O`quv qo`llanma – darslikni qisman to`ldiruvchi, muayyan fan dasturi
bo`yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o`zlashtirilishini ta`minlovchi,
ayrim bob va mashg`ulotlar yechimiga mo`ljallangan nashr.
Uslubiy qo`llanmalar ta`lim muassasasining ilmiy-uslubiy kengashi
tomonidan tasdiqlanadi. Darsliklar qo`lyozmasi tayyor bo`lgandan keyin ichki va tashqi taqrizdan o`tkaziladi, ta`lim muassasasidagi ekspert komissiyasi ko`rigidan o`tib, tegishli xulosa olgandan so`ng mutasaddi kafedra yig`ilishidan o`tadi, keyin ta`lim muassasi ilmiy-uslubiy kengashidan o`tadi va nashrga tavsiya etish haqidagi taklifni Vazirlikning Muvofiqlashtiruvchi kengashiga taqdim etadi. Muvofiqlashtiruvchi Kengash qoshidagi ekspertlar ko`rigidan ijobiy o`tgandan so`ng mazkur Kengashning nashr etishga ruxsati haqidagi qarorini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |