Bashoratning turlari va metodlari. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida bashorat (arab - xushxabar)- ilmiy bilishning bir shakli, hali to‘la malum bo‘lmagan imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar to‘g‘risida oldindan fikr aytish1 deya tarif beriladi. Bashoratning dastlabki shakli sifatida sezgi, ishora, kundalik tajribaga asoslangan intuitiv bashorat hisoblanadi. Masalan, ko‘p asrlik hayotiy tajriba asosida odamlar u yoki bu hodisalarni kundalik hayotda qonuniy takrorlanishini anglab etadilar, hamda ularni bir-biriga taqqoslashni o‘rganadilar. Jumladan qaldirg‘ochlar Yer bag‘irlab uchsa, ob- havo tez orada yomonlashishini kutish malum. Oddiy odamlarning kuzatuvchanligi, ijodiy zehni kelajakni prognoz qilishning o‘ziga xos shakli – xalq alomatlarida o‘z ifodasini topadi. Odamlar ob- havodagi o‘zgarishlarni va ularning hosilga tasirini asrlar osha kuzatib keladilar, hayvonlar, qushlar, qurt-qumursqalarning malum xulq atvoriga, kunchiqar va kunbotar mahallarda quyoshning tusiga,bulutlarning shakliga qarab ob- havoni bashorat qilishga odatlangan. Diniy bashorat “vahiy kelishi”, oldindan aytish shaklida nomoyon bo‘ladi. Islomda hamma narsa oldindan belgilanganligi haqidagi aqida bashoratning muxim jihatlaridan biridir. Muxammad alayhissalom talimotiga ko‘ra, dunyoda hech narsa Olloh irodasidan tashqarida mavjud bo‘lmagan va mavjud bo‘lishi mumkin emas. “Har bir jon Ollohning izmi bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda o‘ladi” (Quroni karim. 3-145).
Ilmiy bashorat haqidagi mumtoz nazariya kelajak haqida aniq bilimga ega bo‘lish imtiyoziga davogarlik qiladi. Shuning uchun ham unga qatiylik va bir xil aniqlovchi parametrga ega chiziqli rivojlanish xos. Unga ko‘ra hozirgi kun kelajakni qanday belgilasa, o‘tmish ham hozirgi kunni shunday belgilaydi. YAni, dunyoning barcha holatlarini – o‘tmishdan to olis kelajakkacha – hisoblab chiqish va bashorat qilish mumkin.
Ilmiy bashorat nomumtoz nazariyaga ko‘ra kelajakni tahlil qilishda grafik modelli rivojlanishning bosh yo‘nalishini o‘z ichiga qamrab olgan sinusoid obraziga suyanadi. Uni chiziqli jarayonga taqqoslaganda kelajakni tahlil qilishda aniqlovchining nisbatan moslashuvchan sxemasi yuzaga keladi va yangi omil – tasodifning roli alohida etiborga olinadi. Kelajakdagi o‘zgarishlarning tasodiflarga asoslanishi izchil tushuniladi. Kelajakni aniqlashdagi taxminiy o‘zgarishlar ehtimollik va katta sonlar qonuniga binoan amalga oshiriladi. Unga ko‘ra kelajakda o‘zgarish qancha katta bo‘lsa, uning ehtimolligi shuncha kam bo‘ladi, zero, har safar real hodisa bosh yo‘nalish – «o‘rtacha kattalik qonuni»ga yaqinlashadi. SHuningdek, kelajakni individual tasavvur qilish muhim metodologik qiymatga ega bo‘ladi.
Ilmiy bashorat postmumtoz nazariyaga ko‘ra avvalboshdan va zamonning istalgan davrida kelajak nomalumligicha qolaveradi. Bunda kelajakdagi o‘zgarishlar va taraqqiyot bosqichlari bir necha yo‘nalishning biridan borishi mumkin bo‘lib, bu ko‘pincha biron-bir ahamiyatsiz bo‘lib ko‘ringan omil bilan belgilanadi. YAni tizim o‘zini qayta qurib, yangi tashkillashtirish darajasi vujudga kelishi uchun oz miqdorda energiya bilan tasir ko‘rsatishining o‘zi kifoya bo‘ladi. Arzimagan va kuchsiz bo‘lib ko‘ringan kichik bir o‘zgarish nafaqat kelajak haqidagi tasavvurlarni balki uning manzarasini ham tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ayniqsa muvozanatdan uzoq sharoitlarda bifurkatsiya mexanizmlari faoliyat ko‘rsatib, ular ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomiyligining xilma-xilligini namoyon etadi. Shuning uchun ham ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin hisoblanadi. Bu haqida fikr yuritib I.Prigojin “Bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi” degan bo‘lsa, N.Moiseev esa, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir»3 deb takidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |