O’quv metodik material o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana13.03.2022
Hajmi1,75 Mb.
#492659
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
milliy goya asosiy tushuncha va tamoillar

 
Milliy g‘oya fanining 
diniy negizlari deb shaxs va jamiyat mafkurasining vujudga kelishi, shakllanishi 
va rivojlanishi uchun zamin vazifasini o‘taydigan Xudoga etiqod qilishga asoslangan insoniyatni ezgulik sari 
etaklaydigan diniy dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuiga aytiladi. 
Buni kuyidagilarda: 1) isoniyatning tinch-totuv yashashi kabi eng yaxshi orzu-umidlarini 
ifodalovchi g‘oyalardan tashqil topgan mafkuralarning "Zabur" "Tavrot" "Injil", "Kur’oni karim" 
kabi ilohiy kitoblarda o‘z ifodasini topganligida; 2) diniy ta’limotlarga asoslangan mafkuralarning 
ba’zi bir xalqlarning taraqqiyot yulini asoslab berganligida; 3) diniy va dunyoviy mafkuralar bir-
birini boyitish orqili ijtimoiy tarakdiyotning yuksak bosqichga krtarilishini ta’minlashi 
mumkinligida; 4) xrzirgi kunda amaliyot falsafasi deb tan olinayotgan pragmatizm va 
ekzistensializm (xdyot falsafasi) ning ham dunyoviy va diniy g‘oyalardan
 
oziklanayotganligida 
ko‘rish mumkin. Milliy g‘oya fanining diniy ildizlari baqkuvvatdir. CHunki u ota-bobolarimiz dini bo‘lgan - 
islomning insoniyatni hidoyat sari boshlovchi durdonalaridan oziklanadi, baxra oladi. "Islom dini, - deb yozgan 
edi I.A. Karimov, - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat 
ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig‘indisi emas. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul 
qiladilar va yaxshi o‘gitlarga amal qiladilar. Mexr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishga, izzat-extirom 
tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar". 
Milliy g‘oya fanining diniy negizlarini tashkil etuvchi islom dinining g‘oyalariga 
quyidagilarni kiritish mumkin. 

Islom dinining muqaddas kitobi "Kur’oni Karim"da bayon etilgan mangulikka daxldor fikrlar. 
Kur’on (arab. o‘qimoq qiroat qilmoq) - islom dinining muqaddas kitobi. U YAratgan tomonidan Muxammad 
alayhissalomga 23 yil, ya’ni 13 yil mobaynida Makkada va 10 yil davomida Madinada nozil qilingan. Mazkur 
muqaddas kitob 114 sura va 6274 oyatdan iborat bo‘lib, har bir suraning o‘z nomi bor. Suralarning eng kattasi 
286 oyatli "Baqara", ("Sigir") surasi bo‘lib, eng kichigi esa 3 oyatli “al-Kavsar" ("Jannat bulog‘i") surasidir. Har 
bir suraning avvaliga "Bismillaxir roxmanir rohim" - "Rahmli va mexribon Alloh nomi bilan" kalimasi bitilgan. 
Faqat 9-suraning, ya’ni “Tavba" surasining oldiga bu so‘zlar bitilmagan. 
Kur’on oyatlarida bayon etilgan ko‘pgina xulosalar bugun xam muhim ahamiyatga ega. Ular 
insonlarni o‘zaro tinchlik-hamjihatlikda yashashga, adolatparvar, haqiqatgo‘y bo‘lishga chaqiradi. 
Barcha odamlar millati, irqi va nasabidan qat’i nazar Alloh oldida teng ekanliklarini ta’kidlab, bir-
birlarini kamsitish, bir-birlariga zulm qilishdan qaytaradi.
Islom dinining diniy ta’limot va amaliyot darajasiga ko‘tarilishiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk 
allomalar Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Abu Iso 
Muxammad ibn Iso Termiziy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg‘inoniy kabi yuzlab 
allomalarimiz tomonidan yozilgan asarlar va ularda ilgari surilgan g‘oyaviy ta’limotlarni kiritish 
mumkin. 
Masalan, Muxammad ibn Ali Hakim at-Termiziy o‘z hikmatlarida shunday deganlar: 

"Hech bir yo‘qotishdan qayg‘urish kerak emas, faqat niyatni yo‘qotishdan qayg‘urish kerak. CHunki 
biror xayrli ish niyatsiz durust bo‘lmaydi". 

"SHaytonning bir soat ichida salok qilganini yuzta och arslon bir suruv ichida qila olmas. Nafsning bir 
soat ichida odamga qiladigan vayronlik ishini esa yuzta shayton qila olmas". 

"Bolalarning tuzaluvi, tarbiyasi - maktablarda; qaroqchilarning tuzaluvi, tarbiyasi - qamoqxonalarda; 


ayollarniki - uylarda; yoshlarniki ilmda; keksalarniki esa masjidlardadir'. 
Burhoniddin Marg‘inoniy "Al-Hidoya" "To‘g‘ri yuldan olib borish” asariga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak unda vaqf, savdo-sotiq, savdoda ixtiyoriy qilish sharti, molni ko‘rish ixtiyori, moldagi aybni 
ko‘rganda beriladigan ixtiyor, buzilgan savdo, bo‘lib o‘tgan savdoni bo‘zish (iqola), pishmagan 
(salam) savdo, vasiyat, qasam, kafforat (gunohidan utish], jinoyat va jazo dadida islomiy xukutsiy 
ta’limotga asos solinganligini kuramiz.
Bu ulug‘ zotning islom dunyosidagi tarixiy o‘rni haqida 
I.A.Karimov: "O‘zining beqiyos 
salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, go‘zal Fargona diyorini jaxrnga tarannum etgan islom 
xukuqshunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burxoniddin Marg‘inoniyning tabarruk nomini butun 
musulmon dunyosi yuz yillar davomida e’zozlab keladi. Bu mu’tabar allomaning SHarq olamida "Burxon 
iddin va milla", ya’ni "Din va millatning xujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgani ham buni yaqqol 
isbotlaydi. 
Marginoniyningulmas merosi, xususan, elliketti kitobdan iborat "hidoya" - "To‘g‘ri yul" deb atalgan 
asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufo‘zli va mukammal xukutsiy manba sifatida 
e’tirof etib kelinayotgani albatta bejiz emas”, - degan edi. 
Abu Abdulloh Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriyning eng ishonchli xdsislar tuplami - "Al-jome’ 
as-sahih" (Ishonarli tuplam) bo‘lib, unda buyuk alloma tomonidan jami tuplangan 600 ming 
xadisdan, faqat 7275 ta eng "sahih" xadislar bayon etilgan. Undan ba’zi bir namunalar keltiramiz: 

Hayo iymondandir” 

"Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining imoni mukammal bo‘lgaydir: insofli va adolatli 
bo‘lmoq; barchaga salom bermoq; kambag‘allarga ham sadaqa berib turmoq” 

"Munofiqning uchta alomati bor: so‘zlasa, yolg‘on so‘zlar; va’da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat 
qilur; urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaklik qilgaydir” 

"Kuyidagilar qiyomat alomatlaridir: ilmning susaymog‘i; jaxolatning kuchaymog‘i; zinoning avj 
olmog‘i; xotinlarning ko‘paymog‘i; erkaklarning ozaymog‘i, nodonlik arakrsurlik”. 

"Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir” 

"Ey odam bolasi, tong otib ko‘z ocharkansan taning sihat, oilang tinch, bir kunlik taoming bo‘lsa bor, 
ortiqcha boylik istashni qo‘y!” 

"Hech qachon xech kimni so‘kma!” 

“YUzga ehtiyot bo‘linglar, yuzga urmanglar!” 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish