Temurning shaxsi, saroyi va turar joyi. Shahrisabzda nash'a etgan shavkatli sohibqironning muxlislari uni eng chiroyli bir inson sifatida tasvirlaydilar. Ammo dushmanlari uni naqadar chirkin, naqadar yuzsiz, manfur va qutsiz etib ta'riflaydilar. Uzining vatandoshlari orasida hozirgacha tildan-tilga o‘tib kelayotgan hikoyalarga qaraganda, Temur o‘rta bo‘yli, oqbadan kishi bo‘lib, zahmatli umrini doimiy jangu jadallarda o‘tkazganiga qaramay, umrining oxirgi daqiqalariga qadar badanining qutini saqlay olgan. Garchi uning bir oyog‘i oqsasa-da, urush paytida bu nuqson uncha sezilmas edi. Uning yangrog‘ ovozi jang baqiriq-chaqiriqlari ichida juda uzoqqa eshitilardi. Faqat yoshi 70 ga yetganda ko‘zlari ozroq xira tortgan. U Samarqandda Ispaniya elchilarini qabul qilgan vaqtda, ular yaqin kelgachgina tanigan edi. U davrda turk irqi eron unsurlari bilan ozgina aralashgani uchun Temurning yuzida sof mo‘g‘ul siymosi bor edi. Uning tarjimai holini yozgan bir tarixchi, o‘z qahramonining rasmini tavsiya etganda, xiyla aloqasizroq eron go‘zalligin namuna qilib olgan. Turk sohibqironining soqolini uzun, yonog‘ini qizil, o‘zini oq tanli etib tasvirlagan. Shuning uchun Temurning faqat libosigina Eron yoki G‘arbiy Osiyo unsurlarini eslatadi, xolos. U zamonlarda Jayhun sohilidagi yerlarda axloq va odob, muomala budda va islom marosimlari yig‘indisi asosida yuritilar edi, ma'ruf turmush tarzi va qiyofat xam shundog‘ edi. Biz Temurning to‘qnashuvlar paytida qimmatbaho ipakdan keng kiyimlar kiyganini ko‘ramiz. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoliklar shunday kiyinadilar. Bu kiyimlar o‘sha zamonda musulmon Osiyosida makruh sanalar edi. U bosh kiyimda mo‘g‘ul xitoy qiyofatiga taqlid qilib, Sharafiddinga yarashgan sallani o‘ramadi, balki uzun, uchli boshli kigiz bo‘rk kiyib yurdi. Bo‘rk uchiga cho‘zinchoq yoqut qadalgan, uning atrofi durlar va noyob javohir bilan bezatilgan edi. Uning katta va qimmatbaho zirak taqish odati — mo‘g‘ullarga xos edi. Uumuman zohiriy ziynatlarga va ochiq kiborliklarga iltifotli bo‘lgan. U o‘zining uzoq davom etgan sohibqironlik hayotida juda ko‘p yo‘qotishlarga, nochorliklarga chidagan va doimo spartaliklar kabi soddaligiga sodiq qolgan. Uning tabiiy sifatlaridagi buyuk qirralar shundan iborat.
U yoshligida otasining va ruhoniy imomlarning talqinlari ta'siri bilan hayotga islom va tasavvuf nazaridan qaragan edi. Uning qat'iy jangovar ruhi va chegara bilmas yagona rayosati hamisha bu sifatlari bilan botiniy kurashda edi. So‘nggi sifatlar unda g‘olib bo‘lsa kerakki, o‘zi shunday deydi: «Hokimyatni qo‘lda qilich bilangina ushlab turysh mumkin», U askariga Isfahonni talon-taroj qilishga ruxsat berganda, ulamolar mahallasiga shafqat qilishni amr etgag; Hirot va Halab ulamolari bilan esa, diniy munozaralar qurgan. O’ziga o‘xshab fikr qilmaydigan (ya'ni o‘zgacha fikrlaydigan) kishilarga shohona hadyalar bergan, Ma'lumki, Temur alloma Sharafiddin Halabiy bilan nihoyatda keskin munozara qilgan. So‘ngra uni himoyasiga olib, o‘zi va muridlariga qimmatli hadyalar berishni buyurgan. Ularning soni 2000 ga yaqin bo‘lgan. U libos va hadyadar bilan alloma Shamsiddin qozini, Jaziriyni va mashhur Shayx Buxoriyni o‘z tarafiga jalb etishga intilgan. Holbuki, bular uning dushmani saroyida qo‘lga olinganlar edi. Ular Temurga ochiq dushman edilar. U qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o‘ljasi —shu o‘lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan. U Bursa kutubxonasidagi kitoblarni yuk tashiydigan hayvonlarga 'ortib, Samarqandga ko‘chirtirgan. Endi shu kishini vaxshiy, marhamatsiz deb atash mumkinmi? Binobarin, Temurni Chingiz ila bir safga qo‘yib, uny vahshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki martaba xatodir. U avvalo Osiyo sarkardasi edi. Uzining g‘olib askarlari va qurollaridan o‘z zamonasining taomilicha foydalangan. Uning faoliyati, xususan, dushmanlari tarafidan gunoh hisoblangan ishlari va urushlari, teranroq qaralsa, doimo biror jinoyatga jazo tarzida ro‘y bergan. To‘g‘ri, jazo qattiq, lekin adolatli bo‘lgan, Isfahon va Sherozda u xiyonat tufayli qatl qilingan askarlari uchun qasos olgan. ...Turk va arab qavmidan bo‘lgan barcha jahongirlar va fotihlar kabi Temurda ham ona-Vataniga juda xos darajada tarafkashlik bor. Shuning uchun g‘arbiy islom dunyosining siyosiy markazini, shu bilan birga endilikda ojiz bo‘lib qolgan islom madaniyati asosini Turkiston cho‘llarining yumshoq tuproqlariga ko‘chirishni niyat qilgan edi. Bunga taassuf bilan qarash mumkin. Lekin uni jinoyat deb hisoblamaslik kerak.
Temurning shu maslagi uning aziz vatani Urta Osiyo uchun nihoyatda muhim va uzoq davom etgan samara berganini gapirib o‘tirishga extiyoj yo‘qdir. Kambala, G‘azna, Buxoro saroylarida va boshqa sulolalarning poytaxtlarida hech qachon Samarqand saroyidagidek davlat va boylik to‘planmadi. Bu yerdagi davlat va shavkat isrof etilmadi. Temurning boyligi va to‘ylari to‘g‘risida Sharafiddinning hikoya qilganlari oldida tatar imperatori (ya'ni Chingiz — S. A.) saroyining ko‘z qamashtiradigan go‘zal lavhalari hyechdir. Xristian elchisi don Ryui Gonsales de Klavixo u lavhalarni go‘zal tasvirlamishdir. U ko‘p narsalarni ko‘rgan, u hamma narsani ko‘rgan, chunki Temurning hurmatida bo‘lgan, uning bunday yuksak iltifot ko‘rsatganini Temurning rasmiy qabul paytida so‘zlagan quyidagi so‘zi ham tasdiqlaydi. Temur o‘z vazirlariga xitoban iftixor bilan shunday degan: «Qaranglar, mana, o‘g‘lim — Ispaniya qirolining menga yuborgan elchilarini ko‘ringiz! U, Ispaniya qiroli, dunyoning eng chetida turadi va butun farang podshohlariiikg eng buyugidir. Ular, faranglar, haqiqatan ulug‘ xalqlardir. Ug‘lim, men ham Ispaniya podshohiga o‘zimning ehtirsmimni ko‘rsatmak istayman».
Biz Samarqand saroyini ta'rif etganda, o‘zimizga hujjat qilib olijanob Ispaniya bekzodasini tanladik va uning xotiralarig‘a suyanib, saroy odatlari, marosimlari va nafis asarlarn xusurida so‘z yuritamiz.
Temur o‘z saltanat taxtini qanchalik inqiroz va xarobalikka uchragan xonadonlar hamda mamlakatlar zaminiga qurgan bo‘lsa, ularning barchasidagi urf-odatlar va marosimlarni o‘z saroyida to‘pladi va taraqqiy ettirdi. Saroy a'yonlarining ipak, duxoba va atlas kiyimlari arab yoki musulmon rasm-rusumida tikilgan edi. Saroydagi ayollarning libosi, xususan bo‘rk, shokila qadimgi Eron va Xorazm urfiga xos edi. Saroy xonimlari oltin uqa bilan bezatilgan uzun qizil kiyim kiyar edilar. U kiyimning yoqasi bo‘ynini qisib turadigan, o‘zi yengsiz bo‘lgan, orqa etagi juda uzunligi uchuya uni maxsus joriyalar ko‘tarib yurishgan. Ularning soni ba'zan o‘n besh kishiga yetardi. Yuzga hijob tutganlar. Safarda chang-to‘zokdak va havoning ta'siridan saqlanish uchun yuzlariga oq qo‘rg‘oshin tusidagi upa qo‘yilgan. Qizil movutdan dubulg‘aga o‘xshash uchli qalpoq kiyishgan. Qalpoq usti qizil yoqut, zabarjad, durlar bilan bezatilgan, atrofida tishli qosh bo‘lib, undan go‘yo oq parlar «to‘kilib» turgan. Bu patlarning bazilari to ko‘zlarigacha tushib yurgan vaqtdagi harakati bilan yuzga o‘zgacha go‘zallik berur edi. Temur saroyidan chetdagi ko‘pgina ayollar Kichik Osiyonish: juda qimmatli javohiriyu, Isfahon, Mo‘lton, Ganja, Damashk, Bursa, Venetsiya zargarlarining nafis asarlari bilan o‘zlariga oro berganlaridek, erkaklar ham noyob toshlar bilan bezatilgan qurollar va kamarlarini ko‘rsatib, ko‘zni qamashtirar edilar. Ertaklardagidek ko‘p boylik kumush va oltin sovut ham saltanat yerlarida tez-tez ko‘zga tashlanib turar edi. Klavixo chodir ichida ko‘rgan katta bir oltin sandiqni quyidagicha tasvirlaydi. Uning yalpoq qopqog‘i yashil va ko‘k minoemaldan ishlangan kichik qubbalar, naqadar noyob javohir va injular bilan ziynatlangan. Bu sandiqning qopqog‘i eshikka o‘xshash, ichida bir necha qator qadahlar terilgan, durlar va juda qimmatli toshlar bilan bezatilgan, olti dona oltin yombi ham bor edi. Bu sandiqning yenida balandligi bir metrcha keladigan oltin xontaxta bor, unig atrofi javohir bilan bezatilgan, ustida esa ikki metr uzunlikda bir zabarjad bo‘lib, u butun xontaxtani egallagan edi. Unshng ro‘parasida eman shaklida yasalgan bir oltin daraxt; uning yo‘g‘onligi inson oyog‘i yo‘g‘onligida, atrofga yoyilgan shoxlari yashil bilan qoplangan. Bu daraxt me-valari o‘rnida juda ko‘p qizil yoqut, zabarjad, feruza, safir va ajoyib, yirik durlar shoxlarga osilgan, yaproqlari turli rangdagi mino bilan ishlangan, butoqlarida oltin qushlar bor. Shahzodalarga berilgan har bir narsa katta kumush tovoqlarda taqdim etilardi. Xoqonning oila a'zolari oltin kosalardan foydalanar edilar. Sharob majlislarida ko‘p vaqt minglarcha kishilar ishtirok etar, sharob doimo oltin laganlarga qo‘yilgan tilla qadahlarda berilar edi. Temur saroyining favqulodda dabdabasi va davlati to‘g‘risida shular bir tasavvur beradi, deb o‘ylaymiz.
Bizning roviyimiz Temur saroyi ulug‘vorligini avji kamolga yetgan davrida ziyorat qilib, Samarqand atrofidagi Qonigul cho‘lida, chodirgohda to‘l paytlarida ko‘rgan ajoyibotning hammasini tasvirlashdan ojizdir. Turklar har doim yengil chodirlarda umr kechirganlar, binobarin, ularning boyliklari, nomdorliklari, bezaklari bu ko‘chma yurtlarda ko‘zga yaqqolroq ko‘rinadi. Temur butun yer yuzidagi turklarning eng buyu-gi, eng shavkatlisi bo‘lgani uchun ham bu chodirlarda hozirgacha ko‘rinmagan shavkat va shashalarini namoyon etishi tabiiydir. Temur istiqomatgohining haqiqiy ziynat va hashamatini, shaharning shimoliy sharq tarafida bir milcha cho‘zilgan Zarafshon va hisobsiz ariqlar bilan sug‘oriladigan cho‘lda o‘tkazilgan to‘y manzarasini tasvirlash uchui kishi o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi zarur. Bunday chodirgoh (xirgoh) o‘n-o‘n besh mingdan iborat bo‘lib, ularda saroy ahli, vaziru vuzarolardan tashqari aholining turli tabaqalari ham joylasha olurlar. Bu yerda shaharlik barcha hunar-mandlarning butun namoyandalari hozir bo‘lib, eng moldor do‘konlar ochilar, hunarmandlar o‘zlarining ustaxonalarini qurishar, hattoki, hammomlarga o‘xshatmalar yasalar edi. Avvalo podshoh saroyi uchun chodir qurilgan.
Chodirgoh ochiq, soyabon shaklida yasalgan; saroy chodirlari odatda markazda o‘rnatilgan. Keyin boshqa chodirlar tiklangan. Har bir oila qatorini, har bir zazir, har bir tumang‘ozi o‘zining rasmiy unvoniga tegishli chodirning‘ o‘rnini hamda qaerda churishini bilgan, hyech qanday noaniqlikka yo‘l qo‘yilmagan. Go‘zal Konigul cho‘li qisqa bir muddatda o‘zining chodirlari tepasidagi bayroqchalari bepoyon lolazorga o‘xshab, el-ulusi bilan yashnab turgan ajoyib, katta gul bog‘chasiga aylangan edi. Chodirlarning aksariyati doira sifat kigizdan iborat edi. U tarafda hozir ham shunday.chodirlardan foydalanadilar. Shu orada ba'zi o‘ziga xos bo‘lgan arabiy, ibrohshmiy chodirlar, eroniy a'lo saropardayagr (hijobi saroiy) ham bor edi. Kastiliyalik olijanob mehmon shularning bittasini ko‘rib hayron qolgan edi. To‘rtburchak shaklidagi bu chodirning eni yuz qadam, «balandligi uch nayza edi. Ko‘shk shaklidagi o‘rta qismi ko‘k rangli va odam tanasi yo‘g‘onligidagi o‘n ikki dona oltin ustunda turadi. Chodir tepasida yarim karra shaklida rom bo‘lib, ustunlarga tor-tilgan harir shollar shamolda hilpirab, qabarib, yarim qavskn tashkil etardi. Bunga shuni ilova qilish kerakki, ko‘shkning har tarafida katta eshik bo‘lib, uning har biri maxsus kesakiga besh yuzdan ziyod harir iplar bilan mahkam bog‘langan edi. Qo‘shkning tashqari tomoniga qora, sariq, oq rang berilgan; u zardo‘zi cho‘g‘dek qizil gilam va turli rangdagi ipak gullar bilan bezatilgan edi. Yon taraflaridagi yarim qaboqning o‘rtasida, to‘rt burchagida qora qushlar qanotlarini ochib uchmoqda. To‘rt burchakdagi ustunlar doira va yangi oy rasmlari bilan bezatilgan. Beshinchi — markaziy ustunga juda katta hajmdagi shunday bezaklar ishlatgan. Uzoqdan saroyga o‘xshaydg‘gan bu ko‘shk minoralar bilan bezatilib, baland devorlar bilan ihota qilingandi. Podshoh xotin-qizlari uchun ham alohida a'lo chodirlar tiklangan edi. Ular sariq rangda, oltin naqshlar ipak bilan tikilgan, tashqi tomoniga esa uqalar tutilgan. Hammasining eshigi katta-katta, ularning barchasiga ot minib kirish mumkin. Ularning hammasi derazali. Chodirning havosini yangilash uchun bu derazalar tashqariga ochilganda, ipak tizimcha bog’lab tortib qo‘yilardi; uning harir pardalari quyosh nurini to‘sib turadi. To‘g‘ri, eng a'lo narsalar? bu zamondagi kabi qutilardagi xollar va eshiklardagi bezaklar edi. Bularning avvalgilardek nihoyatda mahorat bilan ishlangan kumush va oltin naqshlar bilan ziynatlangan, Temurning Bursadan keltirilgan bir darvozasida xovariylardan (apostollardan) Pyotr va Polning rasmi bor edi. Keyingilari esa noyob toshlar bilan bezatilgan, og‘ir, oltin va kumush simlardan iborat edi. O’quvchiga «Ming bir kecha» hikoyalarini eslatadigan bu chodirlarda shohona mehmondorchilik va sharobxo‘rlik bo‘lardi. Bizda turk taomlarining mufassal ro‘yxati yo‘q. Lekin bunga taalluqli ayrim rivoyatlarga qaraganda, eng sevimli taomlar — qo‘y go‘shtidan qovurma, ot go‘shti, hozirgidek tayyorlanadigan palov, xamir ovqatlar, favo (mevali tort) va chuchuk lochira edi. Eng lazzatli ovqat — otning to‘g‘ralgan son go‘shti hisoblanardi. Uni oltin va kumushlaganda uzatishardi. Ammo usta to‘g‘rovchilar tomonidan to‘g‘ralgan qovurmalar charm dasturxonlarga qo‘yilar edi. Podshoh birinchi luqmani tanovul qilgach, atrofdagilarga ruxsat berilar edi. To‘g‘ralgan go‘shtdan iborat osh nahorga berilar, yoz mavsumida, odatda, ovqat bilan birga qovun va uzum tortilar edi. Keyin sharob berilardi, o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo taomiliga ko‘ra, sharobxo‘rlik podshohning bevosita rahbarligida davom etardi. Uning ruxsatisiz hech kim, uy a'zolari, hatto mehmon ham sharob ichishga jur'at qila olmas edi. Sharob, chog‘ir, bo‘za, shakarli qaymoq va qimiz ularning sevimli ichkiliklari edi. Sharob hammasidan oldin tortilar edi. Bazmning boshlanishida soqiylar sharob uzatardi. Ular cho‘k tushib, bir qo‘llaridagi laganchada qadah taqdim etadilar, ikkinchi qo‘llarida ipak sochiq tutib, mehmonning libosini sharob to‘kilishidan saqlaydilar.
Taomil bo‘yicha, qadahlar bir necha davra tutilgach, taklif to‘xtatiladi, katta qadahlar qo‘lga olinadi, ularni Temurning sog‘ligiga ko‘taradigan odam so‘nggi tomchisini qoldirmay ichmog‘i lozim. Osiyoda, u zamonlarda, hozirgidek sharob ichishdan maqsad kayf qilish edi. Faqat Tsmurning tengdoshlari va yoki zamodoshlari ovqat yeyish va sharob ichishda ajoyib bir mahoratga erishgan edilar. Kimligidan qat'i nazar, mast bo‘lib yerga yiqilsa, yoki qiziq qiliqlar qila boshlasa, uni masxaralashardi, «taniqli» mast kishilar esa, keng maydonda bo‘lgani singari, botir nomini olar edilar. Turklarning hissiyotiga faqat katta narsalar ta'sir etgani tufayli, dasturxonga juda ko‘p butun qovurma otlar va nihoyatda katta chog‘ir chirpitlari qo‘yilgandan keyingina bazm majlisi eng a'lo sanalar edi. Klavixoning rivoyaticha, uch chelak chog‘ir sig‘adigan bu katta chirpitlarning juda ko‘py Temur chodirining oldida tizilib turardi. Boshqa chodirlarning turli joylarida sharob yoki shakarli sut bilan liq to‘lgan chirpitlarni ko‘rish mumkin edi, muayyan soatlardagina ularni ichish ucho‘n kishilar taklif etilardi.
Ma'lumki, bu yerda qiziqchilar, muqallidlar, ko‘zboylog‘ichlar, dorbozlar deyarli kam edi. Bularning ko‘pchiligi Hindistondan, Kashmirdan kelar edilar. Mazkur to‘ylarda xonimlar hijobsiz ishtirok etardilar, malikalar izn om (ommaga ruxsat etilgan) bazmlari yasar, unda erkaklar, hattoki nasroniy elchi ham qatnashar edi. Islom va O’rta Osiyo turmushi bilan tanish kishilarga bu g‘ayritabiiy tuyuladi. Ispaniya elchilarining rivoyatlariga ko‘ra, biz Mironshohning xotini katta mehmonlar yig’ilishida bergan bir umumiy ziyofatni bilamiz. U qirq yoshlik semiz bir xonzoda edi. Turk go‘zallari ushbu majlisda sharob ta'siri bilan xushchaqchaq so‘zlashdilar. Bu ziyofatda yosh yigitlar va katta bahodirlar soqiy bo‘lib xizmat qildilar. Boshqa bir paytda podshoh oyim, ya'ni Temurning katta xotini movut devorlar bilan o‘ralg‘an, 'oltin naqshlar va yozuvlar bilan ziynatlangan oliy chodirda katta to‘y qildi. Xotinlarga sharob taqdim etish yanada nazokatliroq edi. Biri oltin ko‘za, boshqasi oltin qadah ham oltin dasta tutardi. Ular uch marta tiz cho‘kkandan keyin xotinlarga yaqin kelarlar; soqiyboshi malikalarga tegmaslik uchun qo‘llariga ro‘mol o‘rar edi. Lekiya bu juz'iy takallufot Temur saroyidagi latif jinsning bazm majlisidan mast o‘laroq holatiga mone bo‘lmas edi. Negaki, Eronning nazshatli xonimlari hozirgi zamonda ham shunday qiladilar.
Temur har bir muvaffaqiyatni (triumfni), har bir sevinchlk voqyeani bir me'morlik asarini bunyod etish bilan nishonlashga ahd qildi. Shu maqsadda Hindistonning yuzlarcha mohir g‘isht teruvchilarini, Sheroz, Isfax.on va Damashqning mashhur ustalarini Movarounnahrga keltirdi, ular go‘zal imoratlar qurdilar. Mu sulmon Osiyosi ikki yuz yil mobaynida turk qo‘shinlariga lashkargo bo‘lganig‘a, bu qit'ada — Temur saltanatida asarlari bilan bizni hayratga solgan rassomlar, me'morlar va boshqa san'at ahli doimo ijod qilganiga mazkur imoratlar shohiddir. Naqadar vahshiy etib tasvirlangan jahongyrning dilida go‘zallik va yuksaklikka muhabbat shu qadar kuchli ediki, bunga uning davrida yaratilgan san'at va me'moriy asarlari dalildir. Temur garchi o‘z mamlakatining boshqa shaharlarida binolar qurishga amr etsada, masalan Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, hazrat Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara bino qildirsada, lekin o‘zining buyuk saxovat va himmatini Kesh va Samarqandda oliy asarlarni qurdirishda ko‘rsatdi. Uzining ona-Vatani va o‘zining mangu istirohatgohi bo‘lishga tayin qilingaya birinchi shaharda, otasining qabri ustida oliy maqbara bino qildi. To‘ng‘ich o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan birga masjid qurdi. Ushbu masjidning keng hovlisida mullalar farovon yashab, marhumlarnivg ruhini shod qilish uchun kecha-kunduz Qur'on tilovati ila mashg‘ul edilar. Temur g‘alabalari va baxtining ilk davrida Kesh shahriga katta ahamiyat berib, uni Urta Osiyoning ma'naviy markaziga aylantirgan edi. Shu bois bu shahar «Kubbatul ilm val adab» unvoniga ega bo‘lgan edi. Xorazmdagi mashhur madrasalarning mudarrislari, Buxoro va Farg’ona ulamolari uning devorlari ortida hijratda yashar edi. Temur o‘zining poytaxtini ham shu yerda qurishdi niyat qilib, go‘zal Oqsaroyni bino ettirgani edi. O'n ikki yildan ortiqroq vaqtda bino qilingan bu saroy Eron me'morlarining xolis ishidir, ular bunda o‘zlarining milliy uslub me'morligiga, aniqrog‘i, g‘arbiy islom uslubiga sodiq qolib, imorat peshtoqiga doira va quyosh alomatini tasvirlaganlar. Shuning bilan Turon fotihining istiqomatgohi Eron shohlarining alomat belgilari bilan bezatilgan edi, (Temurning alomat belgisi ushbu tarzda °0° qo‘yilgan uch halqadan iborat edi. Shiori. «Rusti — rosti». Bu ibora «Kuch — adolatda» ma'nosini bildiradi. Bu alomat uning uch iqlimda, ya'ni Shimol, Janub va G‘arbda hokimligiga ishora. Bu saroyning (o‘sha zamondagi boshqa imoratlarning ham) eng ko‘rkam va oliy maqomini uning peshtoqi tashkil etadi. Peshtoq butun imoratning yuqori qismini egallagan, katta, shakli yarim oyga o‘xshaydi. Xitoy koshinlari, arabiy naqshlar, gullar va o‘ymakorlik bilan bezatilg‘an. Bu koshinlar Koshon shahrida yasalgani sababli — koshi deb ataladi va hozirgi kunda ham shunday ataladi. Devorning tashqi tomoni ko‘k va oltin rangdagi arabiy naqshli koshinlar bilan ziynatlangan, ularning zamini oliy koshinlardan iborat. Bu bino hayratga soladigan go‘zal bo‘lishi kerak.
Marvi zamon bilan Samarqand Keshga teng kelardi. Darvoqe, Samarqand Temurning poytaxti bo‘ldi, o‘zining kengligi, ahamiyati va go‘zalligi bilan ulug‘ shaharlar darajasiga ko‘tarildi. Ispaniya elchilarining rivoyaticha, Samarqand Ishbliya (Sevilya) dan kengroq edi. Lekin bunda ark bilan qal'a, ya'ni shaharning ichki qismigina e'tiborga olingan. Ammo shaharshshg eng go‘zal va hashamdor qismi tashqarida bo‘lib, bir yarim, ikki milga cho‘zilgan bog‘lar, ulardagi sayrgohlar va xoqon o‘yin-kulgi qiladigav. joylar (ishratxona) hisobga olinmagan. Sharq tomonda «Dilkusho» saroyi bor, shaharga qaragan eshigiga «Darvozai firuza» deb kal bilan juda chiroyli yozilgan. Bu saroyning keng, katta, osmon »a yulduzli koshlar bilan bezatilgan peshtoqi uzoqdan yaltirab turar edi. Saroyning tashqi hovlisida xoqon saroylari bor; bunda qurollangan askarlar turadilar, ichki hovlida zsa, tug‘lar bilan bezatilgan olt ta fil safi ziyoratchilarni hayratga solardi; faqat eng ichki — uchinchi hovlidagina Temur oltin naqshli taxtda o‘tirib, ziyoratchilarni qabul hilar edi. Bu hovlilarning tashqarisida hozirgi Eronda bo‘lgani kabi olma va chinor daraxtlar» €shlvv ihota qilingan hovuzlar bor, ularning suvi, shodravoni — favvorasida qizil va sariq olmalar o‘ynab turadi.
Janub tomonda «Bog‘i bihisht» saroyi bor, u go‘zal me'moriy uslubdagi quvonchni oshiradigan bog‘i bilan mashhurdir. Sharafyddinning rivoyaticha, bu saroy xandaq bilan ihota qilingan1 sun'iy tepa ustiga Tabrizning sof oq marmaridan bino etilgan, bir necha ko‘priklar shu boqka ulangan, bir tarafida hayvonog bog‘chasi ham bor. Temur bu saroyni o‘zining vorislaridan biri mironshohning qiziga hadya qilgan edi. U bu nevarasini juda ha» sevgani uchun butun bo‘sh vaqtlarida uning xilvatxonasida (ermitajida) bo‘lardi. «Bog‘i chinoron» ham shaharning shu qismida edi,. go‘zal yo‘llari, yo‘llarni bezagan ko‘rkam chinorlari bor edi. Bu yerda, bog‘ ichida, sun'iy tepada salb shaklidagi qasr qad ko‘targan. Uning tashqarisi Shom naqqoshining mohirona ijodi bilan, ichkarisi go‘zal surat va lavhalar bilan ziynatlangan, qimmatbaho buyumlar bilan liq to‘la edi. Masalan, og‘ir kumush qubbalar, taxtlar va boshqa maishvy qimmatbaho ashyolar ertaklardagi ajoyibotni eslatardi.
Yana «Bog‘i shamol» bilan «Bog‘i nav» sar'oylari tilga olinada. Bu saroy to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni bir yarim ming qadam. Uning marmar gullari ajoyib, hayratli edi Zamini qayrag‘och va fil tishidan ishlangan koshinli edi.
Samarqandning shavkatli davridan qolgan asarlarni hozirgi zaif holi bilan qiyos qilinsa, bugungi muhtasham binolarning tavsiyalari mubolag‘ali tuyulmaydi. Sulton Xudobanda tarafidan Sultoniyada yuz yil ilgari qurilgan masjidning go‘zalligi Temur tarafidan bino etilgan hozirgi Samarqandning xarobalari ustida qad ko‘targan «Masjidi shoh»ning go‘zal mahobati bilan. tenglasholmas. Boburnnng tavsifiga ko‘ra, uning peshtoqiga Qur'on oyatlari shunchalik yirik harflar bilan bitilganki, uni bir mil„ hatto ikki mil masofadan o‘qish mumkin edi.
Me'morchilikning shunday uslubida keyinrots qurilgan binolar, masalan, Isfahondagi, Maydonshohdagi Masjidi kabir, Qu» va Mashhaddagi turbalar Temur himmati bilan bunyod etilgan imoratga nisbatan takroriydir. Keyingilar zamonida, ya'ni» Shohruh va Mirzo Husayn Boyqaro davrida O’rta Osiyoda imorat solish havasi hanuz kuchli edi. Hirotdagi Musallo maydonining xarobalarida va Mashhaddagi malika Gavharshod begimning go‘zal masjidlarida buning nishonalari ko‘zga tashlanadi. Bu havasning eng oliy maqomga ko‘tarilishi faqat Temur zamonida —«vahshiy, var-var» atalgan Temur davrida bo‘lgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |