O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati



Download 0,96 Mb.
bet205/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, SHaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir SHaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir. Inson hech qachon jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida boshqa ko‘plab insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishi zaruriyati bilan bog‘liq. Sharq xalqlarida, asosan o‘zbeklarda insoniy munosabatlar zaminida birinchi navbatda axloq yotadi. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi.
Axloq - manaviyatning amalda namoyon bo‘lishi. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Inson manaviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo‘ladi. Manaviyat - his etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy qudrat bo‘lsa, axloq bevosita har bir SHaxsning o‘zgalarga nisbatan manaviy munosabatini anglatadi. shu sababli axloqiy tushunchalar ayni paytda manaviy tushunchalar sifatida etirof etiladi. Zotan, axloq insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, saxovatpeshalik va bag‘rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g‘amxo‘rlik singari manaviy tushunchalarni insonning hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan manaviy hodisadir. Zero, «Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida SHaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va meyori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan manaviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir» 1
Barcha davrlarda inson va jamiyat o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar siyosiy, huquqiy, iqtisodiy mezonlar asosida boshqarilgan. Ayniqsa, Sharq xalqlarida, xususan, xalqimizning insoniy munosabatlar asosini axloq va axloqiylik tashkil etgan: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyat, oila va turli munosabatlar natijasida shaxs sifatida shakllanadi. Uning barkamol darajaga ko‘tarilishi ham jamiyatda amalga oshadi. Inson barkamolligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri o‘zini o‘zi anglashi hisoblanadi, chunki o‘zini o‘zi anglamagan inson barkamol shaxs darajasiga etib kelmaydi. U o‘zini anglagandagina o‘zgalarni anglashda va turli munosabatlarda «men»ligini namoyon etadi.
«Axloq» - arabcha so‘z bo‘lib, kishining tabiati, muomala, xulq- atvor, yurish-turish, tarbiya, adab, xatti-harakat odobi degan manolarni anglatadi2. Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi.
Axloq bo‘lmagan joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat axloq zaminidagina insonlarda xayotning mazmuni va maqsadi; jamiyat oldidagi burchi va masuliyati; boshqa axloqiy tushunchalar va meyorlarga muayyan munosabat shakllanadi.
Axloqshunos olim, A.SHer axloqqa o‘zgacha tarif beradi: “Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli tasir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq - jamiyat, zamon, bazan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi manaviy hodisa.”1
Etika fan sifatida axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat rivojidagi o‘rni, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatligi amalda isbotlangan bilimlar majmuidir. Etika fani umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Jumladan, etika nazariyasi axloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, har xil nazariyalarning tarixdagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarini tadqiq etadi.
Qadriyatlar etikasi axloqiy meyorlarni axloqiy meros sifatida shakllanishi hamda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish