Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo‘lib kelgan mamlakatning, yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo‘linib ketishi, xonliklar o‘rtasidagi to‘xtovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o‘zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va urushlar butun mamlakatni vayron qiladi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chiqaradi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo‘lib qovushishiga, jipslashishiga xalaqit beradi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |