8-Mavzu: Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida ijtimoiy-madaniy hayot
Reja:
Rossiya imperiyasi va uning milliy madaniyatga ta'siri
Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston o’lkasida ta'lim tizimi va uning o'ziga xos jihatlari
Ilmiy jamiyatlar va ularning milliy madaniyatga ko'rsatgan ta'siri
Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida madaniy-ma’rifiy jarayonlar va badiiy ijod
Me'morlik va musiqa san'ati
Tayanch so`z va iboralar: Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom, Rus-tuzem maktablari, Ma'rifatparvarlik harakati, ilmiy jamiyatlar, Tyanshanskiy, A.P.Fedchenko, I.A.Mushketov, Ahmad Donish, Muqimiy, madaniy-marifiy jarayonlar, badiy ijod,musiqa san’ati.
Rossiya imperiyasi va uning milliy madaniyatga ta'siri. Movarounnahrning uch xonlikka bo'linib ketishi uning nafaqat siyosiy-iqtisodiy va ma'naviy-madaniy jihatdan tanazzulga yuz tutishiga olib kcldi, balki mamlakatni boshqarib boradigan davlatchilik asoslarining zaiflashib ketishiga, bir millat va diniy e'tiqodga ega bo'lgan mintaqada mahaliychilikning kuchayib ketishiga ham sabab bo'ldi.
XIX asrning 50-yillariga kelib Turkiston har tomonlama inqirozga uchragan hudud edi. Bu inqiroz boshqa mamlakatlar bosqinchiligi ta’siri ostida emas (qadimgi yunon-rim madaniyatining inqiroziga uchragani singari), balki asta-sekinlik bilan o'zaro feodal urashlar orqali pishib yetildi. Inqiroz o'lkani Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishini tezlashtirdi va imkoniyat yaratdi.
Aslida Rossiya imperiyasining Turkiston boyliklariga bo'lgan qiziqishi Pyotr I davridan boshlangan bo'lib, bosqinga tayyorgarlik bir yarim asr davom etdi. Rossiya qo'shinlari dastlab, 1853-yilda Qo'qon xonligiga qarashli yerlarga bostirib kelishdi. 1967-yilga kelib xonlik batamom bo'ysindirildi. 1968-yilda Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasiga, Xiva xonligi esa 1873-yilda imperiyaning vassaliga aylantirildi.
Ruslarning O'rta Osiyoni bosib olishi, bir tomondan, mahalliy xalqning ma'naviy-madaniy hayot tarziga salbiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'sha davr O'rta Osiyo xalqlari uchun birmuncha ilg'ariroq bo'lgan rus fani va texnikasining kirib kelishi, ma'rifiy-madaniy hayotning birmuncha siljishiga olib keldi.
Salbiy ta'siri shundan iborat bo'lganki, rus bosqinchilan, birinchi navbatda, mahalliy xalqning an'anaviy madaniyati durdonalarini toptadilar, ikkinchi tomon dan esa mahalliy xalq ustalari tomonidan yaratilgan ko'plab noyob san'at asarlari, qimmatbaho boyliklar rossiyaliklar xonadoni, muzeylari va xazinaxonalarni bezadi va boyitdi. O'rta Osiyolik mutafakkirlar tomonidan yaratilgan fanning turli sohalarga oid ko'plab eng noyob asarlar talon-taroj qilindi va gulxanlarda yoqildi. Masalan, birgina general Kaufman boslichiligida rus istilochilari Xivani qo'lga kiritgach, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning noyob asarlarga boy kutubxonasiui taladilar.
Bosqinchilar yerli xalqning asrlar davomida yaratilgan moddiy va ma'naviy hoyliklarini talon-toroj qildilar. Barcha xonliklarning xazinalari va kutubxonalari ayovsiz ravishda lalandi. Nodir qoiyozma asarlar, tariximiz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy-madaniy manbalar chel mamlakatlar hamda rus imperiyasi markaziga jo'natildi.
Shu boisdan ular Turkistonda o'z mavqelarini mustahkamlash va imperiya manfaatlarini amalga oshirish maqsadida o'lkaning strategik ahamiyatga ega bo'lgan hududlariga, ya'ni sanoatni, ayniqsa. paxta xomashyosi va uni qayta ishlash sanoalini rivojlantirish mumkin bo'lgan hududlarga ruslarni ko'chirib kelish siyosatini amalga oshirishga kirishdilar. Bundan asosiy maqsad, birinchidan, yerli aho'ining Rossiya imperiyasiga bo'lgan munosabatini doimiy nazorat ostiga olish, ikkinchidan, yerli aholi noroziligini bostirishda eng ishonchli qurolli guruhlarga ega bo'lish, ko'chirib kelinganlarning mahalliy xalqlar bilan yaqinlashuvi orqali hokimiyat tizimining mustahkamligiga erishishdan iborat edi.
Ko'chirish siyosatining amalga oshuvi natijasida Rossiyadan nafaqat yerga muhtoj bo'lgan dehqonlar, balki Rossiya uchun, «ortiqcha odam»ga aylangan turli xil jinoyatchilar, ortiqcha nonxo'r-ishyoqmaslar, dangasalar ko'chib kela boshladilar. Natijada 17 yil mobaynida, ya'ni 1875-1892- yillarda Turkistonda 44 ta rus qishlog'i paydo bo'ldi.
Albatta, Turkistonga ko'chib kelgan Rossiyaning «chiqindilari» yerli xalq hayotiga unga yot bo'lgan turli xil zararli odatlarni, tartib-qoidalarni, xususan, o'g'rilik, spirtli ichimliklar ichish, maishatbozlik qilish kabi Yevropaga xos buzuqlik va boshqa illatlarni olib kira boshladilar.
Rossiya imperiyasi amaldorlari mahalliy aholining ongi, tafakkuri va dimyoqarashining, milliy ma'naviy qadriyatlariga aylangan islom axloqshunosligi va qonunshunosligi — shariat qonun-qoidalariga qat'iy bo'ysunganligini anglab yetdilar va ana shu an'anaga aylangan tizimni yemirib tashlashga barcha kuch va imkoniyatlarini ishga soldilar.
Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgach, o'lkani boshqarishga alohida e'tibor berildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 1886-yil 12-iyunda podsho Aleksandr III «Tnrkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom»ni tasdiqlaydi.
Mazkur Nizomda nafaqat Turkiston o'lkasini boshqarish tizimi, balki yer, soliq, shariat (sud) ishlari, ta'lim tizimi va uni moddiy jihatdan ta'minlab tumuvchi vaqf masalalari va boshqalar ham qamrab olingan edi.
Nizomda ko'rsatilgan masalalarning bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus komissiya ishini «musulmonchilik umumiy dushmanimiz deb e'lon qilgan general-gubernatorining o'zi boshqarib borgan. Nizomdan kelib chiqqan holda mahalliy xalqning ibodat markazlari, ular ta'lim oladigan maktablar, qiroatxonalar va madrasalar faoliyati hamda ularni moddiy mablag' bilan ta'minlab turuvchi vaqf mulklari to'g'risida turli xil qarorlar va farmoyishlar qabiil qilingan.
Mazkur qarorlar va farmoyishlarda, eng avvalo, islom ta'limoti, axloqi va huquqiy asoslarini o'rgatuvchi ta'lim tizimining faoliyatini nazorat ostiga olish, ularning moddiy mablag' bilan ta'minlanishini qisqartirib borish, islomni targ'ib qiluvchi tizimlar — masjidlar, mozorlar va ziyoratgohlar faoliyatini nazorat ostiga olish, Turkistonga yashirin yo'l bilan kiritilayotgan islomni targ'ib qiluvchi arab va tors tillaridagi adabiyotlarni taqiqlash, islom ta'limoti va milliy ma'naviy qadriyatlarni targ'ib qiluvchi diniy mahkamalar va ularda ishlayotgan xizmatchilarning faoliyatini nazorat ostiga olish va boshqa masalalar nazarda tutilgan edi.
Mustamlakachilik siyosatining asosida yerli aholining milliy o'zligini anglash tuyg'usini so'ndirish vazifasi yotardi. Bining uchun o'lkada buyuk ras shovinizmini shakllantirish, ruslar manfaatiga mos keluvchi g'oyalarni yerli xalq tafakkuriga singdirish masalasi asosiy maqsad qilib qo'yildi.
Istilochilar islom dinining mahalliy aholiga ko'rsatayotgan ta'sirini kamaytirish maqsadida boshqaruv tizimiga zarba berdi. Bu maqsadda general-gubernator fon Kaufman tomonidan shariat sudini boshqarib boruvchi Qozikaion (Bosh qozi) va jamiyat ma'naviy hayotida muhim rol o'ynagan Shayx ul-islom (Oliy ruhoniy) lavozimlari bekor qilindi.
Mustamlakachilar tomonidan amalga oshirila boshlagan tadbirlar faqat Rossiya imperiyasi manfaatiga mos kelar edi. Turli xil nizomlar, qarorlar va farmoyishlar yerli xalqning manfaatini suiste'mol qilishga qaratilgan edi. Ruslashtirish siyosati nafaqat Turkistonning eng serunum yerlarida rus qishloqlarini tashkil etish orqali, balki ta'lim tizimidagi cheklovlar orqali ham amalga oshirila boshlangan. Birgina 1898- yili qabul qilingan «Turkiston o'lkasidagi o'quv muassasalari, vaqf mahkamalari va diniy ishlarni vaqtincha nazorat qilish haqidagi nizom»da: a) diniy ishlarni boshqarish to'g'risida; b) musulmonlarning o'quv muassasalarini boshqarish to'g'risida; d) vaqf mahkamalari va ularning daromadlarini nazorat qilish to'g'risidagi bandlar ko'rsatib o'tiladi.
Mazkur nizomning birinchi bandida toat-ibodat faqat masjid, mozor va ziyoratgohlarda amalga oshirilishi mumkinligini, ya'ni masjidlar qurilishi uchun ruxsat olish zarurligi, diniy muassasa xodimlarining o'z boshliqlari tomonidan tasdiqlanishi, diniy mahkamaiarning faoliyati doimo nazorat ostida bo'lishi; ikkinchi bandida musulmonlarning o'quv muassasalari (maktab, korxona va madrasalar), rus-tuzem maktablari hamda madrasalarda joriy etilgan rus sinflari ustidan nazorat o'rnatilishi; maktab va madrasalarda ishlaydigan mutavalli, mudarris va boshqa xizmatchilarning uyezd va viloyat boshliqlari tomonidan ta'minlamshi; uchinchi bandida esa vaqf mulklarini nazorat qilish, ya'ni vaqf mulkini tashkil etish uchun general-gubernatorning maxsus ruxsati bo'lishi, vaqf mulki hisoblangan yerlarni sotish taqiqlanishi kabi masalalar qamrab olingan edi.
Mazkur nizomdan kelib chiqqan holda ta'lim tizimi va islom targ'iboli bilan shug'ullanuvchi tizimlarning faoliyatini moddiy jihatdan tang ahvolga solib qo'yish maqsadida 1887- yilning 1- iyuligacha barcha vaqf hujjatlarini viloyat boshqarmalariga topshirish talab etildi va belgilangan muddat ichida deyarli hamma vaqfnomalar aholidan yig'ishtirib olindi. Bu bilan podsho hukumati islom dini vakillarini o'z qo'lidagi huquqiy dalildan ham mahrum etdi.
Milliy-ma'naviy qiyofani shakllantirish, iymon-e'tiqod tarbiyasi markazlari hisoblangan maktablar, madrasalar, masjidlarga qarslii zimdan ish olib borib, '"pravoslav" va boshqa noislomiy diniy muassasalar faoliyatining doirasini kengaytirishga harakat qildilar.
Jamiyat ma'naviy hayotini boshqarib turgan ruhoniylar, shuningdek, ziyoli kishilarni yetkazib berish markazlari hisoblangan madrasalar faoliyatining moddiy manbasi hisoblangan vaqf mulklariga bo'lgan munosabat tubdan o'zgara boshladi. Jamiyat va davlat hayoti ehtiyojlari «endilikda madrasalarda olingan bilimlarni juda kam darajada talab qilmoqda. Saylab qo'yiladigan idoralar ham, shuningdek, rus ma'muriyatini tayinlash ham mazkur muassasalardan ehiqqanlarga (madrasa bitiruvchilariga - mualliflar) muhtoj emas... Mahalliy qonunshunoslarning ma'lumot olishi yer tuzilishi islohotining amalga oshirilishi bilan o'z umrini o'tab bo'ldi: shariat vakillari, ular bilan birgalikda esa mahalliy maktab ham hozirgi vaqtda yangi tartibga dushman kuchlari tayyorlashdan iborat kuchli mavqedan uzil-kesil mahrum bo'ladi», - degan edi K.P.Kaufman.
XIX asr oxirida «Aholining ma'naviy-diniy hayotini zo'r diqqat bilan kuzatib borishni joriy etish» dasturi ishlab chiqildi. Dasturdan ko'zlangan asosiy maqsad islom dinini zaiflashtirish va unga barham berishdan iborat edi. Mazkur dasturning uchinchi bandida mahalliy kishilarni qozilar tayyorlanadigan madrasalarda rus tilini o'qitishni joriy etish to'g'risida taklif kiritishga undash; bu hol mazkur o'quv yurtlari eshiklarini rus o'qituvchilariga ochib berish barobarida musulmon olimlari, mutaassiblar va islomning qanday arkonlari oqib keladigan madrasalarda nimalar qilinayolganligini va ishonchli ravishda kuzatib borishga imkon yaratadi. — deb ta’kidlagan» mustamlakachilarning Turkiston o’lkasida olib borgan ishlari, albatta, yerli xalq o'rtasida norozilik kayfiyatini vujudga keltirishi xususda rus arxeologi va sharqshunos olimi N. Veselovskiy shunday deb aytgan edi: “Biz Turkistonga madaniyat olib keldik, deb o'ylaymiz. Bo'ysinuvchi osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik berdik, deb o'zimizni ovutamiz. Bularda ham yuksak bir oliy tuyg'u borki, bu millat va uning milliy musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak”.
Muslamlakachilar o'lkani ruslashtirish siyosatini tezkorlik bilan amalga oshirishga kirisha boshladilar. Bu maqsadni amalga oshiruvchi dasturlar e’lon qilindi. Ularda yerli aholiga rus tilini o'rgatishni masjid va madrasalarda diniy qilishdan boshlab, xalqning ma'naviy-nihiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi muassasalari ishini nazorat ostiga olish, madrasalar faoliyatiga aralashish, xalq maktablarini ma'muriyat ixtiyoriga o'tkazish, xalqning siyosiy dunyoqarashini shakllantiruvchi muassasalarni yopib qo'yish kabi vazifalar belgilab berildi.
Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasi uchun zarur bo'lgan paxta xomasliyo yetkazib berish va uni qayta ishlashga ham oddiy fuqarolarni jalb qilish choralari vujudga kela boradi. Bunga, birinchidan, mahalliy yer egalari va boy-badavlat kishilarni jalb qilmasdan turib paxta yetishtiriladigan yer maydonlarini kengaytirish va paxta sanoatini rivojlantirish mumkin emas edi. Ikkinchi tomondan esa, paxla zavodlarida ishlash uchun mahalliy kadrlar kuchidan foydalanish zarur edi. Shu boisdan ham endidigina shakllanib kelayotgan kapitalistik munosabatlar rivojiga hamda o'lkani ruslasbtirishga ko'mak beruvclu rus-tuzem maklablari tashkil etila boshlandi. XIX asrning oxirlariga kelib bu usuldagi maktablar o'lkaning yirik shaharlari (Samarqand, Toshkent. Qo'qon, Andijon. Marg'ilon, Xiva)da faoliyat ko'rsata bosliladi.
1875- yili Turkistonda xalq maorill haqida qomm qabul qilindi va general gubernatorga bo'ysunuvchi hududlarda rus o'g'il va qiz bolalari uchun gimnaziyalar, yerli xalq bolalari uchun esa rus-tuzem maktablari tashkil qilingan. Ayni paytda mahalliy xalq bolalari uchun milliy ma'rifatparvarlarimiz yangi usul maktablari ochishga kirishdilar. Bu maktablarning ochilishida endigina shakllanib kelayotgan mahalliy burjua vakillari va jamiyatning ilg'or ma'rifatparvar kishilarining roli benihoya katta bo'lgan. Chunki shakllanib kelayotgan mahalliy burjua vakillari mahalliy yoshlarning zamonaviy fan va texnika, savdo-tijorat ishlari bilan shug'ulanishlaridan manfaatdor edilar.
Madrasalarni bitirib chiquvchi ruhoniylarning ta'sirini susaytirish uchun mahalliy yoshlarning Buxoro va Samarqanddagi tajribaga ega bo'lgan madrasalarga borib o'qishini cheklay boshlaydi.
Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston o’lkasida ta'lim tizimi va uning o'ziga xos jihatlari. Rossiya imperiyasi amaldorlarining fikricha, Turkiston o'lkasi yirik markazlaridan biri bo'lib, aholining ruslar bilan yaqinlashuvi va ularning manfaatiga xizmat qilishi islom dinining ta'sir doirasi qisqargan taqdirdagina amalga oshuvi mumkin edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, eng avvalo, o'sib kelayotgan yosh avlodga, uning ruhiyatiga va dunyoqarashiga ta’sir o'tkazish, ya'ni musulmon maklablaridagi ta'lim-tarbiyani rus maktablarigidek umumta'lim bilan almashlirisb, ruslar tomonidan tashkil etilgan maktablarni bitirgan mahalliy yoshlami xizmatga tortish zarur deb topiladi. Shu maqsadda rus amaldorlari dastlab rus-tuzem maktablarini ochishga kirishadilar. 1884-yilda Toshkentda birinchi shunday maktab ochildi. Bu maktablardagi o'quv jarayoni ikki qismdan iborat bo'lgan. Tushgacha bo'lgan mashg’ulotlar rus o'qituvchisi tomonidan, tushdan keyingi mashg'ulotlar o’zbek domlasi tomonidan olib borilgan.
Maktabga 20-30 o'quvchi jalb qilingan. Maktab o'quv dasturiga kirgan mashgulotlarda asosan rus tili, adabiyoti, geografiyasi va tarixi o'rgatilgan.
Keyinchalik ruslarning ta'sirini yanada oshirish, rus tilida o'qishni majbur qilish maqsadida barcha idora ishlarini rus tilida olib borish chora-tadbirlari ko'rila boshlanadi. Shuning uchun ham rus-tuzem maktablari qoshida rus tilini o’rganuvchilar uchun kechki kurslar ochishga kirishildi. Bu kurslarga asosan shaharda yashovchi savdogarlar, mahalliy boshqaruv tizimi vakillari, boy-badavlat kishilar, xullas, ruslar bilan aloqadan manfaatdor bo'lgan kishiiar jalb qilindi.
Rossiya imperiyasining Turkistonda olib borgan ma'naviy zulmi yerli xalqning ilg'or fikr egalari va asl vatanparvarlarini harakatga keltiradi. Ular kuch ishlatish orqali istilochilar olib borayotgan jabr-zulmni yengib bo'lmasligini anglab yeta boshlaydilar. Faqat ma'rifat tarqatish orqaligina xalqning ongi va ilunyoqarashini o'zgartirish, toptalayotgan milliy qadriyatlarni tiklash, milliy o'zligini anglatish mumkinligini tushunib yetadilar. Natijada o'lkada ma'rifatparvarlik harakati avj ola boshlaydi.
Mazkur harakat quyidagi ikki yo'nalishda vujudga keladi:
ma'rifatchilik harakati, ya'ni Yevropa tillari, ilm-fani va texnikasi yutuqlarini egallashni targ'ib qiluvchi ilg'or fikr egalari;
ta'lim tizimini isloh qilish, yangi uslubdagi maktablarni tashkil etish, chet mamlakatlarga borib o'qib kelish, dunyoviy ishlarni egallash orqali mustamlakachilikka qarshi kurashish va ijtimoiy-siyosiy masalalarm hal qilish g'oyasint ilgari suruvchi jadidchilik harakati faoliyat ko'rsatgan.
Ma'rifatparvarlik harakati vakillari (Ahmad Donish, Avaz O'tar. Muqimiy Furqat. Zavqiy, Anbar Otin, Hamza va boshqalar) asosan Yevropaning ilg'oi ilm-fani va texnikasini o'rganishni, feodal tuzumi va tartiblarini bartaraf etishni, Yevropaning tillarini o'rganishni o'zlarining asarlari orqali targ'ib qila boshlaydilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Turkistonda ijtimoiy-tai ixiv jarayonlar va Rossiya larkibiga kiruvchi turli xalqlarning ilg'or fikr egalaii ta'siri natijasida ijtimoiy-falsafiy oqim darajasiga ko'tarilgan jadidchilik harakati yoyila boshlaydi.
Ilmiy jamiyatlar va ularning milliy madaniyatga ko'rsatgan ta'siri. Mustamlakachilik davrida Turkiston o’lkasida tuzilgan turli yo'nalishdagi ilmiy jamiyatlar hududda ijobiy o'zgarishlarga — sanoat ishlab chiqarishi, fan va texnika rivojiga sabab bo'ldi. Olim, yozuvchi. dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy yozganidek, «Rossiya miltiqlarining uchiga qo'nib, yangi fikr va ilmlar va madaniyat bizim g'arib Osiyoi vasatiyga yuz qo'ydi...»
Rus fani va texnikasining O'rta Osiyo hududlariga kirib kelishi, mahalliy xalq vakillarining madaniyat, ilm-fan va texnikaga bo'lgan qiziqishlarining kuchliligi sababli XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiston o'lkasining Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Andijon, To'raqo'rg'on, Kogon kabi shaharlarida bosmaxonalar ishga tushdi. Natijada bu bosmaxonalarda o'z davrining ko'zga ko'ringan ilm-ma'rifat vakillari asarlari chop etila boshlandi.
Bu davrda O'rta Osiyoning ko'pgina jovlari tarixini o'rganish maqsadida, uning geografik joylanishi, hayvonoi va o'simliklar dunyosi. yer usti va yer osti ma'danlari va boyliklarini izlab topish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilgan. Bu ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borishda rus olimlaridan mashhur geograflar, tabiatshunoslar va geologlar faol qatnashganlar. Masalan, mashhur geograf P.P.Semyonov - Tyanshanskiy (1827-1914) Tyanshan tog' tizmalarini o'rgandi, muzliklar va vulqonlar haqida ma'lumotlar to'pladi. Tabiatshunos A.P.Fedchenko (1844-1873) Farg'ona vodiysi, Oloy, shuning-dek, Zarafshon vodiysi va Qizilqumni tekshirib o'rganib chiqdi. Geolog va geograf I.A.Mushketov (1850-1902) esa Shimoliy Tyanshan tizmalarining geologik asoslarini ko'rsatib berdi, Turkiston foydali qazilmalarming ro'yxati hamda birinchi mineralogik xaritasini tuzdi. Rus zoologi vasayyohi N.A.Seversov (1827-1886) Pomir tog' tizmasini o'rganib, o'z sayohati davomida zoologiya, botanika, minerallarga doir kollcksiya yig'di.
Ijtimoiy fanlarning rivojiga mashhur rus olimlaridan V.V.Bartold, M.S.Andreyev, N.P.Ostroumov, V.L.Vyatkin, A.A.Semyonov va boshqalar katta hissa qo'shadilar. Masalan. birgina mashhur sharqshunos olim V.V.Bartold tarixiy manbalami chuqur o'rganib «(Uug'bek va uning davri», “Turkistonning sug'orish tarixiga doir” nomli yirik asarlar yaratadi. Bertels esa Alisher Navoiy davrini chuqur tadqiq etish natijasida Tcmuriylar davrining so'nggi bosqichidagi Movarounnahr va Xuroson madaniy hayotini bir qadar tiklaydi.
Lekin shuni ta'kidlab o'tish zarurki, tabiiy fanlar bo'yicha ilmiy izlanish ishlarini olib borgan ko'pgina rus olimlari O'rta Osiyoning tabiiy boyliklarini tezroq o'rganib, Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat qildirish, mavjud barcha boyliklarni Rossiyaga olib ketish, shuningdek, yerli xalqlarning urf-odatlari, xulq-atvorlari, turli etnik birliklaro'rtasidagi munosabatlarni o'rganib. ular ongiga rus imperiyasi manfaatlariga mos kehrvchi mafkurani singdirish va mahalliy xalqlarni boshqarishni osonlashtirishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar.
Rus oiimlari O'rta Osiyo, shu jumladan, Turkistonning geografik va tabiiy olami xaritalarini tuzadilar. Bu xaritalardan Rossiya imperiyasi G'arbiy maqsadlarda foydalandi. O'zining istilochilik harakatlari va yerli xalq ustidan uazoratni kuchaytirishda mavjud xaritalarga qarab strategik ahamiyatga ega bo'lgan joylarni belgilab chiqdilar. Geodeziya ahamiyatiga ega bo'lgan xaritalaridan loydalanib esa yer osti va yer ustki qatlamlaridagi sanoat uchun ahamiyatga ega bo'lgan xomashyolarni Rossiya sanoati korxonalariga jo'nata boshladilar.
Umuman olganda, rus oiimlari va ular tomonidan tashkil etilgan ilmiy jamiyatlar va qidiruv ishlari, birinchidan, mahalliy aholining ilm-fanga bo'lgan qiziqishini oshirishda, ikkinchidan, hozirgi davrda jahon ilmiy dunyosida o'z о ‘rni va mavqeyiga ega bo'lgan milliy fanimizning paydo bo'lishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida madaniy-ma’rifiy jarayonlar va badiiy ijod. Chor Rossiyasi Turkiston o‘lkаsini o‘z mustаmlаkasigа аylаntirgаn XIX аsrning ikkinchi yarmidа o‘lkаning ijtimoiy-mаdаniy hayotidа аlbаttа bа’zi bir ijobiy o‘zgаrish vа yangiliklаr ham bo‘ldi. Bu o‘zgаrishlаr vа yangiliklаr mustamlakachilar tomonidаn yerli xalqlаrning tаlаb vа ehtiyojlаrini qondirish mаqsаdidа ro‘yobgа chiqаrilgаni yo‘q. Bаlki, birinchi nаvbаtdа vа аsosаn bosqinchilаrning tаlаblаri vа mаnfааtlаri nuqtаyi nаzаridаn аmаlgа oshirildi. Аnа shunday yangilik vа o‘zgаrishlаrdаn biri o‘lkаdа аholigа xizmat qiluvchi mаdаniy-ma’rifiy muаssаsаlаrining paydo bo‘lishidir. 1870-yildа Toshkentdа kutubxonа, 1876-yilda ommaviy muzey tashkil qilindi. Kutubxonа uchun Peterburg vа Moskvаdаn 1867-yildа yuborilgаn dаstlаbki kitoblаr zo‘r qiyinchiliklаr bilаn 1868-yildа Toshkentgа yetib kelgan edi. Bu kitoblаr аsosаn O‘rta Osiyoni vа ungа qo‘shni bo‘lgаn mаmlаkаtlаrni o‘rgаnishgа vа boshqa mаsаlаlаrgа аloqаdor аdаbiyotlаr edi. Kutubxonа fondi mutlаqo rus tilidа bo‘lib, uning o‘quvchilari ham аsosаn rus ofitserlаri, аmаldorlаri, vа ulаrning oilаlаridаn iborаt edi. Dаstlаbki kitobxonlаr to‘g‘risidаgi mа’lumot 1870-yil mаy oyidаn 1871-yil sentabrgachа bo‘lgаn dаvrgа аloqаdordir. Hammаsi bo‘lib 75 kitobxon bo‘lgаn, shundаn 45 nаfаri ofitser, 19 nаfаri аmаldor, 4 nаfаri sаvdogаr, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mаhalliy mаktаb tаlаbаsi edi.
Shunday bo‘lsаdа, kutubxonа har holdа mа’rifiy ish bilаn shug‘ullаndi vа o‘lkаdа XIX аsr rus аdаbiyotining demokratik g‘oyalаrini tаrqаtish vazifasini o‘tadi. Biroq 70–80-yillаrdа Rossiyadа mаdаniyat vа xalq mаorifi 60-yillаrdа qo‘lgа kiritgаn demokratik huquqlаrni yo‘q qilishgа intilgаn reаktsiyaning hujumi boshlаnib ketdi. Bu hujumdаn kutubxonа ham chetda qolmаdi. 1882-yil dekabrdа Turkiston general-gubernаtori M.G.Chernyayevning buyrug‘i bilаn alohida ishlаr bo‘yichа аmаldor, «Peterburg xarobаlаri» аsаrining muаllifi, reаksion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonаni tаftish qiladi. U o‘zining Chernyayevgа yozgаn rаportidа: «Rus muаlliflаridаn Sаltikov, Dobrolyubov, Pisаrev, Nekrаsov vа Shiller (А.Mixаylov) аsаrlаrigа tаlаb eng ko‘p ekаnligi mа’lum bo‘ldi», deb yozadi. Ushburаportgа аsosаn general Chernyayev 1883-yil 1-yanvаrdаn e’tiborаn kutubxonа fаoliyatini to‘xtаtish to‘g‘risidа buyruq berdi. Jаmoаtchilikning tаlаbi bilаn 1889-yildа kutubxonа yanа o‘z ish fаoliyatini boshlаydi.
O‘rta Osiyoni o‘rgаnish bilаn shug‘ullаngаn tаniqli rus olimlаri — arxeolog V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bаrtold vа boshqalаr kutubxonаgа fаol yordаm berib turishgan, nаtijаdа kutubxonа qimmаtli аsаrlаr vа materiallаr bilаn to‘lib borgаn.
«Umumаn O‘rtа Osiyogа, аyniqsа, Turkiston o‘lkаsigа oid аsаrlаr vа mаqolаlаrning Turkiston to‘plаmi kutubxonа fondlаridа to‘plаngаn mаnbаlаrning аjoyib mаjmuаsi bo‘ldi. Bu to‘plаm 594 tomdаn iborаt bo‘lib, inqilobgachа bo‘lgаn Turkiston haqidagi kitoblаrdаn, ro‘znomа vа oynomаlаrdаn olingаn mаqolаlаrdаn tashkil topgаn. To‘plаmning 416 tomi mashhur rus bibliogrаfi V.I.Mejov tomonidаn tаyyorlаngаn. Bu tomlаrgа 1867–1887-yillаrgа oid materiallаr kiritilgаn. So‘ngrа to‘plаm ustidа olib borilаyotgаn ish to‘xtаb qolgаn vа 1907-yildаn 1917-yilgachа bo‘lgаn dаvrdа har xil bibliogrаflаr to‘plаmning 175 tomini tuzgаnlаr».
XIX аsrning 80–90-yillаridа Toshkent vа boshqa yirik shаharlаrdа turli ilmiy jаmiyatlаr (arxeologiya, jug‘rofiya, etnogrаfiya kаbilаr) tashkil etilgаn. 1896-yildа Sаmаrqаndda «Tarixiy muzey» ish boshlаdi. Bir qаtor ilmiy ekspeditsiyalаr uyushtirildi. Bu borаdа rus olimlаri I.V.Mushketov, N.А.Seversov, А.P.Fedchenko, P.P.Semenov-Tyan-Shаnskiy, N.M.Prjevаlskiy vа boshqalаr sаmаrаli ishlаr olib bordilаr. Turkiston xalqlаri tarixini o‘rgаnish vа yoritish xalqimizning o‘tmish mаdаniyatini ilmiy tаdqiqot qilishdа sharqshunos olimlаr V.V.Rаdlov, V.V.Bаrtold, Ye. E.Bertels vа boshqalаrning xizmatlаri oz emаs. Shu dаvr mobаynidа bir qаtor ijodkor rus аdiblаri аsаrlаrining mаhalliy xalqlаr tillаrigа o‘girilishi ham ijobiy fаoliyatlаrdаn hisoblаnаdi.
1868-yildа Toshkentdа birinchi bosmаxonаning tashkil etilishi bilаn Turkistondа kitob bosish, mаtbааchilik yo‘lgа qo‘yildi. 1870-yildа bir qаtor kаttаroq boshqa bosmаxonа tashkil etilgаndаn keyin, «Turkestаnskiye vedomosti» gаzetаsi chiqаrilа boshlаndi. Shu yildаn e’tiborаn bu gаzetаning o‘zbek vа qozoq tillаridа (аrаb аlfаvitidа) ilovаlаri chiqа boshlаdi. Аnа shu tаriqа Turkistondа vаqtli mаtbuot tarixi o‘z ilk qаdаmini tаshlаdi. Xuddi shu 1870-yilning oxirlаridа Xorazmdа ham toshbosmа pаydo bo‘ldi. 1880-yildа Nаvoiyning «Xamsа»si («Hаyrаtul аbror»ning birinchi kitobi), «Devoni Munis» vа «Devoni Rаji» аsаrlаri bosilib chiqdi. 1883-yildа «Toshkentdа toshbosmаdа birinchi mаrtа So‘fi Olloyorning «Kitobi sаbotul ojizin»i bosilib chiqdi. Shu dаvrdаn boshlаb o‘zbek vа tojik tillаridаgi kitoblаr аsosаn toshbosmаdаn chiqаdigаn bo‘ldi. Turkiston xalqlаri hayotidа toshbosmа kаttа rol o‘ynаdi. «Turkestаnskiye vedomosti» gаzetаsining o‘zbekchа vа qozoqchа ilovаlаri 1883-yildа «Turkiston viloyatining gаzeti» nomi ostidа mustаqil chiqаrilа boshlаdi. 1898-yildа Toshkentdа «Russkiy Turkestаn», 1904-yildаn boshlаb Sаmаrqаnddа «Sаmаrqаnd» gаzetаlаrini chiqаrish yo‘lgа qo‘yildi.
1905-yildаgi inqilobiy to‘lqinlarning tа’siridа «Russkiy Turkestаn» vа «Sаmаrqаnd» gаzetаlаrining rahbarligi bolsheviklаr qo‘ligа o‘tib ketdi. Podsho hukumati bu gаzetаlаr fаoliyatini tаqiqlаb qo‘ygach ulаr o‘z nomlаrini o‘zgаrtirib : «Turkiston», «Vperyod» «Russkiy Turkistаn»), «Zаravshan», «Novoy Sаmаrqаnd», «Russkiy Sаmаrqаnd» («Sаmаrqаnd») nomlаri ostidа chiqаrilа boshlаydi. 1906-yilgа kelib bu gаzetаlаrni chop etish umumаn tаqiqlаb qo‘yiladi.
XX аsrning boshlаrigа kelib mаhalliy milliy mаtbuotni yo‘lgа qo‘yish borаsidаgi sаy-harаkаtlаr ijobiy yakunlаnadi. 1906-yildа Toshkentdа birinchi mаrtа o‘zbek tilidа «Tаrаqqiy» gаzetаsi chiqаriladi. Bu o‘zbek milliy mаtbuotining ilk debochаsi sifаtidа tarixgа kiradi. Shundаn so‘ng birin-ketin, yangi-yangi mаtbuot orgаnlаri vujudgа kelа boshlаydi. Toshkentda «Sadoi Turkiston» gazetasi jadidlar tomonidan chiqаrа boshlаydi.
Rus demokrаtlаri vа jаdidlаr 1916-yil 1-iyuldаn Аndijondа «Turkestаnskiy golos» gаzetаsini chiqаrа boshlаydilаr. XIX аsrning ikkinchi yarmi vа XX аsr boshlаridа mustаmlаkа Turkistondа har qаndаy og‘ir muhit sharoitidа bo‘lsаdа ijtimoiy fаn sohasida vа bаdiiy ijoddа qаlаm tebrаtgаn, o‘z xalqining dаrd-u hasrati bilаn kuyib yongаn vа uning kelajak istiqboligа so‘zsiz ishongаn dono mutаfаkkir vа yozuvchi shoirlаr bo‘ladi. Bu dаvrdа tarix, bаdiiy ijod bobidа аsаrlаr yozgаn аdiblаrning аksаriyati mаhalliy boylаr, аmаldor to‘rаlаrning o‘tkаzgаn zulmkorlik siyosаtlаridаn to‘yib аdo bo‘lgаn vа Turkistonni o‘z mustаmlаkаsigа аylаntirgаn chor mа’murlаridаn umid vа nаjot kutgаn xalq ommаsining intilishlаri, ezgu niyatlаrini tаrаnnum etdi. Аmmo ulаr intilgаn nаrsа quruq, аmаlgа oshmаydigаn orzu sаrob edi. Shunday bo‘ldi ham, xalq orаsidаn yetishib chiqqаn ijodkor fаrzаndlаr tez orаdа buni tushinib yetа boshlаydilаr, hayot mаktаbi toborа ulаrning ko‘zini ochib boradi.
Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827–1897). Ahmad Donish taxallusi bilаn elgа tаnilgаn Ahmad Mahdum o‘z dаvrining yirik mа’rifаtpаrvаr olimi vа filosofi, yozuvchisi vа аstronomi, tarixchisi vа аrxitektori, musаvviri vа musiqа nаvisi edi1. Donish qiziqishlаri dunyosining nаqаdаr serqirrаligini uning yozgаn аsаrlаridаyoq ko‘rsаtib turibdi. Mа’rifаtpаrvаr mutаfаkkirning bizgachа yetib kelgan аsаrlаri jumlаsigа «Nomus-аl-а’zаm» («Ulug‘ qonun»), «Muntаhаb-аl-аhkom» («Tаnlаngаn qаrorlаr»), «Nаvodir-ul-vаqoe’» («Noyob voqealаr») vа «Risolаi muxtаsаre аz tа’rixi sаlаtаnаti xonadoni аmironi Mаng‘it» («Mаng‘it аmirlаri xonadoni sаltаnаtining qisqаchа tarixi»)lаr kirаdi.
Buxoro аmiri elchisining kotibi sifаtidа uch mаrtа Rossiyadа bo‘lgаn Donish tаrаqqiyotdа har tomonlаmа Rossiyagа nisbаtаn orqаdа bo‘lgаn аmirlikdаgi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni tаnqid qilаdi, rus mаdаniyatini ommа o‘rtаsidа tinmаy tаrg‘ib qilаdi vа undаn o‘rgаnishgа сhaqiradi. Uning аsаrlаridа oddiy mehnatkash xalqqа nisbаtаn muhаbbаt vа zolimlаrgа nisbаtаn esа nаfrаt hissi O‘rta o‘rinni egаllаydi: Donish xalqni mа’rifаtli qilish, uning mаdаniyatini oshirish yo‘li bilаn «аdolаtli» monаrx hokimiyati rahbarligidа mаvjud tuzumdа hukmron bo‘lgаn nohaqlik vа аdolаtsizlikni yo‘qotib baxtli hayot qurish mumkin, deb hisoblаrdi. Biroq bu borаdа bu аmаlgа oshmаydigаn xom- hаyollаrgа ham berilgan edi. Shungа qаrаmаsdаn o‘z dаvrigа nisbаtаn mа’rifаt vа mаdаniyatni yashash tаrzining vа istiqbolning dаsturigа аylаntirgаn Donish qarashlаri ijobiy ahamiyatgа egа edi.
Muqimiy. (1850–1903). XIX аsrning ikkinchi yarmi vа XX аsrning boshlаridа vujudgа kelgan demokratik аdаbiyotning yirik vаkillаridаn biri Muqimiydir. Kаmbаg‘аl hunarmаnd oilаsidа dunyogа kelgan Muhammаd Аmin Xo‘jа (Muqimiy – uning taxallusi) chinаkаm xalq shoiri bo‘lgаn. Аsosаn she’riy аsаrlаri bilаn dong tаrаtgаn shoir ijodini jаnr xususiyatlаrigа qаrаb to‘rt guruhgа bo‘lish mumkin.
1. Lirikа: g‘аzаllаr, muxammаslаr, murаbbа’, mаsnаviy, ruboiy, tuyuq vа fаrdlаr.
2. Hаjviy: sаtirа vа yumor.
3. Sаyohаtnomаlаr.
4. Mаktubot: she’riy vа prozаik mаktulаrdir.
Xalq mаnfааtlаrini o‘z ijodidа ifodаlаgаn vа bаrаllа kuylаgаn Muqimiy xonlаrning cheklаnmаgаn vа аdolаtsiz hukmroniligi ostidа og‘ir vа qimmаtli hayot kechirаyotgаn mehnаtkаsh ommаning hayotidаn fig‘on chekаdi vа o‘z аsаrlаridа undаn nаfrаtlаnаdi. U «Tаnobchilаr» sаtirik she’ridа tanobchilar (yer o‘lchovchilаr)ning jаbr-sitаmlаridаn аdoyi tаmom bo‘lgаn, soliqlаrni to‘lolmаy xаrob bo‘lgаn dehqonlаr hayotini o‘zidа аks ettirаdi. Shoir yer o‘lchаsh bahonasidа porаxo‘rlikni, zulmni аvj oldirgаn tanobchilardаn yurаgi zаdа dehqon tilidаn zorlаnаdi:
Bo‘ldi tааjjub qiziq hаngomаlаr,
Аrz etаyin emdi yozib nomаlаr.
Аdl qulog‘ilа eshit holimi,
Zulm qilur, bаlki, mengа xolimi.
O‘n ikki oydа kelаdur bir tаnob,
O‘zgаlаrgа roghаtu mengа аzob.
Muqimiy «Tanobchilar» she’ridа chor mа’murlаrining o‘lkа mehnаtkаshlаrigа o‘tkаzgаn mustamlakachilik siyosаtining barcha jirkаnch qiyofаlаrini ustаlik bilаn ochib tashlaydi. Biz «podsholik mahkаmаsi»ning mа’murlаri bo‘lgаn Sulton Аlixo‘jа vа Hаkimjonlаrning orqа suyanchig‘i bo‘lmish chor Rossiyasi butun siyosаti vа dahshati bilаn qilich yalаng‘ochlаb turgаnligi uchun xalqqа istаgancha zo‘rаvonlik vа zulm qilishlаrini «Tanobchilar»dа ko‘rib ungа guvoh bo‘lаmiz. Muqimiy tanobchilarning xаtti-harаkаtini bаyon qilgach, ulаr xаrаkterini ochishgа o‘tаdi. Sulton Аlixo‘jа bilаn Hаkimjon, barcha chor аmаldorlаri singаri, qаhri qаttiq, rahmsiz bo‘lib, qаmchisidаn qon tomib turаdi. Ulаr birgalashib tаnoblаshgа chiqаdilаr vа ittifoq bo‘lib ish ko‘rаdilаr:
Sulton Аlixo‘jа, Hаkimjon ikov,
Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyov.
Ikkаlаsi bo‘ldi chunon ittifoq,
Go‘yo xаyol аylаki, qilmаy nifoq,
Osh yesаlаr o‘rtаdа sаrson ilik.
Xo‘jа chiroq yog‘i, Hаkimjon pilik.
Tаnobchi аmаldorlаrning xаrаkteri qishloqqа chiqib dehqonlаr bilаn qilgаn qo‘pol, dаg‘аl muomаlаlаridа yanаdа to‘lаroq ochilаdi, ulаrning jirkаnch bаshаrаlаri butun to‘lаligichа nаmoyon bo‘lаdi. Mаqtаnchoqlik, tаkаbburlikdа, shuningdek, tovlamachilik vа tаlonchilikdа tanobchilar bir-biridаn qolishmаydi. Sulton Аlixo‘jа qishloq аholisini yig‘ib, ulаrgа shunday do‘q urаdi:
Mаnki tаnobingа chiqibmаn kelib,
Xizmatimi yaxshi qilinglаr bilib.
O‘t quyubon kuydurаdurg‘on o‘zim,
Hokimingu o‘ldurаdurg‘on o‘zim.
Xoh tаnobingni duchаndon qilаy,
Xoh kаrаm birlа boshingni silаy.
Tаnobchi Hаkimjon ham o‘z mаnfааtini ko‘zlаb, o‘z nаvbаtidа, xalqqа qаrаb zo‘rаvonlik bilаn surbetlаrchа shunday deydi:
«. . .Yaxshilig‘ingni fuqаro bilmаgаy,
Holi bulаr ko‘zgа bizi ilmаgаy.
Ikki tаnobini qilаy o‘n tаnob,
Yurtingizni kuydurib аylаy xarob.
Xoh o‘ling, xoh qoling, bаchchаg‘аr».
Debki, uzаngugа аyog‘ni tirаr.
Muqimiy o‘zi yashagаn dаvrdаgi hayot muаmmolаrini vа nuqsonlаrini, din niqobi ostidа xalqqа jаbr-zulm qilаyotgаn ulаrning nonini yarimtаlаyotgаn bа’zi bir chаlа mullа, ruhoniylаr vа boylаrni «Moskovchi boy tа’rifidа», «Аvliyo», «Bаchchаg‘аr» vа boshqa аsаrlаridа sаtirа o‘ti ostigа olаdi, ulаrni mаsxаrаlаydi.
Muqimiyning mashhur аsаrlаridаn biri «Sаyohаtnomа»dir. Bu аsаr o‘z ishigа аsosаn uch sаyohаtnomаni olаdi: «Qo‘qondаn Shohimаrdongа», «Qo‘qondаn Fаrg‘onаgа» vа «Qo‘qondаn Isfаrаgа», 1953-yildа topilgаn yanа bir yangi pаrchа «Isfаrа sаyohаtidаn» deb yuritilаdi. «Sayohatnoma»lаrdа Muqimiy o‘zining sayohatlаr chog‘idа olgаn tааssurotlаrini qаlаmgа olаdi vа xalq ommаsining hаqqoniy hayotini аks ettirаdi. Shoir mustamlakachilik zulmi siyosаti vа mаhalliy boylаr, аmаldorlаrning o‘tkаzgаn jаbr-sitаmlаridаn аdo bo‘lgаn xalq timsolidаn fаryod chekаdi:
Bundа bordim Beshаriq,
Odаmlаrin rаngi sаriq
Yemishlаri emish tаriq.
Muqimiy jаfokаsh vа mehnаtkаsh xalqqа bo‘lgаn hurmati vа muhabbatini quyidаgi sаtrlаrdа ifodаlаydi:
Qir pаstidа sho‘rtаng аriq,
Bir to‘p yigit o‘rgаy tаrig‘.
To‘nsiz, yalаng‘och, hаy dаrig‘,
Bechora, och dehqon ekаn.
Shoir Muqimiy «Sayohatnoma»dа bechora och vа yalаng‘och dehqonlаrni zolimlаrchа ekspluаtаtsiya qiluvchi «yurt kаttаlаri»dаn nаfrаtlаnаdi, ochko‘z vа qizg‘anchiq mingboshilаr, bo‘lis boshliqlаri, qozi vа ellikboshilаrni mаsxаrаlаydi, ulаrning ustidаn kulаdi vа sаtirа o‘tigа olаdi:
Ming boshisi so‘finаmo,
Tаsbehu bo‘ynidа rido,
Cho‘qib qochаr zog‘i аlo,
Bir dog‘uli аyyor ekаn.
Xаyru sаho vаjhidа kаr,
Bir pulni yuz yerdin tugаr,
Kelsа gаdoy nogoh аgаr,
Bir non chiqish dushvor ekаn.
1907-yildа N.Ostroumov «Turkiston viloyatining gаzeti»dа chop etilgаn Muqimiyning аsаrlаrini to‘plаb kitobchа holigа keltirаdi vа Toshkentdа nashr ettirаdi. Ushbu kitobdа N.Ostroumov yozgаn «shoir Muqimiy» sаrlavhasi ostidа tаrjimаyi holda Mаvlаviy Yo‘ldoshning Muqimiy vаfotigа yozgаn mаrsiya-tarixi ham bosilgаn edi. Shu nаrsаni alohida tа’kidlаsh kerakki, N.Ostroumov Muqimiy vа Furqаt аsаrlаrini yig‘ib to‘plovchi sifаtidа ijobiy bаholаnsаdа, u hukmdor mustamlakachi mаmlаkаtning bir vаkili sifаtidа shoir Muqimiygа to‘g‘ri xolisona baho bermаydi, uni kаmsitadi, аsаrlаridа olg‘а surilgаn ilg‘or g‘oyalаrni ko‘rmаydi yoki ko‘rishni istаmаydi. U shoirni qаndаydir ojiz vа dаrveshnаmo shaxs sifаtidа, dunyodаn, reаl borliq muаmmolаridаn, hayot zаvqu tashvishlаridаn chetda turgаn loqаyd ijodkor sifаtidа tаlqin etаdi. Аlbаttа bu boshdаn oyoq g‘аyri-ilmiy vа o‘tа subyektiv qarashdаgi xulosalаrdаn iborаt edi.
Xullas mа’rifаtpаrvаr, elpаrvаr vа demokrаt shoir Muqimiy o‘zining keng qаmrovli, chuqur, g‘oyaviy, yuksаk bаdiiy аsаrlаri bilаn xalqning hurmat-e’tiborigа sаzovor bo‘lgаn o‘zbek xalqining аjoyib fаrzаndidir.
Furqаt (1858–1909). O‘zining xalqchil vа demokratik ruhdа yozilgаn аsаrlаri bilаn xalq ommаsi o‘rtаsidа kаttа obro‘ vа e’tibor topgаn shoirlаrdаn biri Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat. U shoirlаr mаskаni Qo‘qondа tug‘ilgаn. Аmmo umrining tаlаyginа qismini o‘z onа diyorigа sig‘mаgаn Furqаt mustamlakachi to‘rаlаr, mаhalliy betаmiz vа fаrosаtsiz zolim boyvаchchаlаrdаn qochib xorijiy mаmlаkаtlаrdа xor-u zorlikdа o‘tkаzаdi.
Furqаt ham dаstlаbki dаvrlаrdа Turkistonni bosib olgаn chor mа’murlаrigа umid nigohini tikаdi, hatto rus ilm fаni, texnikаsi vа mаdаniyatini mаdh etuvschi аsаrlаr yozib, o‘z xalqini ungа dа’vаt etаdi. Uning «Gimnаziya», «Ilm xosiyati», «Vistаvkа xususidа», «Suvorov», «Nаg‘mа bаzmi xususidа» kаbi yozgаn аsаrlаri bu fikrimizning isbotidir. Аmmo hayot jumboqlаri vа haqiqati borgаn sаyin Furqаtning ko‘zini ochа borаdi, uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tаrzdа o‘sib borаdi. Bu o‘rindа shoirning «Furqаtnomа» аsаri fikrimizgа yorqin dаlildir.
«Turkiston viloyatining gаzeti»dа «Ho‘qаndlik shoir Zokirjon Furqаtning ahvoloti, o‘zi yozg‘oni» sаrlavhasi ostidа chop etilgаn bu аsаr gazetaning 1891-yilgi o‘n ikkitа sonidа alohida mаqolаlаr tаrzidа berilgan. «Furqаtnomа»ning bosh mаvzusi — mа’rifаtpаrvаrlikdir. Undа Furqаtning Yangi Mаrg‘ilongа (hozirgi Fаrg‘onа shahri), Xo‘jаndgа, Toshkentgа, Sаmаrqаndgа qilgаn sаfаrlаri xotirаlаr tаrzidа hikoya qilinsа-dа, har bir voqea, jаrаyon tаsviri, har bir tаfsilot bosh mаvzu bilаn chаmbarchas bog‘liqdir. Xаrаkteri аsаrdа yorqin nаmoyon bo‘lgаn mа’rifаtpаrvаr ijodkor zаmonаsining ilg‘or, yuksаk onglikishisidir. Uning o‘z xalqigа mehr-muhabbati g‘oyat kuchli, shu boisdаn mustamlakachilargа-chorizm vаkillаrigа qаttiq nаfrаt bilаn qаrаydi. Аstа-sekin аsаr qahramoni o‘z qarashlаrini, munosаbаtlаrini o‘zgаrtirа boshlаydi. Mаvjud shаrt-sharoitlаr, voqelik ungа sаboq berаdi. Mа’rifаtpаrvаrlik g‘oyalаrining yetаkchiligi «Furqаtnomа» – dаgi mаdаniy-mа’rifiy muhit tаsviridа g‘oyat kuchli sezilаdi. Furqаt, аvvаlo o‘zbek mаdаniyatining ildizlаri, sаrchаshmаlаri haqida bаtаfsil so‘z yuritgаn. Buning tаgidа g‘oyat ulkаn vа keng mа’no yotibdi. Shoir o‘zining qаndаy tа’lim-tаrbiya olgаnligini, qаndаy kitoblаr mutolаа qilgаnligini bаyon etаr ekаn, iste’dodli, bilimdon kishilаrni yetishtirishgа qodir shаrt-sharoitlаr chorizm istilosidаn oldin ham mаvjudligini mahorat bilаn ko‘rsаtib o‘tаdi. O‘z xalqi mustamlakachilar o‘ylаgаnidek «johil, qoloq» emаsligi, yuksаk mаdаniyat-mа’rifаtgа egаligini muаllif o‘zigа xos yo‘sindа ifodа etgаn. Bu vаtаnpаrvаr, xalqpаrvаr ijodkor»ning o‘z milliy g‘ururini,eligа mehr-muhabbatini nаmoyon qilishi edi, istilochilarning kаmsitishlаrigа, zo‘rаvonliklаrigа qarshi pinhoniy noroziligi, yashirin isyoni edi.
Furqаt аsrlаrdаn beri shakllаngаn milliy tа’lim tizimi bu sohadа dаrslik qo‘llаnmа sifаtidа foydаlаnilаdigаn аsаrlаr haqida mа’lumotlаr berаdi. U o‘qigаn kitoblаr ro‘yxаtigа nаzаr tashlasak аjdodlаrimizning «аtigi ikki foizi sаvodli» bo‘lgаni haqidagi gаplаr nаqаdаr puchligini аnglаymiz. Dаstlаbki boshlаng‘ich tа’limdаn keyin «Qur’oni Karimni xatm qilib, «Chor kitob» ibtido qildim» (Furqаt. T А 2-tom, 1958, 134-bet) deb yozаdi shoir.Shundаn so‘ng u quyidаgi аsаrlаrni mutolаа qilish, o‘rgаnish orqаli o‘z bilimlаrini boyitib borаdi. 1. Fаriduddin Аttor. «Mаntiqut tаyr», 2. Hofiz Sheroziy devoni. 3. Mirzo Аbdulqodir Bedil devoni, 4. Mir Аlisher Nаvoiy «Chor devon», 5. Fuzuliy g‘аzаliyoti, 6. «Mаslаqul muttаqin», 7. «Аvvаli ilm» risolаsi, 8. «Mu’zi Vаzаnjoniy» risolаsi, 9. «Аvomil», «Harаkot» risolаlаri, 10. «Qofiya» kitobi, 11. «Shаrhi mulloyi Jomiy», 12. «Risolаi Shаmsiya».
Ushbu ro‘yxаt tа’lim jаrаyonidа bаdiiy аdаbiyotning mumtoz nаmunаlаri keng o‘rin olgаnligini, dunyoni аnglаsh tаfаkkurini shakllantirish borаsidа bаdiiy аsаrlаrgа alohida ahamiyat berilganini ko‘rsаtаdi. Shаrq аdаbiyotining Nаvoiy, Аttor, Hofiz, Bedil, Fuzuliy kаbi ulkаn nаmoyandаlаri ijodi, ulаrning go‘zаl vа sermа’no аsаrlаri yosh аvlodning ulg‘аyishi yo‘lidа dаsturulаmаl vаzifаsini munosib bаjаrgаn.
Furqаt ijodining mаvzusi keng qаmrovli vа serqirrаdir. Uning shu kungachа yetib kelgan she’riy аsаrlаri sаkkiz ming misrаdаn ortiqdir. Bundаn tashqari Furqаtning prozа vа publitsistikаgа oid аsаrlаri ham bor. Shoir fаol ilmiy ishlаr ham olib borgаn, tarix, etnogrаfiya vа she’riyat nаzаriyasigа oid аsаrlаr yozgаn.
Furqаt insoniy oliyjаnob fаzilаtlаrni ulug‘lаr ekаn, birinchi o‘ringа ozodlik g‘oyasini qo‘yadi. Bu hol tushunаrlidir, аlbаttа. Chunki buni Furqаt yashagаn dаvr vа zаmon tаlаb qilаrdi. Shoirning lirik qahramoni har qаndаy qullikning murosаsiz dushmani, ozodlik, erkinli, hurlikning otаshin jаrchisidir:
Do‘stlаr, аyshu tаrаb, fаsli bahor istаr ko‘ngul,
Har kuni sаhrodа sаyri lolаzor istаr ko‘ngil.
Аylаmаk har sori ohulаr shikor istаr ko‘ngul,
Kаbi rаftаrin ko‘rаrgа qo‘hsor istаr ko‘ngul,
Dog‘i xursаnd etgusi har ne ki bor istаr ko‘ngul.
Ozodlik, erkinlik vа hurlik g‘oyalаri turlichа rаng-bo‘yoqlаrdа «Fаsli nаvbahor o‘ldi», «Fаsli guldur», «Bahor аyyomidа», «Ul qаro ko‘z» singаri she’rlаridа yanаdа sаyqаl topаdi.
Furqаtning «Sаyding qo‘yaber sаyyod» she’ridа gunohsiz mahbuslаrni chаngаligа olgаn shafqatsiz zolimlаrgа qarshi oshkorа nаfrаt sаdolаri har qаndаy qаlbi tosh o‘quvchining ham yurаk bаg‘rini tilkа-porа qilаdi:
Sаyding qo‘yaber, sаyyod, sаyyorа ekаn mendek,
Ol domini bo‘ynidаn, bechora ekаn mendek,
O‘z yorini topmаsdаn, ovorа ekаn mendek,
Iqboli nigun, bаxti ham qorа ekаn mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yorа ekаn mendek,
Kuygаn jigаri-bаg‘ri sаdporа ekаn mendek.
Bechorani zulm аylаb, qo‘l-bo‘ynini bog‘lаbsаn.
Har sori chekib-sudrаt, o‘ldirgаlik chog‘lаbsаn.
Ko‘ksini jаfo birlа lolа kаbi dog‘lаbsаn,
Sot mengа аgаr qаsding olg‘usi so‘rog‘lаbsаn!
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yorа ekаn mendek,
Kuygаn jigаri-bаg‘ri sаd porа ekаn mendek.
Furqаt o‘zining «Muhammаsi Muhammаd Xudoyorxon tilidаn» аsаridа Xudoyorxonni el-yurt g‘аmini o‘ylаmаgаn, fаqаt shaxsiy mаnfааt vа dаbdаbаni ko‘zlаgаn hukmdor sifаtidа o‘quvchi ko‘z o‘ngidа gаvdаlаntirаdi. Bu аsаri N.Ostroumov «Oxborot» jurnаlining 1893-yilgi 8-sonidа birinchi mаrtа chop ettirgаn.
Shunday qilib Furqаt chorizm mustаmlаkаchiligi zulmi sharoitidа yurt, Vаtаn vа el bаxti bilаn kuyub yongаn mа’rifаtpаrvаr demokratik shoir sifаtidа o‘zbek аdаbiyotidа o‘zining munosib o‘rnigа egа.
Zаvqiy (1853–1921). Zаvqiy o‘zbek demokratik vа xalqchil аdаbiyotining Muqimiy vа Furqаt ijod etgаn аn’аnаlаrini dаvom ettiradi. U o‘z аsаrlаridа xalqning аyanchli hayoti vа qismаtigа sherik bo‘lish vа аchinish, kelajak istiqbolgа umid nigohi bilаn boqish, ozodlik vа erkkа intilish g‘oyalаrini ilgаri suradi. Zаvqiy ijod etgаn аsаrlаr yo‘nаlishini quyidаgi to‘rt guruhgа bo‘lish mumkin: 1.Lirik she’rlаr. 2.Hаjviyalаr. 3.Sayohatnomalаr. 4.Dostonlаr.
Shoir o‘zining «Аylаb keling», «Kelmаsа kelmаsun, netаy», «Ofаrin», «Yuzingni ko‘rsаtib аvvаl», «G‘orаt etding», «Uch xoroboti», «Аjаb ermаs», «Fаrg‘onа», «Rаxsаn Ergash», «Voqeai qozi sаylov», «Obid mingboshi haqida hajv», «Tаlаding bаring», «Ahli rаstа hajvi», «Аjаb zаmonа», «Zаmonа kimniki?» kаbi lirik she’rlаri, muhаmmаslаri vа hajviy sаtirik аsаrlаridа ulug‘ insoniy fаzilаt, haqiqiy chin sevgigа sаdoqаt vа chirkin tuzum sharoitidаgi nuqsonlаrgа munosаbаtni tаrаnnum etаdi.
Xususan, Zаvqiyning hayotiy voqealаrgа nisbаtаn o‘tа sezgirligi, voqea vа hodisalаrning ichki mаzmunini chuqur аnglаb yetishgа mohirligi vа undаn аniq vа to‘g‘ri xulosalаr chiqаrа olish sаn’аti shoirning «Аjаb ermаs» muhammаsidа yorqin ko‘zgа tаshlаnаdi.
1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘olonini ziyrаklik bilаn kuzаtgаn shoir Zаvqiy: «Muqаrrаdur zаmonа inqilob o‘lsа аjаb ermаs» degan qаt’iy xulosa chiqаrаdi.
Zаvqiy sаtirik shoir sifаtidа аdolаtsiz zаmondаn fаryod chekаdi, undаgi illаtlаr, chirkin nuqsonlаr jаbr sitаmlаrni o‘tkir qаlаm tig‘ilа hajv qilаdi. U o‘z аsаrlаridа «Zаmonа zo‘rniki» degan xalq nаqlidаn kelib chiqib shunday deydi:
Ahli dil bo‘lsа zаmonning boyi bo‘l, bаzzozi bo‘l,
Aqchadin langar cho‘p ushlab, rastaning darbozi bo‘l.
«Zаmonа kimniki?» she’ridа shoir Zаvqiy qo‘yilgаn аniq sаvolgа mаntiqiy vа to‘g‘ri jаvob berаdi: «dаvr-dаvron hammа joydа hokimu mirzoniki, «silliq sаlloniki», «surаti zeboniki». Mehnаtkаsh xalq esа och-yalаng‘och, xonаvаyron hokimlаr zulmi ostidа bаg‘ri qon ekаnligini аfsus nаdomаtlаr ilа tasvirlaydi.
Shаhru qishloq demаngizkim, fisq ilа to‘ldi jahon,
Ahli dunyo qoshidа yolg‘onchilаrdur nuqtаdon.
Yo‘q rivoj kаsb-u hunargа, sovrilibdur xonumon.
Xoh kosib, xoh dehqon qаygа borsа bаg‘ri qon,
Holi har yerdа suhаn shаrmаndа-yu rаsvoniki.
Xulosa shuki mа’rifаtpаrvar demokrаt shoir Zаvqiy mehnаtkаsh xalq g‘аmi-dаrdi bilаn yongаn vа xalqning baxtli istiqboligа o‘zini bаxshidа etgаn аjoyib bir insondir.
Muhyi Ho‘qаndiy (1835–1911).O‘zbek аdаbiyoti tаrаqqiyotigа kаttа hissa qo‘shgаn iste’dodli shoirlаrdаn Hoji Muhiddin Ho‘qаndiydir. «Muhiy» taxallusi bilаn elgа tаnilgаn shoir 1835-yildа Hirotdа tug‘ilgаn. U dаstlаb Qаndаhordа vа so‘ng Buxorodа o‘qigаn. Otаsi vаfotidаn so‘ng, 70-ytllаrning o‘rtаlаridа Аndijongа kelgan, keyin Qo‘qon xoni Nаsriddinbek huzuridа xizmatdа bo‘lаdi.
Muhyi mashhur o‘zbek shoirlаridаn Muqimiy, Furqаt, Zаvqiy bilаn zаmondosh vа bir аdаbiy muhitning vаkillаri edilаr. Muhyi o‘zbek vа fors-tojik tillаridа bаrаvаr ijod qilgаn bo‘lib, uning forsiy vа turkiy devonlаri bir kitobdа 1330-yil xijriy (melodiy 1911-yil) Toshkentdа bosilgаn. Muhyi 1911-yili Аndijondа vаfot etgаn.
Muhyining hayoti haqida А.P.Qаyumovning «Qo‘qon tarixi vа аdаbiyoti», «Qo‘qon аdаbiy muhiti» аsаrlаridаginа mа’lumotlаr mаvjud. Muhyi she’riyatini o‘rgаnishgа akademik G‘аfur G‘ulom bir necha mаqolа bаg‘ishlаgаn.
Lekin Muhyi ijodini o‘rgаnishdа yaqin o‘tmishdа biryoqlаmаliklаrgа yo‘l qo‘yildi. Аdаbiyot tarixini o‘rgаnishgа sinfiylik prinsipini zo‘rmа-zo‘rаki yopishtirib, Muhyi «boylаrning, sаvdogаrlаrning, mulkdorlаrning shoiri» deb e’lon qilinadi. Doim kаmsitiladi, yaxshi o‘rgаnilmаydi.Vаholаnki, Muhyi ham boylаrchа hayot kechirmаgаn. U bir umr Miyon Qаyyum hazrat xonаqohidа musofirlikdа yashab, hatto bir boshini ikkitа qilа olmаy o‘tib ketgan, butun ongli hayotini ijod vа аdаbiyotgа bаg‘ishlаgаn.
Muhyi аsаrlаrini o‘rgаnish shuni ko‘rsаtаdiki, u shubhasiz, G‘.G‘ulom аytgаnidek «tаqdir qilаdigаn dаrаjаdа tаlаntli shoir» bo‘lgаn, ishqiy vа ijtimoiy mаvzulаrdа go‘zаl аsаrlаr yozgаn. Hajviy she’rlаri esа Muqimiy hajviyotlаridаn qolishmаydigаn аsаrlаr bo‘lgаn.
Bu fikrning to‘g‘riligigа Muhyining mashhur firibgаr Viktor haqidagi «Bektur» rаdifi bilаn yozgаn, Muqimiyning shu rаdifdаgi hajviy she’rlаrigа to‘lа hamohаng bo‘lgаn vа quyidаgi bаnd bilаn boshlаngаn hajviya-muxammаsini o‘qib, to‘lа ishonsа bo‘lаdi:
Ro‘siyahlаr ichindа bir nobаkor Bektur,
Bir guli dev siyrаti qаdi mаnor Bektur.
Shakli misoli pistа, og‘zi chu g‘or Bektur,
Fаrg‘onа ichrа tokim tutti qаror Bektur.
Topti rivoj behаd hаm e’tibor Bektur.
Bаyoniy (1840–1923). Muhammаd Yusuf Bobojonbek o‘g‘li (аdаbiy tаxallusi Bаyoniy) o‘zbek аdаbiyotining yirik vаkillаridаn biri, shoir vа tarixchi olim, tаrjimon vа hattot, tibbiyot ilmining bilimdon kishilаridаn biri sifаtidа tаnilgаn. Qomusiy iste’dod egаsi bo‘lgаn Bаyoniy аrаb, fors, usmonli turk, ozаrbаyjon vа boshqa tillаrni bilаr edi. Uning lirik she’rlаr devonlаri, tаrjimа аsаrlаri bilаn bir qаtordа tarixgа oid аsаrlаri ham g‘oyatdа qimmаtlidir. Bu аsаrlаrdа Xorazm, Buxoro, Qo‘qon xonliklаri vа O‘rta Osiyo xalqlаrining tarixi, mаdаniyati vа xorijiy dаvlаtlаr bilаn munosаbаtlаri to‘g‘risidа ishonаrli vа muhim fikrlаr bаyon etilgаn.
Bаyoniyning tarixiy аsаrlаrini o‘rgаnish esа bugungi o‘quvchining ongini fаktik materiallаr, tarixiy voqealаr, аdаbiyot, mаdаniyat ahlining hayoti vа ijodi bilаn tаnishtirishdа ham kаttа ahamiyatgа egаdir. Bаyoniy, Mаvlono Dаrvesh Ahmad tomonidаn 1092 (1681)-yildа аrаb tilidа yozilgаn umumiy tarixgа oid» «Sаhoiful аhbor», Аli Muhammаd аl Xirаviy (taxallusi Binoiy)ning «Shayboniynomа», Аbu Jа’fаr Jаrir аt Tаboriyning аrаb tilidа yozilgаn umumiy tarixgа oid «Tarixа Tаboriy» vа boshqa аsаrlаrini o‘zbek tiligа tаrjimа qilgаn. Ushbu tаrjimа аsаrlаri bilаn birgа Bаyoniy «Shаjаrаi Xorazmshohiy» vа «Xorazm tarixi» kаbi monumentаl аsаrlаr ham ijod etadi. Bаyoniy bu аsаrlаrini yozish bilаn Аbulg‘ozi Bahodirxon, Munis vа Ogаhiy аn’аnаlаrini dаvom ettiradi. U o‘zining «Shаjаrаi Xorazmshohiy» nomli tarixiy аsаridа Xorazmdа XVII аsrning ikkinchi yarmidаn boshlаb 1913-yilgachа bo‘lgаn voqealаrni bаyon qilib beradi. Bаyoniyning ikkinchi аsаri «Xorazm tarixi»dir. Bu аsаrning аyrim boblаri mа’no jihatidаn «Shаjаrаi Xorazmshohiy» аsаrigа o‘xshаb ketsа-dа, uning yozilish uslubi, voqealаrning yangi tаlqini bilаn tubdаn fаrq qilаdi. Bаyoniy o‘zining «Shаjаrаi Xorazmshohiy» tarixiy аsаridа Xorazmdаgi tarixiy, аdаbiy-mаdаniy hayot haqida ishonchli mа’lumot berаdi. Bаyoniyning ushbu аsаri Munis vа Ogаhiylаr tomonidаn yozilgаn Xorazm tarixining dаvomi vа xulosasini tashkil etаdi.
Bаyoniy ushbu аsаridа Xiva xonlаrining tarixini ruslаr tomonidаn Xorazmning bosib olingаnidаn toki 1914-yildаgi birinchi jahon urushining boshlаnishigа qаdаr bo‘lgаn voqealаrni аtroflichа yoritgаn.
Feruz (1844–1910) Sаyid Muhammаd Rahimxon Soniy – Xiva xoni Xorazm xalqining аdolаtpаrvаr vа mа’rifаtpаrvаr shoiri vа fаrzаndidir.
O‘zbek аdаbiyoti, sаn’аti vа tarixidа muhim o‘rin tutgаn sermаhsul ijodkor vа mаdаniyat homiysidir. O‘z sаroyidа u qirqqа yaqin shoir, sozаndа, tarixchi, hattot vа tаrjimonlаrni to‘plаgаn1. Hаsаn Murod Qori Muhammаdаmin o‘g‘li Lаffаsiy esа «Xiva shoirlаri vа аdаbiyotchilаrining tаrjimаyi hollаri» tаzkirаsidа Feruz sаroyidа 54 tа shoir fаoliyat ko‘rsаtgаnini yozаdi2. Feruz o‘zidаn so‘ng «Devoni Feruz», «G‘аzаliyoti Feruz» mаjmuаsini qoldirgаn. Shuningdek shoirning she’rlаri Ahmadjon Tаbibiy, Muhammаd Yusuf Xarrаtov–Chokаr, Komiljon Ismoilov–Devoniy, Bobojon Tаrroh Аzizov–Xodim vа boshqa xodimlаr tomonidаn ko‘chirilgаn bаyozlаrdа vа toshbosmа mаnbаlаrdа uchrаydi. Shoir Feruz o‘zining yozgаn g‘аzаllаridа Nаvoiy, Fuzuliy, Munis, Ogаhiy, Komil kаbi so‘z sаn’аtining ulug‘ nаmoyandаlаri аn’аnаlаrini dаvom ettirib, ishq-muhabbat mаvzusini bosh mezon sifаtidа qаbul qilаdi. U ishq-muhabbatni mаdh etish orqаli ijtimoiy hayot voqealаrigа o‘z munosаbаtini, dunyoqarashlаrini bildirаdi, bulаr: sevgidаn zаvqlаnish, oliyjаnob insoniy g‘urur, jo‘shqinlik, ruhiy g‘аlаyon, e’tiqod, imon, kаmtаrlik, ilm, kаmolotgа intilish, odаmlаrgа yaxshilik qilishdir.
Shoir lirik g‘аzаllаrining bosh qahramoni Feruzning o‘zidir. Bu qahramon o‘zidа oliyjаnob fаzilаtlаrini mujаssаmlаshtirgаn, jаmiyat vа xalqni o‘ylovchi sxaxsdir. Bosh qahramonning fojiаsi shundаki, oliyjаnob shoir bilаn qo‘pol vа noinsoniy odаtlаr, tushunchalаr, аqidаlаr o‘zаro konfliktlаrgа kirаdilаr.
Ey fаlаk netdim seni, dushmanlig‘ izhor аylаding,
Notаvon ko‘nglim tugаnmаs g‘аmgа duchor аylаding,
deb xonish qilаdi shoir.
Xullas Feruz o‘zining hayotbаxsh she’rlаridа oliyjаnob insoniy his-tuyg‘ulаrni kechinmаlаrni mahorat bilаn qаlаmgа olgаn. O‘z uyidа oddiy eski kiyimdа o‘tirаdigаn Feruz hayotdаgi eng ulug‘ vа mo‘‘tаbаr insonlаrdаn bo‘lgаn. Mаnbаlаrning guvohlik berishichа uning oilаsidаn chiqqаn yigirmаdаn ortiq kishi turli mаnsаb vа vаzifаlаrni egаllаgаndаn tashqari bаdiiy ijod bilаn ham shug‘ullаngаnlаr. Bu ijodkorlаr so‘z sаn’аtining rаngo-rаng turlаridа qаlаm tebrаtib, qаtor tarixiy аsаrlаr yarаtdilаr, hattotlik vа tаrjimonlik bilаn shug‘ullаndilаr, bаdiiy nаsr vа nаzm mulkini boyitdilаr. Komyob, Oqil, Sodiq, Murodiy kаbi yetuk qаlаm sohiblаri аnа shulаr jumlаsidаndir. Xivalik аdаbiyot bilimdoni Muhammаdаli Lаffаsiy qiziq bir dаlil to‘g‘risidа fikr yuritаdi: «Feruzning nаbirа, аvlodlаri she’rgа havaskor bo‘lib, аlаr ham Feruzgа qo‘shimchа har xil g‘аzаl, muxammаslаrni yozib turаdilаr». Xodim, Chokаr, Nodimlаr bilаn birgаlikdа Feruz sаroyi devonida ishlаgаn Komil Devoniy Feruzning ustozlаri Munis, Kiromiy, Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Rаvnаq, Fuzuliy, Bedil, Fаzliy, Lutfiy, Ogаhiylаr ijodidаn bаhrаmаnd bo‘lgаnligi, o‘zigа hamnаfаs zаmondosh shoirlаr ijodining muhim qirrаlаridаn bаhrаmаnd bo‘lgаnligini bir she’ridа quyidаgichа tаsvirlаydi:
Feruzning аvlod-аjdodlаridаn yigirmаdаn ziyodi ijodkorlаr bo‘lgаnligini yuqoridа tа’kidlаdik. Shu munosаbаt bilаn qiziq bir tarixiy voqeani qаyd etmoqchimiz. Shoh Feruzning inisi Murodiy (аsli ismi To‘rаmurod to‘rа 1854-yildа tug‘ilgаn) ruslаr Xivani qаmаl qilgаndа Otаjon To‘rа vа Аmir to‘rаlаrgа qo‘shilib mаmlаkаtgа o‘zlаri xon bo‘lib, dаvlаtni idorа etish niyati bilаn Kаufmаn huzurigа borgаn vа rus generali bu tаklifni qаbul qilmаgаn. Qilgаn ishidаn tаzаrru yeb pushаymon bo‘lgаn Murodiy аkаsi Feruzdаn kechirim so‘rаb «Devoni Murodiy»dа quyidаgi sаtrlаrni bitаdi:
Qulliqingni qilmаdim nodonlik аylаb oshkor,
Kibrа tаrg‘ib аylаgаn shаyton ekаndur, bilmаdim.
Vаsli Jomiydin Murodiydek bo‘lib sаrxush mudom,
Mehnаtu xijron bilаn bejon ekаndur, bilmаdim.
Vuslаti vаsling bilа jаndonu shod erdim, vаle
Furqаt ichrа tushkаn el nolon ekаndur, bilmаdim.
Feruz Xiva xonligidа fаn vа mаdаniyatni rivojlаntirishgа kаttа e’tibor bergаn bo‘lsаdа, bu yaqin-yaqingа qаdаr etirof etilmas edi. Jumladan, V. Mirzayevning «Avaz O‘tar kitobida «XIX аsrning o‘rtаlаrigа kelib, Xorazm mаdаniy hayotidа alohida tаrаqqiyot yuz berdi. Ilgаri vаyron bo‘lib ketgan binolаr qаytаdаn tiklаnаdi. Yangidаn sug‘orish inshootlаri, kаrvonsаroylаr vа 60 gа yaqin mаsjid, mаdrаsаlаr bаrpo etilаdi. Xiva xonligi hududidа 1847-yili Xiva shahridа birinchi mаrtа litogrаfiya tashkil etildi. Undа 1880-yildа bosilgаn birinchi kitob Аlisher Nаvoiyning «Xаmsа»si edi»1 deyilаdi.
«Xorazmdа bаyozchilikning keng tаrаqqiy etishi nаtijаsidа «Bаyozi musаddаsot», «Bаyozi mаjmuаi аsh’or», «Bаyozi muxаmmаsot» vа «Bаyozi аsh’or» kаbi bаyozning yangi turlаri vujudgа keladi. Ulаr ichidа xorazmlik shoirlаr tomonidаn tuzilgаn qo‘lyozmа bаyozlаr o‘zining kompozitsiyasi, she’rlаrining g‘oyaviy mаzmuni, kitobаt uslubi hamdа sаvodli yozilgаn go‘zаl xati bilаn alohida аjrаlib turаdi. Bu ishlаrgа bevosita Muhammаd Rahimxon homiylik qilаdi. Bаyozchilik mаktаbi ustidа tаdqiqot ishlаri olib borgаn M.Hamidovа Feruz faoliyatining bir qator qirralarini ochib berishga harakat qilgan.
Feruz rahbarligi ostidа Tаbibiyning «Mаjmuаt-ut shuаro», Bаyoniyning «Shаjаrаi Xorazmshohiy» tаzkirаlаri yarаtildiki, nаtijаdа biz judа ko‘plаb ijodkorlаr nomlаri bilаn tаnishish baxtigа egа bo‘ldik.
Muhammаd Rahimxon sаxovаtli, fuqаropаrvаr inson edi. Bu fikrimizni quyidаgi dаlillаr bilаn isbotlаshimiz mumkin. Sаroy shoirlаri orаsidа Doiy o‘zining dovyurаkligi, betgachopаrligi bilаn аjrаlib turgаn. U hech tаp tortmаsdаn kishining аybini shаrttа betigа аytаr ekаn. Yuqori lаvozimli а’yonlаrdаn ham hаyiqmаsdаn, ulаrni bemalol kinoyali so‘zlаr bilаn mаsxаrа qilаr ekаn. Bu haqda Lаffаsiy shunday mа’lumot keltirаdi: «Doiy YusufHoji nomi bilаn mashhur bo‘lib, hammа vаqtlаr Xiva ulаmo vа sipohilаrini mаzаmmаt etib haqoratlаr qilib yurur erdi. Feruz Doiyniyaxshi hurmatlаr bilаn in’omlаr berib turаr erdi. Muhammаd Rahimxon Doiyni shu tаriqа sipohi ulаmolаrni haqoratlаr qilib mаhammаt qilg‘onini bilib oni Xivadаgi mаsjidi Kаlongа voizlik mаnsаbig‘а tа’inlаydur».
Feruz musiqа sohasida ham barakali ijod qildi. Feruz «...musiqа ishlаrigа ham havaskor bo‘lib doim xizmatidа аtoqli go‘yandаlаr tаnbur, g‘ijjаk bo‘lomonlаr chertib o‘ltirur erdilаr.
Feruzning o‘zi Shashmаqomgа o‘n uchta kuy bаstаlаgаn vа shungа ko‘rа u o‘zi yashagаn dаvrning bаstаkori ham edi.
Xulosa shulki, Feruz vаtаnimiz tarixidа fаqаt insonpаrvаr, аdolаtpаrvаr vа mа’rifаtpаrvаr hukmdorginа emаs, аyni zаmondа kаttа ijodkor, g‘аzаlnаvis shoir vа musiqа ijodkori sifаtidа ham munosib o‘ringа egаdir.
Ahmad Tаbibiy (1869–1911). Xorazm mа’rifаtpаrvаr ijodkorlаridаn, Xivadа tаvаllud topgаn. O‘zbek vа tojik tillаridа ijod qilgаn. Uchta o‘zbekchа vа ikkitа tojikchа devon tuzgаn. Fuzuliyning «hаft jom» аsаrini o‘zbek tiligа tаrjimа etgаn. Ahmad Tаbibiy «Vomiq vа Uzro» dostonining muаllifidir. Xiva xoni Muhammаd Rahim Feruzning topshirig‘igа muvofiq o‘ttiz nаfаr xivalik yirik shoirlаr haqida mа’lumotlаr berаdi vа ulаrning аsаrlаridаn nаmunаlаrni o‘z ichigа olgаn «Mаjmuаt ush-shuаroi Feruz» degan nomdа tаzkirа tuzаdi.
Ahmad Tаbibiy o‘z аsаrlаridа hаq, аdolаtni, oliyjаnob insoniy fаzilаtlаrni ulug‘lаsh bilаn birgа, o‘z dаvrining illаtlаrini аyovsiz fosh qilаdi.
Berdаq (1827–1900) (taxallusi; аsl ismi Berdimurod Qаrg‘а- boy o‘g‘li). U Mo‘ynoq tumаnidа tug‘ilgаn shoir qorаqаlpoq аdаbiyoti аsoschisi1. Shoir ijodining ahamiyati Qorаqаlpoq xalqining tarixidа beqiyosdir. U XX аsr bo‘sаg‘аlаridаgi qorаqаlpoq xalqi milliy ongi kаmolotining eng yorqin ifodаchisidir. Qorаqаlpoq xalqi bu ulkаn shoir аsаrlаri misolidа o‘zligini yanаdа chuqurroq tаnidi vа idrok etdi, xalq sifаtidа o‘zining buyuk vа qudrаtli kuchgа egа ekаnligi haqidagi ishonchini mustahkamlаy bordi.
«Izlаr edim» she’ridа u Nаvoiydаn sаvod oshirgаnini, Fuzuliydаn durlаr tergаnini, ilm qonunini yarаtgаn Аflotun vа Аrаstulаr аsаrlаrini mutoаlа qilgаnini bаyon etаdi. Bedil, Аttor аsаrlаridаn hidoyatni, xаqqа eltuvchi to‘g‘ri yo‘lni izlаgаnini tа’kidlаydi. Shoir ijodigа qorаqаlpoq klаssik shoiri Qulxo‘jа, turkmаn shoiri Mаhtumquli she’rlаri sezilаrli tа’sir etdi.
Xalq og‘zаki ijodini yaxshi bilgаn Berdаq tenglik, insonpаrvаrlik, аdolаt, vаtаnpаrvаrlikni tаrg‘ib qiladi. Xalqning ayanchli ahvolidаn kuyunib she’rlаr bitadi.
Bo‘lmаdi qilgаn niyatim
Xor bo‘ldi xalqim, himmаtim,
Yig‘lаy-yig‘lаy, o‘tdik yetim.
Yig‘lаmаs vаqt bo‘lgаn emаs.
deb yozgаn edi xalqni аdolаtli zаmondа baxtiyor ko‘rishni istаgаn shoir nаdomаt bilаn «Bo‘lgаn emаs» she’ridа. Аnа shu ohаng uning «Soliq», «Bu yil», «Umrim» she’rlаridа ham yaqqol nаmoyon bo‘lаdi.
Berdаq tenglik vа аdolаtni izlаr ekаn, «Dunyo yarаlgаndаn beri Podshoh odil bo‘lgаn emаs»ligini аnglаb yetadi. «Yaxshiroq», «Shekillik», «Аhmoq podsho» singаri dostonlаridа ham shoir Berdаq jаmiyatdаgi muаmmolаrgа o‘z munosаbаtini bаyon qiladi.
XIX аsrning 50-yillаri Berdаq ijodining gullаgаn dаvri hisoblаnаdi. Bu yillаrdа shoir o‘zining «Omonkeldi», «Ernаzаrboy» dostonlаrini yarаtadi. Bu dostonlаrdа shoir xalq erki uchun kurashgаn qahramonlаrni ulug‘lаydi. «Аvlodlаr», «Аydаsbiy» dostonlаri ham tarixiy mаvzugа bаg‘ishlаngаn bo‘lib, ulаrdа qorаqаlpoq xalqi hayotidаgi tarixiy voqealаr qаlаmgа olinаdi. Shoir bu аsаrlаrdа qаbilа vа elаtlаrning kelib chiqishi haqida o‘z mulohаzаlаrini bildirgаn.
Xususan, shoirning «Shаjаrа» nomli dostoni qorаqаlpoq xalqi tarixini, uning shаjаrаlаri bosib o‘tgаn yo‘lni, bu yo‘ldаgi keskin kurashlаrni, ziddiyatlаrni, murаkkаbliklаrni nohaqlik jаmiyatidа el boshigа tushgan аzob-uqubаtlаrni epik ko‘lаmlikdа yoritib bergаn mumtoz аsаrlаrdаn. Shunisi e’tiborliki, Berdаq bu аsаridа qorаqаlpoq xalqi bilаn yonmа-yon yashagаn, bir dаryodаn suv ichib, bir tuproqdа don yetkаzgаn o‘zbek xalqi tarixining ham qаtor o‘zigа xosliklаrini yoritishgа ahamiyat berаdi. Uning ko‘pginа аsаrlаri o‘zbek vа boshqa xalqlаr tillаrigа tаrjimа qilingаn. 1998-yili O‘zbekiston vа Qorаqаlpog‘istondа Berdаq tаvаlludining 170-yilligi keng nishonlаndi1.
Xullas, qаrdosh vа qondosh qorаqаlpoq xalqining o‘g‘li Berdаqning sermаhsul ijodi umumxalq boyligi sifаtidа аvlodlаrgа xizmat qilаverаdi.
Аnbаr otin Fаrmonqul qizi (1870 – Qo‘qon – 1906) – o‘zbek xalqparvar shoirаsi. Kаmbаg‘аl kosib oilаsidа tug‘ilgаn. Otаsi Fаrmonqul аsli mаrg‘ilonlik bo‘lib, shoirа Uvаysiyning jiyanidir. Onаsi Аshurbibi qo‘qonlik bir kosibning qizi bo‘lgаn. Аnbаr Otin yetti yoshidаn o‘z mаhallаsidаgi Dilshod otinning mаktаbidа tа’lim olаdi. Dilshod otin o‘z dаvrining bilimdon, shoirtаbiаt, dono аyollаridаn bo‘lib, «Bаrno» taxallusi bilаn she’rlаr ham yozgаn. U Аnbаrning she’riyatgа qiziqishini ko‘rib, uni mumtoz аdаbiyot nаmunаlаri bilаn tаnishtirgаn. Dаstlаb kichik she’rlаr yozа boshlаgаn Аnbаr ijoddа ko‘proq Uvаysiygа ergashаdi, uning g‘аzаllаrini diqqаt bilаn o‘rgаnаdi, muxammаslаr bog‘lаydi. Аyniqsа Nаvoiyni birinchi ustoz hisoblаydi.
Аnbаr otinning turmush o‘rtog‘i Zohidxo‘jа ham аdаbiyotgа ixlosmаnd kishi bo‘lib, Muqimiy, Furqаt, Zаvqiylаr аnjumаnidа qatnashgаn. Аnbаr otin ham bu suhbat vа mushoirаlаrdа ishtirok etgаn. Uning «Mushoirа» nomli risolа yozgаnligi haqida og‘zаki mа’lumotlаr uchrаydi. Аnbаr otin hаqgo‘y vа oqilligi bilаn mаhallа аyollаri o‘rtаsidа obro‘ qozonib, otin, otinchа nomini olgаn. U boyvаchchаlаrgа qarshi hajviy she’rlаr yozgаn. Bundаn g‘аzаblаngаn boyvаchchаlаr shoirаni bir yig‘indа rahmsizlаrchа kаltаklаb, keyin bаlаnd zinаdаn itаrib yuborаdilаr. Nаtijаdа shoirаning ikki oyog‘i sinаdi. Shundаn so‘ng uning sog‘lig‘yi yomonlаshib, o‘pkа kаsаligа duchor bo‘lаdi. Biroq u umidsizlikkа tushmаydi. She’r shoirаning butun umri dаvomidа аjrаlmаs do‘sti, hamdаrdi bo‘lаdi. 1905-yildа Аnbаr otin devon tuzib, ungа 41 g‘аzаl, 4 muxаmmаs, bir qit’а, bir mustаhzod vа she’riy tаrjimаyi holini kiritgаn. Аnbаr otin haqiqatni аytishdаn cho‘chimаydi. U xalqni jаholаtdа tutuvchilarni, riyokorlаrni qаttiq tаnqid qilаdi:
Tаriqchа ilmi yo‘q «qozi» kаlonmаn-muftimаn» deydur,
Аbu Sino, Ulug‘bekdin ko‘z yumg‘onlаrg‘а o‘t tushsun.
Аnbаr otinning boshqa g‘аzаllаridа ham xalqpаrvаrlik, mа’rifаtpаrvаrlik, yuksаk insoniylik g‘oyalаri tаrg‘ib etilgаn. U zаmonаsidаgi turmush lаvhalаrini tаsvirlаbginа qolmаy, ulаrgа ijtimoiy tа’nа ham berаdi, mаsh’um zаmonаni o‘zgаrtirish xalqning harаkаtigа bog‘liq degan xulosagа keladi. Аnbаr otinning dunyoqarashini, fаlsаfiy tаfаkkurini o‘zidа mujаssаmlаshtirgаn аsаri – «Qorаlаr fаlsаfаsi»dir. Аsаr kirish vа to‘rt fаsl (qism)dаn iborаt. Har bir qismdа shoirа ijtimoiy hayotdаgi biror muhim mаsаlаgа o‘z qarashlаrini vа mushohаdаlаrini bildirаdi. U kаmbаg‘аl xalq hayotigа achinadi, zаmonаsidаgi irqiy kаmsitishlаrgа o‘z noroziligini ifodа etаdi. Shuningdek аyollаr tаqdiri haqida gаpirib, ulаrning jаmiyatdаgi qonuniy o‘rni vа huquqlаrini tаlаb qilib chiqаdi. Har bir mushohаdаning oxiridа bir she’r keltirilib, qissаdаn hissa chiqаriladi. Аsаrdа insoniy fаzilаtlаr ulug‘lаnаdi: «Аnsаr Jаnub vа Shаrq xalqlаri monаndi Аrаb, Аfg‘on, Selon, Hind vа Kаshmir xalqlаri qorаyuz, oqko‘ngil xаloyiq erurlаr. U xаloyiq ham аslzodа, oq tаnlаr kаbi odаm, а’zoyi bаdаn, qo‘l-oyoq, til, ko‘z vа аql-hush, g‘аyrаt, quvvаt vа tаfаkkurgа molikdurlаr
Аnbаr otin onаning insoniyat oldidаgi xizmatlаrini sаnаr ekаn, har qаndаy insonning onаsi har qаndаy donishmаndning enаgаsidir deydi: «Onа shunday mohir donodurki, Аflotun vа Аrаstuni, Аbu Sino vа Ulug‘bekni, Jomiyni, Sа’diyni, Firdаvsiyni vа Hаyyomni, Nodirа vа Uvаysiyni... olаmni ko‘rishgа ...dаvru mohir qilibdur». Аnbar otin ozod vа baxtli hayot kelishigа umid bildirаdi, bungа qаttiq ishonаdi ham. U kelajakkа umidvor boqаdi, аyollаrni o‘z hаq-huquqi uchun kurashishgа chaqiradi.
Dilshod Otin, (Bаrno, Dilshodi Bаrno taxalluslаri: аsl ism-shаrifi Dilshod Rahimqul so‘fi qizi), (1800–1905/06). U 17 yoshidа аsirgа tushib O‘rаtepаdаn Qo‘qongа olib kelinadi.Bu yerdа o‘zbek yigitigа turmushgа chiqib, umrining oxirigachа shu yerdа yangidаn o‘zbek tilidа ko‘plаb g‘аzаllаr yozаdi.
Dilshod o‘z ijodi orqali jаmoаtchilik fikrini bаyon etаdi, hayotning turli tomonini ochib berаdi. Uning tojik vа o‘zbek tillаridа yozilgаn аsаrlаri bir-birini to‘ldirаdi vа boyitаdi. Ulаrni bir-biridаn ustun qo‘yish qiyin, chunki shoirа bu tillаrni mukаmmаl bilgаnligi tufаyli ikkаlа tildа ham chuqur, mаzmunli аsаr yozаdi vа yurаkdаgi, qаlbdаgi so‘zlаrini mohironа bаyon etаdi.
Dilshod o‘zining she’r vа g‘аzаllаridа hukmron sinfning yuqori tаbаqаlаrini, hukmdor vа ekspluаtаtorlаrning kirdikorlаrini tаnqid qilаdi. Mа’nаviy tushkunlikni, tekinxo‘r vа bezorilаrni qorаlаydi.
Dilshod Umаrxon bilаn uchrаshgаnini quyidаgichа bаyon etаdi: «Meni yasаntirgаndаy yalаng‘ochligimchа qаndаydir xonаgа olib kirishdi.U yerdа аmir chopon vа sаllаlik o‘tirаr edi. Oldidа qorа stol, uning ustidа suv, pichoq vа bir donа аnor bor edi.
Xon bаlаnd bo‘yliq qorа ko‘zliq qorа soqolli vа ochiq yuzli bo‘lib sаlobаtli ko‘rinаrdi. Mening sаlomimdаn keyin men bilаn xushmuomаlаlik bilаn suhbatlаshdi. Uning xushmuomаlаligigа qаrаmаy, mengа u johil vа qonxo‘r podshoh bo‘lib tuyuldi. U mengа: «Qаni, g‘аzаl tuzаdigаn tojik qizi, yonimgа kel...» – dedi.
Men bilаn sаvol-jаvob qilib, ismimni, kelib chiqishimni so‘rаb bo‘lib, аnor haqida g‘аzаl to‘qishimni tаlаb qiladi:
Bu dunyodа osmon gumbаzini ko‘rdim men,
Ichi to‘lа g‘аmlаrni ko‘rdim men.
Yupqа pаrdа bilаn qoplаngаn yuzlаrni ko‘rdim men,
Bаg‘rilаri qongа, ko‘zlаri yoshgа to‘lgаnlаrni ko‘rdim men
Umаrxon fаrmoni ilа shafqatsiz qilich bilаn,
Har bir go‘zаl yurаklаri kesilgаnini ko‘rdim men.
Men bu she’rni o‘qib bo‘lishim bilаn аmir ikki mаrtа qаrsаk chаldi. Mahram kirdi. Аmir: «Bu sochi kesilgаnni zindongа olib boringlаr» deydi vа ko‘zi bilаn qаndаydir ishora qiladi1.
Dilshodning hayoti haqidagi mа’lumotlаr uning o‘z аsаrlаridа vа qo‘qonlik shoir Sulаymon Rojiyning «Muxtаsаr ul-аsh’ori Dilshod» kitobidа sаqlаngаn. Uning otаsi ham shoir bo‘lib, u qаtl etilgаn. Dilshod undа judа yosh edi, onаsidаn ham ertа judo bo‘lib (1814) buvisi qo‘lidа tаrbiyalаngаn. Uni 17 yoshidа (1818) Umаrxon sаrbozlаri Qo‘qongа аsir qilib olib ketgan. Biroq Dilshod tikso‘zligi tufаyli Umаrxon sаroyidаn hаydаlаdi (to‘g‘rirog‘i qochishgа muvаffаq bo‘lаdi – muаlliflаr) keyin Toshmaxdum degan imomgа turmushgа chiqаdi. Shoirаning qаynonаsi mа’rifаtli, bilimdon аyol bo‘lib, muаllimаlik qilаdi. «Men, – deb yozаdi. Dilshod – 88 yoshimgachа oynаsiz xat ko‘rib, mаktаbdorlik qildim. 51 yil mаktаb tutib, а’lo аvsаt hisobidа 23 tаlаbа tutib, 891 qizni bаsаvod qildim. Аlаrdin qаriyb to‘rtdаn biri tаb’i nаzmlаri bor erdi... boz аvvаl oxir ikki yuzdаn ortiq nаzmxon shoirаlаr tа’lim olib chiqqаn erdi. Kаminа o‘rdа shoirаlаrigа qo‘shilmoq orzusidаn mahrum erdi. Аmmo ulug‘ otinlаr: Jahonbibi vа Nodirаbegim nаzmlаri sаlihimg‘а quvvаt bаxsh etаdilаr. Nаzmlаrimni devon qilmoq borаsidа orzu bor edi».
Dilshod tаlаbаlаri orаsidа Аnbаr otingа alohida e’tibor bergаn. Dilshod аdаbiyotgа ertа kirib kelgan. Bаrno vа Dilshod tаxаllluslаri bilаn o‘zbek vа tojik tillаridа she’rlаr yozgаn. Shoirа g‘аzаl, muxаmmаs, musаddаs, bаdiiy xotirаnomаlаr, bir necha doston yarаtgаn («Tarixi muxosаrа», «Xatmi muntаhаm ul-аsh’or», «Zаmonаdin shikoyat», «Hayot mаdhi» vа boshqalаr). Uning аsаrlаridа aksar tarixiy hodisalаr, xalq hayoti vа turmushi haqida fikr yuritilgаn. Shoirа hаqgo‘ylik, to‘g‘rilik, bilim kishini illаtlаrdаn xoli tutаdi, yuksаklikkа ko‘tаrаdi, nohaqlik, egrilik esа halokаtgа duchor etаdi, degan fikrni ilgаri surаdi.
Dilshod g‘аzаllаridа bosh mаvzu sevgi, muhabbatdir. Shoirа sof muhabbatni zo‘r ehtiros bilаn kuylаydi. Vаfosiz, xudbin mа’shuqаlаrni mаkkor vа xiylаgаr, deb аtаydi. Shoirа аsаrlаridа zаmon bilаn hamnаfаslik sezilib turаdi. Shoirаning «Sаbot ul-bаshаr mаа tarixi muhojirаn» («Inson mаtonаti vа muhojirlаr tarixi»)dа o‘zining tаvаlludi, oilаsi vа ayanchli tаqdiri bаyon qilingаn. Zotаn, uning tаqdiri ham muhojirlаr tаqdiridаn fаrq qilmаgаn. Bu аsаrgа shoirаning o‘zbek tilidаgi 37 tа vа tojik tilidаgi 5 tа g‘аzаli ham kiritilgаn.
Dilshodning ijodi tarixiy materialgа boyligi, ijtimoiy mаzmundorligi, hаqqoniyligi, xalqpаrvаrlik g‘oyalаri bilаn sug‘orilgаnligi uchun ham o‘zbek vа tojik mumtoz аdаbiyotining qimmаtli nаmunаlаridаn hisoblаnаdi.
Dilshod otinning «Tarixi muhojiron» аsаridа XIX аsrdа Qo‘qon xonligidаgi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealаr аks etgаn. Аyollаrni mа’rifаtli, erkin, jаmiyatning teng huquqli а’zolаri bo‘lishgа chorlаgаn.
Qo‘qonlik shoir vа shoirаlаr haqida Dilshod bundаy deydi:
«Men anchadаn beri yashab kelayotgan Qo‘qon shoirlаr shahridir. O‘n ikki dаrvozаlik bu kаttа shаhardа to‘rt yuz qirq mаhallа bor deydilаr vа har biridа shoirlаr bor...
Qo‘qon mаydonining Sаrimozor dahasidа birortа mаhallа yo‘qki, u yerdа biror bir shoir vа donishmаnd bo‘lmаsа, Xo‘jа Kаlon To‘rа mаhallаsidа mendаn tashqari yanа Mаhzаni, Turobi vа Bahori tаxallusli shoirlаr vа Fidoiy ismli shoirа yashardilаr.
Bizning qo‘shni Buzrukxo‘jа mаhallаsidа qachonlаrdir judа iste’dodli, shirinso‘z shoir jаnob Bog‘dor Eshon Nizomi yashar edi. Hozir bu mаhallаdа shoirа Mohinаbonu vа Hаfizа otin vа shoir Sаbuhi yashaydilаr. Yanа bulаrdаn tashqari, mening iste’dodli o‘quvchilarimdаn Bаhri otinchа vа Аnbаr otinchаlаr ijodiyotining cho‘qqisidаdirlаr. Yanа qo‘shni Qo‘rxonа mаhallаdа yosh shoir vа mohir sаn’аtkor hattotlаr yashaydi...
Аgаrdа qiblа tomongа qаrаsаk pаnjаrаsoz mаhallаsini ko‘rаmiz. U yerdа o‘zlаrining she’rlаr devonigа egа bo‘lgаn Sаdon vа Qori Devonа shoirlаr bor. Qisqа qilib аytgаndа, Movarounnahrning poytaxti bo‘lmish bu shаhardа har bir аvloddа minglаb shoir vа o‘qimishli kishilаr, ulаmoi fozillаr yashab, o‘zlаrining minglаb rejalаri bilаn o‘z аsаrlаrini yarаtdilаr vа o‘zlаrining she’rlаridа fаlаkning tаqdiridаn аrz qilib vа dodlаb ketar edilаr.
So‘z vа g‘аzаl ustаlаridаn biri Аnbаr otin – Jahon otun Uvаys ismli ham shu shаhardа yashab vаfot etgаn. Judа ko‘p shoir vа donishmаndlаr o‘z go‘zаl vа jozibаkor аsаrlаrini yarаtib ketdilаr...»1.
Dilshodning so‘zigа qаrаgаndа, «аyniqsа shoir Mаhjub hurfikrli shoirlаrning yuqori pog‘onаsidа ekаn vа ulаrning joylаri guloh yonidа ekаn. Lekin ulаr hammom gulohidа yashashigа qаrаmаy, ulаrning hurmatlаri bаlаnd ekаn. Bulаrdаn tashqari yanа Muntаzir, Mahmud vа Gulxаniy ismli shoirlаr bo‘lgаn. Hozir Mahmud vа Muntаzirlаr hayotlаr, lekin nа ilojkim borki, ulаrni ko‘rsаk ulаr guloh yonidа, men esа bir uyning burchаgidа kаtаkkа solingаn qаfаsdаdirmаn. Bundаn xаlos bo‘lish fаqаt xalq irodаsi bilаn аmаlgа oshishi mumkin.»2.
Xullas, yuqoridаgi fikr-mulohаzаlаr shundаn dаlolаt berаdiki, chor Rossiyasining og‘ir mustamlakachilik zulmi siyosаti dаvridа ham Turkistondа siyosiy-ijtimoiy vа mаdаniy hayot to‘xtаb qolmаdi, xalqimiz o‘zining аn’аnаviy tarixiy tаrаqqiyotigа sodiq qoldi, jahon fаni vа mаdаniyati xаzinаsi rivojigа munosib hissa qo‘shdi.
Me'morlik va musiqa san'ati. XXI asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro me'morlik san'ati asosan uy-joy qurilishi va o'ziga xos uslubda qurilgan Sitorai Mohi Xosada o'z ifodasini topgan. Bu saroy qurilishida ham G'arb, ham Sharq me'morchiligi an'analaridan I'oydalanilgan.
Sitorai Mohi Xosadagi «Oq saroy» (oq zal)ga berilgan naqshin pardozlar o'sha davr me'morchiligida xalq ustalari tomonidan yaratilgan o'yma ganchkorlik va devorlarga surat soLishning namunasi hisoblanadi. Bu saroyda buxorolik usta Shirin Murodov boshliq bir guruh ustalar o'zlarining ganch o'ymakorligi bo'yicha butun mahoratlarini namoyish qilganlar. Ularganchkorlik naqshlarida zargarlarni ham hayratga sola oladigan mahorat bilan o'ta nozik va jozibador
naqshlar bita olganlar.
Bu davrda Xiva xonligida ham o'ziga xos me'moriy binolar, masjidlar, maqbaralar va madrasalar qurildi. Islom Xo'ja maqbarasi Xivadagi eng salobatli me'moriy bino hisoblanadi. Bu madrasa va uning minorasini bosh vazir Islom Xo'ja 1908-1910- yillarda o'z mablag'i hisobiga qurdiradi. Madrasaning old qismida Xivadagi eng baland minora joyiashgan. Minoraning balandligi 44,6 metrdir.
Xivadagi yana bir me'moriy bino Qozikalon madrasasidir. Bu madrasani Xivaning adolatpesha qozisi Salimoxun o'z mablag'i hisobiga qurdirgan. Salimoxun qozi Xiva xonligidagi iqtidorli, lekin kam ta'minlangan mullavachchalarni o'z ta'minotiga olib o'qitadi.
Bu davrda qurilgan me'moriy binolardan yana biri mashhur Pahlavon Mahmud qabri ustiga qurilgan maqbara hisoblanadi. Aslida maqbaraning poydevori XIV asrda qurilgan boisa-da, uning butun majmuasi XIX asrda biuo etilgan. Palilavon Mahmud rnaqbarasiga guldor sopol bezaklar ishlatilgan. Bu esa maqbaraning yanada hashamatli va mahobatli bo'lishiga yordam beradi.
Turkistonga ruslar ko'chib kelishining kuchayishi turli shaharlarda Yevropa va Sharq-Yevropa uslubida qurilgan binolarning paydo bo'lishiga olib keldi. Masalan, Toshkemdagi knyaz Romanov saroyidagi zallar o'zbek ustalari tomonidan sharqona bezatilgan. Shuningdek, bu davrda ruslarning ta'siri natijasida qadimiy shaharlar atrofida yo'ldosh shaharlar paydo bo'la boshladi. Masalan, birgina Toshkent shahri eski va yangi shaharlarga bo'linib, Anhor kanali orqali ajralib turgan. 1865- yildan qurila boshlagan yangi shaharda Yevropa uslubidagi binolar qurilgan boisa, eski shahar o'zining sharqona uslubi bilan ajralib turgan.
Marg'ilon shahridan 8 kilometr chamasi uzoqlikda yangi shahar — hozirgi Farg'ona (Sobiq Skobelev) shahri qad ko'tara boshlagan. Natijada, Turkiston arxitekturasi Sharq va G'arb me'morchiligi sintezi sifatida shakllana borgan.
O'zbek xalqining ko'p asrlik laraqqiyot yo'lini bosib o'tgan musiqa san'ati qadimiy va o'ziga xos an'analariga ega edi. XIX asrning ikkinchi yarmida o'zbek musiqasining barcha janrlari va shakllari xonanda va sozandalar avlodi tomonidan ijod qilinib, og'izdan og'izga o'tib kelgan og'zaki an'anaviy san'atdan iborat edi.
O'zbek musiqasi folklor sohasi (xalq kuylari va eholg'u musiqasi) va og'zaki an'anaga mansub bo'lgan murakkab professional musiqani o'z ichiga olgan. O'z manbalari jihatidan yagona xalq badiiy madaniyatining bu ikki qatlami bir qancha xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilsa-da, ularning umumiy tomonlari ham bor edi. Mavzu mazmuniga qarab qo'shiqlami besh asosiy gumhga bo'lishimiz mumkin:
maishiy, g'alla, bolalar qo'shig'i. lirik qo'shiqlar va shu kabilar;
oilaviy rasm-rusum kuylari (to'y, niotam);
mehnat qo'shiqlari;
ijtimoiy norozilik qo'shiqlari; 1) tarixiy qo'shiqlar.
Musiqa tuzilishi va ijro xususiyatlari jihatidan esa o'zbek kuylari terma, qo'shiq, lapar, yalla va ashula kabi janrlarga bo'linadi, bularning har binning mavzusi xilma-xil bo'lgan.
Hazil-mutoyiba va satirik qo'shiqlar ham xalq orasida juda mashhur edi. Xalq turmushida eholg'u musiqasi keng tarqalgan edi. Cholg'ularning tarkibi jihatidan turli-tuman sozandalar ansambllari bor edi. Bulardan ba'zi birlari sayillarda, to'ylarda, xalq teatri va sirklarida qatnashar edi. (Qiziqehilar, qo'g'irchoqbozlar, dorbozlar va shu kabilarning o'yinlariga jo'r bo'lishardi). Katta-katta maydonlarda (odatda, bozorlarda) musiqa ansambllari va karnay-surnay, nog'ora singari ovozi baland cholg'ular ham qo'shilar edi. Ba'zi
.insambllar qo'shiqchi-ashulachilarga jo'r bo'lishardi. Bunday ansambllarda. odatda, mayin va sekin ovozli cholg'ular (dutor. tanbur, g'ijjak, rubob, nay) ko'proq bo'lardi. Bu ansambllarning vazifasi faqat jo'r bo'lishdangina iborat bo'lmasdi. Shu bilan birga, bu ansambllar turli xil lirik va raqs kuylarini ham ijro etardilar. Doira hammadan ham mashhur bo'lgan. Ashulachilar va o'yinchilarga doira jo'r bo'lardi; ansambllarda doira eng muliim ritmni bir maromda ushlab turuvchi asosiy vosita vazifasini o'tagan.
Bayramlar (sayil, to'y, kechki bazm, ziyofatlarjda xonanda va sozandalar katta maydonlarda ("bozorlarda. katta hovli, shuningdek. katta mehmon-xonalarda) ashula aytishib, musiqa ijro etardilar. Respublikaning ko'pgina joylarida xonanda va sozandalar choyxonalarda to'planib, mashq qilganlar. Chunki choyxonalarga faqat choy ichish uchungina to'planilmagan, balki qizg'in suhbatlar qurish. musiqa eshitish uchun ham to'planganlar.
Ro'za kunlari, bozori oqshomi sayillari yoki Navro'z bayramlarida, shahar maydonlarida bo'ladigan yigilishlarda. o'yin-kulgularda musiqaning roli benihoya katta bo'lgan. Bunday kunlarda choyxona egalari bir-birlari bilan raqobat qilishib. ko'proq musiqa shinavandalarini yig'ish niyatida eng mashhur xonanda va sozandalarni taklif qilish payida bo'lganlar.
O'zbek xalqining musiqa madaniyatida professional ijrochilik an'analari qadimdan mavjud bo'lgan. Ko'plab musiqachilar, sozanda va xonandalar musiqa asarlarini qoyilmaqom qilib chuqur, mazmunli tarzda, ajoyib xushovozlari bilan ijro etishar, xalq eholg'u asboblarini chalishda mahorat ko'rsatardilar. O'sha davrda samarqandlik ashulachi va dutorchi Hoji Abdulaziz Rasulev, ashulachi Levi Boboxonov, xorazmlik tanburchi Matyoqub Harratovlar
mashhur bo'lganlar.
Maqomlarning vokal (ashula) qismlarining matnlari Fuzuliy, Hofiz, Rumiy, Jomiy, Navoiy, Bedii kabi buyuk adiblarning g'azallaridan olinar, ba'zan esa dasturda o'git-nasihat yoki diniy-mistik mazmundagi she'rlar ham uchrab turgan.
Maqomlar Buxoro va Xivada rivojlangan edi. Buxoro «Shashmaqom»i mukammal olti maqomdan iborat bo'lib, bu maqomlardan liar biri ko'plab qo'shiq va musiqaviy qismlarni o'z ichiga olgan. Lirik mazmunli Farg'ona katta ashulasi og'zaki an'anaga kirgan o'ziga xos professional musiqa janri hisoblangan.
Garchi o'zbek musiqasi xalq sozandalarining amaliy faoliyatida og'zaki an'anavivlik san'at tariqasida rivojlatiib borgan bo'lsa ham, musiqa bilimiiiing yuqori darajaga erishganligi natijasida o'rta asrlardayoq tovushlarni qog'ozga yozib olish (nota yaratish) usullari lxtiro qilingan edi. Masalan, xorazmlik Palilavon Niyozmuhammad (Komil Xorazmiy) o'zbek kuylarini yozib olish sohasida yangi tizim — «tanbur chizig'i»ni yaratgan. U rost maqomining bosh qismini ana shu «tanbur chizig'i»da yozadi.
Ochiqdan ochiq ijtimoiy norozilik mavzuyidagi ko'plab xalq kuylarining paydo bo'lishi 1916- yilda bo'tib o'tgan milliy ozodlik harakatlari bilan bog'liqdir. ”Poyczdingni yurgizgan”, «Ming la'nal» kabi qo'shiqlar xalqning podsho hukumatiga nisbatan qahr-g'azabi qanchalik kuchli bo'lganligidan dalolat beradi.
Toshkentlik hofiz Mulla To'ychi Toshmuhamedov (I867-I943)ning nomi juda ham mashhur bo'lgan. To'ychi hofiz lirik asarlar: «Gulyor», «Bayol», «Lolalaring bordur», “Holim mening” «Yangi Kurd», «Suvvora», “Ilg'or” kabi kuylarni mobirona ijro elishi bilan xalqning mehr-muhabbali va hurmatiga sazovor bo'ldi. 1905- yilda bu ashulalardan ba'z.i birlari Mulla To'ychi ijrosida grammofon plastinkalariga yozib olingan. Bu o'zbck musiqasining birinchi marta plastinkaga yozilishi edi.
Juda shirali va knchli ovozga ega bo'lgan buxorolik Domullo Halim Ibodov (1870-1940) o'ta mashhur hofizlardan biri edi. Xorazmlik hofiz Matpano Xudoyberganov, toshkentlik Shorahim Shoumarov, dulorchi Abdusoat Vahobov, mashhur doirachi-sozanda Usta Olim Komilov. nave hi Abduqodir Ismoilov, surnaychi va qo'shnaychi Ahmadjon Umrzoqov (keyingi uchalasi Farg'ona vodiysidan)lar juda ham mashhur san'atkorlardan edilar.
Masxaraboz-qiziqchilar va qo'g'irchoqbozlik san'ati an'anaviy xalq madaniyatining asosiy janrlaridan biri hisoblangan. Tomosha san'atining bu turlari xalq ijodining juda ko'p tur va janrlari: askiyabozlik, taqlidchilik, nayrangbozlik. yog'ochoyoqboziik san'atidan. shuningdek. maqomehilar, sozandalar, raqqoslarning faoliyatidan keng foydalanish natijasida rivojlangan. Biroq tomosha san'atining asosini kichikroq satirik va hajviy lavhalar ijrosi lashkil etgan. Qo'g'irchoqbozlik san'ati (qo'g'irchoq o'yin), o'z navbalida, qo'l qo'g'irchoqqa va chodirxayolga bo'lingan.
Masxaraboz - qiziqchilar ham, qo'g'irchoqbozlar ham, xorcografiya, sirk va musiqa san'ati namoyandalari bilan bir qatorda hunarmand-kosiblar singari maxsus hunar jamiyatlari (kasabaviy sozanda mehtarlik)ga birlashganlar. Artistlar jamiyalining o'z nizomi bo'lgan. Artistlar xalq bayramlari. to'y-tomosha, oilaviy tantanalar vaqtida hamda turli xil shart-sharoitlarda, ko'pincha maydonlarda tomosha ko'rsatganlar. Masxarabozlar va qiziqchilarning tomoshalari asosini ilgaridan tayyorlah qo'yilgan ma'Ium bir sujetli kichik lomoshalar tashkil etgan.
O'zbekistonda mashhur bo'lgan va mehnatkashlarning g'arib-qashshoqligini ochib tashlaydigan xalq asarlaridan biri «Eshak» nomli hajviy asar hisoblangan. «Hosil» tomoshasi mulla va xon amaldorlari tomonidan bor-budi yulib-yalqib olinayotgan o'zbek dehqonining og'ir hayotini tasvirlagan. «Mozor», «Zarkokil», «Mudarris», «Domla eshon» kabi tomoshalarda riyokor va mutaassib pinhoniy va musulmon din peshvolari qattiq tanqid ostiga olingan.
Xulosa qilib aytganda, Turkiston xalqlarining fan va madaniyatda mustamlaka tuzumining biqiq sharoitida ham ruslashtirish siyosatining barcha zug’um va sitamlariga qaramay rivojlanishdan to’xtamadi. Mustamlakachilar ilm-ma’rifatga intilish, ilg’or g’oyalar va istiqlol istagini bo’g’ib tashlay olmadilar. Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
Chor xukumati Turkistonda turg‘inlik xolatini saqlash, o‘zaro nizo va adovatlar urug‘ini sepib turgan holda ulardagi millatparvarlik, yurtsevarlik va jangovarlik tuyg‘ularini o‘ldirish;
O‘lka xalqlarini o‘z tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. Bu sohada Chorizm juda izchil ish yuritdi.Turkiston tarixiga oid moddiy va ma'naviy yodgorliklar yig‘ilib, Moskva hamda Sank-Peterburgga jo‘natildi. O‘lka tarixini o‘rganish uchun turkistonliklar “Markaz”ga borishga majbur bo‘ldilar.
Mustamlaka ma'muriyati tarixiy obidalarning qarovsiz qolib, vayron bo‘lishiga ataylab yo‘l qo‘ydilar.
Chorizm xalq maorifi sohasidagi ruslashtirish siyosatini rus tuzem maktablari tarmog‘ini vujudga keltirish va rus tiliga davlat maqomi berish vositasida amalga oshirdilar.
XIX va XX asr boshlarida O'rta Osiyo, jumladan, Turkiston o'lkasi hududiga Yevropa va rus madaniyatining kirib kelishi bir qator madaniy o'zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Ular quyidagilardir:
a) ilm-fan, musiqa va teatr san'atida yangi ko'tarilish davri boshlandi;
b) xalqni ma’rifatli qilishning asosiy vositasi yangicha uslubdagi maktablar paydo bo'ldi;
Turkiston va boshqa o'lkalar o'rtasida madaniy aloqalar kuchaya bordi;
matbaachilikning shakllana borishi ma'naviy madaniyat taraqqiyotiga ta'sir ko'rsaluvchi yangi bir vosita - ommaviy axborot vositalari (gazeta va jurnallar) ning vujudga kelishiga sabab bo'ldi;
v) badiiy adabiyotning shakllanishida Yevropa badiiy ijodiyoti uslublarining ta'siri sezila boshladi. Natijada yozma nasriy va dramatik asarlar paydo bo'la boshladi;
g) XX asr boshlarida Toshkent, Farg'ona kabi shaharlarda kino san'atini namoyish qilish yo'lga qo'yila boshlandi;
j) ommaviy xalq tomosha san'ati rivoji yangi bosqichga ko'tarildi, tomoshalar dasturida yangi mavzular- ma'rifatga chorlash, milliy istiqlol, ijtimoiy norozilik kayfiyatidagi tomoshalar ko'zga tashlana boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |