O’quv materiallari


Miniatura va musiqa san'ati



Download 2,01 Mb.
bet32/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Miniatura va musiqa san'ati. Husayn Boyqaro davrida miniatura san'ati yuksak darajaga ko'tarildi. Bu davrda tasviriy san'at, shu jumladan, miniatura san'atining yirik vakillari Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Hoji Muhammad Naqqosh, Shohmuzattar kabi miniatura san'ati ustalari faoliyat ko’rsatganlar. Bu davr miniatura san'atida mavhumlikdan realizm tomonga intilish kuchayadi. XVasrgacha tasviriy san'atda o'ta bo'rttirish va jimjimadorlikka e'tibor berilgan bo'lsa, XV asr o'rtalaridan boshlab haqqoniylikka intilish, jonlilik va hayotiylikni tasvirlash ko'zga tashlana bordi. Masalan, miniatura ustasi Mahmud Muzahhib Alisher Navoiy portretini chizarkan, uning qarilik yuzaga chiqargan horg'inligini, allomalarga xos ulug'vorligini va donishmandligini, bag'rikeng va mehribon insonligini tashqi qiyofa, ayniqsa, yuzdagi ifoda orqali tasvirlab beradi.

Bu davrda tasviriy san'atning portret janri rivojlandi. Natijada hukmdorlardan Husayn Boyqaro, Shayboniy, Bobur Mirzoning, allomalardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Hotifiy, Behzod va boshqalarning portretlari yaratildi.

Shuningdek, bu davrda tasviriy san'atning maishiy, bataliya (jang) manzara kabi janrlari ham miniatura shaklida rivojlandi.

Bu davrning ko'zga ko'ringan musavviri Kamoliddin Behzod «Hirot miniatura maktabi»ga asos soldi. U ko'plab o'sha davrning mashhur asarlariga miniaturalar chizdi. Masalan, Shayx Sa'diyning «Bo'ston» asariga 4 ta, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»siga esa 8 ta miniatura ishladi.

Uning portretlaridagi qahramonlar o'z ma'naviy qiyofalari bilan ichki hissiyotlarini, xulq-atvorini shundaygina yuzaga chiqaradi. Masalan, Husayn Boyqaro cho'kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek tasvirlangan. U serhasham kiyim kiyib olgan, shohona salla o'ragan, belida xanjar osilgan tilla kamar. Shayboniyxon esa sarkarda va davlat arbobi, ilmli, adabiyot va san'atning qadriga yetadigan kishi sifatida tasvirlangan. U Hirotda rasm bo'lgan yengi kalta, sodda, lekin bejirim tikilgan to'n kiygan, boshida oq salla. U chordona qurib, katta yostiqqa (bolishga) biroz suyanib o'tiribdi. Oldinda siyohdon, qalamdon va kitob, o'ng qo'Iining bosh barmog'ida kamondan o'q uzganda ishlatiladigan halqa, chap qo'lidaqamchi, Savlati, baquwat gavdasi, o'tirishi, o'zini tutishi, qo'llarining holati va chehrasidagi belgilardan uning serg'ayrat, shijoatli, o'z qadrini biladigan, aqlli shoh ekanligini payqasa bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, Sulton Husayn Boyqaro davrida miniatura san'ati rivojlandi va unga sultonning o'zi juda katta imkoniyatlar yaratib berdi. Zayniddin Vosifiyning «Badoye ul vaqoye” nomli asarida yozilganidek, Sulton Husayn ko'ngilxushlik uchun usta musavvirlar va uslubi go'zal naqqoshlarni poytaxtda saqlab, ularga zo'r iltifot ko'rsatadi.

XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xuroson musiqa madaniyati rivojining chinakam markaziga aylangan. Bu davrda musiqa madaniyati nazariyasiga oid asarlar yaratilib, Abdulqodir Noiy, Ali Shunqor, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G'ijjakiy, Alijon G'ijjakiy, Qosim Rabboniy, Zaynulobiddin al-Husayniy. Darvesh Ahmad Qonuniy, Xo'ja Yusuf Andijoniy, Najmiddin Kavkabiy kabi bastakorlar, sozanda-yu xonandalar yetishib chiqqan. Tarixchi olim A.Muhammadjonov ta'kidlab o'tganidek, liatto Ulug'bek va Navoiy singari buyuk siymolar ham musiqa asarlari yaratganlar. Masalan, Ulug'bek «Bo"lujiy», «Shodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli Ravon», «Usuli Otlig'», Navoiy esa «Isfaxoniy» kuyini yaratganlar. Shuningdek, bu davrda Xoja Abdulqodir Noiyning «Zubdat ul advor» («Asosiy musiqiy davrlar») va «Maqosid ul-alxon» (”Kuylar maqsadlari”), Safiuddin Abdulmo'min Urmaviyning «Risolat ush-sharafiyya» (”Sharafga loyiq risola”) va «Kitob ul-advor” («Musiqiy davrlar haqida kitob») asarlari, Abdurahmon Jomiyning «Risolayi musiqiy’’ («Musiqiyilm risolasi»), Najmiddin Kavkabiyning «RisoIayi musiqiy» va «Risola dar bayoni Duvozdahmaqom» («O'n ikki maqom bayoniga bag'ishlangan risola»), Zaynulobiddin Mahmud al-Husayniyning «Qonuni ilmiy va amaliy musiqiy» («Musiqa ilmi va amallari qonunlari”), Darvesh Ali Changiyning «Tuhfat us-surur» («Shodlik tuhfasi») kabi musiqa ilmi haqidagi asarlari vujudga keladi.

Abdurahmon Jomiy o'zining «Risolayi musiqiy’’ asarini Alisher Navoiyning da'vati bilan yozadi. Asarning kirish qismida musiqaning psixologik ahamiyati, tinglovchilarda qayg'u va quvonch, tushkunlik, umidvorlik va ko'tarinkilik kabi nihiy holatlarni keltirib chiqarishi masalalariga to'xtalinsa, asosiy qismida nag'malar, ularning boshqa ovozlardan farqi, nag'maning sozdagi xususiyatlari, turlari, inson ruhiyatiga ta'sir etish kuchi va boshqalarga to'xtalib o'tilgan. Xotima qismida esa ohanglarning shijoat va jasurlik; xursandchilik va quvonch; qayg'u va mung; g'am va ma'yuslik uyg'otish kuchi ta'kidlab o'tiladi.

Zaynulobiddin al-Husayniy o'zining «Musiqaning ilmiy va amaliy qonunlari» asarida nag'ma-tovushning xususiyatlari, parda, cholg'u, vokal kuylari masalasini tahlil qildi, shuningdek, maqomlar, ularning tovush qatorlarini ta'riflab berdi.

Temuriylar sulolasining so'nggi davridagi adabiy jarayon sermahsul davr bo'lgan. Adabiy-badiiy jarayon uslub jihatidan ancha takomillashdi va yangi bir bosqichga ko'tarildi. Movarounnahr va Xuroson hududlarida chig'atoy (eski o'zbek tili) va fors-tojik adabiyoti o'rtasidagi hamkorlik kengayib bordi. Bu davr adabiyotining o'ziga xos xususiyatlaridan biri — ko'pgina shoir va adiblar o'zbek tilining go'zalligini, uning so'z boyligini namoyish qilishlaridir. O'zbek (turkiy) tiliga ikkinchi darajali til sifatida qarashlarni inkor qildilar. Zamonasining iste'dodli va yetuk shoirlari hamda adiblaridan Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur va Muhammad Solihlar o'sha davr adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillari bo'lib, ular o'zbek tilida ham ko'piab asarlar yaratib, bu tilning o'ziga xos jozibadorligini namoyisli qildilar. Ular tomonidan rang-barang g'azallar, ruboiylar, qit'alar, tuyuqlar, nomalar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlar yaratildi.

Bti davr adabiyotining yana bir xususiyati — o'zbek adabiyotida she'riy noma janrining yaratilganligidir. Xorazmiy noma janrining asoschisi sifatida «Muhabbatnoma»ni yaratdi. «Latofatnoma»ni yaratgan Komil Xo'jandiy scvgi-muhabbat mavzusini davom ettirdi. Temuriy Mironshohning o'g'li shoir Said Ahmad esa «Taashshuqnoma» («Oshiqlar maktubi»)ni yaratib, bu mavzuni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi. Oldingi sevgi mavzusidagi nomalardan farqlanib turuvchi va sujetga asoslangan «Dahnoma» («O'n noma»)ni yaratgan Yusuf Amiriy o'z nomasida oshiq-ma'shuq obrazlari orqali sevgi-muhabbat mavzusini ifodalashni yanada yuqori pog'onaga olib chiqdi.

Durbek diniy-afsonaviy «Yusuf va Zulayho» dostoniga dunyoviy tus berib, o'zi qayta ishladi. Atoiy yor vasfrni kuylovchi g'azallar bitsa, Sakkokiy jo'shqin va haroratli g'azallar bitdi hamda qasida janrini yanada rivojlantirdi. Lutfiy g'azailari o'zining hayotiyligi, badiiy mahorati va til boyligi bilan ajralib turadi. Bu davr adabiyotining eng buyuk siymolari Aiisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar edi. Ular tasavvuf she'riyatini barkamollik darajasiga olib chiqdilar.

Abdurahmon Jomiy lirika sohasida Sa'diy, Hofiz va Xo'jandiylar darajasigacha yetishib chiqdi. U nafaqat adabiyot sohasida, balki fanning boshqa sohalarida ham asarlar yaratdi. Arab tilini mukammal ravishda o'rgandi. So'ngra o'z bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keldi va Ulug'bek madrasasida buyuk astronom Qozizoda Rumiy, huquqshunos Fazlulloh Abulays kabilardan ta'Iim oldi. Shuningdek, til va adabiyot, riyoziyot va falakiyotdan, falsafa va mantiqdan, din asoslari, hadis va tafsirdan tahsil olib, mazkur ilmlarni chuqur egalladi.

Hirotga qaytib kelgach, Aiisher Mavoiy bilan birgalikda Hirot madaniy muhitining rivojlanishi va taraqqiy etishiga ulkan hissa qo'shdi. Abdurahmon Jomiy, ayniqsa, dostonchilik an'analarini davom ettirib, yettita yirik dostonni o'zida birlashtiruvchi «Haft avrang», «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandar» nomli asarlarni yaratdi. Bu dostonlar o'zining falsafiy-didaktik va axloqiy-ta'limiy mavzusi bilan ajralib turadi. Abdurahmon Jomiy asarlarining kattagina qismi tasavvuf ruhida yozilgan bo'lsa, bir qismida oddiy xalqning orzu-umidlari ifoda etiladi.

Bu davr ma'naviy hayoti va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk siymolardan biri Aiisher Navoiydir. Aiisher Navoiyning so'nggi temuriyzoda Husayn Boyqaro davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyotidagi o'rni benihoya kattadir. Navoiy inson baxt-saodati uchun, xalqning osoyishtaligi, mamlakat barqarorligi, obodonchilik, ilm-fan, adabiyot va san'at taraqqiyotining buyuk kurashchisi sifatida tarix sahifasida o'chmas iz qoldirdi.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va tarqoq feodal davlatlami birlashtirishi ilk Uyg'onish davri madaniy taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan, lekin mo'g'ullar tomonidan bir-biridan ajratib tashlangan yagona madaniyjarayonni yanada rivojlanishiga turtki bo'ldi. Eng awalo, iqtisodiy hayot, shuningdek, fan, san'at va adabiyotdagi azaliy an'analar qaytadan tiklandi. Inson va uning aql-idroki, ma'rifatga intilishi, Sharq renessansiga xos xususiyat hisoblangan ma'naviy komil insonni shakllantirishga bo'lgan e'tibor va ma'rifatga intilish kuchayadi. Fan va adabiyotda jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan asarlar yaratildi. O'z davrining dorulfununlari — oliy o'quv yurtlari, Ulug'bek akademiyasi vujudga keldi. Astronomiya, matematika, mantiq, falsafa, til va adabiyotshunoslik, tarix va fikhshunoslik, ilmi aruz va musiqashunoslikka oid ko'plab asarlar yaratildi. Miniatura va me'morlik san'atlari rivojlanib, xattotlik san'at va hunar darajasiga ko'tarildi.



Bu davr madaniy hayotini tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, Movarounnahr va Xuroson madaniyati va ilm-fanni IX-XII asrlardagi singari Mirzo Ulug'bekni hisobga olmaganda urnumbashariy ahamiyat kasb eta olmaganligi, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Forobiy, lbn Sino, Beruniy, Imom Buxoriy, at-Termiziy yoki az-Zamaxshariy singari umumjahon madaniyati va fanida o'zining o'chmas izini qoldirgan buyuk siymolarni ko'rmaymiz. Bu davr madaniyati taraqqiyoti umumjahon miqiyosida emas, balki mintaqa miqyosidagi ijodiy-madaniy jarayon darajasidagina saqlanib qolingan. Bu hoi mavjud madaniy jarayonning azaliy an'analari va ilmiylikning mo'g'ullar bosqini natijasida uzib qo'yilganligi, ikkinchidan, ko'plab olimlar va ijod ahllarining tinch joylarni izlab vatanlarini tark etganliklari, uchinchidan. Amir Temur vafotidan keyin avj olgan o'zaro taxt talashishlarning kuchayib ketganligi bilan izohlanadi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish