O‘quv-metodik materiallar 1 –mavzu: «Hozirgi o`zbek adabiy tili me’yorlari»


Hozirgi o’zbek adabiy tilining davlat tili mavqeidagi o’rni



Download 122 Kb.
bet4/19
Sana14.04.2022
Hajmi122 Kb.
#550205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
меъёр

Hozirgi o’zbek adabiy tilining davlat tili mavqeidagi o’rni. Hozirgi o’zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o’tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. O’zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko’proq darajada o’zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan:
1.O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o’n birinchi chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1989-yil 21- oktabrda qabul qilingan).
2.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4-modda).
3. «Davlat tili haqida» gi qonunning yangi tahriri (1995-yil 21-dekabr).
Kishilarning o`zaro aloqa quroli bo`lgan til anchagina qadimiy tarixga ega bo`lgani uchun so`zlovchilarning bu tilga munosabati ham qo`hna hodisalar jumlasiga kiradi. Chunki til kishilarga doimo o`zaro aloqa, munosabat, madaniy-ma’naviy zaruriyat jamoa bo`lib birlashishi, kurashish quroli bo`lib xizmat qilgan. Shu sababli suhbatdoshlar nutqning bir-biri uchun tushunarli bo`lishi, kerakli o`rinlarda esa nutqning o`tkir ta’sirchan, maqsadga muvofiq bo`lishi ob’ektiv zaruriyat hisoblangan.
Nutq madaniyati real nutqiy hodisadir. Tabiiy ravishda ob’ektiv ehtiyojlar tufayli kishilarda tilga munosabatning muayyan me’yorlari, qoidalari yuzaga kela boshlagan va ularga rioya qilish ko`rinishlari paydo bo`la borgan.
Ular quyidagilar: So`zlovchi yoki tinglovchi gapirganda yoki eshitganda muayyan axloq-odob normasiga rioya qilishi ta’sirchan va chiroyli gapirishga intilishi, tilga hurmat, o`z gapi va o`zgalar gapiga e’tiborli bo`lishi, o`rinli so`zlash yoki tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, munozara madaniyati, tilga e’tibor va ehtiyotkorlik va hokazo.
Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o`lchovi kerak bo`ladi. Xo`sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: «Til me’yori - bu til birliklari va uning qurilishini o`zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bulgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig`indisidir». Ya’ni adabiy til me’yori bu til unsurlarining xalq o`rtasidagi ko`pchilikka ma’qul bo`lgan variantini tanlashdir. Me’yor o`zgaruvchidir. Umumiy va xususiy me’yorlar prof. E.Begmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan «Adabiy norma va nutq madaniyati» kitobida o`zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari qayd etilgan va ularga xos xususiyatlar bayon qilingan:

  1. Fonetik me’yorlar

  2. Talaffuz (orfoepik) me’yorlar

  3. Aktsentologik (urg`uning to`g`riligi) me’yorlar

  4. Leksik-semantik me’yor (so`z qo`llash) lar

  5. Grammatik me’yorlar

  6. So`z yasalishi me’yorlar

  7. Imloviy me’yorlar

  8. Grafik (yozuv me’yorlar)

  9. Punktuatsion me’yorlar

  10. Uslubiy me’yorlar

Fonetik me’yor. Hozirgi o`zbek adabiy tili uchun 6 ta unli tovush va 24 ta undosh tovushning qo`llanishi me’yor hisoblanadi. Ularning qo`llanish tamoyillari, milliy tovush talaffuzlari asosida belgilanadi1.
Leksik-semantik me’yor . Hozirgi o`zbek tilining lug`aviy me’yori deganda so`z variantlarining hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish tushuniladi. Lug`aviy me’yor, imlo talaffuz va tarjima lug`atlarida o`z aksini topgan bo`ladi. Nutqda so`zning ma’nosini bilmay ishlatish, sheva ma’nosini bilmay ishlatish, sheva so`zlarini qo`llash, paronimlarning ma’nosini bilmay ishlatish (asr, asir, archish, artish, yoriq, yorug`) rus tilidan ko`r-ko`rona kalaka kilish. Me’yor bo`zilishi hollarining ko`rinishlaridir.
Talaffuz me’yorlari. Til birliklarining og`zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. Ammo og`zaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o`zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Talaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik lug`atlarning ahamiyati kattadir.
Aktsentologik me’yor. Bu urg`uni so`z va gaplarda to`g`ri qo`llash me’yori tushuniladi. Masalan: olma, yangi, hozir so`zlarida urg`uni to`g`ri ishlatmaslik so`z ma’nosiga ta’cir qiladi.
Grammatik me’yor. Hozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmokda. Shunga qaramay, ba’zan -ning o`rnida –ni; -lar o`rnida –la shakllarini xato qo`llash hollari uchraydi.
Direktorni xonasida ko`rdim. Direktorning xonasida ko`rdim. Birinchi misolda direktorning o`zini, ikkinchisida boshqa kishini ko`rganlik ma’nosi anglashilmoqda.
So`z yasalishi me’yori. So`z yasovchi qo`shimchalar fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so`z yasalishi me’yori hisoblanadi. Holbuki, nutqda sifat yasovchi –li va ot yasovchi –lik qo`shimchalari farqlanmay qo`llanilmokda. Paxtali chopon, buxorolik yigit deyish o`rniga, paxtalik chopon, buxoroli yigit deb xato aytilmoqda va yozilmoqda.
Imloviy (orfografik) me’yor. Adabiy tilning madaniylik darajasini, belgilovchi asosiy mezonlardandir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 24 avgustdagi 339-sonli qaorori Bilan «O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari» ni tasdiqladi. Asosiy qoidalar «Harflar imlosi», «Asos va qo`shimchalar imlosi», «Qo`shiq yozish» va boshqa qoidalar yaratilgan.
Grafik (yozuv) me’yori. Hozirgi o`zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harfiy birikmalardan tarkib topgan. Bosh va kichik harflar hamda yozma va boshqa shakl ko`rinishlariga ega bo`lgan yozuv me’yoridir.
Punktuatsion me’yor. U tinish belgi asosida ish ko`radi. K.Nazarov tomonidan «O`zbek punktuatsiyasining asosiy qoidalari» loyihasi tayyorlanib «O`zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida e’lon qilindi. O`zbek punktuatsiyasining juda ko`p qoidalari gap qurilishiga asoslanadi.
Uslubiy me’yor. Adabiy tilning uslubi, me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo`llashdir. Sinonimlardan noto`g`ri foydalanish, so`z takrori, ayrim eskirgan yoki jargon so`zlarni qo`llash nutqni uslubiy jihatdan noravon qiladi. Xullas, yuqoridagi me’yorlarga rioya qilish, amal qilish shu tilda so`zlashuvchi va yozuvchi kishilar uchun majburiydir.
Demak, o`zbek adabiy tili o`zbek milliy nutq madaniyatining tayanch nuqtasi, asosi hisoblanadi.
Adabiy til me’yorlariga to`la rioya qilinsa, uning qoidalari o`zlashtirilsa, nutq madaniyati ham rivojlanadi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilining fonetik me’yori Toshkent shevasiga asoslangan. Bu me’yor adbiy til me’yorining og`zaki turiga mansubdir. Fonetik me’yor o`zbek tilning yozma me’yorlari biolan bevosita bog`liq,
Til, uning amaliy ko`rinishi bo`lgan nutq tabiiy holatda talaffuz qilinuvchi ovozga (tovushga) asoslanuvchi hodisadir.Ammo adabiy til, adabiy nutq haqida gap borganda tabiiy an’anaviy ovoz va talaffuz bilan bir qatorda muayyan me’yorlarga, qoidalarga solingan talaffuz haqida gapirishga to`g`ri keladi. Adabiy til doirasida amal qiluvchi tabiiy me’yorlar va muayyan me’yorlarga solingan talaffuz qoidalari yig`indisi – adabiy talaffuz yoki, boshqacha aytganda orfoepik me’yorlar deb yuritiladi. Orfoepik (to`g`ri talaffuz) me’yorlar fanda qisqacha orfoepiya deb ham nomlanadi. Orfiepiya atamasi hozirda ikki hodisani, birinchidan muayyan adabiy tilga xos adabiy til me’yorlari va ularga doir qoidalar yig`indisini, ikkinchidan esa, tilshunoslikning adabiy talaffuz me’yorlarini o`rganuvchi sohasini ifodalamoqda. Orfoepiya ma’nosida o`zbek tilida adabiy talaffuz, adabiy talaffuz me’yorlari, adabiy talaffuz qoidalari, to`g`ri talaffuz qoidalari atamalari ham qo`llaniladi.
Talaffuz me’yorlari adabiy tilda so`zlovchilarning barchasi uchun yagona talaffuz qoidalarini belgilaydi. Demak, adabiy nutqning muayyan qoidalarga solingan me’yorlarga egaligi nutq tipining o`ziga xos mohiyatidan dark beradi. Adabiy talaffuz – ushbu tilda gaplashuvchi barcha kishilar uchun umumiy va qonuniy bo`lgan talaffuzdir. Adabiy talaffuzning yuzaga kelishi adabiy til og`zaki shaklining yuzaga kelishi bilan bog`liqdir.
Talaffuz me’yorlari madaniyati bilan zich bog`lanadi. Nutq madaniyatining rivoji adabiy tilning har ikki shakli (yozma va og`zaki) bir xilda takomillashib borishini talab etadi.
Orfoepiya – to`g`ri talaffuz nutq madaniyatining bir tomoni bo`lib, adabiy talaffuzni bir sistemaga solishga yordam beradi. Adabiy tilda to`g`ri yozish qanchalik ahamiyatli bo`lsa, to`g`ri talaffuz qilish ham shunchalik ahamiyatlidir. Yozuvdagi orfografik xatolar kabi noto`gri talaffuz ham kishilar diqqatini juda tez jalb etib, noqulaylik tug`diradi. Noqulaylikni bartaraf etish orfografiya va orfoepiya qoidalarini puxta o`rganishni talab etadi.
“Nutqni to`g`ri tuzish uchun grammatikani o`rgan, lekin tabiiy, oddiy gapir”, - deydi M.I.Kalinin.
To`g`ri talaffuz qoidalari to`g`ri yozuv qoidalari bilan zich bog`langan. Ammo jonli taoaffuz hamma vaqt yozuvga teng kelavermaydi. Bu holat nutqning fonetik tomonlari – tovushlarning o`zaro ta’siri, tovushning so`zdagi o`rni va urg`u masalalari bilan aloqadordir. Masalan, ozod, obod so`zlarining ozot, obot tarzida talaffuz etilishi orfoepik norma sanaladi; vokzal, ekzamen so`zlarini xuddi yozilganicha talaffuz etish orfoepik normani buzish bo`lgan bo`lur edi. Jonli tilda vokzal va ekzamen so`zlaridagi k jarangsiz undoshi unli va jarangli z tovushlari orasida jaranglashadi; ikkala so`zdagi urg`usiz o unlisi a kabi, ye unlisi esa i tor unlisi kabi talaffuz etiladi va shu holat orfoepik norma sifatida qabul qilingan. Demak, orfografiya va orfoepiya o`zaro bog`liq; ammo ularning o`zlariga xos qonun – qoidalari mavjuddir.
Talaffuzni me’yorlashtirish radio eshittirish, teatr, ayniqsa o`qish – o`qitish ishlarini va umuman madaniyatni taraqqiy ettirish uchun juda zarur. Ayni zamonda radio, televizor, teatr, o`qish – o`qitish ishlari yordamida adabiy talaffuz me’yorlari keng xalq ommasiga singdirib boriladi. Aslida orfoepik me’yorlar xalq jonli tili faktlari asosida, tovushlar sistemasi, ularning turli fonetik o`zgarishlari asosi yaratildi. Bunda mavjud talaffuz variantlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot tendentsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi.
Masalan, o`zbek shevalarida bir so`z bir necha fonetik variantlarda: aka, oka, ako; bola, bala; shuningdek, hozirgi zamon davom fe’li yasovchi affiks – yapti – votti (borvotti), oopti (boropti), - utti (borutti, kelutti) shaklida talaffuz etiladi. Bulardan orfoepik norma sifatida aka, bola variantlari; hozirgi zamon davom fe’li shaklsi uchun – yapti affksi qabul qilingan.
Unlilar orfoepiyasi
I unlisi:

  1. yopiq bo`g`inda, jarangsizlar orasida va sh, s, r, l, z, n tovushlari oldida qisqa talaffuz qilinadi: bir, bitta, chit;

  2. q, g`, x chuqur til orqa undoshlaridan keyin ruscha ы ga moyil talaffuz etiladi: qish, qiz, qirg`iz, og`iz, to`qqiz, axir;

  3. arabcha – forscha va ruscha-baynalminal so`zlarning urg`uli bo`g`inlaridan cho`ziqroq talaffuz etiladi: muhim, ahil, lirika, silos, litr.

U unlisi:

  1. jarangsiz undoshlar orasida tor, bilinar – bilinmas, qisqa aytiladi: puchuq, pushti, uchq bo`g`inlarda biroz keng talaffuz qilinadi: butun, tutun, tugun, bugun;

  2. q, g`, x chuqur til orqa undoshlaridan keyin: o`quv, urg`u, uyg`un shaklida cho`ziqroq va kommuna, kub, tush kabi ruscha-baynalminal so`zlarida: tuyg`u, uyqu, cholg`u kabi ochiq bo`g`inlarda cho`ziqroq talaffuz etiladi.

O` unlisi:

  1. bir bo`g`inli so`zlarda, ko`p bo`g`inlilarning birinchi bo`g`inida: qushma so`zlarning ikkinchi va uchinchi bo`g`inlarida talaffuz etiladi: o`n, to`q, o`rin, boyo`g`li, go`ro`g`li kabi;

  2. til orqa tovushlaridan keyin yumshoq, chuqur til orqa tovushlaridan keyin esa qattiq talaffuz qilinadi: ko`l, go`sht, go`zal, qo`l, qo`sh, g`o`za, g`o`la, xo`roz kabi.

E unlisi:

  1. talaffuzda ko`pincha tor i unlisi bilan almashtiriladi: feruz – firuz, gazeta – gazita, dedi – didi; shevalarda aksincha ham uchratamiz: xel, mex (xil va mix o`rnida) – bular normaga xilof talaffuz sanaladi;

  2. rus – baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida «i» ga moyil talaffuz etiladi: tilifon, tilivizor kabi. Bu holatlar ham me’yordan chekinish sanaladi.

A unlisi:

  1. k, g tovushlari bilan yondrosh kelganda yumshoqroq q, g`, x – dan keyin qattiqroq talaffuz qilinadi: gap, gol, kam, g`am, g`alvir, xabar, xat;

  2. rus – baynalminal so`zlarda o`zbekcha «a» dan qattiqroq talaffuz qilinadi: kanal, balans, analiz kabi;

  3. arab tilidan kirgan ta’na, da’vo, ma’no, sa’va kabi so`zlarning birinchi bo`g`inida a cho`ziq talaffuz etiladi. Bunday so`zlarda a tovushini so`ziq aytmaslik normaga xilof sanaladi. Chunki qisqa talaffuz ba’zida so`z ma’nosini, hatto buzadi: davo – da’vo, tana – ta’na kabi.

O unlisi:

  1. quyi keng unli sifatida: tosh, bahor, somon, omon, shamol kabi so`zlarda talaffuz etiladi.

  2. K, g tovushlaridan so`ng yumshoq: q, g`, x tovushlaridan keyin, nisbatan qattiqroq talaffuz qilinadi: kosib, kotib, goho, qoshiq, naqqosh, g`or, xom, xonadon kabi;

  3. Arabcha va tojikcha so`zlarning boshida kelganda, undosh bilan tutashib ketib cho`ziq ( ) talaffuz etiladi: obod, *:bod, odil - *:dil, oqibat - *: qibat kabi.

Ayrim undoshlar orfoepiyasi
Lab undoshlaridan portlovchi b tovushi ba’zi so`zlarda sirg`aluvchi v kabi talaffuz etiladi: bora ber – boraver, boyvachcha (boy+bachcha), dorboz – dorvoz.
V undoshi o`zbekcha so`zlarda ikki lab orasida paydo bo`ladi va jarangli talaffuz qilinadi: nov, ov, sovuq, saylov kabi.
Ruscha – baynalminal so`zlarda v lab-tish tovushi sifatida taalffuz etiladi; unli va jaranglilar oldidan jarangli aytiladi, jarangsiz undoshlar oldida va so`z oxirida jarangsiz «f» ga moyillashadi: zavod, vzvod, Vladimir (jarangli talaffuz etiladi) avtor, avtomat, aktiv, kollektiv kabi.
Sirg`aluvchi j undoshi tojikcha va ruscha – baynalminal so`zlarda aynan: ajdar, jurnal, jyuri tarzida talaffuz qilinadi. Bu tipdagi so`zlarda j sirg`aluvchi undoshini qorishiq j (dj) bilan almashtirish adabiy talaffuzga rioya etmaslikdir.
Ng birikmasi:

  1. ong, tong, manglay, kengash kabi so`zlarda bir burun tovushi (ң) tarzida talaffuz etiladi;

  2. shtanga, kongress, tengens, ingliz kabi chet tilidan o`zlashtirilgan so`zlardan n va g harflari ikki mustaqil tovush sifatida talaffuz etiladi.

X va H undoshlari:
Bu ikki tovush paydo bo`lish o`rni jihatidan farqli ekanligi talaffuzda hisobga olinishi kerak. Aks holda so`zlarning talaffuzi ham buziladi, ma’nosiga ham futur yetishi mumkin. Masalan, hol (ahvolning birligi), xol (yuzdagi xol), hush (es, sezgi), xush (yaxshi), hil-hil (o`ta yumshoq), xil-xil (turli).
Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi

  1. Jarangli undoshlar ba’zi hollarda o`z jarangsiz juftlari bilan almashib talaffuz etiladi: maskur (yozilishi: mazkur), shapkur (shabkur), furashki (furajka), aftomat (avtomat);

  2. So`z oxirida kelgan k, q undoshlaridan keyin egalik affikslari qo`shilganda, ba’zi hollarda jaranglashadi: etik – etigim, to`piq – to`pig`im.

Shu xildagi undoshlar bilan tugagan o`q, tok, sharq, axloq, ittifioq so`zlarida yuqoridagicha almashinuv yuz bermaydi: axloq – axloqi, tok – toki. Har ikkala holat ham yozuvda, ham talaffuzda bir xillikka ega.
Ayrim affikslar orfoepiyasi
Ko`plik affiksi. So`zlarning qanday tovush bilan tugaganiga qaramay, bir xil shaklda talaffuz etiladi va yoziladi. Masalan, bular, maktablar, bolalar, tanklar kabi.
Shevalarda –lar affiksining ko`p xil variantlari mavjud. Bu variantlarni qo`llash orfoepik me’yorga xilof sanaladi.
Egalik affikslarini unlilardan keyin –m, -ng, -si; -miz, -ngiz; undoshlardan keyin –im, -ing, -i; -imiz, -ingiz tarzida talaffuz etish me’yorlashtirilgan; bu affikslar yozuvda ham shunday saqlanadi. Ba’zan jonli so`zlashuvda so`z negizidagi unlilar bilan moslashadi: qulum, ko`zung tarzida; namanganda) ammo bunday talaffuz etish me’yorga xilof sanaladi.
Kelishik affikslari talaffuzi
Qaratqich, tushum kelishiklari affikslari (-ni, -ning) o`zak – negiz qanday tovush bilan tugaganimdan qat’i – nazar –ni va –ning shaklida talaffuz etiladi va yoziladi.
Ayrim shevalarda bu affikslarning fonetik variantlari qo`llanishi, yoxud ularni farqsiz aralash qo`llash holatlari uchrab turadi. Bu holat yozuvga ham, adabiy talaffuzga ham mutlaqo ta’sir etmaydi.
Jo`nalish kelishigiga affiksining –na, -qa variantlari mavjud bo`lib, bu adabiy talaffuzda ham saqlanadi. Masalan, barkka, toqqa, uyga, Toshkentka, ishka kabi. Ammo bu shakllarning hammasi yozuvga mos kelmaydi.
O`rin-payt kelishigi affiksi jarangsizdan so`ng –ta; qolgan hollarda –da tarzida talaffuz qilinadi: ishta, zavotta, o`qishta kabi ammo adabiy talaffuz uchun norma sanalgan bu holat yozuvga mutlaqo mos kelmaydi. Shunga ko`ra ishda, zavodda, o`qishda shaklida yoziladi.
3. Orfoepiya leksik urg`u bilan ham zich bog`liqdir. Binobarin, o`zbek tilida butun so`zlar va so`z shakllari, shuningdek boshqa tillardan o`zlashgan so`zlarning urg`usi o`z o`rnida to`g`ri qo`yilgan bo`lsagina me’yoriy talaffuz etilgan bo`ladi. Chunonchi: -mi, -ku, -u, -yu, -chi, -da yuklamalari: -sa, -ma affikslari (ba’zi hollarda) urg`u olmaydi, ularga urg`u berib talaffuz etilsa, me’yor buzilgan sanaladi.
Ruscha – baynalminal so`zlarning urg`usi biror bo`g`in bilan bog`liq emas. Shunga ko`ra urg`u ko`p bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inida (avgust, baza, norma, karta); ikkinchi bo`g`inida (mashina, respublika, uchastok, tribuna, dekada); uchinchi bo`g`inida (fakultet, ekskvator, tyurkologiya, geologiya, matematika) uchraydi. Adabiy talaffuzda bularga qatt’iy rioya qilish zarur. Urg`uni sun’iy ravishda boshqa bo`g`inga ko`chirish talaffuzga xilof sanaladi.
Ruscha – baynalminal sifatlarning urg`usi har vaqt so`z oxiriga tushadi: pedagogik, didaktik, fizik, matematik, kommunal (xo`jalik) kabi.
Ruscha – baynalminal so`zlar, asosan, rus adabiy tilining imlosi va adabiy talaffuziga muvofiq ishlatiladi. Shunga ko`ra tom, rol, tok kabi bir bo`g`inli so`zlarda va noyabr, slet kabi so`zlarning ikkinchi bo`g`inlaridagi o unlisi o`zbekcha o` va u tovushlari bilan almashtirib talaffuz etish me’yordan chekinishga olib keladi (ro`l, to`m, zovut kabi). Shunga o`xshash ruscha – baynalminal so`zlardagi a tovushini o`zbekcha o bilan almashtirib talaffuz etish (zol, moy, moshina, jurnol kabi) ham me’yorni buzishdir.
Adabiy talaffuz me’yorlaridan chekinish holatlarini bartaraf etishda quyidagi nuqtalarga e’tibor berish:
a) so`zlashuv nutqida sheva ta’siriga berilib dialektal variantlarni (dialektizmlar) pala-partish qo`llaybermaslik;
b) boshqa tildan kirgan so`zlar – ruscha – baynalminal so`zlar, fors – tojikcha, arabcha so`zlarning yozilishi va talaffuz xususiyatlarini unutmaslik;
d) adabiy tilning orfografiya qoidalari bilan orfoepik me’yorlarning o`ziga xos qonun – qoidalari mavjudligini; orfografik va orfoepik qonunlarning o`zaro munosabatdorligini to`g`ri tasavvur eta bilish;
e) yozuv qoidalari bilan talaffuz qoidalarining o`zaro hamma vaqt ham mos kelavermasligini esdan chiqarmaslik;
orfoepik me’yor asosida yozma adabiy til bilan jonli til faktlarini uyg`unlashtirish tendendiyasi yotishini; binobarin, talaffuz me’yorlari o`rni bilan jonli nutqda uchraydigan fonetik o`zgarishlarga asoslanishini anglab yetish;
f) nihoyat, adabiy talaffuz normalariga o`ta ma’suliyat bilan yondoshish; normani yaxshi egallash va bunga erishishda ishni maktabda quyi sinf o`quvchilari nutqida boshlash talab etiladi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish