Ko’payish organlarining rivojlanishi
Erkak va urg’ochi hayvonlar ongogenezida ularning ko’payish organlari dastlab bir xilda rivojlangan. Jinsiy hujayralar dastlab selomning meonefrosidan kelib chiqqan. Ular volf tanasining o’rta tomonida joylashadi, unga myuller yo’li ham yaqin turadi. Boshlang’ich jinsiy hujayralar o’sishi natijasida mezenximadan oraliq buyrak ajralib, jinsiy organga aylanadi. Jinsiy organning orqa qismidan biriktiruvchi to’qimalardan iborat gunter payi – gubernaculum Hynteri chiqib, chov kanaliga o’tadi. Bu pay keyinchalik urug’donni chov kanalidan urug’don xaltasiga tortib tushiradi. Erkak hayvonlar jinsiy organida keyinchalik oq parda, egri – bugri urug’ kanallari va to’g’ri kanallar paydo bo’la boshlaydi. Embrion taraqqiyoti davrida paydo bo’lgan kurtak epiteliy urug’donning ichki tomoniga o’tib qalinlashadi va hujayra tasmalarini hosil qiladi, ulardan urug’donning egri – bugri kanalchalari -tubuli contorti kelib chiqadi. Volf tanasining oldingi qismi siydik ayirish xususiyatini yo’qotadi va urug’don ichiga kirib, urug’ kanalchalari bilan birlashadi. Urug’donning ichki qismidagi to’g’ri kanalchalarda urug’don to’ri - rete testis hosil bo’lib, ular bevosita egri – bugri kanalchalarga qo’shiladi. Volf tanasining oldingi qismida joylashgan siydik ayirish kanalchalarining ba’zilari keyinchalik urug’ chiqarish kanali - ductuli efferentis testis ga aylanib, urug’don ortig’ining bosh qismida qoladi, keyingi qismi yo’qolib ketadi yoki qisman rudiment holida saqlanadi, o’rta qismi esa urug’don ortig’ining boshini hosil qilib, ortiq yo’li - duties epididymis ga, urug’don ortig’ining dum tomonidagi qismi urug’ yo’li - ductus deferens ga aylanadi. Erkak hayvonlarda myuller kanali yo’qola boshlaydi, uning qoldiq qismi erkak bachadoniga aylanadi. Urg’ochi hayvonlar jinsiy organlarining rivojlanish davri erkaklarnikiga qaraganda butunlay boshqacha bo’ladi. boshlang’ich qatlamdan o’sayotgan jinsiy organ tasmalari alohida gruppa hujayralarga (jinsiy follikulalarga) aylanib, tuxumdonning dastlabki davrini hosil qiladi. Keyinchalik bu organ rivojlanib ikki qatlamga bo’linadi: bularning tashqisi follikulyar zona – undan tuxum hujayralar yetilib chiqadi, ichkisi – qon tomirlari zonasidir. Urg’ochi hayvonlarning myuller kanali juda rivojlanib, oldingi qismidan tuxum yo’li - oviductus, o’rat qismidan bachadonning o’ng va chap shoxlari, tanasi, bo’yni, orqa qismidan esa bachadon qini va qin dahlizi paydo bo’ladi.
Muhokama uchun savollar
1.
|
Urg’ochilik ko’payish organlarini nimalar kiradi?
|
2.
|
Erkaklik ko’payish organlariga nimalar kiradi?
|
3.
|
Tuxum hujayrasi qaysi organda urug’lanadi?
|
4.
|
Bachadonning qanday tiplari bor?
|
5.
|
Urug’ yo’li qaysi organdan boshlanadi va qayerga ochiladi?
|
6. Buyrak nima vazifani bajaradi?
7. Buyrak organizmning qaysi sohasida joylashgan?
8. Buyrakning qanday zonalari mavjud?
9. Buyrakning qanday tiplarini bilasiz?
10. Siydik yo‘li qaysi organdan boshlanadi?
11. Siydik pufagini topografiyasini ayting?
12. Siydik pufagining devori qanday qavatlardan tashkil topgan?
13. Siydik chiqarish kanalini anatomik tuzilish xususiyatlari nimalardan iborat?
14. Siydik ayirish organlarini rivojlanishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |