O’quv materiallari


-Mavzu: XX asrning 40-80 yillarida O’bekistonda Ijtimoiy-madaniy faoliyat



Download 2,01 Mb.
bet55/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

11-Mavzu: XX asrning 40-80 yillarida O’bekistonda Ijtimoiy-madaniy faoliyat.

Reja:

  1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayot.

  2. XX asrning 50-80-yillarida O‘zbekiston milliy manaviy madaniyati va uning o’ziga xususiyatlari

  3. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ta’lim va fan

  4. XX asrning 50-80-yillarida o‘zbek adabiyoti va san'ati

  5. Qayta qurish yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayot


Tayanch so`z va iboralar: Ikkinchi jahon urushi, urush yillarida, O’zbekiston fani, o’zbek olimlari faoliyati, O’zFA, urish yillarida o’zbek adabiyoti, Oybek, G’afur G’ulom, san’at, urush yillarida O’zbek kinomatografiyasi, targ’ibot-tashviqot ishlari. Xrushchevchi iliqlik yillari,komunistik mafkura, sostsializm g’alabasi, Shaxsga sig’inish, ideologiya, Rivojlangan sotsializm, Yunus Rajabiy, o’zbek adabiyoti va san’ati, “Qayta qurish” siyosati.

Insoniyat paydo bo‘lganidan bugungi kungacha bo‘lgan davrda jami 14500 marotaba turli ko‘rinishdagi urushlar bo‘lib o‘tgan. Ularda 6 milliard kishi halok bo‘lgan. II jahon urushi butun insoniyat boshiga behisob kulfatlar keltirdi. Bu urush urushlar tarixidagi eng dahshatli,eng vayronkor va kulfatlisi hisoblanib, ko‘lami jihatidan Yevropa, Osiyo va Afrikaning 61 davlatini yer yuzi aholisini 80%ini o‘z domiga tortdi. Urushda qatnashgan mamlakatlarni 1.7 milliard aholisini o‘z domiga tordi. Urush harakatlari 22 mln. kv.kmni qamrab oldi. O‘zbekistonliklar fashizmga qarshi kurash olib borayotgan turli millat vakillari qatori qozonilajak g‘alaba uchun bor kuchlarini safarbar etdilar. Ularning ko‘pchiligi urush boshlangan kuniyoq harbiy komissariatga ariza bilan murojaat etib, frontga jo‘nab ketdilar.

Bizning ajdodlarimiz tepalik uchun yoki qandaydir dohiy uchun jon bergani yo‘q, avvolo, o‘z yurti uchun jon bergan. Chunki har bir o‘zbek jangchisi qalbida o‘z jonajon yurtiga muqaddas vatani O‘zbekistonga nisbatan cheksiz muhabbat, yuragida mardlik tuyg‘usi jo‘sh urmoqda edi. O‘zbek xalqi o‘z erki,ozodligi uchun asrlar mobaynida kurashib keldi. Xalqimizning II jahon urushi yillarida olib borgan kurashini ozodlik uchun olib borgan kurash sahifalaridan biri deb qarash lozim. Chunki bu kurash butun insoniyat kelajagiga xavf va tahdid solgan manfur fashizmga qaratilgan kurash edi. Darhaqiqat O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov e'tirof etganlaridek: -“Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin bu urush qaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo‘lmasin,o‘z vatani,el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo‘lganlarning, o‘z umrlarini bevaqt hazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hech kimning haqqi yo‘q va bunga yo‘l ham bermaymiz”.

II jahon urushida O‘zbekistondan 1.5mln kishi qatnashdi. O‘sha paytda O‘zbekiston aholisi bor yo‘g‘i 6.5 mln ekanini eslasak xalqimiz boshiga qanchalik og‘ir sinov tushganini teranroq anglaymiz.

Ikkinchi jahon urushi boshlangan dastlabki kunlardanoq O’zbekiston xalqlari ma'naviy madaniyatining boy saloxiyati insoniyatning eng yovuz dushmani bo’lgan fashizmni tezrok tor-mor qilish ishiga safarbar qilindi. O’zbekiston madaniyati­ning barcha yunalishlari uning arboblari va xodimlarining fidoyiligi va vatanparvarligi tufayli juda qisqa muddatlarda urush davri ehtiyojlari va talablari okimiga yunaltirildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni SSSR Fanlar akademiyasining 1940 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Filiali (O’zFANU amalga oshirdi. Urush boshlanish vaktiga kelib Fanlar akademiyasining O’zbekiston filiali tarkibiga geologiya, energetika, kimyo institutlari, botanika va tuproqshunoslik instituti, til, adabiyot va tarix in­stituti, iqtisodiy tadqiqotlar byurosi, fizika-matematika sektori va boshqa ilmiy bo’linmalar kirardi. 1943 yil noyabrda O’zFAN bazasida respublika Fanlar akademiyasi tashkil topdi. 1944 yilda O’zFA tarkibida 818 nafar ilmiy va ilmiy texnik xodimlar bor edi. Oliy ta'lim tizimida ham olimlarning yirik otryadi ishlardi. Ular pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda samarali ijodiy tadqiqotlar bilan ham shug’ullanishardi. Respublika olimlari faoliyatidagi asosiy yo’nalishlardan biri iqtisodiyotni urush davri andozasiga solib qayta qurishda ishtirok etish, mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan mahalliy xom ashyoni o’rganish va o’zlashtirish, yangi resurslarni izlab topish va ulardan foydalanish, korxonalar va dexkonchilik ho’jaliklariga amaliy ilmiy-texnikaviy yordam kursatishdan iborat edi. Masalan, O’rta Osiyo industrial instituti va SAGU (O’rta Osiyo Davlat universiteti) xodimlari Angren ko’miridan, kauchukli o’simlik va alinutlardan faollik bilan foyda­lanish yo’zasidan tadqiqot ishlari olib bordilar. Agrar ixtisosdagi institutlarning olimlari xosildorlikni oshirish va yangi qishloq, xo’jalik ekinlarini joriy qilish, chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish usullarini ishlab chiqdilar.

Kimyogar olimlar kam uchraydigan materiallarning o’rnini bosuvchi va turli chiqindilardan qimmatbaho maxsulotlar ish­lab chiqarish usullarini topdilar. Chunonchi, akademik O.S.Sodiqov va u boshchilik qilgan guruh taklifi bilan sutli kazein chigit kunjarasidan olinadigan oksillar bilan, quyish sanoatida ishlatiladigan sulfatli ishqor esa paxta yog’i kunjara­sidan olinadigan oqsilli yelim bilan almashtirildi, bu esa, yiliga 2,5 mln. so’mni tejash imkonini berdi. Ayni vaqtda etil spirtini, sirka kislotasini va qamishni quruq qayta ishlash natijasida ko’mir briketini olishning yangi usullari ishlab chiqildi. O’zSSR FAning akademigi S.Yu.Yunusov rahbarligida O’zbekiston o’simliklarining alkoloidlik xususiyatini o’rganish yo’zasidan katta ishlar olib borildi. Respublikaning geolog olimlari sanoatni zarur xom ashyo bilan ta'minlash uchun foydali qazilmalar qidirib topishni kuchaytirdilar. Faqat 1943 yilning o’zida O’zbekiston tog’lari va cho’llarida 35 ta geologiya ekspeditsiyasi ish olib bordi. Respublika botaniklari yovvoyi tarzda o’sadigan kauchukli o’simliklarning boy changalzorlarini topdilar, bedadan va sholining tozalash sanoati chiqindilaridan vitaminlar olish usullarini ishlab chiqdilar, yengil sanoatni rivojlanti­rish uchun keng imkoniyatlar ochib beradigan o’simlik xom ashyosi bo’yicha materiallarni umumlashtirdilar va e'lon qildilar.

Dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi ishlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. SAGUning kimyo fakultetida urush davri meditsinasi uchun zarur bo’lgan narkoz efiri, xlorli kalsiy, kofein, streptatsid, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Toshkent farmatsevtika institutining xodimlari mahalliy xom ashyodan 15 ga yangi dori preparatlarini ishlab chiqarishga topshirdilar.

Metallurgiya va mashinasozlik sohasidagi olimlar katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdilar. Ular O’zbekistonning me­tallurgiya bazasini yaratish ustida ish olib bordilar, quyuv ishlab chiqarishini va metallarga ishlov berishning ancha arzon usullarini joriy qildilar. Ular amalga oshirgan ishlanmalar yangi usulda yuqori sifatli cho’yan eritish imkonini berdi va xakozo.

T.A.Sarimsoqov, V.I.Romanovskiy, M.Kamolov, N.N.Na­zarov va boshqa olimlar rahbarligida amalga oshirilgan tad­qiqotlar o’q-dorilar, harbiy texnika sifatini oshirish, vatan aviatsiyasini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan muhim muammolarni hal qilishga salmoqli hissa qo’shdi. Xususan, o’zbek olimlarining ehtimollik nazariyasi va matematika statistikasi sohalaridagi ijodiy izlanishlari artilleriya otishmalari va bomba tashlash aniqligini, jangovar samolyotlarning yuk ko’tarish imkoniyatini oshirishga, respublikada ish­lab chiqarilayotgan harbiy texnikaning sifat ko’rsatkichlarini takomillashtirishga imkon berdi. Urush yillarida respublikaning tibbiy olimlari astoydil mehnat qildilar: tananing o’q tekkan joylari tez to’zalishiga doir eng yangi usullar, turli kasalliklarni davolash, gaz gangrenasi, shok, sepsis singari og’ir yaradorlik oqibatlariga qarshi kurash olib borish usullari ishlab chiqildi, tiklash jarrohligi usullari, neyrojarrohlik usullari takomillash- tirildi, ta'sirchan dezinfeksiya vositalari izlab topildi, yarador bo’lganlarni davolash uchun mahalliy resurslardan tayyorlanadigan dorivor preparatlardan samarali foydalanish dozirovkasi o’rganildi, bolneoterapiya, iqlim terapiyasi, elektr terapiyani qo’llashning davolash tizimi va tibbiyot muassasala­ri tajribasida joriy qilish uchun davolashning boshqa eng yangi usullari ishlab chiqildi.

O’zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari — tarixchilar, sharqshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, iqtisodchilar faylasuflar kommunistik mafkura doirasida bo’lsada, o’z oldilariga urush davri qo’ygan vazifalarning mas'uliyatliligi va muhimligini tushungan xolda ijodiy kuchg’ayratlarini fashizm mafkurasiga qarshi kurashga, gitlerchilarning bosqinchilik siyosatini fosh qilishga, xalqimizning yuksak vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashga qaratdilar.

Respublika tarixchilari «O’zbekiston xalqlari tarixi» — ikki jildlik fundamental asarni yaratishga kirishdilar. Bu asarni yozishda olimlardan Ya.R.G’ulomov, T.N.Qori Niyozov, S.P.Tolstov, M.E.Voronets, E.Sh.Rajabov, A.Yu. Yakubovskiy, V.I.Zoxidov, V.A.Shishkin, K.B.Trever va boshqalar qatnashdilar. Lekin birinchi bor yaratilgan bu fundamental asar kommunistik mafkura asosida yozilgan bo’lib, unda tarixiy voqeiyliklar soxtalashtirilgan, g’oyaviy jihatdan noxolis il­miy xulosalar qilingan edi.

Shu bilan bir qatorda arxeolog olimlar Ulug’bek rasadxonasi va Ulug’bekning shahar atrofidagi bog’saroyi inshootlarida, Afrosiyob va Varaxsha shaharlarida qazish ishlari olib bordilar, Ya.R.G’ulomov va S.P.Tolstov boshchiligida Xorazmda arxeologik-etnografik ekspeditsiya ishlari qayta tiklandi, qadimgi Xorazm sivilizatsiyasining katta miqdordagi arxeologik yodgorliklari ochildi va o’rganildi

Sharqshunos olimlar o’zbek xalqining boy madaniy merosi­ni o’rganishga katta e'tibor berdilar. A.Rasulov, V.Zoxidjonov, E.Muhamedho’jaev, A.A.Semenov, D.G. Voronovskiy va boshqalar qadimgi qo’lyozmalarni o’rganish va ilmiy izohlash ishlari bilan samarali shug’llandilar.

Adabiyotshunos va tilshunoslardan X.T.Zaripov, F.K.Kari­mov, X.R.Yoqubov, A.K.Borovkov va boshqalar o’zbek adabiyoti tarixi va hozirgi zamon o’zbek tili grammatikasi sohasida tadqiqotlar olib bordilar, o’zbekcha-ruscha, ruscha-o’zbekcha lug’atlar, Alisher Navoiy asarlarining izohli lug’atini tuzish va hokazolar ustida ishladilar.

O’zbek folklorini to’plash, tartibga solish va nashr etishga e'tibor kuchaydi. Urush yillarida «Shirin bilan Shakar», «Qunduz bilan Yulduz», «Dalli», «Murodxon», «Malika ayyor» va boshqa xalq dostonlari bosib chiqarildi. Ularda insonparvarlik, ozodlik, Vatanga muhabbat hamda dushmanlar va yovuzlarga nisbatan g’azab-nafrat tuyg’ulari tarannum etilgan edi. Adabiyotshunoslar O’zbek mumtoz adabiyotining bir qancha asarlarini (Lutfiy, Bedil, Gulxaniy va boshqalar) nashrga tayyorladilar.

Jamiyatshunos olimlarning tadqiqotlarida O’zbekiston xalqlarining ijtimoiy-falsafiy (I.M.Mo’minov) va tabiiy-ilmiy tafakkuri tarixi (T.N.Raynov) masalalari muhim o’rin egalladi. Bir qator falsafiy-publitsistik asarlar e'lon qilindi, ularda fashizmning irqchilik g’oyalari, jahonga hukmronlik qilish da'volari fosh etildi.

Iqtisodchi olimlarning asosiy diqqat-e'tibori sanoat va qishloq ho’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish zaxiralarini qidirib topishga, respublika xalq ho’jaligini rivojlantirish istiqbollarini asoslab berishga qaratildi, ular mehnat resurslarining axvoli va ulardan yanada oqilona foydalanish prinsiplarini o’rgandilar.

O’zbekiston olimlari o’zlarining ijodiy mehnatlari bi­lan mamlakat ilmiy-salohiyatini rivojlantirishga qimmatli hissa qo’shdilar, samarali ishlari bilan mamlakatning iqtisodiy hamda harbiy qudratini oshirdilar va mustahkamladilar, ommaga insonparvarlik, vatanparvarlik, erksevarlik g’oyalarini singdirdilar. Bu ishda urush yillarida O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan (evakuatsiya qilingan) Rossiya Federa­siyasi va boshqa ittifoqdosh respublikalarning olimlari ancha- muncha yordam ko’rsatdilar. Faqat Toshkentning o’ziga mamlakat­ning taniqli ilmiy xodimlaridan 375 kishi kelgan bo’lib, ular respublika imkoniyatlarini iloji boricha urush ehtiyojlariga ko’proq jalb qilish yo’llarini qidirb topishga, il­miy muammolarni hal qilishga va mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlashga yordam bergan edilar. Urush davrining qiyin sharoitida respublikaning oliy uquv yurtlari va texnikumlari o’z faoliyatlarini davom ettirdilar. Talabalar va o’qituvchilarning talaygina qismi frontga ketdi. Ko’pgina o’quv yurtlarining binolari gospitallarga va boshqa harbiy tashkilotlarga berildi. Darsliklar, ko’rgazmali qo’llanmalar, asbob-uskunalar yetishmasdi. Shu munosabat bilan ixtisosligi bir-biriga yaqinrok bo’lgan institutlar va fakultetlar birlashtirildi, ulardan ayrimlari butunlay yopildi.

Urush yillarida respublikamizga Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk, Voronej va boshqa shaharlardan 31 ta oliy o’quv yurti va harbiy akademiya evakuatsiya qilindi. Ko’chi­rib keltirilgan oliy o’quv yurtlari, ko’pgina ilmiy pedagogik jamoalarning respublikada bo’lishi O’zbekistondagi bar­cha oliy o’quv yurtlarining butun o’quv va ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini Markaz andozasiga yana ham yaqinlashtirish imkonini berdi.

Respublika oliy o’quv yurtlari urush davri mobaynida 11.750 nafar yuqori malakali mutaxassis, o’rta maxsus o’quv yurtlari esa 6673 nafar kadr tayyorladi.

Urush davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, oliy maktab rivojlanib bordi. 1945 yilda O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlarning soni faqat tiklanib qolmasdan, shu bilan birga urushdan oldingi davrga nisbatan 3 taga ko’paydi. (Markazdan ko’chirib keltirilgan institutlar hisobiga.). Ta­labalar soni 19.061 tadan 21.195 taga yetdi.

Urush xalq ta'limi muassasalari faoliyatini ham murakkablashtirib yubordi. Ko’pgina o’qituvchilar harakatdagi armiya safiga chaqirildi, yuqori sinflarning o’quvchilari ishlab chiqarishga safarbar qilindi. Maktab binolarining anchagina qismi gospitallarga, evakuatsiya qilingan harbiy qismlarga, bolalar uylari va harbiy-o’quv punktlariga berildi. Natijada respublikadagi maktablarning umumiy soni 1942/43 o’quv yili­da 1940/41 yilidagiga nisbatan qisqarib, 4795 tadan 4374 taga tushib qoldi. Binolar va o’qituvchilar yetishmasligi tufayli ko’pchilik maktablarda mashg’ulotlar 3 smenada olib borilardi. Darsliklar, o’quv qurollari va boshqalar yetishmasdi.

Lekin barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, O’zbekiston maktablarining jamoalari gospitallarni otaliqqa oldilar, yaradorlar xuzurida konsertlar qo’yib berdilar, frontga ketganlarning oilalariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar. Xarakatdagi armiya jangchilari uchun sovg’alar tayyorladilar, qishloq ho’jalik ishlarida ishtirok etdilar. Og’ir sinov yillarida yovuz dushmanga qarshi umumxalq kurashiga o’zbek adabiyoti ham o’z hissasini qo’shdi. Yozuvchi va shoirlar qalamlari bilan yovga qarshi kurashdilar. Urushning ikkinchi kuniyoq «Qizil O’zbekiston» (hozirgi «O’zbekiston ovozi») gazetasida Oybekning «Yovga o’lim!» degan she'ri bosildi. O’sha kunlarda «Navoiy» romanini yozish bilan band bo’lgan shoir xalqni urush maydonlariga safarbar etuvchi she'rlar va maqolalar yozishga kirishdi. Hamid Olimjon, Shayxzoda, Uyg’un, Sobir Abdulla, Zulfiya, Temur Fattox singari shoirlar ham harbiy lirikaning maydonga kelishida faol ishtirok et­dilar. G’afur G’ulomning o’zbek xalqining buyuk fazilatlarini tarannum etgan «Sen — yetim emassan» va «Men yahudiy» kabi tarixiy she'rlari urushning dastlabki yillarida yaratildi.

Hamid Olimjon urush yillarida xalq og’zaki ijodidan boshqa maqsadda foydalandi. U o’z she'rlarini xalq she'riyatiga yaqinlashtirib, unga xos poetik obrazlar va poetik tildan istifoda qilgan xolda «Yigitlarni frontga jo’natish», «Jangchi Tursun», «Roksananing ko’z yoshlari» singari she'r va balladalarini yaratdi. Uning bu asarlari bilan o’zbek she'riyatiga xalqchil bir ruh kirib keldi va ana shu rus o’zbek she'riyati, xususan, Hamid Olimjon she'rlarining kurashayotgan xalqqa ayricha ta'sir o’tkazishiga sababchi bo’ldi.

Bu davr adabiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, M.Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham Raxmat, N.Safarov, Ibroxim Raxim, Z.Fatxullin, Adham Hamdam singari yozuvchi va jurnalistlar armiya saflariga jalb etilib, «Qizil Armiya», «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Suvorovchi», «Vatan sharafi uchun» singari o’zbek tilida nashr etilgan front gazetalarida hizmat qildilar va yurtdoshlarining harbiy jasoratlarini o’z ko’zlari bilan ko’rib, ular haqida she'rlar va ocherklar yozdilar. Ayni paytda, Hamid Olimjon, Oybek, G’afur G’ulom, Amin Umariy, Ra'no Uzoqova singari shoir va yozuvchilar hukumat delegatsiyalari tarkibida frontning oldingi marralariga borib kura­shayotgan yurtdoshlari bilan bevosita jang maydonida tanishdilar. So’ng ular haqida front haqiqati bilan yo’g’rilgan asarlarini yozdilar.



Oybek Ikkinchi jahon urushining ko’pgina xalaqlar taqdirida ulkan ro’l o’ynashini sezib, u haqda roman yozish ishtiyoqida bo’ldi. U shu maqsadda Moskva ostonalarida jang qilayotgan o’zbek qismlarga borib, bo’lajak qahramonlarining harbiy hayotini yaqqindan o’rgandi. 1942 yil dekabridan 1943 yil martining sunggi kunlariga qadar frontda bo’ldi, ana shu safar chog’ida urushning achchiq haqiqati bilan to’yingan turkum she'r­larini yozdi.

Afsuski, o’sha yillarda Sovet davlati uchun katta falokatlar keltirgan urush haqidagi haqiqatni aytishning iloji yo’q edi. Shuning uchun ham Oybek «Quyosh qoraymas» romanini tugatmay, «Navoiy» romani ustidagi ishini davom ettirdi. 1944 yili mazkur roman nashr etilib, tez orada urush davri o’zbek adabiyotining yuksak namunasi sifatida e'tirof etildi. Oy­bek urush davrida faqat harbiy mavzudagi asarlar emas, balki umuminsoniy g’oyalar bilan to’yingan, xalqning hamisha barchayot farzandlari haqida, xalq tarixining nurli saxifalari haqida hikoya qiluvchi badiiy polotnolar ham zarur va foydali ekanini isbotlab berdi. Uning tasviridagi Alisher Navo­iy nafaqat ulug’ shoir va davlat arbobi, balki shahzodalar o’rtasidagi hisobsiz nizolar va urushlarni bartaraf etuvchi, ulus (xalq) manfaatini ko’proq o’ylovchi ulug’ inson sifatida ham kitobxonlarning mehr-muhabbatini qozondi. Eng muhimi, bu asarning paydo bo’lishi bilan o’zbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janriga asos solindi. Urush yillarida O’zbekiston nemis fashistlari changalidan omon qolishni istagan minglab kishilar uchun najot sohili bo’ldi. Faqat urush yetimlari emas, balki ko’plab yozuv­chilar, olimlar, san'atkorlar ham O’zbekistonga ko’chirib keltirildi. Ular orasida taniqli yozuvchilar, tanqidchilar, adabiyotshunoslar, jumladan, A.Axmatova, N.Virta, S.Gorodetskiy, A.Deych, K.Zelinskiy, Ya.Kolas, B.Lavrenev, V.Lugovskoy, N.Pogodin, I.Selvinskiy, A.Tolstoy, V.Yan va boshqalar bor edi. Ular O’zbekistonning adabiy hayotiga jalb etilib, ijod qilishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi. Shu yil­larda respublika yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan Hamid Olimjon o’zining katta tashkilotchilik iste'dodini namoyish etib, ularni o’zbek madaniyati taraqqiyoti yo’lida ham ishlashga safarbar etdi. Zikr etilgan yozuvchilarning bir qismi o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini rus tiliga tarjima qildi. Hamid Olimjonning tashabbusi asosi­da Oybek A.Deych bilan hamkorlikda «Alisher Navoiy» adabiy-tanqidiy ocherkini yozdi, Uyg’un A.Tolstoy ko’magida «Ona» pesasini, Xodi Zarif bilan V.Jirmunskiy «O’zbek qahramonlik eposi» kitobini yaratdilar. Oybek L.Batning «Xayot bo’stoni» qissasining maydonga kelishiga yaqindan yordam ber­di. Shu tarzda O’zbekistonga vaqtincha ko’chirib keltirilgan yozuvchilar o’zbek hamkasblari bilan birga ijod qilib, urush davri o’zbek adabiyoti, madaniyati va fanining yanada taraqqiy etishiga o’z ulushlarini qo’shdilar. Dramaturgiya badiiy ijodning keng xalq ommasiga ta'sir o’tkazuvchi ommabop turlaridan bo’lgani uchun urush yillarida" uning keng qanot yozishiga alohida e'tibor berildi. Shu bois respublika partiya tashkiloti yozuvchilarga ijtimoiy topshiriq berib, u yo bu asarning g’oyat qisqa bir muddatda yaratilishi va namoyish etilishini o’z nazoratiga oldi. Shuning uchun ham urushning dastlabki yillarida «O’zbekiston qilichi» (N.Pogo­din, Hamid Olimjon, Uyg’un va Sobir Abdulla asari), «Qasos» (Tuyg’un va Amin Umariy asari), «Davron ota» (Yashin va Sobir Abdulla asari) kabi bir necha dramalar yaratildi va saxnalashtirildi. Dramaturgiya jangovar va mafkuraviy targ’ibotning qudratli vositalaridan biriga aylandi. Shuning uchun ham plakat xarakterida bo’lgan bu asarlar o’zbek teatrlari saxnasida uzoq yashamadi.

O’zbek yozuvchilari tajribasi shuni kursatadiki, xaqiqiy adabiy asar uchun davrning o’tkinchi mavzusi va o’tkinchi qahramonlari emas, balki xalq xotirasidan mustaham o’rin olgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar mavjud bo’lishi, yozuv­chilar esa ana shu yorqin hayotiy materialga asoslanishi lozim. Bu haqiqatni teran his qilgan yozuvchilar shu yillarda xalqimizning tarixiy o’tmishiga murojaat etib, kurashayotgan xalqning ruhiga ruh, g’ayratiga g’ayrat, shijoatiga shijoat qo’shuvchi tarixiy shaxslarni o’z asarlari uchun qahramon qilib oldilar. Uyg’un va Izzat Sulton «Alisher Navoiy», Hamid Olimjon «Muqanna», Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi», Oybek esa «Maxmud Torobiy» dramalarida (so’nggi asar shu nomdagi opera librettosi) o’zbek xalqiga xos dahoni, bosqinchilarga qarshi olib borilgan kurashning jonli timsollarini badiiy gavdalantirishda o’z mahoratlarini na­moyish etdilar. Bu asarlarda tarixiy material zamonaviy muammolarni etishda keng imkoniyatlar yaratuvchi maydon bo’lib hizmat etdi. Shunday qilib, urush davri o’zbek adabiyoti xalq va armiyani dushman ustidan erishilajak g’alabaga safarbar etish, xalq­ning ruhiy qudratini ro’yobga chiqarish, olamshumul tarixiy voqealarga oz bo’lsada ta'sir o’tkazishga qodir kuch ekanligini namoyish etdi.



O’zbekistonning teatr va musiqa san'ati arboblari ham fashizmga qarshi faol kurashchilar safida bo’ldilar. Urush davri sharoitida O’zbekistonda 51 ta teatr (shundan 35 tasi mahalliy va 16 tasi evakuatsiya qilingan teatrlar edi) ishladi, shu jumladan, Hamza nomidagi Akademik teatr, A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi musiqali dra­ma teatri (bu teatrning yangi binosi urush yillarida qurilgan edi), M.Gorkiy nomidagi rus drama teatri va boshqa teatrlar ish olib bordi. Bu teatrlar sahnalarida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lgan spektakllardan K.Yashinning «O’lim bosqinchilarga» va «Oftobxon», I.Sultonning «Burgutning parvozi», X.Olimjonning «Muqanna», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy», S.Abdulla va Chustiyning «Qurbon Uma­rov», Hamid Olimjon, Uyg’un va S.Abdullaning «O’zbekiston qilichi», Tuyg’un va A.Umariyning «Qasos», Ismoilzodaning «Farzand» va boshqalar qo’yildi. Umuman, 1941 yil iyuldan 1944 yilgacha O’zbekiston teatrlari 203 ta yangi postanovka qo’ydilar, 13568 ta spektakl va konsert ko’rsatdilar, 6.667.303 tomoshabinga hizmat ko’rsatdilar. O’zbekiston teatr jamoalari, san'at ustalari harbiy otaliq ishlarida faol ishtirok etdilar, harbiy qismlarga, gospitallarga, ishlab chiqarish korxonalariga, dexqonchilik ho’jaliklariga, xalq qurilishlariga borib, chiqishlar qildilar. Urush yillarida respublika san'at xodimlari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida frontlarda xarakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq konsert, Turkiston harbiy ok­rugi harbiy qismlarida va gospitallarda 26 mingta konsert berdilar. Bu konsert brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora Eshonto’raeva, Mukarrama Turg’unboyeva, Abror Xidoyatov, Olim Xo’jayev, Gavhar Raximova, Muxiddin Qori Yoqubov, Karim Zokirov, Shukur Burxonov va o’zbek san'atining boshqa arboblari ishtirok etdilar. Madaniyat arboblarining vatanparvarlik ko’tarinkiligi musiqa ijodkorligida ham yaqqol namoyon bo’ldi. T.Sodikov, D.Zokirov, T.Jalilov, N.Xasanov, M.Burxonov, Yu.Rajabiy, M.Ashrafiy va boshqalarning asarlarida epik qudratga ega bo’lgan musiqiy obrazlar, qahramonlik ohanglari, muhabbat, do’tlik, sadoqat singari yuksak mavzular bilan uyg’unlashib ketgan edi. Vatanparvarlik va insonparvarlik mavzulari tasviriy san'­atning barcha janrlarida asosiy o’rin egalladi. Urush va mamlakat ichkarisi qahramonlarining xaykaltaroshlik va rang tasvir portretlari, askarlar va partizanlarning jasorati haqida hikoya qiluvchi polotnolar, dushmanni fosh qiluvchi karikatu­ra, jangovar, da'vatkor plakatlar insoniy extirosni aks ettirdi. A.Abdullayev, Ch.Axmarov, U.Tansikboyev, M.Nabiyev, O.Tatevosyan, V.Ufimsev va boshqalarning asarlari jahon urushi badiiy yilnomasiga muhim hissa qo’shdi. Vatanparvarlik mavzusi hujjatli va badiiy kino san'atida ham yetakchi mavzu bo’lib qoldi.

O’zbek kinomatografiyasi xodimlari urush yillarida qisqa metrajli filmlar turkumini—kinonovellalar, kinohikoyalar, ocherklar, satirik saxnachalar, shuningdek, front jangchilari uchun maxsus film-konsertlar — «Frontdagi do’stlar». «Vatan armug’oni», «Frontga konsert» va boshqalarni yaratdilar. Kinojurnallar sanoat, qurilish, transport, qishloq xo’jaligi, xalq irrigatsiya qurilishlari mehnatkashlarining ishini, fan va madaniyat, san'at xodimlari faoliyatini aks ettirdi. Hujjatli filmlar studiyasi har bir kino jurnaldan olingan nushalarni muntazam ravishda frontga yuborib turdi. Bir qator qisqa metrajli va badiiy filmlarda O’zbekiston jangchilarining urush frontlaridagi qahramonona jasoratlari haqida hikoya qilingan edi. Toshkent studiyasida evakuatsiya qilingan taniqli kinema- tograflardan Ya.Protazanov, L.D.Lukov, ye.Gabrilovich, I.ye.Xey- fits, N.A.Zarxi va boshqalar ijod qilishdi. Mashxur o’zbek rejissyorlari I.A'zamov, N.Ganiev, K.Yormatov, S.Muhamedovlar bilan birgalikda ular 10 ta ovozli badiiy film yaratdilarki, bu filmlar respublika kinematografiyasining oltin xazinasiga kirdi. Ular orasida «Suxe-Botir», «Ikki jangchi», «Nasriddin Buxoroda», «Toxir va Zuxra» filmlari xalq ommasining mehrini qozongan edi. Umuman, respublikaning og’irurush davridagi ma'naviy hayotining o’ziga xos xususiyatlariga baxo berganda shuni aytish kerakki, urush yillari yaratilgan badiiy asarlar o’lka aholisi hayotidagi insonparvarlik fazilatlarini ulug’lashga qaratilgan edi. Badiiy va ilmiy ijodda insonparvarlik asoslariga bo’lgan e'tibor bu qadar kuchayishiga imkon bergan muhim omil urush­ning boshlang’ich davrida mustabid to’zumning mafkuraviy tazyiqlari birmuncha zaiflashib qolganligi edi. Insonparvar­lik yo’nalishidagi asarlarda «doxiylar» sha'niga maqtovli so’zlar aytishga, dabdababozlikka, rasmiyatchilikka tobora kamroq o’rin berila boshlandi. Urushning borishida burilish boshlanishi bilanoq, yuqori tabaqalarda mafkura frontida partiya rahbarligiga «yetarli baho bermaslik» va uning zaiflashib qol­ganligi, omma orasida g’oyaviy-siyosiy ishlarga yetarli e'tibor berilmayotganligi tobora ko’proq, sezila boshladi. Ayniqsa, yuqori doiralarda xalqimizning «inqilobdan oldingi» o’tmishidan faxrlanishi norozilik uyg’otgan edi. Bunga tegishli javob ta'siri sodir bo’ldi. Bir qator direktiv qarorlar qabul qilinib, ularda ittifoqdosh respublikalarning ko’pchiligida tarixchilar va yozuvchilar «feodal o’tmishni markscha-lenincha ilmiy tahlil qilish» o’rniga uni ideallashtirishga mahliyo bo’lganliklari ko’rsatib o’tildi. «Aybdorlar» orasida O’zbekis­ton ham tilga olingan edi. «Ochib tashlangan kamchilik»larga berilgan bahoning «to’g’riligi»ni tekshirish uchun O’z KP(b) MKuning maxsus komissiyasi tuzildi. Bu komissiyaning «aniqlashicha», respublika ijodiy ziyolilarining ayrim namoyanda­lari haqiqatan ham partiya amalga oshirib kelayotgan yo’lga zid o’laroq «inqilobdan oldingi o’tmishni ideallashtirishga va eski madaniyat oldida qullarcha sajda qilishga yo’l qo’yganlar». Biroq mafkura sohasidagi qattiqqo’llikka qaramay, O’zbekistonning ijodkor ziyolilari urush yillarida o’zbek xalqining ma'naviy jihatdan uyg’onishi uchun ko’p ish qildilar, jahon urush davrida xalqning ongi zulmkor rasmiy targ’ibotdan sekin-asta halos bo’lib bordi, unga bo’lgan ishonch so’na boshla­di, urushda mustaqil fikrlovchi inson, mustaqil fikr-muloxazalarga, xatti harakatlarga ega bo’lgan inson shakllana bosh­ladi. Shunday qilib, mamlakat ichkarisidagi fashizmga qarshi umumxalq kurashida ulug’vor rol o’ynadilar. O’zbekiston iqtisodiyoti, fan va madaniyati mustabid to’zumni saqlab qolish maqsadlariga butunlay buysundirildi. "O’zbek xalqining fidokorona mehnati Ikkinchi jahon urushi g’olibona tugallanishining bevosita tarkibiy qismi bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushini g‘alaba bilan tugallagan SSSR o‘zini yanada mag‘rur tuta boshladi. Oliy siyosiy rahbariyat fashizm ustidan qozonilgan bu g‘alabani «sotsializmning impe­rializm-kapitalizm ustidan qozongan g‘alabasi», marksizm-leninizm-stalinizm g‘oyasining «mardonavor tantanasi», kommunistik mafkuraning yengilmas kuchi sifatida izohladilar.

Sovet qo‘shinlari fashistlardan ozod qilgan bir qator Yev­ropa mamlakatlarida (Bolgariya, Vengriya, Germaniyaning bir qismi, Polsha, Ruminiya, Chexoslavakiya va boshqalar) «sovetlarcha» yangi hukumatlar tashkil qilinib, ular «sotsialistik yo‘ldan» bora boshladilar. Bu jarayonni kommunistik mafkura rahnamolari «sotsializmning jahon miqyosida g‘alabasi», «sot­sializmning bir necha mamlakatlarda birdaniga g‘alaba qilishi», «sotsialistik sistemaning yuzaga kelishi» deb baholadilar. Urushdan keyingi yillardan boshlab kommunistik mafkura o‘zining xalqaro va ichki miqyosdagi barcha targ’ibot-tashviqot, ommaviy-siyosiy ishlar olib boruvchi ulkan mexanizmini ana shu g‘oyani xalq ommasi ongiga singdirishga safarbar qildi. Natijada urush tufayli bir oz bo‘lsada susaygan g‘oyaviy-siyosiy tazyiqdar, cheklashlar yana avj ola boshladi.

Shunisi hayratlanarliki, har bir tarixiy bosqichda kommunistik g‘oyafurushlar yangi-yangi aqidalarni o‘ylab topardilar.

50-yillarning oxirlarida «SSSRda sotsializmning to’la va uzil-kesil g‘alaba qilgan»ligini KPSS XXI s'ezdi tantanali ravishda e'lon qildi. Shu bilan birga, siyosiy rahbariyat «80-yillarda sovet xalqi «kommunizmda yashaydi», deb va'da berdi. Xatto, bo‘lajak kommunizm kishisining «axloq kodeksi» ham ishlab chiqildi, barcha madaniy-ma'rifiy, ommaviy-siyosiy ishlar xalq ommasini «axloq ko­deksi» ruxida qayta tarbiyalashga safarbar qilindi.

Biroq mustabid tuzum o‘z mohiyatiga ko‘ra unitar davlat bo‘lganligi uchun ham bunday «erkin jamiyatni» yarata olishi mumkin emasdi. 60-yillardayoq jamiyat taraqqiyotida kundan-kunga sekinlashish mexanizmi tobora kuchayib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ham beqaror rivojlanish ko‘zga tashlandi va SSSRda 80-yillarga kelib «va'da qilingan kommunizm» bo‘lmasligi yaqqol sezilib qoldi. Shu boisdan ham Markaz siyo­siy rahbariyati sovet xalqlarini «kommunizmda yashashiga» ishontirgan N.Xrushchevga barcha aybni qo‘yib, «kommunizmga erishish» uchun yana bir bosqich — «rivojlangan sotsializm» bosqichini bosib o‘tish zarurligi, busiz «kommunizmga o‘tib bo‘lmasligi» aytildi. Shu asosda «kommunizm g‘oyasi» o‘rniga navbatdagi aqida - «rivojlangan sotsializm» g‘oyasi sovet jamiyatining ijtimoiy-siyosiy hayotiga sun'iy ravishda kiritildi. Bu partiyaning navbatdagi g‘oyaviy-siyosiy o‘yini, xalq ommasi e'tiborini mustabid tuzumning illatlari oqibatida yuzaga kelgan, jamiyat taraqqiyotiga, fuqarolarning kundalik hayotiga to‘g‘anoq bo‘layotgan muhim muammolardan chalg‘itishi edi. 60—80-yillarda partiya «rivojlangan sotsializmga» erishish uchun o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga soldi, ommaviy axborot, targ‘ibot-tashviqot vositalari xalq ommasi ongiga «ri­vojlangan sotsializm» bosqichida sotsializm o‘zining eng yuqori «fazasi»ga erishadi, bu davrda sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va texnika, madaniyat-ma'rifat imkon darajada rivojlanadi, xalqning turmush darajasi muntazam oshib boradi, sovet kishilarining yangi «sotsialistik turmush tarzi» shakllanadi, degan soxta, amalga oshirib bo‘lmaydigan g‘oyalarni singdirish­ga harakat qildi.;

1946—1985 yillar oralig‘ida Markaz ideologlari tomonidan o‘ylab topilgan ana shu xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakatda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham maorif, oliy ta'lim, ilm-fan, san'at o‘ta siyosiylashgan holda rivojlanishga majbur qilindi.

Yana eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar madaniyatini o‘zida mujassamlashtirgan yagona «sovet madaniyati» yaratilganligining e'tirof etilishi SSSRga birlashtirilgan barcha xalqlar ma'naviyatining bundan keyingi yo‘nalishini belgilab berdi. Ushbu davrda madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lgan erkinlik demokratiya batamom yo‘q qilindi. Madaniyat, ayniqsa, milliy madaniyatning «rivoji» maxsus qolipga solindi. Siyo­siy o‘lchovlarga, kommunistik mezonga javob bermagan har qanday asar yo‘qqa chiqarildi, uning muallifi esa jamiyatga yaroqsiz shaxs sifatida «chetga surib» qo‘yildi.

Ayni paytda, 1946—1985 yillarni o‘zbek madaniyati uchun to‘liq tushkunlik davri deyish ham xato bo‘lur edi. Chunki bu davrda mafkuraviy tazyiqlar, qolipga solishlar kuchaygan bo‘lsada, madaniyat ma'lum darajada rivojlandi. Bu yillarda yaratilgan ijobiy ishlar, omma orasida olib borilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘ta siyosiylashgan va mustabid tuzum uchun xizmat qilgan bo‘lsa ham, u baribir o‘zbek xalqining shu davrdagi. milliy madaniyati bo‘lib qoldi, xalqning madaniy-ma'rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi. Xususan, bu maorif, oliy ta'lim muassasalariga tegishlidir.

Respublika xalq ta'limi urushdan keyingi yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Urush yillarida ta'lim tizimiga e'tibor berilmadi. Ana shu «odat» urushdan keyingi dastlabki yillarda ham davom etdi.

O‘qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri edi. Chunki malakali o‘qituvchilar asosan urushga yuborilgan, ularning ko‘pchiligi halok bo‘lgandi. Xususan, 1947 yilda respublika bo‘yicha 4 ming o‘qituvchi yetishmasdi. Tuman xalq maorifi bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari va ta'lim bo‘yicha direktor muovinlarning 60%dan ko‘progi tegishli ma'lumotga ega emasdi. 1950 yilda 7125 mak­tab o‘qituvchilarga muhtojlik sezardi.

O‘zbekistan SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida «O‘zbekistan SSRda majburiy yetti yillik ta'limni to’liq amalga oshirish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi maktablarda ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan dastlabki qadam bo‘ldi. Yangi qonunga ko‘ra umumta'lim maktabi hamma uchun majburiy bo‘lib qoldi. Biroq bu bilan respublika maktablarida mavjud bo‘lgan kamchiliklar bardam topmadi. Aksincha, maktab haqiqiy hayotdan ajralib qoldi, o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar fan-texnika taraqqiyoti darajasiga to‘g‘ri kelmasdi. Shuning uchun ham 1959 yil martda O‘zbekistan Oliy Soveta «Maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlash va respublikada xalq ta'limi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» yangi qonun qabul qildi. Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo‘lgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik odati bu gal ham muammoni xal qilish yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lib xizmat qildi, oqibatda xalq ta'limida axvol o‘zgarmadi.

60-yillar O‘zbekistonda «rivojlangan sotsializm» bosqichi deb e'lon qilindi. Jamiyat mamlakat rahbariyatidan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy soxalarda jiddiy sifat o‘zgarishlarni amalga oshirishni kutmoqda edi. Biroq, amalda unday bo‘lmadi. Lekin buning o‘rniga siyosiy rahbariyat aqidaparastlikni, ommaviy-siyosiy ishlarni avj oldirdi. Xalq ta'­lim tizimi ham ana shu «girdobga» tashlandi.

70-80-yillarda O‘zbekistan maktablarida axvol sifat jihatidan o‘zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika va o‘qitish vositalaridan foydalanmadi. Ular­ning moddiy-texnika bazasi yaxshilanmadi. Umumta'lim maktablarining faoliyati asosan «rivojlangan sotsializm» g‘oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni «kommunis­tam ruxda» tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. «Kommunistik tarbiya»dan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarni «proletar internatsionalizmi»ga, «katta og‘aga» sodiqdik sinfiylik partiyaviylik ruxida tarbiyalashdan iborat edi. Milliylik esa o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. Maktablardagi tarbiya yevropa tarixi misolida olib borildi. yevropa madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talkin etildi.

Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an'analarga sodiqdik kayfiyatidan ajralish xollari ro‘y bera boshladi.

Ikkinchi jaxon urushidagi katta yo‘qotishlar oliy ma'lumotli xodimlarning son va sifat jixatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillardayoq oliy ta'limni rivojlantirish zarur ekanligini taqazo etardi.

1950 yilda respublika xalq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashda 26 ta oliy o‘quv yurtlari, shuningdek 2 ta univer­sitet faoliyat ko‘rsatdi. Shu bilan birga 92 ta texnikum o‘rta maxsus ta'lim tizimida ish olib bordi.

O‘zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o‘rta maxsus ta'­lim maskanlariga bunchalik kam jalb etilishining yana boshqa o‘ziga xos sabablari ham bor edi, albatta. Bulardan birinchisi, o‘quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o‘rta maktablarda ommaviy-siyo­siy tadbirlarga, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa, qishloq yoshlari) asossiz ravishda ko‘plab jalb qilinishi oqibatida ular oliy o‘quv yurtlariga kira olishlari uchun talab qilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo‘lmasdilar. Yana muhim sabablardan biri, oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtixon qo‘yilishi va talabalarga rus tilida (80-yillardan boshlab) dars o‘tilishi edi. Natijada respublika oliy o‘quv yurtlarida qishloq yoshlarining salmog‘i kamayib ketdi. Chunki, qishloq maktabla­rida na xorijiy tillar, na rus tili (bu soxa o‘qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishloq maktablarida ishlashni xoxlamasliklari natijasida) yetarli darajada, ayrim mak­tablarda esa umuman o‘qitilmas edi. Bu xol oliy maktablarda shaharlik yoshlarning ko‘payib borishiga, qishloqlarda esa oliy ma'lumotli mutaxassislar muammosining yuzaga kelishiga olib keldi.

Ayni paytda, qayd etish lozimki, respublikada yildan-yilga oliy o‘quv yurtlari soni ham ortib bordi. Yangi institutlar — Andijon meditsina instituti, O‘rta Osiyo Meditsi­na-pediatriya instituti, Toshkentda fizkultura va elektro­texnika institutlari ochildi. 1959 yilda respublika Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida 31 ta oliy o‘quv yurtla­ri mavjud bo‘lib, ularda 88 ming kishi ta'lim olgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib oliy o‘quv yurtlari soni 42 taga, talabalar soni esa 285,5 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek respublikadagi 249 o‘rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o‘quvchi bilim oldi.

XX asrning 70-80 yillarida O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalarining soni ham ortib bordi. Biroq mustabid tuzum illatlari fan taraqqiyotiga o‘zining salbiy ta'sirini o‘tkazmay qo‘ymadi.

Ayniqsa, bu davrda ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan «zo‘ravonlik», ularni kommunistik mafkura «andozasiga» solish yanada kuchaydi. O‘zbek xalqining boy utmish tarixini, milliy madaniyatini va qadriyatlarini kamsitish, ularni soxtalashtirish aynan shu yillarda avj olgan edi. Qadimiy tariximizni o‘rganish, «o‘tmishga sajda qilish» deb qoralandi. Ij­timoiy-gumanitar fan olimlariga «rivojlangan sotsializm» davrini, uning «tarixiy ahamiyati»ni, «afzalliklari»ni urga­nish xaqida maxsus «ko‘rsatma» berildi. Natijada bu yillarda ijtimoiy-gumanitar fan olimlari tomonidan «rivojlangan sotsializmni» madh etuvchi ko‘plab ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar yaratildi.

1946—1985 yillar orasida o‘zbek adabiyoti o‘z taraqqiyotining murakkab va turli bosqichlardan iborat davrini bosib o‘tdi. Bular Ikkinchi jaxon urushidan keyingi tiklanish yillarini (1945—1956); Stalin shaxsining fosh etilishi va xrushchevcha «iliqlik» yillarini (1956—1964); «Rivojlangan sotsia­lizm» g‘oyasi olga surilgan yillarni (1964—1985) o‘z ichiga olgan va har uchala bosqich shu yillarda ro‘y bergan ijtimoiy voqealarga ko‘ra nomlangan bo‘lib, o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘li va tamoyillari ham shu davrda turlicha kurinishga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston adiblari urushdan keyingi mamlakatning haqiqiy axvolini yaxlit bilganliklari uchun ham ayrim shoirlarning lirik she'rlarida ma'yusona oxanglar, yozuvchilarning ocherk va xikoyalarida mamlakat kechirayotgan qiyinchilik tasviri yo‘q emas edi. Partiya 1946—1948 yillarda san'at va adabiyotga oid bir necha qarorlar qabul qilib, yozuvchilarga voqyelikdagi ijobiy ko‘rinishlar, kishilarning xursandchilik xolatlari va kayfiyatlari xaqida asarlar yozish, sovet voqyeligi uchun tipik bo‘lmagan nukronlar va qiyinchilik tasviridan qochish, hayotni «gulgun» ranglar bilan aks ettirish vazifasi topshirildi.

O‘sha kezlarda sovetlar mamlakati bo‘ylab yangi katag‘on pallasi boshlangan bo‘lib, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Shuxrat, Sayid Axmad, Shukrullo singari yozuvchilarni «temir parda» orqasiga tashlashga ulgurilgan edi. Ana shunday sharoitda V.Zoxidovning «Oltin vodiydan shabadalar» romanini har tomonlama yaroqsizga chiqargan maqolalari Oybek taqdirida fojiali rol o‘ynashi tabiiy edi.

Urushdan keyingi davrda Abdulla Qahhorning «Qo‘shchinor chiroklari», Raxmat Fayziyning «Cho‘lga bahor keldi», Parda Tursunning «O‘qituvchi», Ibroxim Raximning «Hayot buloqlari», Oybekning «Nur qidirib» qissa va romanlari yaratilganini va o‘zbek adabiyotida bunday «mo’l xosil» ilk marotaba bo‘lganini aloxida qayd etish joizdir.

50-yillarning ikkinchi yarmida she'riyatda «Qoraqalpoq daftari» turkumining, Shayxzoda, Zulfiya, Shukrullo, M.Boboev qalamiga mansub she'rlarning yuzaga kelishi, nasrda «Quyosh qoraymas» romani (Oybek), dramaturgiyada «Shoxi so‘zana» (Abdulla Qahhor), «Yurak sirlari» (B.Raxmonov) pesalarining paydo bo‘lishi bilan o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixida yangi davr boshlandi. Bu asarlarda inson, uning ruxiy olami, inso-niylik moxiyati, quvonchi va qayg‘u-alamlari butun murakkabligi bilan ifodalana boshlandi. Abdulla Qahhorning «Sinchalak», Asqad Muxtorning «Qoraqalpoq qissasi», P.Qodirovning «Uch ildiz», O.Yoqubovning «Muqaddas» kabi qissa va romanlarida o‘zgarib borayotgan sovet jamiyatidagi yangi hayotiy tamoyillar o‘z ifodasini topdi.

Sovet jamiyatida o’ta qiyinchilik bilan bo‘layotgan ba'zi ijtimoiy o‘zgarishlar ta'sirida Abdulla Qahhor 1967 yili, tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan yubiley kechasida nutq so‘zlab, «Men partiyaning oddiy soldati emas, balki ongli a'zosiman», degan so‘zlarni aytdi. Aslida, har bir insonning fuqarolik huquqlari zamirida yotgan bu xaqiqat kommunistik partiyaning O‘zbekistondagi raxbarlari nazarida partiyaga kar-shi isyon shakkoklik edi. Shuning uchun ham ular Abdulla Qahhorga bo‘lgan munosabatlarini keskin ravishda o‘zgartirdilar. Uning asarlari nashr va targ‘ib etilmay qo‘ydi. O‘sha kezlarda bosmadan chiqqan «Yoshlar bilan suxbat» kitobi esa taqiqlandi.

60-yillarning ikkinchi yarmi va 70-yillarda yaratilgan o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari mavjud tuzumga nisbatan muxolifat maqomida maydonga kelgan. Shuning uchun ham bu davrda yozilgan aksar asarlar xali o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.

O‘zbekiston san'ati urushdan keyingi yillarda o‘zining murakkab va ziddiyatli davrini bosib o‘tdi. Ayniqsa, bu teatr san'atida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sotsialistik realizm uslubining tobora mustahkam urnashib borishi teatr saxnasining milliy-an'anaviy asoslarda rivojlanishiga imkon bermadi. To‘g‘ri, bu yillarda «Toxir va Zuxra», «Farhod va Shirin» «Alpomish», «Ravshan va Zulxumor», «Oshiq G’arib va Shoxsanam», «Navoiy Astrobodda», «Muqimiy» kabi milliy-tarixiy asarlar saxna yuzini kurdi. Lekin bular «partiyaviylik», «sinfiylik»ka moslashtirilgan, «ezuvchi sinfni» yaqqol ko‘rsatgan holda namoyish etildi. Lekin shular bilan bir katorda «Oltin devor», «Toshbolta oshiq», «Kelinlar qo’zg’oloni» va boshqa bir qator milliy ruhdagi sahna asarlari ham yaratildiki, ular xalq e'tiboriga sazovor bo‘ldi.

«Ijtimoiy buyurtma» natijasida o‘zbek teatr saxnalarida N.Pogodinning «Qora qushlar», A.Ostrovskiyning «So‘nggi qurbon», M.Gorkiyning «Dushmanlar», A.Tolstoyning «Shoh Fedor Ivanovich», A. Arbuzovning «Yomon o‘yinlar» kabi asarlari qo‘yila boshladi. Lekin bu asarlar o‘zbek milliy turmush-tarzidan uzoq bo‘lganligi uchun maxalliy tomoshabin tomonidan qabul qilinmadi. Natijada, xalqning teatr san'atidan bezishi kuchaydi. Faqat xalqda yakin, milliy ruhdagi saxna asarlargina o‘zining tomoshabinini topa oldi, baynalmilal va siyosiy ruhdagi asarlarga esa partiya tashkilotlarining «ko‘rsatmasi» va «topshirig‘i» bilan tashkilotlar, muassasalar va korxonalar kasaba uyushmalari xisobidan ishchi va xizmatchilarning jamoa bo‘lib teatrga tushishlari tashkil qilinib, shu yo‘l bilan ularni moliyaviy jixatdan qo‘llab-quvvatlash odat tusiga kirdi.

O‘zbek ma'naviy madaniyatining muhim tarmog‘i bo‘lgan qo‘shiqchilik san'ati urushdan keyingi yillarda o‘ziga xos yunalishda rivojlandi. Bu davrda san'atkorlarning yangi-yangi avloddari voyaga yetdi. Ular milliylikka qarshi baynalmilallikni qo‘yilishiga qaramay, o‘zbek milliy an'anaviy qo‘shiqchilik san'ati rivojiga katta xissa qo‘shdilar.

Qayta qurish yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayot. 80-yillarning o‘rtalaridan boshlangan «qayta qurish» madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat siyosiy rahbariyatining madaniyat sohasini «qayta qurish»i aslida ma'naviy jabhada ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, rivojlanishning ekstensiv yo‘li yaroqsiz bo‘lib qolganligidan dalolat edi. Lekin, shuni alohida ta'kidlash lozimki, madaniyat rivoji, ma'naviy jarayonlar jamiyatning o‘ziga xos ichki, tabiiy qonunlari asosida ruy beradi, uni sun'iy jadallashtirish uchun ko‘r-ko‘rona aralashuv salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Yana shuni ham tan olish kerakki, qayta qurish O‘zbekistonda milliy madaniyatni, ayniqsa, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, xalqning o‘zligini anglash jarayonini tezlashtirish yo‘lida ma'lum qadam bo‘ldi. Qayta qurish munosabati bilan madaniyatda milliylik tiklana boshladi, madaniy merosga munosabat o‘zgardi, ijtimoiy hayotda milliylik va baynalmilallik nisbatida, qisman bo‘lsa-da adolat tiklanishi sodir bo‘ldi. Biroq, qayta qurish o‘zbek xalqi madaniya­tini rivojlantirishni, uni haqiqiy xalq ma'naviyatiga aylantirishni bosh maqsad qilib qo‘ymagandi.

Madaniyatdagi «qayta qurish» hukmron mafkuraning o‘z siyo­siy barqarorligini tiklash yo‘lidagi navbatdagi urinishi edi, xolos. Uning maqsadi, madaniyatdagi shakllanib bo‘lgan sekinlashtirish mexanizmining «ko‘zga tashlanib» turgan ayrim «qusurlarini» yengil ta'mirlashdan boshqa narsa emasdi. Bu narsa, ayniqsa, xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimida yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.

I.A.Karimov boshliq siyosiy rahbariyat xalq xo‘jaligini qayta qurish doirasida mutaxassislar tayyorlash tizimiga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritdi. Ba'zi bir mutaxassisliklarni tayyorlash qisqartirildi, yangi sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi va ana shu yunalishda oliy o‘quv yurtlarining tarkibi qayta ko‘rib chiqildi (yangi institutlar va universitetlar ochildi, bir qator institutlarning yo‘nalishi o‘zgartirildi).

1989—1991 yillarda O’zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbolli yo‘nalishini hisobga olgan holda oliy ta'lim tizimida amalga oshirilgan bu tadbirlar keyingi yillarda o‘zining ijobiy natijalarini berdi.

1985—1990 yillarda O‘zbekistan fanida ham bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy laboratoriyalar o‘z faoliyatlarini «qayta qurish» talablari asosida takomillashtirishga harakat qildilar. Ta'kidlash lozimki, bu davrda O‘zbekiston fani o‘zining uyg‘onish davrini boshidan kechirayotgan, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha jiddiy izlanishlarga qo‘l urilayotgan edi.

Ijtimoiy gumanitar fanlar sohasi uchun «qayta qurish» uyg‘onish va xurfikrlilik davri bo‘lib xizmat qildi. Ilgari mumkin bo‘lmagan mavzularni o‘rganishga qisman bo‘lsa-da imkon yaratildi. Falsafa, tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga, «oq dog‘lari»ga doir masalalar muxokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi.Biroq, kommunistik mafkura yakkahokimligi sharoitida mazkur masalalarni to‘liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o‘zlikni anglash jarayoniga tish tirnoq bilan qarshilik ko‘rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar, illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik maf­kura yakkaxokimligi tufayli yuzaga kelayotganligini yashirishga, niqoblashga urinar edi.

«Qayta qurish» yillarida o‘zbek ziyolilarining sa'y-harakatlari bilan milliy-madaniy merosni tiklash, tarixiy-madaniy yodgorliklarni himoya qilish va saqlash, O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan tarixiy-madaniy yodgorliklarni qaytarish muhim masalalardan biriga aylandi. Shu ma'noda, 80- yillarning ikkinchi yarmidan O‘zbekistonda «Meros» dasturi amalga oshirila boщladi. Bu harakat respublika bo‘ylab keng yoyildi. Jumladan, O‘zbekiston tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash Toshkent viloyati kengashi huzurida tuzilgan yangi tashkilot — «Bobur jamiyati», 1989 yilda birinchi jamoat ekspeditsiyasi sifatida tashkil etilgan «Bobur yo‘li» ilmiy- ma'rifiy uyushmasi, ayni shu paytlarda Farg‘onada faoliyat ko‘rsattan «Farg‘ona madaniyatini tiklash», Toshkent shaxridagi 254-o‘rta maktabda vujudga kelgan «Madaniy merosga ixlos markazlari xalqimizda, ayniqsa yoshlarda milliy g‘urur, faxr-iftixor, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishda muhim rol o‘ynadi. «Qayta qurish» yillarida bunday markaz, tashkilot va uyushmalar O‘zbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan edi.

«Qayta qurish» yillarida tarixiy va madaniy yodgorliklar­ni saqlash, muhofaza etish, ayniqsa, muzeylar faoliyatini yaxshilash muammosi eng muhim masalalardan biri sifatida kun tartibida turdi.

Ma'lumki, muzeylar xalq milliy o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq,, «qayta qurish» yillarida ham ilgarigi davrda bo‘lgani kabi respublika muzeylari asosiy e'tiborni inqilobiy-siyosiy, «sotsializmning afzalliklarini» targ‘ib qilishga qaratdi. Agar, 1985 yilda O‘zbekistonda 46 muzey faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1989 yilga kelib ular soni 58 taga yetdi. Lekin, yuqorida qayd etganimizdek, ular asosan hali xukmron bo‘lib turgan kommunistik mafkuraning «targ‘ibotchilari» sifatida faoliyat ko‘rsatar edi.

Ammo, shunday sharoitda ham tarixiy-madaniy yodgorlik­larni saqlash masalasiga bo‘lgan kommunistik munosabat o‘zgarmadi, yodgorliklarni xisobga olish, muxofaza qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga e'tiborsizlik bilan qaraldi. 80-yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda 9310 ta tarixiy va madaniy yodgorlik xisobga olingani holda ulardan faqat 6466 tasigina (70%) davlat muxofazasiga o‘tkazildi, xolos.

Yana shunisi taajjubliki, milliy ma'naviyatning asosi bo‘lgan yodgorliklarni saqlashga davlat tomonidan arzimagan mablag‘ ajratilar, u ham bo‘lsa yildan-yilga kamayib borardi.

XX asrning boshlaridan boshlab adabiyot muayyan ma'noda jamiyat hayotining barometri bo‘lib kelgan. Bu xol qayta qurish yillarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlandi.

Agar o‘zbek adabiyoti namoyandalari siyosiy-ijtimoiy tuzumning «qosh -qovog‘i»ga qaramay, urush davridan e'tiboran ta­rixiy mavzularga katta e'tibor bergan va bu sohada Oybek, Mirkarim Osim, Maqsud Shayxzoda kabi yozuvchilar faollik ko‘rsatgan bo‘lsalar, qayta qurish yillarida tarixiy mavzular­ga e'tibor yanada kuchaydi. Jumladan, Mirmuxsin shu yillarda «Temur Malik» romanini e'lon qilindi. Muxammad Ali «Sarbadorlar» romanini, Azim Suyun shu nomdagi dramatik dostonini yaratdi. Shu tariqa tarixiy mavzularga o‘zbek adabiyotining yangi avlodi ham qo‘l ura boshladi.

Qayta qurish yillarida berilgan eng katta imkoniyat sovet jamiyati hayotida yuz bergan ana shunday voqyealarga xushyor nazar tashlash, respublika tarixining soxtalashtirilgan va noto‘g‘ri tasvir etilib kelingan sahifalarini qayta baholash bo‘ldi. Yozuvchilarning aksar qismi diqqat-e'tiborlarini xuddi shu narsaga qaratdilar.

50-yillarning boshlaridagi qatag‘on qurbonlaridan biri Shukrullo «Kafansiz ko‘milganlar» xotira-romanini yozib, unda sovet tuzumining inson xaq-huquqlarini poymol etish evaziga «yangi tarixiy birlik» - sovet xalqini yaratishga qaratilgan aksilinsoniy maqsad-mohiyatini ochib tashladi. Shu yillarda maydonga kelgan qator roman, qissa va hikoyalarda sovet jamiyatining qonli tarixi, siyosiy tuzum tomonidan majaqlanib tashlangan taqdirlar xaqqoniy tasvirini topdi. Yozuvchi­lar yetmish yillik tarixiy jarayonni yangi tafakkur asosida tasvir va talqin etishga faol kirishdilar.

Umuman, qayta qurish arafasida adabiyotimizga kirib kela boshlagan oddiy inson obrazi bu davrda yangi mazmun bilan boyidi. Shu narsa muhimki, agar adabiyotimiz tarixini oldingi davrlarida yozuvchilar hayotiy jarayonning yetakchi tamoyillarini aks ettirishga biror mansabdor shaxsni qahramon sifatida jalb etishni lozim, deb bilgan bo‘lsalar, bu davrda huddi shunday badiiy vazifani bajarishda oddiy kishining murakkab taqdiridan mahorat bilan foydalandilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Omon Muxtorning «Ming bir qiyofa» romani ham e'tiborga sazovordir.

Romanda olg‘a surilgan g‘oya iste'dodli kishilarning sovet davrida o‘z salohiyatlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatidan mahrum etilganini ko‘rsatishga qaratilgan. Yozuvchi ana shu badiiy niyatini ro‘yobga chiqarish uchun realistik tasvir usuliga mis­tik tasavvurlar va talqinlar oqimini olib kirgan. Zamon Abdulla Hakim va Burxon Sharif kabi kishilarni qiyofasiz holga olib kelganini ko‘rsatish orqali sovet davrida iymonsizlik, e'tiqodsizlikning ommaviy xodisaga aylanganini shu davrning bosh fojiasi sifatida ochishga erishgan.

Shu yillarda ijod kilgan A.Oripov, E.Voxidov, X-Xudoyberdieva, U.Xoshimov, Sh.Xolmirzaev, X.Sultonov, Tog‘ay Murod, U.Azimov, Nazar Eshonqul kabi yozuvchi va shoirlarning she'riy asarlari, qissa va xikoyalarida ham sovet davri illatlarini fosh etish istagi ustuvorlik qildi. Chunonchi, E.Vo­xidov «Donishqishloq latifalari» xajviy she'rlar turkumida, A.Oripov «Ranjkom» dostonida sovet davrining samarasi bo‘lgan jamiyat va kishilar hayotidagi noxush manzaralarga kitobxon e'tiborini qaratdi.

O‘zbekiston ma'naviy madaniyatida teatr san'atining o‘rni va roli muhimdir. 80-yillar o‘rtalaridan boshlab, kayta qurish tufayli teatrda «real hayotga» murojaat qilish hollari ko‘rina boshladi. M.Boboev, Shukrullo, S.Axmad, R.Abdullaev va boshqalar asarlarida ma'muriy-buyruqbozlik davrida respublikada paydo bo‘lgan va shakllangan muammolar tanqid kilindi. o‘tmish madaniy merosi, xalq tarixi, paxta yakkaxokimligi ekologik muammolar kabi xalqni tashvishga solayotgan ijtimo­iy masalalarga qiziqish kuchaydi. Ayniqsa Sh.Boshbekovning «Temir xotin» asarida birinchi bor muhim ijtimoiy masala­lar ustida fikr yuritildi.

Qashqadaryo viloyat musiqali va dramatik teatridan yosh, iqtidorli rejissyor AAbdunazarov boshchiligida bir guruh san'atkorlarning ajralib chiqib, yangi «Muloqot» teatr studiyasini tashkil etishi teatr san'atida demokratik jarayonlarning boshlanganligidan dalolat berardi. Biroq teatr san'ati, umuman olganda, juda chuqur buhronli holatda edi. Buning sababi teatr va tomoshabin, re­pertuar muammolarida edi. Mazkur san'at turining tabiiy rivojlanishiga, ayniksa unga kommunistik mafkuraning tazyiqlari, uning ijtimoiy buyurtmasi katta to’siq bo‘lgan edi. Natijada respublika teatrlari o’z tomoshabinlarini yo‘qota boshladi. Masalan, 1985 yilda O‘zbekistondagi 30 te­atrga 4802 ming tomoshabin tashrif buyurgan bo’lsa, bu raqam 1989 yilga kelib 4387 mingga tushib qoldi. Bu sharoitda teatr o‘z tomoshabinini «qidirib» qishloqlarga borishga va asosan konsert dasturlari bilan mablag‘ ishlashga majbur bo‘lardi. Birgina 1988 yilda respublika teatrlari 5534 konsert tomoshalari bi­lan chiqdilar. Bu esa uz navbatida spektakilar sifati va soniga salbiy ta'sir qildi. Xususan, 1989—1990 yillarda hammasi bo‘lib 43 sahna asari yaratildi, xolos. Teatr san'atida buhronni yuzaga keltirgan sabablardan yana biri madaniyatda milliylik va baynalmilallik nisbatining buzilishi edi. Masalan, 80-yillar o‘rtalarida O‘zbekiston teatrlari repertuarlariga kiritilgan 600 ta pesadan atigi 55 tasigina mahalliy dramaturg, adiblarning asarlari edi, xo­los. Muqimiy nomli o‘zbek davlat musikdli drama teatrida an'anaviy qo‘yib kelingan «Tohir va Zuxra», «Farhod va Shi­rin», «Nurxon», «Layli va Majnun», «Toshbolta oshiq» kabi sahna asarlariniga «Poltavalik Natalka», «Boyadero», «Cho‘ri», «Moviy Dunay», «Xotinimning eri», «Yolgonchi darkor» kabi qator tarjima asarlarning paydo bo‘lishini shu ma'noda tushunish lozim.

«Qayta qurish» siyosati madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyatiga ham ta'sir qilmay qo‘ymadi. Bu, ayniqsa madaniy- ma'rifiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi masalasiga, ayniqsa talluqli edi. Madaniyat sohasiga mablag‘ sarflashning «qoldiq» prinsipi tufayli 1985—1990 yillarda madaniyat maskanlari sonining kamayishi kuzatildi. Masalan, ko‘rsatilgan davrda respublikada klublar soni 55 taga, kutubxonalar soni esa 93 taga kamaydi. Binobarin, O‘zbekistonda madaniy-ma'rifiy maqsadlar uchun aholi jon boshiga 1989 yilda 3,6 so‘m pul ajratildi, xolos. Bu raqam ittifoq respublikalari orasida eng past ko‘rsatkich edi. Yuqorida keltirilgan raqamlar mazkur masalaning faqat tashkiliy jixatlari edi. Madaniy- ma'rifiy muassasalar hammadan ko‘proq, mazmun jihatdan oqsayotgan edi. «Qayta qurish» madaniy-ma'rifiy muassasalar ishida bir oz jonlanish sodir etgandek bo’ldi o‘tkazilayotgan tadbirlar mazmuni o‘zgara boshladi, ilgari mumkin bo‘lmagan mavzular xususida fikr yuritish imkoni tug‘ldi, kishilarda ij­timoiy faollik jonlana boshladi. Ammo, 1985—1990 yillarda davlat rasmiy siyosatining o‘zgarmay qolishi, kayta qurish tufayli paydo bo‘lgan «erkinlik» klublar, kutubxonalar ishini yetarli darajada jonlantirish uchun kamlik qildi, ular mazmunidagi «siyosiylashuv» yana avj oldi. Madaniy-ma'rifiy muassasalar hukmron siyosiy kuchning ijtimoiy buyurtmasini yana bajarishda davom etdi. Bu esa aholining klublar ishidan bezishiga olib keldi. Yuqori tashkilotlar turli sun'iy yo‘llar bilan ular ro’lini oshirishga, ish faoliyati mazmunini boyitishga harakat qildilar. Lekin uyushtirilgan suhbatlar, ma'ruzalar eski qolipda, kommunistik aqidalar asosida tuzilganligi sababli ular zerikarli bo‘ldi va madaniyat muassasalari faoliyati sifatiga salbiy ta'sir qildi. Natijada klublar, hashamatli madaniyat saroylari yana «egasiz» bo‘lib qoldi.

Milliy ma'naviy madaniyat tarkibida tasviriy san'atning o‘rni alohidadir. Qayd etish lozimki, 80-yillar, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida tasviriy va ifodali vositalarni boyitish va yangilash, ijodiy izlanishlarga qiziqish ortdi.

Tasviriy san'atda milliylik ruhi bilan bir qatorda avangard yo’nalishlari (simvolizm, modernizm va boshqa)ga ham e'tibor berildi. Bu V.Oxunov, M. Tuxtayev, Sh.Bobojonov, A.Ikromjonov, J.Umarbekov, B.Jalolov, I.Isayev, A.Mirzayev ijodiga taalluqlidir.

«Qayta qurish» yillarida zamonaviy voqelik, siyosiy hayot va turmusht, demokratik harakat va so‘z erkinligi tufayli tas­viriy san'atga yosh ijodkorlarning kirib kelishini jadallashtirdi, yangi izlanishlar va g‘oyalarni ifodalash bilan boyitdi. Rassomlar safiga A. Hazratov, A.Umarov, X. Hasanov, K.Odilov, Sh.Qo‘zieva, B.Shodieva kabi ko‘plab yosh ijodkorlar qo‘shildi. Ularning asarlarida Afg‘onistondagi qonli urush fojiasi, tabiatga yetkazilgan zarar, Orol dengizining qurib borishi, paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlari kabi ij­timoiy muammolar o‘z aksini topdi, ma'naviy qadriyatlarga yetkazilgan putur, ularning toptalgani xaqidagi dard-alam bilan ifodalangan asarlar yaratildi. M.To’xtayev, V.Oxunov, T.Ahmadaliyev, A.Nuriddinov, R.Qodirov kabi san'atkorlar asarlari yorqin ramziy ifoda vositalari orqali teran va chuqur falsafiy ma'nolarga boy bo’ldi.

Shunday qilib, 80-yillarning o‘rtalaridan boshlangan «Qay­ta qurish» O‘zbek milliy madaniyatida mavjud bo‘lgan muammolarni hal eta olmadi, aksincha, ularni yanada keskinlashtirib yubordi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish