O'quv me'yoriy hujjatlar reja



Download 21,47 Kb.
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi21,47 Kb.
#797001
  1   2   3
Bog'liq
O\'quv me\'yoriy hujjatlar


O'quv me'yoriy hujjatlar
REJA:
1.Kasb-hunar kollejlari tasniflagichi.
2.Davlat ta'lim standarti.
3.O`quv reja. Ishchi o'quv reja.
4.Fan dasturi, ishchi fan dasturi.
5.O`quv uslubiy majmua. Ma`ruza matni.

1.Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana shu ongli xatti-harakat yetuk rus psixolog olimi P.Ya. Galperin va uning maslakdoshlari fikricha, asosan, quyidagi uch bosqichda amalga oshadi:



  1. Mo`ljalga olish bosqichi bo‘lib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan
    aniq maqsadini mo‘ljalga oladi, ya’ni rejalashtiradi, loyihalashtiradi.
    Maqsadga erishish yo‘llarini modellashtiradi.

  2. Asosiy, amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-sharoit,
    mavjud bo‘lgan ko'plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy
    xatti-harakatlar bajarilib, ma’lum natijaga erishiladi.

  3. Nazorat qilish va o'zgartirishlar kiritish bosqichi hisoblanib,
    unda ko'zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli
    Auiosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining
    mazmuni, tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar kiritilib, ish-harakat
    usullari takomillashtiriladi.

Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar
kabi ta’lim-tarbiya ishi ham ushbu qonuniyatga to‘liq bo'ysunadi.
Demak, ta’lim-tarbiya ishi ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi.
Bu me’yorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon va makon
hamda natijalar tekisligida samarasiz boiadi. Aslini olganda, maxsus
ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari aniq
maqsadni ko'zlab, reja asosida kechadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yoiini tanlashi kadrlar tayyorlash
tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi yangi o‘quv rejalari, dasturlan,
darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va
tatbiq etishni taqozo qildi.
Shu nuqtayi nazardan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta`lim
jarayoni, mazmunini isloh qilish, asosan, me’yoriy hujjatlar
majmuyi (davlat ta`lim standarti, o‘quv rejalari va dasturlari) asosida,
kadrlarga ta`lim va tarbiya berish milliy istiqlol g‘oyalariga muvofiq
amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Tasniflagich O‘zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlashtirish va tartibga solish yagona tizimining tarkibiy qismidir.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari tasniflagichi — oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta`lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir. Unda quyidagi sakkizta bilim sohasi ko‘zda tutiladi:
1. Ta`lim
2. Gumanitar fanlar va san’at
3. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq
4. Fan
5. Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari
6. Qishloq xo‘jaligi
7. Sogiiqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
8. Xizmatlar
Tasniflagichda ta`lim bosqichlari (bakalavriat, magistratura), bilim
va ta`lim sohalari, ta`lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari yettita raqamli
kod bilan belgilanadi.
- mutaxassislik kodi;
- yo‘nalish kodi;
- ta’lim sohasi kodi;
- bilim sohasi kodi;
- ta’lim dasturlarining bosqichli kodi.
Ta’limning xalqaro standart tasnifiga binoan ta’lim bosqichlari
bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida - 5 A (raqam va harf)bilan belgilanadi. Masalan: bakalavriat kodi 5140100, 5211300, 5520400 va hokazo; magistrlar 5 A 140101, 5A211301, 5A520403 va hokazo.
Kasb-hunar ta ’limi yo‘nalishlari tasniflagichi o'rta maxsus va kasbhunar ta’limi muassasalarida kichik mutaxassislar tayyorlash bo'yicha tayyorlov yo‘nalishlari kasblarining va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro'yxatidir.

Download 21,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish