamiyatining axloqiy mezonlariga, bozor iqtisodiyoti sharoitining axloqiy karashlariga bo‘lgan munosabati va boshqalardan tortib to zamonaviy turmush qoidalari, SHaxsiy xulq-atvorgacha bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ongni qayta qurishda axloqiy tarbiyaning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Malumki, insonning botiniy go‘zalligi bevosita axloqiy fazilatlar va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. CHunki, axloq, avvalo, ijtimoiy-manaviy hodisa sifatida inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Bu xu¬susda akademik e.YUsupov : «Axloq insonning konkret sharoit¬larda bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi hamdir, - deydi. - Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida SHaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va meyori, o‘zaro muloqot va munosabatda ularga xos bo‘lgan manaviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir. Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy SHaxs sifatida shakllanmaydi.
Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va masuliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va YOmonlik, yovuzlik, haqlilik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat shakllanadi».1
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisi - yaxshi , chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi. Bular o‘z navbatida insonda hulqiy go‘zallikni namoyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan kamolotga etkazadi.
Ikkinchisi - yomon, hunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, tama¬girlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, badjaxllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik, bevafolik, berahmlik, tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari etaklaydi va manaviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umum tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi.
Axloq murakkab tuzilishga ega bo‘lib, asosan uch tarkibiy qismdan iborat ular: axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlardan tashkil topadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish